«iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yozma ish varianti



Download 71 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi71 Kb.
#649898
Bog'liq
JUMANOV BEXRUZ BILM50 IQT. YAKUNIY


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN

YOZMA ISH VARIANTI-9
1.Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar
2.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bosqichlari.
3.Markaziy osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy qarashlari
4.“Harakatlar strategiyasi”, uning asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish vazifalari.

1. Iqtisodiyot nazariyasi (ruscha: "Экономическая теория", inglizcha: "Economics") - insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xo'jalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o'rganuvchi fan.Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, "uy") + νόμος (nomos, "odat" yoki "qonun"), demak "uy (xo'jaligi)ni yuritish qoidalari" yig'indisi οἰκονομία (oikonomia, "uy xo'jaligini boshqarish") so'zidan olingan.


Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
2.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi. Ajdodlar
tomonidan yaratilgan ne’matlar albatta mulk shaklida namoyon bo’ladi.
Umuman olganda, mamlakat miqyosida mulk va uning ko’payib borishiga ikki tomondan
yondashish mumkin. Odamlarning mulki qancha ko’p bo’lsa, davlat ham shuncha boy bo’ladi
yoki aksincha, davlat qancha boy bo’lsa, aholining mulki ham shuncha ko’p bo’ladi, farovon
yashaydi. Deformatsiyalashgan sotsializmda davlat mulkining ustunligi kishilik jamiyati
erishgan muhim yutuqlardan biri sifatida talqin etildi.
Bozor iqtisodiyoti, to’g’rirog’i aralash iqtisodiyotning muhim jihati shundaki, u
mulkchilikning biron-bir shakli hukmronligini rad etadi. Unga mulkchilikning uchinchi tipi va
muvofiq ravishda turli-tuman shakllari xos bo’lib, mulk masalasining hal etilishi bozor
iqtisodiyotini vujudga keltirish borasidagi barcha tadbirlar tizimini tashkil etar ekan, demak,
birinchi navbatda davlat mulk monopoliyasini sindirib, turli mulk shakllarini vujudga keltirishi
zarur. «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar
tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»1. Shuning uchun ham eng avvalo, O’zbekistonning
asosiy qonuni — Konstitutsiyada jamiyat mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanishi, mulk
shakllarining teng-ligi e’tirof etilib, huquqiy muhofazasi ta’minlanishi qayd etilgan.

Sobiq sotsialistik davlatlarda bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun avvalo,


davlatlashtirishdan qaytish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ya’ni iqtisodiyotni ustun darajada davlat
tomonidan tartibga solishdan bozor mexanizmi orqali tartibga solishga o’tish kerak.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yoki davlatlashtirishdan qaytish bu davlatning
iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni
boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor
mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi. U mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan
tashqari, davlatning markazlashgan rejalashtirish, narx belgilash, tashqi savdo, valyuta
munosabatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatdagi yakka hukmronligini keskin qisqartirilishini o’z ichiga oladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha reja asosida davlatga topshirishdan davlat xaridlariga o’tish. Bunda davlat xaridor sifatida ishlab chiqaruvchini sotish shartlari bo’yicha o’ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. Davlat mavjud resurslarni taqsimlovchi funk-tsiyasini yo’qotadi.
Resurslar bozor orqali taqsimlanadi. Davlatning resurslar oqimini o’zgartirishga ta’siri ustun
darajada iqtisodiy yo’l bilan amalga oshiriladi. Masalan, soliqlar orqali.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda ham davlatning monopol mavqei tobora susayib boradi.
Davlatning funktsiyasi milliy iqtisodiyotni chet el kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli raqobat
olib borishi uchun zarur muhit yaratishdan iborat.
Davlatning boshqarishdagi ko’pgina vazifalari korxonalar zimmasiga o’tadi, «gorizontal»
xo’jalik aloqalari asosiy o’ringa chiqadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish — bu iqtisodiyotni tartibga solishni to’la bozor
mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmi bilan davlat aralashuvini optimal darajada
bo’lishini ta’minlashdan iborat. Sababi, hozirgi iqtisodiyot davlat aralashmasa samarali rivojlana
olmaydi.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning asosini davlat tasarrufidan chiqarish tashkil etadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish deganda davlat mulkini turli mulk va xo’jalik yuritish shakllariga
aylantirish tushuniladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish raqobatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Turli
mulk va xo’jalik yuritish shakl-lari tengligi e’tirof etilib, ularga qonun doirasida barcha faoliyat
bilan shug’ullanish imkoniyati yaratiladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, shirkat, ijara,
aktsionerlik va boshqa shakldagi korxona va davlatga tegishli bo’lmagan tashkilotlarga
aylantirishni bildiradi. Ular hammasi nodavlat sektorini tashkil etadi.
Davlat tasarrufidan chiqarishning asosini xususiylashtirish tashkil etadi.
Xususiylashtirish — bu davlatga qarashli mulkning fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy
mulk shaklida berilishidir.
Xususiylashtirish yakka xususiy mulk va shu mulkka asoslangan korxonalar tashkil etish
yo’li bilan yoki guruhiy korporativ xususiy mulk, ya’ni ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro
birlashgan mulk sohiblari mulki asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xususiylashtirish miqyosi va uslublari, muddati turlicha bo’lib, ular asosan har bir
mamlakatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq.

Xususiylashtirish miqyosi avvalo, u yoki bu mamlakatda xususiy sektorni qay darajada


milliylashtirish darajasiga bog’liq. Milliylashtirish uslubidan kam foydalangan AQSh, GFR,
Yaponiyada xususiylashtirish tendentsiyasi ancha sust bo’lgan holda Buyuk Britaniya, Frantsiya,
ayniqsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda bu nihoyatda keng miqyosda amalga oshirildi.
Xususiylashtirishning uslublari turli-tuman bo’lib, ularni uchta guruhga bo’lish mumkin
yoki boshqacha aytganda, xususiylashtirishning uch usuli bo’lib, muvofiq ravishda qator
uslublarni o’z ichiga oladi
1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish:
a) mehnat jamoalariga bepul topshirish;
b) barcha jamiyat a’zolariga bepul bo’lib berish;
v) aholining ayrim sotsial qatlamlariga bepul berish;
g) har bir jamiyat a’zosining davlat mulkiga qo’shgan hissasiga, ya’ni mehnat stajiga
qarab bo’lib berish;
d) foyda keltirmayotgan korxonani istisno tariqasida mehnat jamoasiga bo’lib berish.
2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish:
a) mehnat jamoalariga sotish;
b) barcha jamiyat a’zolariga sotish;
v) auktsionlarda (kim oshdi) fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish;
g) korxonalarni mehnat jamoalariga ijaraga berish va keyinchalik butunlay sotish;
d) xorijdan qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish;
e) ayrim sotsial qatlam: tadbirkorlar va menejerlarga sotish;
yo) davlat korxonalarini xususiy investrlash yoki mulkni to’g’ridan-to’g’ri sotib olish
yoki aktsiya paketini sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi;
j) davlat korxonasini alohida bo’linmalarga ajratish yoki bo’lish va qayta qurish yo’li

bilan qismlarga bo’lib sotish va hokazolar.


3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish bilan sotishni birgalikda qo’shib olib borish. Bu
usulning ham qator uslublari bo’lib, u yuqoridagi har ikki usulga xos uslublarning turli
kombinatsiya-laridan iborat
Xususiylashtirish bir qancha davlatlarda quyidagicha amalga oshirildi. Xususan, Buyuk
Britaniyada korxonalarning aktsiyalarini sotish bilan birgalikda bepul tarqatildi. Davlat uyjoylari
ularda yashayotganlarga sotildi
Germaniyada asosan mulkni sotish orqali, Vengriyada haq to’lashni joriy qilish orqali
bo’lsa, Polshada yirik korxonalar aktsio-ner jamiyatlarga aylantirildi. O’rta, mayda korxonalar
sotildi. Kupon tarqatilib bepul taqsimlash amalga oshirildi. Ruminiyada 30% mulk bepul
taqsimlanib, qolgani, asosan pul to’lab sotib olindi. Rossiyada esa 1992 yili har bir fuqaroga
10.000 rubllik vaucher tarqatildi. Natijada har bir kishi shu summaga teng miqdorda davlat
mulkida o’z hissasiga ega bo’ldi.
Xususiylashtirishning qaysi usulini tatbiq qilish mumkinligi, qaysi variant maqbulligi
haqida iqtisodchilarda turli fikrlar bor. Bir guruh iqtisodchilar davlat mulkini sotishdan ko’ra
bepul berish ma’qul deydilar, sababi
1) hammada ham davlat mulkini sotib olish uchun mablag’ yo’q, mehnat haqiga 1/10
yoki 1/20 qisminigina sotib olish mumkin;
2)bu mulkni turli «pinhoniy» iqtisodiyot korchalonlari, chayqovchilik bilan
shug’ullanuvchilar egallashi mumkin;
3)chet el biznesmenlari sotib olishi, halol topilmagan mablag’larni «qonunlashtirib olish»
uchun foydalanishlari mumkin;
4)odamlarimiz ozmi-ko’pmi davlat mulkini yaratishda qatnashganlar. Bundan tashqari,
teng taqsimlashning ustunligiga o’rgangan mulkni sotish adolatdan emas. Mulkni sotish
natijasida ayrim tabaqalarning boyib ketishi, boshqalarning ularga nisbatan noroziligining
kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ikkinchi guruh iqtisodchilar esa aksincha, davlat mulkining pul ekvivalentini hatto
mehnat jamoalariga ham to’g’ridan-to’g’ri bo’lib berib bo’lmaydi. Sababi:
1)jamiyatda e’tibor, asosan taqsimlashga qaratilganligi uchun boqimandalik kayfiyati
kuchli sharoitda tarbiyalangan kishilar o’ziga tekkan ulushni ham tez fursatda «eb tugatadilar»;
2)bu mablag’ tadbirkorlik bilan ish yuritish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa
sohalarga qo’yishga emas, asosan shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi;
3)«pinhoniy iqtisodiyot» vakillari hamda chet el ishbilarmonlari aholidan davlat mulkida
ulushlari ko’rsatilgan hujjatlarni osongina sotib oladilar. «Sotuvchi» qancha kambag’al bo’lsa,

shuncha arzonroqqa sotadi;


4)bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk faqat boylik, to’kinchilik, muvaffaqiyatlar garovi
emas. U har bir kishidan tinimsiz izlanish, mashaqqatli mehnat, tadbirkorlik, ma’lum darajada
tavakkalchilik qilishni talab qiladi;
5)davlat mulki hukmron sharoitda voyaga etgan avlod kam bo’lsa ham kafolatlangan ish
haqiga, buyruqni bajarishga o’rgangan. Xususiy mulk egasi sifatida ish yuritishga qiynaladi;
6)bepul berishning adolatli mezonini belgilash juda qiyin va boshqalar...
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning «O’zbekiston modeli» da har ikki variantning ustun va
zaif tomonlarini hisobga olgan holda davlat mulkini sotish usuli asosida xususiylashtirishga
qaror qilindi
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.

2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.


Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichi 15,7 foizga kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar konseptual qayta ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi.
O‘z taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan, mamlakatimiz farovonligi yo‘lida halol va vijdonan mehnat qilayotgan, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan fuqarolarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi.
Davlat byudjetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va mexanizmlari joriy etildi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va byudjetning daromad qismini ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zaxiralardan foydalanish choralari ko‘rildi.
Birinchi bosqichda – uzoq muddatli (10-15 yilga mo‘ljallangan) tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi bosqichda – tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini tuzish, uchinchi bosqichda – rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlandi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Shaharlar va qishloqlarda umumiy turar joy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010-yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi.

Xalq bilan muloqot natijalari bo‘yicha 11 yillik umumiy o‘rta ta’limni qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi


va kvotalar jiddiy ravishda oshirildi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.
Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarko‘rilganligi natijasida qo‘shni davlatlar bilan ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yildi, Markaziy Osiyo hududida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Faqat o‘tgan yilda 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi.
Shu bilan birga, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunlari hamda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘tkazilgan ishlarning tanqidiy tahlili aholi farovonligining real o‘sishiga va joylarda ishlar holatining tubdan yaxshilanishiga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolarni ko‘rsatib berdi.
Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida – davlat xizmatining nufuzi va samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazifa va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mustaqilligini oshirish, markaziy organlarning ayrim vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, ularning sifati va tezkorligini tubdan oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan, tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyani tashkil etish orqali yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qilish, vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul xizmatining statsionar postlari sonini optimallashtirish;
iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida – faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish;
ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida – ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmog‘ini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirish, “iste’mol savatchasi”ni aniqlash, ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – O‘zbekiston Respublikasining yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qabul qilish, xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish.
2. Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilinsin, jinoyat ishi doirasida va yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar bundan mustasno.
Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab:
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi davlat soliq xizmati organlarining bo‘shayotgan 228 ta shtat birliklarini prokuratura organlariga o‘tkazgan holda tugatiladi;
adliya organlarining kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, chet el investorlari va chel el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi; jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmasligi lozim, alohida hollarda tekshirish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan uzaytirilishi mumkin;
tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar, o‘tkazilgan tekshirishlar va monitoring (asos, tekshirish yoki monitoring o‘tkazish vaqti, ularni o‘tkazgan xodimlar va boshqalar) va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axborotlar majburiy tartibda prokuratura organlarining maxsus elektron axborot tizimiga kiritiladi.gs
Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish