Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar: dotsеnt K. A. Samiyev ruxsat berildi” “ ” 2017 y. Kafedra mudiri f-m f. n. B. E. Niyazxanova Taqrizchi: tdtu “ Elektron aparaturalarni ishlab chiqarish kafedrasi” dotsenti O’. Sharipov


I-BOB. TABIIY-ILMIY FANLAR TIZIMIDA ASTRONOMIYANI FAN SIFATIDA METODOLOGIK ASOSI



Download 89,86 Kb.
bet7/18
Sana21.01.2022
Hajmi89,86 Kb.
#396891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Akademik litseylarning ijtimoiy gumanitar yo’nalishlarda astronomiya o’qitishning o’ziga xosligi

I-BOB. TABIIY-ILMIY FANLAR TIZIMIDA ASTRONOMIYANI FAN SIFATIDA METODOLOGIK ASOSI.

1.1.Astronomiya o`qitishda yoshlarning ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning didaktik asoslari.


Ta’limda milliy tamoyillarni o’rganish yosh avlodni ajdodlarimizning milliy mintalitetini ifodalovchi qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Zero yurtimiz, xalqimiz tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy me’rosning o’zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim.

Ayni zamonda fanning barcha sohalarida kuzatilayotgan taraqqiyot, ilmiy dunyoqarash asoslarining isboti sifatida namoyon bo`lmoqda.

Shu boisdan tabiat fanlari bilan endi tanishayotgan yoshlar-talabalarni bu fanlarning falsafiy vailmiy dunyoqarash masalasidagi mazmuni bilan tanishtirish va bu bilan ularda mazkur fan asoslariga qiziqish uyg`otish, juda muhim pedagogik tadbir hisoblanadi. Ilmiy dunyoqarashni talabalarda shakllantirishda tabiat fanlaridan, ayniqsa, fizika, astronomiya, ximiya va biologiya fanlarining roli, ularning ayni paytdagi rivojlanish bosqichlarida beqiyosdir.

Garchi keng ma`noda ishlatiladigan, jonli va jonsiz borliqni va kishilik jamiyatini o`z ichiga oladigan olamning umumfan manzarasi dunyoqarashni to`la o`zida aks qilmasada, olamning tabiiy-ilmiy manzara­si talabalar dunyoqarashining shakllanishida yetakchi rol o`ynaydi.

Ma`lumki, ayni zamonda tabiat fanlari turli sohalar bo`yicha differensiallangan bo`lib, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida, ularning har biri o`z xususiy ilmiy manzarasi bilan ishtirok qiladi. Bunda, ayniqsa, dunyoning fizik manzarasi yetakchi rol o`ynab, fazo va vaqtning, modda, maydon hamda vakuumning xususiyatlari, qonunlar, prinsiplar va gipotezalar uning asosini tashkil etadi. Olamning astronomik manzara­si uning fizik manzarasini Koinot masshtabida qarashga imkon berishi bilan, ilmiy dunyoqarashning mazmunida muhim o`rin tutadi.

Olamning astronomik manzarasi, ilmiy dunyoqarashda ma`lum ma`noda loqal xarakterda bo`lsada, biroq olam tuzilishi haqidagi tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishi tarixida ilmiy mazmundagi materiallarga boyligi bilan ajralib turadi.

Ma`lumki, o`rta asrlardayoq astronomiyada olam tuzilishining geosentrik sistemasi o`rniga uning geliosentrik manzarasi qaror topdi. Oxirgi o`n yilliklarda esa, osmon jismlarining nurlanishlarini qayd qilishning yangi metodlari hamda, ilmiy-texnik inqilobi tufayli, quvvatli astronomik instrumentlarning vujudga kelishi, insonni o`rovchi ob`ektiv borliqning fizik tabiati, tuzilishi va rivojlanishi bilan bog`liq talay yangiliklarning yechilishiga, binobarin olam tuzilishining manzarasini yangicha talqiniga imkon berdi. Bu esa, o`z navbatida ilmiy dunyoqarashning ri­vojlanishi jarayonida uning mazmunida sifatiy o`zgarishlarning vujudga kelishiga olib keldi.Ma`lumki, borliqqa ilmiy va diniy qarashlarda hechqanday umumiylik bo`lmay, mohiyati bilan ular butunlay qarama-qarshi dunyoqarashlardir. Chunki diniy dunyoqarashning asosida g`ayri-tabiiy kuchlar yotadi. Borliqning ob`ektivligini, moddiy birligini ta`kidlovchi va ilmiy asoslovchi ilmiy dunyoqarashdan farqli o`laroq diniy dunyoqarash, insonni o`rovchi borliq va uning hodisalarini, tabiatdagi mavjud qonuniyatlarni olloh ijodiyotining maxsuli, uning irodasining natijasidir, deb tushuntiradi.

Diniy dunyoqarash ta`siridan o`quvchilarni ehtiyotlash uchun fan yutuqlarining, jumladan astronomiya fani erishayotgan hozirgi zamon yutuqlarining, ilmiy mazmunli ochishning roli nihoyatda kattadir. Binobarin, tabiatda uchraydigan barcha hodisalarning ilmiy mohiyati, ateizm uchun asosiy qurol bo`lib xizmat qiladi. Mazkur hodisalarni diniy dunyoqarash asosida tushuntirish har doim ilmiy asosda tushuntirish oldida asossizligi, g`ayritabiiyligi bilan ojizlik qiladi.

O’rta maxsus ta’lim astronomiya kursining mazmuni asosida, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda, Kopernikning olam tuzilishi to`g`risidagi inqilobiy ta`limoti markaziy o`rinlardan birini egallaydi. Mazkur ta`limot Yerning Quyosh atrofida va o`z o`qi atrofida aylanishini isbotlab, planetalarning asrlar davomida sirli hisoblanib kelingan sirtmoqrimon harakatlarini, Quyoshning yillik ko`rinma harakatini, sayyoralar, Oy va Quyoshning sutkalik ko`rinma hara­katlarini osongina tushuntirish imkonini beradi. Ko­pernik geliotsentrik ta`limotining ilmiy dunyoqarash obyekti bo’yicha roli shundaki, u olam tuzilishi haqi­da asrlar davomida mustahkam hisoblangan beologik qarashlarning ildiziga bolta urdi. Yerning kuzatilayotgan osmon jismiga nisbatan «boshqaruvchi»lik rolini yo`qqa chiqarib, barcha boshqa osmon jismlari -sayyoralar qatori Quyoshning atrofida aylanuvchi oddiy osmon jismi ekanligini isbotladi. Ayniqsa, Kopernik tomonidan, kuzatilayotgan hodisalar va harakatlarning tashqi ko`rinishi va haqiqiy mohiyatini farqlay bilishga qo`yilgan talab prinsipi, ilmiy-dunyoqarash masalalarida muhim prinsiplardan hisoblanadi. Gelio­sentrik ta`limotning inqilobiyligi yana shundaki, bu ta`limot sabab bo`lib, tabiatshunoslik fani olam tuzilishining birdan-bir to`g`ri, haqiqiy va qiyin yo`liga chiqib oldi.

Geliotsentrik ta`limotning ilmiy dunyoqarashga oid eng muhim yutug`i esa, uning g`oyalari ob`yektiv borliqning haqiqiy manzarasini (Quyosh sistemasining tuzi­lishi masalasida) aks qilib, uni asrlar davomida buzib ko`rsatilishiga barham berdi. Shu inqilobiy nazariya sabab bo`lib, Kopernikning davomchilari J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler va I. Nyutonlar olam tuzilishi haqidagi tushunchalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar va bu bilan olamning astrono­mik manzarasini yanada boyitdilar. Xususan, Bruno olam tuzilishida absalyut markaz tushunchasi ma`noga ega emasligini, shuningdek olam qo`zg`almas yulduzlar sferasi bilan chegaralanganligi ilmiy asosga ega emas­ligini uqtirdi. Olim olam tuzilishi va rivojlanishi haqidagi ilmiy tushunchalar va qonuniyatlarga dialek­tik yondashib, koinotning cheksizligi haqidagi progressiv g`oyani o`rtaga tashladi. Bruno hayotning koinotda yagona emasligini, uning turli «burchaklari»da Yerdagidek ongli mavjudotlar bo`lishi mumkinligini ta`kidlash bilan hayotning paydo bo`lishi haqidagi diniy qarashlarning ham ildiziga bolta urdi.

Pize universitetining professori Galileo Galileyning izlanishlari natijasida olam tuzilishining ge­liosentrik sistemasini tasdiqlavchi bir qancha dalillar aniqlandi. Olim 1609-yili teleskop yasab, uning yordamida ochgan yangiliklari, xususan Oy rel’efining Yernikiga o`xshashligi, Yupiter yo`ldoshlarining ochilishi va bu gigant planeta sistemasining Quyosh sistemasining kichik «modeli» sifatida namoyon bo`lishi, Venera fazalarining kuzatilishi hamda Somon yo`lining yulduzlardan tashkil topganligi geliosentrik ta`limotni asoslashi bilan birga Yer va osmon jismlari tuzilishlarini keskin farqlovchi teologik dunyoqarashning asossizligini namoyon qildi.

I. Kepler va I. N’yutonlarning osmon mexanikasiga va butun olam tortishishiga doir qonunlari esa os­mon jismlarining o`zaro dinamik bog`lanishlari va ularning harakat trayektoriyalarini aniqlash bilan olamni bilishda ilmiy metodlarning va tabiat qonunlarining muhim rolini asoslab berdi.

Quyosh sistemasining tuzilishi va uning dinamikasiga doir bunday qonuniyatlarning ochilishi, keng masshtabda olam tuzilishi va uning dinamikasini anglashga imkon berdi. Bu esa, o`z navbatida, olamning astro­nomik manzarasini ilmiy asosda tasavvur qilishga sharoit yaratdi.

XIX asrda qaror topgan astrofotografiya va astrospektroskopiya, astrofizika fanini vujudga keltirib, astronomiyani yangi bosqichga ko`tardi. XXI asrga kelib esa, ilmiy-texnikaviy inqilob, quvvatli astronomik kuzatish instrumentlarini yaratilishiga fan yutuqlarini bu sohaga keng tatbiq qilishga imkon berdi. Shu­ningdek, bu davrga kelib, osmon jismlarini faqat optik diapazondagina emas, balki elektromagnit to`lqinlarining keng shkalasiga tegishli hamma diapazonda o`rganish uchun sharoit vujudga keldi. Deyarli barcha to`lqinlarda (rentgen, gamma, ul’trabinafsha, infraqizil va radionurlarda) astronomik kuzatishlarni olib borishga imkon yaratgan yangi bu metodlar, talay quvvatli yangi kosmik ob`ektlarning topilishiga, ular­ning fizik tabiatlarini bilishga, anglashga imkon berib, insonning ilmiy dunyoqarashini boyitishi bilan muhimdir.

Ayniqsa, bizning asrimizda kosmonavtika erasining ochilishi, olam tuzilishi va osmon jismlari haqidagi tasavvurlar va tushunchalarimizni kengaytirdi.

Xususan kosmonavtika, Yer atmosferasi qatlamlarida nurlanishlari yutiladigan kosmik ob`ektlarning fizik tabiatlarini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sun`iy yo`ldoshlar va orbital stansiyalarda o`rnatilib, atmosferada yutiladigan nurlanishlarni qayd qiladigan ilmiy apparatlar, manbai juda quvvatli fizik jarayonlarni boshidan kechirayotgan kosmik ob`yektlarni ultrabinafsha, rentgen va gamma diapazonlarda o`rganishga imkon yaratishlari bilan muhimdir. Asrlar davomida sirli hisoblangan bunday osmon jismlari­ning fizik tabiatlarini o`rganish esa, o`z navbatida, dunyoning astronomik manzarasini yanada boyitib, ilmiy dunyoqarashning ufqlari yanada kengaytirdi.

Q.Siolkovskiy kosmosni tinchlik va insoniyatning hayotini farovonlashtirish kabi oliy maqsadlarda ishlatish fikrini bergan edi. Darhaqiqat, inson kosmosga Yerdagi muammolardan «qochib» emas, balki ular­ni hal qilishning yangi manbalarini izlab chiqmoqda. Xuddi shumaqsadda kelajakda kosmosda Siolkovskiy orzu qilgan «efir shaharlari»ning qurilishi ham real bo`lib, bunday yirik kosmik «mustamlakalar», sayyoramiz - Yer bilan bog`liq energetik va ekologik muammolarni hal qilishda katta rol o`ynaydi.

Shunday qilib, kosmonavtikaning bu yo`nalishlardagi erishayotgan yutuklari ham, insonning Koinotni bilish masalalaridagi imkoniyatlari, fanning ko`pqirrali boshqa o`nlab soha va yo`nalishlaridagi kabi, cheklanmaganini ko`rsatishi bilan talabalarda, falsafaning bosh masalalaridan hisoblangan bilish nazariyasi ham ilmiy asosdan holi emasligiga katta ishonch hosil qiladi. Bu esa, o`z navbatida, tabiat hodisalarini o`rganishda, ilmiy qonuniyatlarga tayangan holda yondashishning qanchalik muhim ekanligini ularga sezdirishi bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Astronomiya fanidan talabalarning o`zlashtirish darajasi ko`proq dasturda ko`zda tutilgan amaliy mashg`ulotlar va tabiiy kuzatishlarni o`z vaqtida o`tkazib bilish bilan bog`liq. Astronomiya darslarini amaliy jihatdan tayyorlash va uni o`tkazish xoxlagan o`quv yurti sharoiti amalga oshirish juda yengil.O`qituvchiga faqat amaliy kuzatishlarni tashkil qilish qiyinchilik tug`diradi. Taklif qilinayotgan ishda xoxlagan o`quv yurtida astronomiyadan amaliy mashg`ulotlar va tabiiy kuzatishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish metodikasi ko`rsatiladi.

Astronomiya o`qitishning ko`rsatmagini ta`minlashda o`quvchilar tomonidan osmon jismlarini va eng oddiy astronomik hodisalarni mustaqil kuzatish va ko`rsatmali qo`llanmalardan foydalanish katta rol o`ynaydi.

Astronomiya kursining o`qitilishi boshlanganga qadar bahorda va kuzda o`tkaziladigan mavsumiy kuzatishlar e`tiborga moyildir.



Ma`lum bir astronomik ob`yekt yoki hodisa program­ma bo’yicha o’qitilayotganda, ularni kuzatishning amalda juda kamdankam hollardagina imkoni bo’lishi e`tiborga olinsa, eslatilgan propedevtik kuzatishlarning maqsadga muvofiqligi yana ham yaqqol seziladi. Ko`p hollarda, mustaqil kuzatishlarning natijalari yangi bilimlarni qo`lga kiritishda tayanch bo`lib xizmat qiladi. Xuddi shunday rolni, misol uchun, Zuxra fazalarining kuzatilishi, Yupiter sirti, keyinchalik Mars va Merkuriyda topilgan, shuningdek Mars, Yupiter va Merkuriyda kuzatiladigan kraterlar bilan solishtiriladigan Oy kraterlari o’ynaydi

Astronomiyadan «Kirish» darsi o`tish ham boshqa darslardan farq qilib, o`z oldiga o`quvchilarni bu fan­ga qiziqtirish, uning predmeti bilan tanishtirish va bir qator tarixiy materiallar orqali ularga astronomiyaning fan sifatida shakllanishini va rivojlanishini ochib berish kabi talablarni qo`ydi. O`qituvchining bu talablarga qay darajada tayyor bo`lishi va mahorati, astronomiya bilan dastlab tanishayotgan o`quvchida bu fanga nisbatan munosabatni shakllantirishda katta rol o`ynaydi.

Shuningdek yangi metodlarga tayangan va quvvatli instrumentlar bilan qurollangan hozirgi zamon astronomiyasida kun sayin yangiliklar, erishilgan ma`lumotlarni aniqlashtirishlar bo`lib turganda, ularning hammasi o`z vaqtida astronomiya darsligining mazmunidan o`rin olishi qiyinligini e`tiborga olsak ilmiy-ommabop adabiyot bilan o`quvchilarni sistemali tanishtirib borish zarurligini tushunish qiyin bo`lmaydi. Bu­lardan tashqari o`quvchilarning mustaqil o`qishlarini tashkil qilishda ham ilmiy-ommabop adabiyotning ro­li katta ekanligini unutmaslik kerak. Shu jihatdan bizlar, malakaviy ish bo`limlaridan birini shu masalaga bag`ishlashni lozim topdik.


Download 89,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish