Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING VUJUDGA KELISHI



Download 137 Kb.
bet3/18
Sana01.01.2022
Hajmi137 Kb.
#283658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1111111111111111111SHAVKAT

KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING VUJUDGA KELISHI

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi (Angliyada) XVII asrga to‘g‘ri keladi. XVI asrning o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning sotsial - iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi. Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab, ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtai nazardan tadqiqot qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo, shundan iboratki, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo‘ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo‘lsa, Frantsiyada - P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik bu maktab ta’limoti A.Smit, D.Rikardo J.B.Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi.

U.Pettining iqtisodiy ta’limoti Uilyam Petti (1623-1687) - Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir. K.Marks so‘zi bilan aytganda U.Petti «Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilimli odam bo‘lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida xunarmand-matochi oilasida tug‘ildi. O‘n to‘rt yoshida ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada yollanma moryak (yunga) bo‘lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o‘tgach taqdir taqozosi bilan oyog‘i lat egan U.Petti Frantsiya hududidagi bir qirg‘oqqa qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o‘lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli, u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta’minlandi. Kollej unga frantsuz va grek tillarini, matematika, astronomiyani o‘rganishga imkoniyat yaratib berdi. 1640 yili kollejni bitirib, U.Petti Londonga qaytib keldi. Keyinchalik Oksford universitetida tibbiyot sohasida taxsil oldi. 1650 yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‘yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‘lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» (1662y), «Donishmandlarga so‘z» (1665y), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672y), «Siyosiy arifmetika» (1683y) va boshqa asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o‘z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g‘oyasini va sanoatni rag‘batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab quvvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob’ektini o‘zgartirdi va asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi.


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish