Iqtisodiyotvaturizm



Download 258 Kb.
bet9/11
Sana28.07.2021
Hajmi258 Kb.
#130882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI

7.kun.uz

Mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qoʻyildi.⁸

Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash maqsadida mikrokreditlar hajmini keskin oshirish, ularni ajratish tartibini soddalashtirish zarurligini taʼkidladi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitildi.

5.O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati

O'zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirishi kutilmoqda.

O'zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.

PHujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:

Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;

Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;

Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;

Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;

Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;

O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:

Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;

O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi;Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;

Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z xohishiga ko'ra erkin tanlaydi;hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va O'zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;

O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

VALYUTA SIYOSATINI LIBERALLASHTIRISH BO‘YICHA BIRINCHI NAVBATDAGI CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd etilsin.

Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat O‘zbekistonning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan ishonchli, to‘lovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini ta’minladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyuta zaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiya qilishning ustuvor sohalariga yo‘naltirish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.

Shu bilan birga, valyuta muomalasi sohasining haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samarali bo‘lgan tizimini shakllantirdi, biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlarning vujudga kelishi va raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keldi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirishda, umuman, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi omilga aylandi.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:

1. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash;

ikkinchidan, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash;

uchinchidan, valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noan’anaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi rolini oshirish;

to‘rtinchidan, sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash;

beshinchidan, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish;

oltinchidan, monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat budjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish;

yettinchidan, bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash hisobiga oshirish;

sakkizinchidan, valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

to‘qqizinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yilning 5-sentabridan:

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin;

jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablag‘larni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkin;⁹

(iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi;

8. (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha eksportchi korxonalarning chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish bo‘yicha talab bekor qilinadi;

Belgilansinki, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi naqd mablag‘larni faqat milliy valyutada echib olishga haqlidirlar, chet el valyutasidan chet elda asosli foydalanish hollari bundan mustasno.

3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida:

tovar (ish va xizmat)lar uchun to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro to‘lov kartalari orqali to‘lovlar bundan mustasno; tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi;

davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat milliy valyutada undiriladi, konsullik yig‘imlari bundan mustasno.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

xorijiy valyutada kreditlar berish va undirish shartlari kredit siyosatidan kelib chiqqan holda tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi;

banklarning xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklari tadbirkorlik tavakkalchiligi hisoblanadi hamda ularni boshqarish tijorat bankining vakolatiga kiradi;

xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha komission vositachilik haqi miqdori tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi;

tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilinadi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi.¹⁰

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda valyuta siyosatini liberallashtirish oqibatlarini yumshatishni nazarda tutuvchi hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin, ularda quyidagilar:

banklarning kapitallashuv darajasi va likvidliligini ta’minlash orqali ularning tavakkalchiliklarga bardoshliligini oshirish, xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda bank tavakkalchiliklarini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat

qilishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy qilishni ko‘zda tutuvchi respublika bank tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar;

iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga, xorijiy kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishda davlat tomonidan moliyaviy yordam berish, soliqqa tortish mexanizmlari va tamoyillarini takomillashtirish, davlat tomonidan vaqtincha subsidiyalar ajratish, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va tijorat banklari kreditlarini restrukturizatsiya qilishga qaratilgan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari;

import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar ichki narxlarining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalarini optimallashtirish chora-tadbirlari;



9.(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

2017-2018-yillarda 14 yoshga to‘lmagan farzandlari bo‘lgan oilalar uchun belgilangan nafaqa oluvchilar sonini o‘rtacha 1,5 barobar va kam ta’minlangan oilalar uchun belgilangan moddiy yordam oluvchilar sonini 2 barobarga oshirish, ishsiz fuqarolar uchun aholi punktlari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlarini tashkil etish, shuningdek, Davlat budjeti, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish, shu jumladan, oilalarning alohida davlat ko‘magiga ehtiyojmand toifalariga uy-joy ta’mirlash yoki xarid qilish, qoramol, parranda va eng zarur maishiy texnika sotib olishga ko‘maklashish hisobiga aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish nazarda tutilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

soliqqa tortish bazasini kengaytirish va ichki zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga budjet daromadlarini oshirish orqali 2017-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining profitsit bilan bajarilishini ta’minlash, shuningdek, Davlat budjetida ko‘zda tutilgan barcha tadbirlarning to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash va tasdiqlangan xarajatlarni asossiz qisqartirish amaliyotiga barham berish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni so‘zsiz amalga oshirishni nazarda tutgan holda, 2018-yilgi Davlat budjeti loyihasini profitsit prognozi bilan ishlab chiqish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘larini qayta baholash natijasida olgan foydasi soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydigan vaqtincha tartib (2018-yilning 1-iyuliga qadar) belgilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan normalar ta’sirining tahlilidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda:

havola qiluvchi me’yorlarni maksimal darajada qisqartirgan holda, valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jihatlari;

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqini to‘liq ro‘yobga chiqarish;

respublika iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish masalalari ko‘zda tutilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasining noqonuniy muomalasini va naqd chet el valyutasi bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirishni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.

11. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.¹¹




Download 258 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish