Iqtisodiyot tarmoqlari yuklarini tashishni tashkil etish


Qishloq xo‘jaligi yuklarini tashish



Download 64,96 Kb.
bet2/5
Sana20.07.2022
Hajmi64,96 Kb.
#827628
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot tarmoqlari yuklarini tashishni tashkil etish

2. Qishloq xo‘jaligi yuklarini tashish

Avtomobil transportida 50 turga yaqip qishloq xo‘jaligi yuklari tashiladi. Qishloq xo‘jaligi yuklari tannarxda transport xarajatlarining 15—40 % ini tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi yuklariga: bug‘doy, kartoshka, paxta, meva, xashak massasi, pichan, o‘g‘it va shunga o‘xshashlar kiradi. Bu yuklarni tashishning asosiy xususiyatlari quyidagilardat iborat:


1. Hosil yig‘ish mavsumiy bo‘lgani uchun tashish hajmi va yuk oqimining o‘zgarib turishi.
2. Turli yo‘l sharoitlarida yuk tashish ishlarining bajarilishi.
3. YUk tashishlar qa’tiy belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi.
4. Tashiladigan yuklar hajm og‘irligining aniqligi (0,12—0,90 t/m3).
5. Mavsumga qarab yukni qaytalab tashishkoeffitsientlarining yuqori bo‘lishi (masalan, bug‘doy 2,5; kartoshka 2,1; hashak massasi 1,7 va shunga o‘xshash mahsulotlar).
Qishloq xo‘jaligi hosilini yig‘ishtirishda mahsulot turidan qat’iy tazar, ishni tashkil qilishning uchta usuli qo‘llantiladi.
1.Uzluksiz ish usuli. Bunda mahsulot bevosita yig‘ish agregatidan transport vositasi kuzoviga tushadi.
2. Alohida ish usuli. Bunda o‘rib yig‘ilgan mahsulot transport vositasining kuzoviga yuklanishiga qadar dalada alohida-alohida saqlanadi.
3. Birga qo‘shilgan ish usuli. Bunda uzluksiz va alohida ish usullari birlashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligi mashitalari bilan birga ishlash uchun zarur bo‘lgan transport vositalari soni quyidagicha aniqlanadi:
Bug‘doy hajmining 70% ga yaqini birinchi usulda tashiladi. Bug‘doy kuzovi zich yopilib, kengaytirilgan bortli va samosval avtomobillar ustiga brezent, sholcha yopib tashiladi. Bortning ko‘tarilishi natijasida kuzovga 0,40-0,83 t/m3 hajmdagi bug‘doy qo‘shimcha yuklanadi. Bug‘doy hajmi 0,7-0,8 t/m3 ni tashkil qiladi. Bortli avtomobillardan bug‘doyni tushirishda avtomobil ag‘dargichlaridan foydalaniladi.
Sholi tashishda bortli va maxsus sisterna kuzovli samosval avtomobilladan foydalaniladi. Bortli avtomobil va tirkamalar kuzovlari zich yopiladi va kuzovdagi sholi ustiga brezent, sholcha yopib qo‘yiladi. YUklash ishlari kombayn va maxsus kurakli transporterlarda bajariladi. SHoli tashuvchi maxsus sisterna kuzovli samosval avtomobilda kuzovi zich yopiladigan va yuqoridan engil ochiladigan sisterna qopqog‘i bor. Bunda sholi isrof bo‘lishining oldi olinadi va yuk ortish-tushirish ishlari mexanizasiyalashadi. SHoli bortli avtomobillardan avtomobil-ag‘dargichlarda tushiriladi.
Kartoshka mashina kuzoviga uyib, idishlarga solib va kontey-nerlarda tashiladi. Idish va konteynerlardan foydalanilganda tashish va saqlash jarayonida kartoshka yaxshi saqlanadi, ortish-tushirish ishlari mexatizasiyalashadi.
Kartoshka yuk ortish va tushirish jarayonida tez lat eyishi mumkin. SHuning uchun kartoshka tugunaklarini 0,5 metrdan baland qattiq yuzaga bir metrdan ortiq qalinlikda qatlam tarzida joylashga ruxsat etilmaydi.
Kartoshka kovlovchi kombayn esa dalada kartoshka tugunaklaridan uyum hosil qiladi. Uyumdagi kartoshka plastinkali transportyor yoki savatda qo‘lda transport vositasi kuzoviga ortiladi. Kartoshka uyub tashilganda 40—50% gacha hosil isrof bo‘lishi mumkin. —50°C haroratda tashilganda avtomobil va tirkama kuzovi sovuq o‘tqazmaydigan materiallar bilan o‘raladi, kartoshka usti esa yopib qo‘yiladi.
Konteynerlar hajmi 500—900 kg bo‘lib, taxta qoplangan metall karkasdan tayyorlanadi. Konteynerlarda kartoshkani savdo tarmoqlari va umumovqatlanish tashkilotlariga to‘g‘ri etkazib berish mumkin.
Konteynerlarda kartoshkani ma’lum muddatga saqlashni ham tashkil qilish mumkin. Konteynerlardan foydalanganda transport vositalarining samarali ishi ta’minlanadi.
Paxta terish mashinalarida paxta paykal oxirida bunkerdan transport vositasi kuzoviga tushiriladi. Xirmondagi paxtani yuk ortishda metall va sanchqili yuklagichlardan foydalaniladi. Paxta transport vositalarida qabul qilish punktlari va qayta ishlash zavodlariga etkazib beriladi. CHigitli paxta uyib, tarasiz usulda bortli metall to‘r bilan qoplangan, hajmi 25 m3 bo‘lgan samosval kuzovli yarim tirkamali transport vositalarida tashiladi.
Paxta qabul qilish punktlarida chigitli paxta transport vositasi kuzoviga konveyer yordamida yuklanadi va o‘ziga o‘rnatilgan gidravlik mexanizm bilan kuzovni o‘ng tomonga egib tushiriladi. Paxta tashishda transport vositasi dvigatelining ovozini pasaytirgichga maxsus moslama o‘rnatiladi va yong‘inga qarshi jihozlantiriladi. Tashish jarayonida paxta usti brezent sholcha bilan yopib qo‘yiladi. Paxta toyini tashishda bortli avtomobil, tirkama va yarim tirkamalardan foydalaniladi. YUk ortish-tushirish ishlari elektr yuklagichlar yordamida bajariladi.
Sabzavot va mevalar dala maydonidan tashqarida paykal chetida avtomobillarga ortiladi. Sovuq ob-havo sharoitida haroratni bir xilda tutib turadigan kuzovli, kuzov ichki qismi isitiladigan yoki sovitiladigan transport vositalarida tashiladi.
Sut sisterna va bidonlarda tashiladi. Sut sisternada tashilganda yuk ortish-tushirish ishlari, idish va sanitar qayta ishlov berish xarajatlari kamayadi, tashish sifati yaxshilanadi.
Tirik chorva mollari va parrandalar maxsus transport vositalarida tashiladi. CHorva mollarini tashuvchi transport vositasi shatakchi avtomobil va yarim tirkamadan tashkil topgan. YArim tirkama kuzovi ustki qismi panjara qilinib, yon tomonlari taxta material bilan qoplanadi. Kuzov yon tomonining ichki qismida chorva mollari arqonini bog‘lab qo‘yish uchun halqachalar o‘rnatiladi. CHorva mollari transport vositasining yon tomonidan eshik-narvon orqali ortib-tushiriladi. Kuzov ichi metall pardevor bilan to‘rtta bo‘lmaga ajratiladi.


Download 64,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish