Iqtisodiy tizimlarning turlari va modellari


partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi



Download 491,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana02.07.2022
Hajmi491,77 Kb.
#730820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIY TIZIMLARNING TURLARI VA MODELLARI


partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi,
partiyaning o'zi esa partiyaviy- byurokratik davlat tizimiga
o'sib o'tdi» Rus olimi A.A.Kara-Murza sobiq sovet davridagi
partiyaning hukmron mavqeyini quyidagicha ifodalaydi:
«Partiyaga uning safidan chiqarish imkoniyati mavjud
bo'lganligi uchun ham qabul qiladilar. Mamlakatdagi barcha
lavozimlarga partiya a'zolari boshqalardan iste'dodli, a'lo,
adolatli bo'lganliklari uchun emas, balki ularga nisbatan
ko'proq itoatgo'y bo'lganliklari uchun qo'yiladilar — ularni
salgina itoatsizliklari uchun hech bir sudsiz qatl etish yoki
qamoqqa tiqish mumkin. Partiya va hokimiyatning kuchi


partiyaviy «ta'sin>ning (shunday ataganlar) hamma yerda
mavjud bo'lganligidadir. Partiyadan haydalgan odam
bepoyon mamlakatning biron-bir burchagida ham tazyiqdan
panoh topish uchun joy topa olmas edi. Partiya va sovet
davlatining baravarlashtirish siyosati kishilardagi shaxsiy
tashabbus, ijodiy fikrlash, siyosiy yoki ishlab chiqarishdagi
muammolarni mustaqil tarzda yechish kabi qobiliyatlarini
rivojlanishiga imkon bermadi. Kommunistik partiya
tomonidan O'zbekiston ulkan mamlakatning paxta
xomashyosini yetkazib beruvchi bazasiga aylantirildi.
Yetishtirilgan paxta hosiliga markaz egalik qila boshladi.
Respublikaning xomashyo o'lkasiga aylantirilishi uning
agrar mintaqa bo'lishini taqozo etdi. Oqibatda respublika
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalari
boshqa ittifoqdosh respublikalardan bir necha marta orqada
qolib ketdi. Markazning ko'zga ko'rinmas, niqoblangan
mustamlakachilik siyosati partiya faoliyatining barcha
sohalarida sezilar edi. Deyarli barcha ekin maydonlarini
paxtaga moslashtirish, muttasil bir xil ekin ekilishidan
charchagan dalalarga tobora ko'proq kimyoviy va zaharli
o'g'itlar solish misli ko'rilmagan darajada avj oldi. Buning
natijasida havo, suv, oziq-ovqat, meva va poliz
mahsulotlarining zararlanishi inson salomatligiga xavf solib,
ko'plab yangidan yangi kasalliklarni keltirib chiqardi. Bolalar
o'limi nihoyatda ko'paydi. Suvdan istiqbolsiz, o'rinsiz
foydalanish Orol fojeasini keltirib chiqardi. Turg'unlik davrida
ham ana shu eski siyosat madaniyroq va puxta niqoblangan
ravishda davom etdi. Ittifoqning Yevropa qismida to'xtovsiz
ravishda kuchayib borayotgan xomashyoga bo'lgan talabni
qondirish maqsadida O'zbekistonda paxta yetishtirishning
eng oxirgi imkoniyatlari ham ishga solindi. Natijada ekologik


holat yanada yomonlashdi, paxtakor mehnati juda
og'irlashdi. Xalqning turmush kechirish darajasi qiyinlashib,
iqtisodiy-ijtimoiy muam- molar yanada keskinlashdi. Qayta
qurish davrida qisman berilgan demokratik erkinliklar,
oshkoralik, xalqning o'zini o'zi boshqarish kafolatlari xalq
ahvolini tubdan yaxshilay olmadi. Chunki, boshqarish,
ishlab chiqarish va mulkchilikning eski usullari bekor qilinib,
yangisi barpo qilinmaganligi, ittifoqdosh respublikalar
o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar buzilganligi, markazning yana
yakkahokimlik qilish siyosatidan qaytmaganligi, o'zaro ichki
siyosiy kurashlar, RSFSR bilan ittifoq va uning tuzilmalari
o'rtasidagi hokimiyat uchun o'zaro kurashlar va uning
iqtisodiy oqibatlari xalqning moddiy ahvolini keskin
yomonlashtirdi. Xalq iste'mol mollari, oziq-ovqat
mahsulotlari taqchilligi kuchayib bordi. Narx-navo ham
to'xtovsiz oshib bordi. 1989-yilda Islom Karimov respublika
rahbari bo'lgan davrda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi ana shunday og'ir siyosiy, iqtisodiy vaziyat va
bo'xronlar mavjud edi. Bir tomondan, markazning ittifoqni
saqlab qolish umididagi tazyiqlari, ikkinchi tomondan, o'zini
muholifatchi deb atagan turli guruh va oqimlar
boshliqlarining xurujlari respublika hukumatini barqaror
siyosat olib borishini xavf ostiga qo'ydi. Ana shunday
qiyinchiliklar davrida markazdagi oliy hokimiyat — KPSS
rahbarlaridanbirguruhning 1991-yil 19—21-avgust kunlari
davlat to'ntarishi qilishga urinishlari va uning oqibatlari shuni
ko'rsatdiki, endi O'zbekiston markazning vassali bo'lib qola
olmaydi. Markazda g'alaba qilgan siyosiy kuchlarning ba'zi
bir harakatlari, ittifoqning boshqarish tuzilmalarini boshqa
respublikalar bilan hech bir kelishmay turib ishg'ol qilishga
urinishlar, KPSS oliy rahbariyati bir qismining davlat


to'ntarishida ishtirok etishi, KPSS faoliyatini rasman to'xtatib
qo'yilishi kabi voqealar O'zbekistonning ittifoq tarkibida
rivojlanishini shubha ostida qoldirdi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi Hozirgi davrga kelib
turli mamlakatlarda iqtisodiy o'sishlar va o'zgarishlarning
borishi va mazmuni o'zining turli-tuman ekanligi bilan keskin
ajralib turishi bilan tavsiflanadi. O'tish davridagi iqtisodiy
tizimlarni amal qilishini ifodalab beruvchi omillarni uch
guruhga ajratib ko'rsatish mumkin: tabiiy-iqlimiy, ishlab
chiqarishiqtisodiy, sotsiomadaniy. Tabiiy-iqlimiy omillar
jamiyatning tabiiy asosi bilan bog'liqdir. Tarixiy tajriba
ko'rsatadiki, ijtimoiy hayotni tashkil etish shakllari
insonlarning sayyorada qanday joylashganligi, xususan,
iqlimning sovushi va kosmik halokatlar, ekvator va hosildor
yerlarga yaqin yoki uzoq bp'lishi, suv va foydali qazilmalar
bilan ta'minlanganligi kabilarga uzviy ravishda bog'liqdir.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillarga mehnat predmeti va
vositalari, ilg'or texnologiyalar, inson-ishchining bosh-ishlab
chiqaruvchi kuch va iqtisodiy munosabatlar subyekti
sifatidagi professionalligi, mehnat va ishlab chiqarishni
tashkil etish shakllari, ishlab chiqarish natijalari va
mablag'larni o'zlashtirish xarakteri va shakllari — xususiy,
ijtimoiy, kooperativ, xususiy mulkiy, iqtisodiyotning
samaralilik darajasi kabilar taalluqlidir. Ayni o'zgarishlar,
avvalambor, ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar iqtisodiy
tizimni o'zgarishga olib keladi, yoki o'tish davrini, o'tish
iqtisodiyotini va o'tish holatini boshlanishiga olib keladi.
O'tish davri iqtisodiyoti o'z mohiyatiga binoan tadrijiy
iqtisodiyotning alohida bir holati bo'lib, u jamiyatning bir
tarixiy pog'onadan ikkinchisiga o'tayotganida amal qiladi.


O'tish davri iqtisodiyoti burilish davrini — tub iqtisodiy,
siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlarni xarakterlaydi.
Tarixda o'tish davri iqtisodiyotining har xil turlari bo'lganligini
bilamiz. Ular o'tish jarayonlari xarakteri va miqyosi bo'yicha
bir-birlaridan ancha farqlanadi: 1.O'tish davri iqtisodiyotining
lokal turi. U qandaydir mintaqa yoki alohida mamlakatning
o'tish holati miqyosini xarakterlaydi. Lokal tur asosida har
bir iqtisodiyot rivojlanishining o'ziga xos jihatlari, turli
mamlakatlar va mintaqalar rivojlanishining notekisligi yotadi.
Lokal o'tish davri iqtisodiyotida o'tish jarayonlaridagi
umumiylik va alohidalik birligi mujassamlashadi. Angliya,
Fransiya va Germaniya mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti
turli shakllarda va o'ziga xos jihatlar asosida shakllandi.
O'tish davri iqtisodiyoti turlarini miqybslari bo'yicha
tasniflashtirishda lokal o'tish davri iqtisodiyoti uning
boshlang'ich turi sifatida tahlil etiladi. 2.O'tish davri
iqtisodiyotining global turi. U o'zida o'z- garishlarning
yagona jarayonini, yoki butun dunyo xo'jaligi miqyosini, yoki
sivilizatsiya doirasidagi (Sharq, G'arb) o'z- garishlarni
ifodalaydi. Lokal darajadagi o'zgarishlar megaiqtisodiy o'tish
jarayonlarini rivojlanishiga ta'sir qiladi. Bu jarayonda paydo
bo'lgan moyilliklar mintaqalardagi jarayonlarga teskari ta'sir
ko'rsatadi. Makroiqtisodiy jarayonlar mustaqil omillar
ta'sirida rivojlanadi: xalqaro mehnat taqsimotini
chuqurlashuvi, transnatsiona! korporatsiyalarni paydo
bo'lishi, millatlararo ishlab chiqarish va o'zaro almashuvlar.
3.O'tish davri iqtisodiyotining tabiiy-evolutsiyaviy turi. U
o'tish davri jarayonlarining xarakteri bo'yicha (ayniqsa,
global o'tish jarayonlari uchun) ajralib turadi. Lekin, lokal
o'tish davri iqtisodiyoti ham evolutsiyaviy qonuniyatlar ta'siri
ostida shakllanadi. Shuning uchun o'tish davri


iqtisodiyotining bu turi asosiy tur hisoblanadi. Evolutsiyaning
borishida — tarixiy taraqqiyotning bir pog'onasidan
ikkinchisiga o'tishida u asos bo'lib xizmat qiladi. 4. O'tish
davri iqtisodiyotining islohotchilik-evolutsiyaviy turi. U ham
o'tish jarayonlari xarakteri bo'yicha ajralib turadi va jamiyatni
isloh etish uchun ishlab chiqilgan dastur asosida ongli
ravishda muvofiqlashtirish asosida kechadi. Bu jarayonda
evolutsiyaning borish qonuniyatlari saqlanib qoladi. Lekin,
bunda evolutsiya zo'rlik bilan emas, balki islohotchilik
o'zgartirishlar uchun ishlab chiqilgan qonunlarga muvofiq
tezlashtiriladi. O'tish jarayonining bu turida evolutsiyaning
sotsiomadaniy omillari muhim ahamiyat kasb etadi. Unga
misol tariqasida qator industrial mamlakatlarda amalga
oshirilgan texnotron turga mansub bo'lgan bozor
iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy dasturlarini keltirish
mumkin
Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslik
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga
o'tish jarayonida bir-birlaridan farqlanadigan uchta
mamlakatlar guruhlari shakllandi. Birinchi guruhga bozor
tizimiga o'tishi ko'proq sezilayotgan mamlakatlar kiradi. Ular
Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Boltiq
bo'yi mamlakatlaridan iboratdir. Ularning bozor
iqtisodiyotiga o'tishi nisbatan ko'proq sezilayotganligiga
qator omillar sabab bo'lmoqda: ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
davrida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllanganligi, G'arbiy
Yevropa bilan yaqin aloqalari, tarixan yaqin turishi, xalq
xo'jaligini nisbatan muvozanatlashganligi yoki
nomutanosibliklarning nisbatan kamligi, bozor tizimiga o'tish
zaruriyati masalasida aholining barcha qatlamlari o'rtasida
o'zaro konsensusning mavjudligi. Ikkinchi guruhga bozor


iqtisodiyotiga o'tish qator mashaqqatli qiyinchiliklar bilan
kechayotgan, bu jarayon birinchi guruh mamlakatlarga
nisbatan sekinroq amalga oshayotgan mamlakatlar —
Rossiya, aksariyat MDH mamlakatlari, Bolgariya, Ruminiya,
Albaniya, Mo'g'iliston kabilar kiradi. Bu mamlakatlar bozor
iqtisodiyotining barqaror an'analariga ega bo'lmaganligi,
ma'muriy- buyruqbozlik tizimini shakllanishi an'anaviy
tizimlar asosida kechganligi bilan ajralib turadi. Bu
mamlakatlarda iqtisodiyot tuzilmalaridagi nomutanosibliklar,
kuchli baravarlashtirishga moyilliklar, bozor iqtisodiyotiga
o'tish masalasida jamiyatda konsensusning kamligi,
rivojlangan mamlakatlardan nisbatan ajralib turishi, harbiy
mojarolar xavfining ko'pligi kabi omillar ularni bozor
iqtisodiyotiga o'tishini qiyinlashtirmoqda. Uchinchi guruhga
Sharqiy Osiyo (Xitoy va Vyetnam) mamlakatlari kirib, ulaiga
ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukmronligi qisqa davrda
kechganligi, bozor iqtisodiyotiga o'tish an'anaviy patriarxal
tizirri asosida boshlanganligi, o'tish boshida sanoatining
kam rivojlanganligi, jiddiy nomutanosibliklarni yo'qligi,
shuningdek avtoritar siyosiy hokimiyatni saqlab qolganligi,
aholi mentaliteti bozor munosabatlarini rivojlanishiga
moyilligi kabilar xos edi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari.
O'tgan zamonda «jahon sotsialistik tizimiga» kirgan
mamlakatlar tajribasi ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan
bozor iqtisodiyotiga o'tishning uchta asosiy yo'lini namoyon
etdi: birinchi (tarixan xiyla erta) — bozor insti- tutlarini
asta-sekin shakllantiradigan evolutsiyaviy (tadrijiy) yo'l
(Xitoy, O'zbekiston, qandaydir jihatdan Vengriya); ikkinchi -
«shok terapiyasi» bo'lib, u yoki bu darajada Rossiyada,
markaziy va Sharqiy Yevropaning ko'pchilik mamlakatlarida
(klassik shaklda — Polshada) qo'llandi; uchinchi - inqilobiy


yo'l. Bu yo'l XX asrdan boshlab bir necha mamlakatlarda o'z
ifodasini topdi. Lekin, bu yo'lning oxir-oqibati totalitar jamiyat
qurish bo'lganligi uchun o'tish yo'li sifatida o'z ahamiyatini
yo'qotib bormoqda. Bu har ikki yo'lning o'zaro farqlanishi
tizimga oid o'z- garishlarni va barqarorlik chora-tadbirlarini
amalga oshirish muddatlarida, xalq xo'jaligini bozor
mexanizmlari bilan qamrab olish darajasi, davlatning
muvofiqlashtirish funksiyasi hajmi kabilardagi turli xilliklarda
ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda evolutsiyaviy yoki
«shok terapiyasi» nafaqat siyosiy rahbariyat irodasiga, balki
jamiyatdagi muhitda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va
boshqa omillarning darajasiga bog'liqligi bilan o'zini
namoyon qildi. Evolutsiyaviy yo'l bir necha avlodlar
almashinuvi kechgan qishloq xo'jaligi nisbatan rivojlangan,
xususiy tadbirkorlikka moyil aholisi bo'lgan, og'ir sanoat va
harbiy-sanoat majmuasi ulushi unchalik katta boimagan,
siyosiy va xo'jalik yurituvchi elita orasida islohotlar
o'tkazishdan manfaatdor bo'lgan mamlakatlar uchun xos
bo'ldi. «Shok terapiyasi» yo'li noilojlik natijasida ko'riladigan
chora- tadbirlar oqibatida tanlandi. Ko'pchilik holatlarda bu
yo'l ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan meros bo'lib qolgan
og'ir moliyaviy ahvolga barham berish, tuzilmaviy
nomutanosibliklar tufayli keskin tovar defitsitini paydo
bo'lganligi bilan ham bog'liq bo'ldi. Evolutsiyaviy yo'l
(«gradualizm»). Bozor iqtisodiyotiga o'tishning evolutsiyaviy
yo'lini quyidagi umumiy qirralarini ajratib ko'rsatish mumkin:
Bozor munosabatlari dastlab ishlab chiqarish va iste'mol
mollari savdo-sotiq sohalarini qamrab oladi, so'ngra
investitsiya sohalariga tarqaladi. Baholarni erkinlashtirish
(liberallashtirish) islohotlarning keyingi bosqichlarida
amalga oshiriladi, lekin bu jarayonda ko'pincha yirik


monopolistik moyilliklar mavjud bo'lgan sohalarda aholi
hayot darajasining tushib ketmasligi uchun baholar davlat
tomonidan nazorat qilib borish taqozo etiladi. Yuqori
inflatsiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida qattiq moliyaviy
siyosat olib boriladi. Bozor infratuzilmalari faol ravishda
shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik, xususan mayda ishlab
chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari rag'batlantiriladi.
Qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq iste'mol mollarini ishlab
chiqaruvchi sohalarni rivojlantirishga doir choratadbirlarni
amalga oshirish bozor mexanizmlarini yanada
rivojlantirishning o'ziga xos eneigiya manbayi bo'lib, uning
natijasida iste'mol bozori toidiriladi, islohotlarni
chuqurlashtirishning ijtimoiy jihatlari mustahkamlanadi.
Davlat o'zining uzoq muddatga mo'ljallangan islohotlar
strategiyasi asosida bosqichma-bosqich, qadambaqadam
ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlariga
almashtira boradi. Jumladan, bu kabi jarayon Vengriyada
1968-yildan 1990- yilgacha davom etdi, O'zbekistonda
1991-yildan, Xitoyda esa 1979-yildan buyon davom
etmoqda. Islohotlarning boshlanishi iste'mol bozorida
o'sishga moyil bo'lgan muvozanatni o'rnatish bilan bog'liq
bo'lib, bunda nafaqat tez moslashuvchan baholar tizimi
yordamida, balki xususiy sektorda iste'mol mollarini ishlab
chiqarishni tezlik bilan rivojlantirish, ular bilan bozorni
to'ldirish, xizmat ko'rsatishni kengaytirish vositasida
o'zgarishlar chuqurlashtirilib boriladi. O'zbekistonda bozor
iqtisodiyotiga o'tish yo'lini ishlab chiqilishi va uni amalga
oshirish jarayoni O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish
strategiyasi o'ziga xos tarixiy rivojlanish sharoitlari va
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni e'tiborga olgan holda
ishlab chiqildi. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab


sobiq totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan o'tkir
muammolarni bartaraf etishga kirishildi. O'tmishdan
quyidagi muammolar qolgan edi: bir tomonlama iqtisodiyot;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, baholarni
belgilash, boy tabiiy va mineral-xomashyoviy resurslardan
foydalanish tuzilmalarining mustamlakachilik siyosati ostida
qolganligi. Ana shunday sharoitlarda ma'muriy-buyruqbozlik
tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga o'tish, jahon
iqtisodiy integratsiyasiga kirish konsepsiyalarini ishlab
chiqishga kirishilgan edi. Prezident I .A. Karimov tarixiy
shart-sharoitlar va bozor iqtisodiyotiga o'tish zaruratidan
kelib chiqib 1992- yilning 2-iyulida quyidagi vazifani qo'ygan
edi: «O’zbekistonning yo'li shuki, biz tinchlik va
osoyishtalikni saqlab, bozor iqtisodiyotini shoshmasdan,
aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli
shart-sharoitlarni yaratib berib, ana undan keyin amalga
oshirishga bel bog'ladik»sl. Prezident I.A.Karimov
1992-yilda o'zining «O’zbekistonning o'z istiqlol va
taraqqiyot yo'li» asarida bozor iqtisodiyotiga o'tishning
iqtisodiy sohadagi dolzart) vazifalari sifatida quyidagilarni
ilgari surdi: - milliy boylikning ko'payishini, respublikaning
mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish
sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin
rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish; - ijtimoiy
jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-
bosqich shakllantirish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni
butun choralar bilan rivojlantirish, tadbirkorlikka erkinlik
berish, tajribalar va iqtisodiy yangiliklarni rag'batlantirish,
iqtisodiy omillar vositasini ishga solish, tayyorga ayyorlikni
batamom tugatish; - mulk egalari huquqlarining davlat yo'li
bilan himoya qilinishini ta'minlash va barcha mulkchilik


shakli — shirkat, davlat, xususiy hamda boshqa mulkchilik
shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish. Shu asosda
insonning mulkdan bego- nalashtirilganiga barham berish; -
iqtisodiyotni o'ta markazlashtirmaslik hamda
yakkahokimlikka barham berish, korxonalar va
tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish. Davlatning
xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish.
Buyruqbozlik bilan o'z hukmini o'tkazib, tazyiq qilish,
hamma narsani to'ralarcha belgilab, cheklab qo'yish kabi
o'zini oqlamagan eski usullarni qat'iyan tugatish. Iqtisodiy
vositalar ustun mavqeni egallaydi. O'zbekistonda
markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan ijtimoiy jihatdan
yo'naltirilgan bozor iqtisodiga o'tish konsepsiyasi v;
prinsiplari I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Ayniqsa u
ishlab chiqqan «O’zbek modeli»ning besh tamoyili bozo;
iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy va milliy qirralarini o'zida
ifoda etdi. Bu beshta asosiy qoidalarning mohiyati
quyidagicha ifodalandi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech
qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga
bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki,
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham
tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafku- radan holi qilish
zarur; Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U
islohot - laming ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi,
o'zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan
o'tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar
qarshiligini bartaraf etishi shart; Uchinchidan, qonun,
qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning
ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi
Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat
qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim; To'rtinchidan,


aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o'tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish
bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan
oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor
iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va
bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi; Beshinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunjarning
talablarini hisobga olgan holda, o'tmishdagi «inqilobiy
sakrashlar»siz, ya'ni evolutsion yo'l bilan, puxta o'ylab,
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.



Download 491,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish