Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari



Download 34,24 Kb.
bet2/5
Sana07.07.2021
Hajmi34,24 Kb.
#111772
1   2   3   4   5
Bog'liq
Далолатнома 2-секторга

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari.

Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo’lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog`liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning hech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o’rnini bosa olmaydi, bu fanning o’z vazifasi va predmeti bor.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o’rganib, sintez qilishdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o’rgatadi, degan savolning echimi juda murakkab bo’lib, bu haqda o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.

Masalan, Aristotel` bu fanni uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g`risidagi fan deb qaragan bo’lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to’g`risidagi, uning manbalari va ko’paytirish yo’llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish to’g`risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g`risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to’g`risidagi fan deb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me`yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne`matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan edi.

AQSh va boshqa ba`zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan.

Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan ta`riflar berilmoqda.

Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S.Tarasevich va A.I.Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Ratsional xo’jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a`zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va qonuniyatlarini o’rganadi», deb ko’rsatilgan.1

Akademiklar G.P.Juravleva va V.I.Vidyapinlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslikda professor A.I.Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne`matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o’rganadi», deyilgan.2

Prof. V.D.Kamaev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» asoslari bo’yicha darslikda iqtisodiyot fanining predmeti — cheklangan resurslar dunyosida ne`matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o’rganishdan iborat deb ta`kidlanadi.3

Prof. D.D.Moskvin boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi asoslari» darsligida iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro ta`sirini o’rganadi deyiladi.4

Prof. E.F.Borisov o’zining «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli kitobida fanning predmetiga qisqagina - u iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi, deb aytib o’tib ketadi.5

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g`risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishga alohida e`tibor berilgan bo’lsa, «Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko’pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo’lgan munosabatini, xatti–harakatini o’rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga alohida e`tibor berilgan.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo’l qo’ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag`lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o’zaro bog`liqligi va bir-biriga ta`sirida o’rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o’zaro munosabatda bo’ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar. Demak, iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan bo’lishi, ularni o’rganishi lozim. Bundan tashqari mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining o’zidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish, ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya`ni iste`mol qilish jarayonlarida ham sodir bo’ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashda shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko’pgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar, ya`ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan o’rganiladi.

Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi.

Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog`liq holda mavjud bo’ladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya`ni poydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo’nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari, tomonlari o’rtasidagi aloqadorlikni va o’zaro ta`sirni o’rganadi va aniqlab beradi.

Mana shularni hisobga olib, 


Download 34,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish