Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish Reja: Ish haqining mohiyati


Ish haqini tashkil etish tamoyillari – daromadlar va mehnatga haq to‘lash siyosatini ishlab chiqishning metodologik asosi



Download 16,17 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi16,17 Kb.
#841308
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ish haqini tashkil etish

3. Ish haqini tashkil etish tamoyillari – daromadlar va mehnatga haq to‘lash siyosatini ishlab chiqishning metodologik asosi
Ish haqini rag‘batlantiruvchilik rolini oshiruvchi xilma-xil omillar orasida ichki omillar, ya’ni ish haqini tashkil etish ustuvor ahamiyatga egadir27. SHunga ko‘ra ish haqini mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning amaliy quroliga aylantirish maqsadida, shuningdek mazkur muammo nazariy jihatdan etarlicha o‘rganilmaganligini nazarda tutib, ish haqini tashkil qilishda qaysi tamoyillarga asoslanish lozimligini anglab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tamoyillar ish haqini tashkil etish talablarini to‘laroq amalga oshirilishida yordam beradi va ularni aniqlashtiradi. Bunda tamoyillar iqtisodiyotning holati, vazifalariga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilishi hamda o‘zgartirilishi mumkin. Ular ish haqini tashkil etish jarayonida rioya qilinishi lozim bo‘lgan normativ hujjatlarda aniq ko‘rsatma, normativ ko‘rsatkich, maksimal yoki minimal yo‘l qo‘yiladigan chegarada, o‘rtacha miqdorda aks ettiriladi.
Demak, ish haqini tashkil etish tamoyillari ob’ektivdir, chunki ob’ektiv qonunlar ta’sirini aks ettiradi, talablar esa – sub’ektivdir, chunki uni kishilar belgilaydi. SHuning uchun tamoyillar va talablar bir xil bo‘lolmaydi, ularni yagona tasnifga kiritish mumkin emas. YUqorida aytilganlarni nazarda tutib hamda ish haqini tashkil etish prinsiplarini bir xil tushunish nazariy va amaliy xususda ham muhimligidan kelib chiqib, quyidagi ta’rifni tavsiya etish mumkin: ish haqini tashkil etish prinsiplari – iqtisodiy qonunlar ta’sirini aks ettiradigan va ish haqi vazifalarini to‘liqroq amalga oshirilishiga yo‘naltirilgan ob’ektiv, ilmiy asoslangan qoidalardir.
SHunga ko‘ra, ish haqini tashkil etishning quyidagi eng xarakterli tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- nominal va real ish haqining uzluksiz oshib borishi;
- mehnat me’yorining unga haq to‘lash me’yoriga muvofiqligi;
- ishlovchilarning yuqori mehnat pirovard natijalariga erishishdan moddiy manfaatdorligi;
- mehnat unumdorligini o‘stirishning ish haqini oshirish sur’atlariga nisbatan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash.
Har bir prinsip bir necha iqtisodiy qonunlar ta’sirini aks ettiradi. Tamoyillarni ish haqi qaysi vazifani amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, shu vazifaga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiqdir. Har bir tamoyil bitta vazifa bilan emas, balki bir necha vazifalar majmui bilan bog‘langan. SHunday bo‘lsada, mazkur tamoyil birinchi navbatda bajarishga yo‘naltirilgan asosiy vazifani ajratib ko‘rsatishi mumkin.
Tamoyillar uchun ish haqining asosiy vazifalarini aniqlash faqat nazariy ahamiyatga ega bo‘lmay, balki ish haqining aniq vazifalaridan foydalanishga oid amaliy vazifalarni ham hal qilishda yordam beradi. Masalan, 15-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ish haqining rag‘batlantiruvchilik vazifasini to‘liq amalga oshirish uchun birinchi navbatda ish haqini tashkil etishda mehnat unumdorligi o‘sishi ish haqining oshish sur’atlariga nisbatan ilgarilovchi sur’atlari, mehnat me’yorining unga haq to‘lash me’yoriga ko‘proq muvofiqligi, yuqori mehnat pirovard natijalariga erishishdan ishlovchilarning maksimal moddiy manfaatdorliklarini ta’minlaydigan o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
SHunday qilib, ish haqini tashkil etish vazifalari va tamoyillarini to‘g‘ri tushuntirish va uning xususiyatlari hamda mazmunini to‘g‘ri hisobga olish ish haqining ishlovchilarni maksimal pirovard natijalardan va iqtisodiy o‘sishdan manfaatdor qiladigan ilmiy asoslangan model va konsepsiyalarini yaratishda yordam berishi mumkin.

Download 16,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish