Iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 287,36 Kb.
bet1/9
Sana22.11.2022
Hajmi287,36 Kb.
#870040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit sirtqi 220-guruh Orolov Behzod




TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT (TARMOQLAR BO’YICHA) SIRTQI YO’NALISHI
3-bosqich 220-guruh talabasi Orolov Behzodning
Moliya fanidan tayyorlagan ishi

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi – davlat moliyaviy salohiyatining asosidir.


Elektron jurnaldan maqola


Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent А.Shоаlimоvning fikrichа,
xаrаjаt - bu mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrish, tоvаrlаrni sоtish vа хizmаtlаr ko’rsаtish bilаn bоg’liq bo’lgаn sаrflаrning puldаgi ifоdаlаnishidir.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Sh. A. Tojiboyevaning fikrichа, tоmоnidаn mаhsulоtlаr rеntаbеllik dаrаjаsi quyidаgichа аniqlаnishi tаvsiya qilingаn: Mаhsulоtlаr rеntаbеlligi=Mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrish tаnnаrхi /Mаhsulоtlаr sоtishdаn tushgаn sоf tushum.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent S.P. Polenovaning fikrichа, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobi xo’jalik yurituvchi subyektlar ichki extiyojlari va tannarxni aniqlash uchun xizmat qiladi . Iqtisodchi olimlar Sivi Аryantini, Sapto Jumonolarning , «Firmaning rentabelligi va qiymati: Indoneziyadagi ishlab chiqarish sanoati misolida» mavzusidagi ilmiy maqolaning maqsadi DuPont tahlili asosida rentabellik koʼrsatkichlari va ularga taʼsir etuvchi omillarni hamda ularning firma qiymatiga, xarajatlarga taʼsirini aniqlash hisoblanadi. Mazkur maqolada operatsion faoliyatini samarali boshqarish va operatsion hamda boshqa xarajatlarni kamaytirish, aksioner kapitalining daromadliligi va foyda normasini oshrishda aktivlar hamda qarzlardan samarali foydalanish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqotlar koʼrsatishicha, ishlab chiqarish
xarajatlari tahlilining nazariy muammolari masalaning bir tomoni boʼlsa, ikkinchi tomoni uning amaliy jihatdan turli sohalarga mos kelishi hisoblanadi. Bu esa, ilmiy maqola mavzusining dolzarbligini
belgilab beradi

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning harajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash.


Mavzu bo’yicha glossariy tuzish.

Nazorat qiluvchi organlar — xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar.


Tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi.
Tekshirishlarni qayd etish daftari — o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot yozib qo‘yiladigan maxsus daftar.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash.
Qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy oqimlarining samaradorligi va uni aniqlash tartibi. Mavzu bo’yicha test tuzish
1.Moliyaviy savotxonlik nima?

  1. bank operatsiyalari va bitimlari, sug’urta xizmatlari, qimmatli qog’ozlar bozorida xizmatlar ko’rsatish, moliyaviy ijara bitimlarini va pul mablag’larini va qimmatli qog’ozlarni boshqarisho’ bo’yicha ishonch shartnomalarini tuzish kabi moliyaviy xizmatlar.

  2. to’g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilish, shuningdek shaxsiy moliyaviy barqarorlikka erishish uchun zarur bo’lgan moliyaviy bilim, ko’nikma, munosabat va hatti-harakatlarning jamlanmasi.

  3. tashkilot tomonidan mehnat shartnomasiga asosan ma’lum majburiyatlarni bajarish uchun ishga yollanuvchiga muntazam ravishda (odatda har oy) to’lanadigan to’lov.

2.Moliyaviy xizmatlar nima ?

  1. bank operatsiyalari va bitimlari, sug’urta xizmatlari, qimmatli qog’ozlar bozorida xizmatlar ko’rsatish, moliyaviy ijara bitimlarini va pul mablag’larini va qimmatli qog’ozlarni boshqarisho’ bo’yicha ishonch shartnomalarini tuzish kabi moliyaviy xizmatlar.

  2. to’g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilish, shuningdek shaxsiy moliyaviy barqarorlikka erishish uchun zarur bo’lgan moliyaviy bilim, ko’nikma, munosabat va hatti-harakatlarning jamlanmasi.

  3. tashkilot tomonidan mehnat shartnomasiga asosan ma’lum majburiyatlarni bajarish uchun ishga yollanuvchiga muntazam ravishda (odatda har oy) to’lanadigan to’lov.

3. XO'JALIK MUOMALASI (OPERATSIYASI) nima?

  1. mablag'lar va ularning tashkil topish manbalarining yozma holda aks ettirilgan harakati.

  2. tashkilot tomonidan mehnat shartnomasiga asosan ma’lum majburiyatlarni bajarish uchun ishga yollanuvchiga muntazam ravishda (odatda har oy) to’lanadigan to’lov.

  3. xo'jalik subyektining oldingi davr buxgalteriya hisobotlarini auditini o'tkazgan va audit o'tkazish shartnomasi bo'yicha ushbu auditni oxirgi hisobot davri uchun o'tkazayotgan auditorlik tashkiloti.

4. XO'JALIK SUBYEKTI BILAN ISHNI DAVOM ETTIRAYOTGAN AUDITORLIK TASHKILOTI bu -…



A. mablag'lar va ularning tashkil topish manbalarining yozma holda aks ettirilgan harakati.

  1. tashkilot tomonidan mehnat shartnomasiga asosan ma’lum majburiyatlarni bajarish uchun ishga yollanuvchiga muntazam ravishda (odatda har oy) to’lanadigan to’lov.

  2. xo'jalik subyektining oldingi davr buxgalteriya hisobotlarini auditini o'tkazgan va audit o'tkazish shartnomasi bo'yicha ushbu auditni oxirgi hisobot davri uchun o'tkazayotgan auditorlik tashkiloti.

5. XODIMLARNI BOSHQARISH nima?

  1. xodimlar imkoniyatlari va tashkilot maqsadlari, strategiyasi, rivojlanishi sharoitlarini muvofiqlikka keltirishga yo'naltirilgan maqsadga qaratilgan ta’sir.

  2. tashkilot tomonidan mehnat shartnomasiga asosan ma’lum majburiyatlarni bajarish uchun ishga yollanuvchiga muntazam ravishda (odatda har oy) to’lanadigan to’lov.

  3. xo'jalik subyektining oldingi davr buxgalteriya hisobotlarini auditini o'tkazgan va audit o'tkazish shartnomasi bo'yicha ushbu auditni oxirgi hisobot davri uchun o'tkazayotgan auditorlik tashkiloti.

Korxona foydasi, uning shakllanishi, ishlatilishi va ahamiyati.


Mavzu bo’yicha savollar tuzish.

1. KORXONA (firma) nima?



  1. amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi xo'jalik shakli

  2. sotilgan mahsulot uchun korxona olgan pul miqdori.

  3. - muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi.

2. KORXONA (FIRMA) DAROMADI nima?



  1. amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi xo'jalik shakli

  2. sotilgan mahsulot uchun korxona olgan pul miqdori.

  3. - muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi.

3. KORXONA MULKI nima?

  1. asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralari yig'indisidan iborat.

  2. sotilgan mahsulot uchun korxona olgan pul miqdori.

  3. - muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi.

4. KORXONA AKTIVLARI nima?

  1. amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi xo'jalik shakli

  2. korxonada ishlab chiqarish fondlari shaklida band bo'Igan kapitaldir.

  3. muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi.

Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baholashda tutgan o’rni.




m


Turli xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning strategik rivojlanishini inobatga olgan holda, uning faoliyatini transformatsiyalashni amalga oshirishga quyidagicha yondashish mumkin:
Birinchi bosqich. Korxonani kompleks tadqiq etish, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- korxona, uning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimining umumiy tavsifi;
- korxonaning mol-mulkini aniqlash, korxona asosiy fondlarining ahvolini inventarizatsiya qilish, ulardan foydalanish samaradorligi;
- korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish;
- xo'jalik faoliyati xarajatlarini o'rganish (foyda keltirish darajasini tahlil qilish);
- uning zahiraviy, shuningdek, mehnat potensiali bo'yicha iqtidorli imkoniyatlarini o'rganib chiqish.
Ikkinchi bosqich. Raqobat muhiti va korxonaning tovar bozorlaridagi mavqeini tahlil qilish va baholash, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- tovarning marketing tadqiqotini o'tkazish;
- korxona marketingi sohasidagi tadqiqotlar.
Uchinchi bosqich. Korxonani rivojlantirish strategiyasi va uni moliyaviy sog'lomlashtirish biznes-rejasini ishlab chiqish, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- korxonani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- korxona faoliyati strategiyasini shakllantirish (ishlab chiqarish turlari, ta'minot-sotish, ishlab chiqarish-texnologik, narx-navo, moliyaviy, investitsion, xodimlar va boshqa siyosatlar);
- tashkiliy-boshqaruv tizimini shakllantirish;
- islohotlar jarayonini rejalashtirish va uni boshqarish.
Bir jumlani alohida qayd etib o'tish lozimki, ya'ni yuqorida ko'rsatilgan masalalarni turli yo'nalishlardagi konsalting firmalari yordamida hal etish kutilgan natijalarni beradi.
Ushbu ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishda asosiy ijrochilar sifatida auditorlar ishtirok etadi. Ularning vazifasi xizmat ko'rsatish korxonasining moliyaviy hisobotlari undagi haqiqiy holatni qanchalik aniq aks ettirishini aniqlashdan iborat bo'ladi. Gap shundaki, ko'pincha xizmat ko'rsatish korxonasining hisob yuritish siyosati noaniq aks ettiriladi, buning natijasida mahsulot tannarxi va foyda noto'g'ri hisob-kitob qilinadi va barcha moliyaviy ko'rsatkichlarni aniq hisoblab chiqishning imkoni bo'lmaydi. Bunday vaziyatdan chiqishning ikkita yo'li mavjud: yo auditor hisobotlarni to'liq tiklashni amalga oshiradi (lekin bu jarayon uzoq vaqt va ko'p mablag' talab qiladi, bunga xizmat ko'rsatish korxonasining imkoniyati bo'lmasligi mumkin), yoki auditorlar hisobotlarga o'zgartishlar kiritish bo'yicha tavsiyalar beradi, bu tavsiyalarni es a, xizmat ko'rsatish korxonasining o'zi bajaradi. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlar asosida xizmatlarga narxlar belgilashga sezilarli ta'sir ko'rsatuvchi alohida xizmat ko'rsatish uchastkalarini aniqlashdan iborat.
Korxona faoliyatini transformatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlarining ikkinchi bosqichini amalga oshirishda menejment va marketing bo'yicha mutaxassislarga muhim rol beriladi. Bunda korxona materiallari va tegishli bozor tuzilmalarining ma'lumotlari o'rganib chiqilishi lozim. Aynan ushbu bosqichda xizmat ko'rsatishning muayyan texnologik jarayonlarida ishtirok etuvchi korxonaning rentabelsiz va past rentabelli bo'linmalariga alohida e'tibor qaratiladi, buning sabablari va ushbu bo'linmalar faoliyati samaradorligini oshirish yo'llari tahlil qilinadi.
Bu boradagi ishlarning uchinchi bosqichi eng murakkab jarayon bo'lib, u tashkiliy tadbirlar majmuining ishlab chiqilishini o'z ichiga oladi. Mazkur bosqichda korxona aktivlarining samarasiz qismini sotish, korxona tarkibidan rentabelsiz va past rentabelli faoliyatlarni ajratish, ularni davlatning imtiyozlariga ko'ra kichik toifadagi sub'yektlarga berish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, tranformatsiyalash (qayta tarkiblash) faoliyat samaradorligini oshirish asosida korxona biznesining qiymatini oshirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuini o'zida namoyon qiladi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq transformatsiyalash (qayta tarkiblash) tadbirini boshlash uchun mazkur xizmat ko'rsatish korxonasining biznesini baholash zarur. Har qanday sog'lomlashtirish ishida muvaffaqiyatning yarmi to'g'ri tashxis qo'yilishiga bog'liq. Shu munosabat bilan baholash, birinchi navbatda, korxonaning tashxisi hisoblanadi.
Baholash o'rniga xizmat ko'rsatish korxonasida auditorlik tekshiruvidan foydalanish mutlaqo noto'g'ri qadam hisoblanadi. Shuning uchun auditorlik tekshiruvi baholash o'rniga emas, balki baholash bilan birga o'tkazilishi kerak. Keyingi ishlar jarayonida korxona uchun mol-mulkni sotishga zarurat tug'ilishi mumkin. Shu munosabat bilan ushbu mol-mulkni baholash zarur bo'ladi. Bundan tashqari, xizmat ko'rsatish korxonasini rivojlantirishda investitsiya loyihalarini baholash va biznesni rejalashtirish bo'yicha bilimlar talab etilishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko'rsatish korxonasini transformatsiyalash (qayta tarkiblash) uchun baholash ishlarining aniq bajarilishini ta'minlash lozim.
Korxonalarni transformatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlari, faqat ularda korxonaning va tegishli bozor infratuzilmasining mutaxassislari ishtirok etgan taqdirda, bajarilishi mumkin, tranaformatsiyalash (qayta tarkiblash) dasturining ishlab chiqilishi natijasida esa, xizmat ko'rsatish korxonasining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, ma'naviy maqom yo'nalishlari aniqlanadi.
Korxonalarni transformatsiyalash mehnat taqsimoti va xizmat ko'rsatishning ixtisoslashuvini ta'minlagan holda, ishlab chiqaruvchilar va ularning ishlab chiqargan mahsulotlaridan bahramand bo'luvchilar, ya'ni, iste'mol qiluvchilarning manfaatlarini inobatga oluvchi yagona konsepsiya doirasida amalga oshirilishi lozim. Mintaqalarda transformatsion jarayonlarni rivojlantirish "Transformatsiya rivojini qo'llab-quvvatlash dasturi" tarkibiga kiruvchi maxsus ishlanmalarga asoslanishi kerak.
Korxonalarni transformatsiyalash jarayonida bir-biriga xom ashyo, resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni o'tkazish kabi o'zaro kooperatsion aloqa kasb etuvchi bir nechta xo'jalik sub'yektlari hamkorlik munosabatida bo'ladi, shuningdek, yakuniy daromad va foydani (qo'shilgan qiymat) olish bilan bog'liq o'ziga xos munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham har bir tuman hokimliklari mazkur tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissasini qo'shayotgan iqtisodiyotning bazaviy korxonalari uchun o'zining differensial "Korxonani trnsformatsiyalash Nizomi" ning yaratilishi va shu asosida ish faoliyati yuzasidan doimiy monitoring yuritishi kerak, chunki transformatsiyalash jarayonlari yilning to'rt faslida ham barqarorlikni ta'minlash garovidir. Bu va shunga o'xshash masalalar Respublikamizdagi yuqori boshqaruv organlariga oid tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar orqali hal etilishni ham o'z navbatida talab qiladi.

Download 287,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish