Iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi



Download 215,11 Kb.
bet7/11
Sana08.04.2023
Hajmi215,11 Kb.
#925865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi

V. Petti soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga u mehnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi.
Uning fikricha, boylik paydo bo'lishi va ko'payishi faqat moddiy ne'matlar yaratish sohasida ro'y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo'ladi.
Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo'lladi, ammo bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda bo'lgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va o'zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan qisqacha xulosalarga keldi. «Ba'zi odamlarning boshqasidan ko'proq qashshoqligi doim bo'lgan va doim bo'ladi» degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.
Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog'ga o'xshaydi, chunki yog'ning ortig'i ham, kami ham ziyondir, ya'ni uning me'yorda bo'lgani yaxshi (uning vrachligini eslang).
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e'tibor berdi, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun'iy dorilardan kamroq foydalangani, ko'proq ob'ektiv omillarni ishlatgani ma'qul (davlat aralashuvi zarur holda va me'yorda bo'lgani yaxshi).
V.Petti o'zining tabiiy baho to'g'risidagi ta'limotida qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi (belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi bozor bahosi («siyosiy baho») ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo'lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan o'lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya'ni non kumushga almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi. Undan tashqari, tovarning qiymati kumushni qazib olishdagi mehnat unumdorligiga to'g'ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta'rifladi. Bu olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda bo'lsa, shunday, ya'ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbai sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko'rinishini, oltin va kumush qazishdagi mehnat (ya'ni pul materiali)ni ko'rgan, xolos. Uningcha, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat mahsulotlarining qiymati shu mahsulotlarni nodir metallarga almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu erda ham saqlangan (kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi. Unda qiymat bilan iste'mol qiymati tushunchalari o'rtasida aniq farq ko'rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste'mol qiymatini yaratsa, abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi.
“Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmatbaho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi”31.
Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlarni qamqxonalarga tashlash emas, pullik jarimalar kiritish kerak deydi. Yirik o'g'rilarni esa «qullik»ka sotib, ishlatish zarur. Shu bilan birga pulning jamiyatdagi roli to'g'ri talqin etilmagan (savdogarlarni qisqartirish taklif etiladi).
«Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, er esa uning onasidir»32 degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g'oyaning shunisi to'g'riki, mehnat boylikning yakkayu-yagona manbai emas, chunki gap moddiy boylik, iste'mol qiymatlari hosil qilish ustida borganda faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo to'g'ri qoida tovarning qiymatiga ham xato ravishda noo'rin qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti o'zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi o'laroq, qiymat manbai sifatida mehnat bilan birga tabiatni ham qabul qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste'mol qiymati manbai sifatida ham, qiymat manbai sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to'g'risidagi nazariyalar bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ish kuchini emas, balki mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi ham tovardir).
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo'shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin renta (qo'shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
“Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki, unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, deydi u, bir bushel (36.4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi er rentasiga, 40 pensi er egasining ish haqi sifatida berilsa va ish haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, er egasining 1 bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, er rentasi esa 20 dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi”33.
V.Petti birinchilardan bo'lib davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini ko'tardi va ma'lumot to'plashning ayrim yo'nalishlarini belgilab berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda boshqa ma'lumotlar muhimdir. Iqtisodiy ko'rsatkichlardan asosiy tovarlarning ishlab chiqilishi va iste'moli, aholi daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma'lumotlar kerakli hisoblangan. Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq va tashki savdo bo'yicha ayrim ma'lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar ekan, Petti «avval hisoblab ko'rish kerak» degan fikrni aytishni yaxshi ko'rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayli ma'lum ma'noda «rejalashtirish» masalalari ham ko'tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi balansi» bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak, demak, oliy o'quv yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak, degan hisob-kitoblarni keltirar edi. Odatda u Angliya va Fransiyaning iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar bilan ko'rsatishga intilgan.


Download 215,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish