"iqtisodiyot va turizm" fakulteti "iqtisodiyot va menejment"kafedrasi


Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlarni o’z



Download 422,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana12.07.2022
Hajmi422,16 Kb.
#782278
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qahramon

4. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlarni o’z 
vaqtida tushib turishini ta’minlash masalalari 
Harakatda bo‟lgan soliq turlarining o‟z vaqtida va belgilangan 
miqdorda tushib turishiga salbiy ta‟sir ko‟rsatuvchi qo‟yidagi omillarning 
mavjud ekanligi amaliyotda o‟z isbotini topgan:
-umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‟imlarni soliq to‟lovchilar 
tomonidan byudjetga o‟z vaqtida va belgilangan summalarda to‟lanmasligi 
va moliya-byudjet-to‟lov intizomiga rioya qilmaslik hollarining sodir 
etilayotganligi;
-umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‟imlarni budjetga o‟z 
vaqtida va belgilangan miqdorda byudjetga to‟lab turishdan bo‟yin tovlash 
holatlarining mavjudligi;
-umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‟imlarni byudjetga yil 
choraklari bo‟yicha undirilishi rejalarining noreal, haqiqiy hisob-kitoblarga 
etarli darajada asoslanmasdan, sub‟ektiv omillarning ta‟sirida tuzilishiga 
yo‟l qo‟yilishi;


-rejalarni tuzishda yillarning ayrim choraklari bo‟yicha reja 
ko‟rsatkichlarining sun‟iy ravishda pasaytirilishi va aksincha, boshqa bir 
choraklar uchun teskari tarzda yo‟l tutilishi;
-ko‟pchilik hollarda hech bir ob‟ektiv sabablarni va kelgusi davrlarda 
vujudga kelishi mumkin bo‟lgan ayanchli iqtisodiy (moliyaviy) vaziyatni 
inobatga olmagan holda doimo byudjet manfaatlarining birinchi o‟ringa 
qo‟yilaverishi;
-Soliq undiruvchilarda o‟z faoliyatlarining natijalaridan moddiy 
manfaatdor bo‟lish hissining etarli darajada shakllanmaganligi;
-soliqlarni byudjetga o‟z vaqtida va belgilangan summalarda 
undirilishini 
ta‟minlovchi 
mexanizmning 
etarli 
darajada 
takomillashmaganligi, bu mexanizm elementlarining “uzilish”lar sodir 
etib, nosog‟lom ravishda ishlayotganligi
-soliqlar va yig‟imlarni undirishga qaratilgan mexanizmning barcha 
holatlarda xam etarli darajada oddiy va sodda emasligi;
-soliqlar va yig‟imlarning hamma vaqt ham soliq to‟lovchilar uchun 
qulay bo‟lmagan vaqtlar (holatlar) da undirilayotganligi;
-budjetga 
to‟lanishi (undirilish) lozim bo‟lgan soliqlar va 
yig‟imlarning barcha hollarda ham soliq to‟lovchilarga tushunarli 
emasligi;
-soliqlar va yig‟imlarni byudjetga undirish jarayonida adolatlilik 
tamoyiliga etarli darajada rioya qilinmayotganligi va bu tamoyil 
talablarining soliq to‟lovchilar tomonidan ongli ravishda buzilayotganligi;
-soliq to‟lovchilar zimmasiga yuklangan soliq yukining ular o‟rtasida 
amalda notekis taqsimlanmaganligi, soliqlarni o‟z vaqtida va belgilangan 
summalarda to‟lab turilishiga harakat qilayotgan soliq to‟lovchilar uchun 
uning haddan ziyod og‟irligi va soliqlar hamda yig‟imlarni to‟lashdan turli 


yo‟llar va vositalarni qo‟llash evaziga bo‟yin tovlayotganlar uchun soliq 
yuki og‟irligining sezilmayotganligi va boshqalar.
Soliqlarni o‟z vaqtida va belgilangan summalarda tushib turishiga 
salbiy ta‟sir ko‟rsatuvchi omillarni bartaraf etishdagi asosiy va eng muhim 
muammolar qo‟yidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
-soliqlarni byudjetga o‟z vaqtida va belgilangan summalarda tushib 
turishini ta‟minlashning mohiyati, ob‟ektiv zarurligi va ahamiyati soliq 
to‟lovchilar va soliq undiruvchilar tomonidan to‟g‟ri idrok etilishiga to‟g‟ri 
bog‟likdir;
-soliqlarni byudjetga o‟z vaqtida va belgilangan summalarda tushib 
turishini ta‟minlash, shak-shubhasiz, ma‟lum bir mexanizm orqali amalga 
oshirilishi kerak. Fikrimizcha, bu mexanizm tarkibiy jihatdan uch qismdan 
iborat:
a) soliq to‟lovchilar
b) soliq undiruvchilar
v) huquqiy hujjatlar. 
Bozor munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida soliqlarning tartibga 
soluvchilik vazifasining amalga oshirilishi ayniqsa muhim hisoblanadi. 
Davlat soliqlar yordamida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va 
sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan 
korxonalarning iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan soliq 
muhitini yaratadi. Bu muhitni sog‟lom ravishda yaratilishida boshqa 
omillar qatori, soliqlarning rag‟batlantiruvchi jihatlari, ayniqsa, soliq 
imtiyozlari va ulardan samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqish 
dolzarb masala hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun 
«lokomotiv» rolini o‟ynovchi ustuvor tarmoqlarni (faoliyat turlarini) yoki 


korxonalar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini rag‟batlantirish 
maqsadida soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish muhimdir. Bugungi 
kunda, mamlakatimiz iqtisodiyoti tub o‟zgarishlarni o‟z boshidan 
kechirayotgan pallada, mahalliy bozorni o‟zimizda ishlab chiqarilgan 
sifatli iste‟mol tovarlari bilan to‟ldirish vazifasining qo‟yilishi milliy ishlab 
chiqarish korxonalarining oyoqqa turishida, ayniqsa, katta ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun ham hozirgi kundagi soliq siyosatining muhim 
vazifalaridan biri milliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‟llab-
quvvatlashdir.
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalasi, o‟z navbatida, hozirgi 
paytdagi mablag‟ etishmovchiligi sharoitida xorijiy sarmoyalar 
ishtirokidagi korxonalarni barpo etish va ularda tayyor sifatli buyumlar 
ishlab chiqarish orqali ichki bozorni to‟ldirish hamda jahon bozorlarida 
O‟zbekiston tovarlarining raqobatbardoshligini ta‟minlash vazifasini 
qqyadi.
Ushbu vazifalarni samarali joriy qilishning muqobil yo‟llaridan biri bu 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni soliqlar vositasida 
rag‟batlantirishdir. Chunonchi, iste‟mol bozorida tovar va xizmatlar 
taqchilligini 
bartaraf 
etishda 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarning soliqlar vositasida rag‟batlantirilishi bu turdagi mahsulot 
va xizmatlar sohasining kengayishiga zamin yaratadi. Shuning uchun ham, 
hozirgi kunda Respublikamiz hukumati mamlakatda xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda 
va unga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng asosiy 
omillaridan biri sifatida qaramoqda. Bu borada mamlakatimiz hukumati 
tomonidan eksportga yo‟naltirilgan va importning o‟rnini bosuvchi 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 


korxonalarni qo‟llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qonun va 
qarorlarning ishlab chiqilishini bu turdagi korxonalarga yaratilayotgan 
qulay shart-sharoitlar sifatida qarash mumkin. Bizningcha, bu boradagi 
qonunchilikni takomillashtirishda bu imtiyoz nafaqat xorijiy investitsiyali 
korxonalarga, balki o‟zimizning ishlab chiqarish korxonalarimizga ham 
joriy etilsa, maqsadga muvofiq bo‟lar edi. Bu erda faqat xorijiy 
investitsiyali korxonalarga berilgan imtiyozning sharti shunda bo‟lishi 
kerakki, ular xom-ashyoni sotib olishi uchun erkin almashtiriladigan 
valyutada hisob-kitob qilishlari lozim. Fikrimizcha, korxonalarning 
investitsion faolligini va mamlakatga yangi texnologiyalar kiritishni 
rag‟batlantirish borasidagi imtiyozlarni maqsadli va adresli bo‟lishini 
taqozo etadigan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
Amaldagi 
soliq 
qonunchiligida 
investitsion 
faollikni 
qo‟llab-
quvvatlaydigan soliq imtiyozlari moliya yili davomida bir martagina 
qo‟llanilishi talab etiladi. Bu albatta, tadbirkorlik faolligini susaytirish 
bilan birga, uning jozibadorligiga ham putur yetkazadi. Bu borada 
rivojlangan mamlakatlar tajribasi ayniqsa qo‟l kelishi mumkin.
Shu bilan birga, jahon amaliyotida qo‟llanib kelinayotgan bir qator 
rag‟batlantiruvchi chora-tadbirlarning qo‟llanilishi tizimning yanada 
samarali ishlashiga olib kelishi mumkin:
a) yuzaga kelgan joriy zararlarni besh yil davomida olingan 
daromadlar hisobiga o‟tkazish;
b) bu zararlarni oldingi yilda olingan foyda hisobiga qaratish;
v) turli zahiralarni shakllantirishga ruxsat berish (undirilishi gumon 
qarzlar, fan-texnika taraqqiyoti, qaytarilgan mahsulot uchun va boshqa 
zahiralar);


g) ba‟zi asosiy vositalar uchun alohida eskirish me‟yorini hisoblashga 
ruxsat berish, chunonchi, 24 soat ishlovchi asosiy vositalar uchun alohida 
tezlashtirilgan eskirish me‟yorlarini qo‟llash.
Yuqorida bayon etib o‟tilgan fikr-mulohazalarimiz nafaqat soliq 
tizimidagi ayrim muammolarni hal etishda, balki shu bilan birga, bugungi 
kunda iqtisodiyotimiz duch kelayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf 
etishda ham xizmat qiladi, degan fikrni bildirgan holda, bular natijasida 
kelib chiqadigan chora-tadbirlar tizimini keltirib o‟tishni lozim topdik:
xorijiy investorlarga berilayotgan imtiyozlar mexanizmini ba‟zi bir 
shartlar bilan boyitish. Xususan, eksportyor korxonalar uchun jahon
standartlariga to‟g‟ri keladigan tayyor mahsulot ishlab chiqarish fakti 
tasdiqlangandagina soliq imtiyozini taqdim etish;
soliq solishning soddalashtirilgan tizimida ishlovchi korxonalarning 
moliyaviy barqarorligini ta‟minlash uchun sotib olinayotgan xom-ashyo va 
materiallardagi qo‟shilgan qiymat solig‟ining alohida hisobini yuritish va 
uni tannarxga qo‟shmaslik natijasida mahsulot tannarxining sun‟iy 
ravishda oshishini oldini olish;
soliqqa tortiladigan bazani isloh etish orqali ba‟zi bir xarajatlarni 
uning tarkibidan chiqarish, korxonalarning moliyaviy mustahkamligini 
ta‟minlaydi;
korxonaning o‟z ishlab chiqarishiga investitsiya qilish, xususan, 
sotib olinayotgan zamonaviy texnologiya uchun xqjalik yurituvchi 
sub‟ektlarga alohida rag‟batlantirish chora-tadbirlarini qo‟llash.
Shuningdek, bu sub‟ektlarni qo‟llab-quvvatlashga qaratilgan soliq 
imtiyozlarining qanchalik samara berayotganligi to‟g‟risidagi masala ham 


asosiy hisoblanadi. Chunki, o‟z faoliyatining dastlabki yillarida soliq 
imtiyozlariga ega bo‟lgan xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlar o‟z hisobotlarida 
olayotgan foydalarini, ishlab chiqarish hajmlarini va boshqa iqtisodiy 
ko‟rsatkichlarini to‟liq ko‟rsatadilar, lekin imtiyozlarning qisqarishi bilan 
bu ko‟rsatkichlar miqdori ham asta-sekin kamayuvchi xarakter kasb etib 
boradi. Bunday nomaqbul holatlarning oldini olishni soliq imtiyozlari 
evaziga bqshatib olingan mablag‟larni faqat ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga yo‟naltirish orqali amalga oshirish mumkin.
Fikrimizcha, korxonalarning investitsion faolligini va mamlakatga 
yangi texnologiyalar kiritishni rag‟batlantirish borasidagi imtiyozlarni 
maqsadli va adresli bo‟lishini taqozo etadigan chora-tadbirlarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq. Amaldagi soliq qonunchiligida investitsion 
faollikni qo‟llab-quvvatlaydigan soliq imtiyozlari moliya yili davomida bir 
martagina qo‟llanilishi talab etiladi. Bu albatta, tadbirkorlik faolligini 
susaytirish bilan birga, uning jozibadorligiga ham putur yetkazadi. Bu 
borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi ayniqsa qo‟l kelishi mumkin. 

Download 422,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish