Iqtisodchilarga ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani amaliy-kasbiy


International Conference on Developments in Education



Download 240,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.02.2023
Hajmi240,81 Kb.
#906302
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org April 30
th
 2022 
314 
Pedagogik tadqiqotlarda "oʼqitishning amaliy yoʼnaltirilganligi" atamasi “matematik 
taʼlimning maqsadga muvofiq mazmuni va uslubiy aloqasini amalga oshirish orqali matematik 
apparatdan aniq amaliy masalalarni hal qilishda foydalanish boʼyicha bilim, koʼnikma va 
malakalarni shakllantirish” deb taʼriflanadi [3], [9], [12]. 
Turli xil qarashlarni tahlil qilish va umumlashtirish bizni quyidagi taʼrifni kiritish zarurligiga 
olib keldi:
Oʼqitishning amaliy-kasbiy yoʼnaltirilganligi - kasbiy kompetensiyani shakllantirishga 
moʼljallangan amaliy mashgʼulotlarni oʼz ichiga olgan taʼlim faoliyati turi, taʼlim mazmuni, 
shakli va vositalari. Buning natijasida kasbiy muammolarni dinamik ravishda hal qilishga 
tayyor mutaxassisning har tomonlama rivojlangan shaxsi shakllanadi [5], [6]. 
Boʼlajak iqtisodchi mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistikani “oʼqitishning amaliy-kasbiy yoʼnaltirilganligi” amaliy-kasbiy masalalar bilan 
bevosita va bilvosita bogʼliqlikligini koʼrish mumkin. 
Biz iqtisodchilar uchun amaliy-kasbiy masalalar mazmuni, tuzilmasi quyidagi didaktik va 
uslubiy talablarga javob berishi lozim deb hisoblaymiz: 
-ehtimoliy-statistik masala oʼrganilayotgan matematika mavzusiga mos kelishi, ishlab 
chiqarishning hozirgi rivojlanish dinamikasiga mavofiqligi, kasbga oid maʼlumotlarni oʼz 
ichiga olishi; 
-masala matni imkon qadar qisqa va tushunarli boʼlishi, tizimli va izchil amaliy vazifalarni 
shakllantirish va shu asosida real xayotiy muammolarni hal qilishga qaratilganligi; 
-kasbiy ahamiyatga ega boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish tendentsiyasiga 
mosligi, boʼlajak iqtisodchi mutaxassislarni kasbiy kompetentsiyasini rivojlanishiga yordam 
berishi; 
-raqamli natijalarni olish uchun hisoblashlarni bajarishda texnik imkoniyatlarning paydo 
boʼlishi, maxsus dasturlar Excel, MathCad, Statistika va shu kabi dasturlar texnik hisoblash 
vositalaridan foydalanish. 
Аmaliy-kasbiy masalalar katta hajmdagi oʼquv materialini oʼrganishga emas, balki 
kiritilayotgan ehtimoliy-statistik atama va faktlarni tushunish chuqurligiga, nazariy oʼrganilgan 
bilimlarni kasbiy faoliyatda tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirishga xizmat qilishi zarur. 
Biz iqtisodchilar uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga oid masalalarni berilish 
usuliga qarab quyidagi uch tipga ajratdik. 
1. 
Sof matematik masalalar. Qatʼiy algoritm asosida matematik formula va 
tushunchalardan foydalanib yechish mumkin boʼlgan sof matematik mazmundagi masalalar.
Bunday masalalarni yechish usullari tayyor bo’lib, amalda kasbga yo’naltirilmagan deyishimiz 
mumkin. 
2. 
Аmaliy-kasbiy masalalar. Kasbiy faoliyatga oid matematik masalalar.
Amaliy-kasbiy masalalar uchun yechish usuli shakllangan va uni yechish uchun kerakli 
qiymatlarni taqqoslash ozgina aqliy kuch talab etadi xolos. Ushbu masalani yechish natijasida 
kasbiy kompetentsiya tegishli hisoblash formulalarini ishlatish orqali muayyan darajada 
rivojlanadi, yaʼni avtomatizm shakllanadi.
3. 
Muammoli amaliy-kasbiy masalalar. Masala matematik tilda bayon qilinmaydi, balki 
muammo shaklida keltiriladi. Bunda talab qilingan vazifani hal etish zarur, bu biror amaliy 
faoliyat orqali amalga oshiriladi va natijada masalaning matematik formasi shakllantiriladi. 
Muammoli amaliy-kasbiy masalalarda bir qator savollarga javob topish talab qilanadi. 
Dastlabki maʼlumotlarni qanday toʼplash kerakligi, ularni qayta ishlashda nimalarni tahlil 
qilish, qanday matematik formulalardan foydalanish kerak va hokazo? Shubhasiz, bunday 
masalalar kasbiy kompetentsiyani shakllantirish nuqtai nazaridan eng foydalidir, undan 
muammoli vaziyatni anglash va hal etish boshlanadi.
Muammoli amaliy-kasbiy masalalarga misollar keltirib o’tamiz. 



Download 240,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish