Ish, mehnat va qonun) kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish



Download 58,33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.10.2022
Hajmi58,33 Kb.
#852025
Bog'liq
Ergonomika - Vikipediya



Ergonomika
Ergonomika
(
yunoncha
: — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish
faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari
va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro
taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, mehnat
jarayonida inson organizmi holatini oʻrganish biror ishini bajarish uchun eng maqbul sharoitlar
yaratish maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan. Insonning mehnat faoliyata uchun ent oʻngʻay mehnat
qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish yoʻlidagi dastlabki qadamlar 20-asr boʻsagʻasida
boshlandi. Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik
amaliyetchimuhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor (qarang
Teylorizm
) tomonidan bajarildi. E. ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari taʼsirida, korxonalar
faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fantexnika taraqqiyoti natijasida ilmiyamaliy fan
sifatida paydo boʻldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigiyenasi taʼsirida
shakllandi; tibbiyot, biol., biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, mat.,
injenerlik va texnologik fanlar maʼlumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va
normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti,
iqtisodiymatematik modellashtirish bilan bogʻliq.
Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiypsixologik
va texniktashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. E. diqqat markazida ishlab
chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi
xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yoʻllari va usullarini topish turadi. E. oʻz
tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish
boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
"E." termini 1949-yil Angliyada shu soha boʻyicha tadqiqot ishlari olib boruvchi jamiyat
tomonidan amaliyotga kiritilgan. E.da yana ikkita tamoyil boʻlib, ular insonni ishga, ishni insonga


moslashtirish omillaridan iborat. Birinchisida samaradorlikni taʼminlash, ikkinchisida insonga
qulaylik yaratish koʻzda tutiladi.
E. kishining butun ish kuni davomida yuqori ishchanlik qobiliyatini taʼminlash uchun mehnat va
dam olish rejimini ham oʻrganadi.
E. boʻyicha barcha amalga oshiriladigan ishlar ishlab chiqarish samaradorliginy oshirish,
ishlovchilar uchun qulayliklar yaratish va ayni paytda ularning salomatligini taʼminlashga
qaratiladi. Shuning uchun barcha mehnat vositalari, qurollari, mashinalar E. talablarini hisobga olib
loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi. E. bilan firma va kompaniyalarda dizaynerlar
shugʻullanadilar.
Oʻzbekistonning barcha texnika sohasidagi oliy oʻquv yurtlarida E. fani oʻqitiladi. Toshkent
texnika universiteti, Toshkent arxitekturaqurilish, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat,
Toshkent sanʼat intlarida E. boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Sadir Salimov.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ergono
mika&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


 
Soʻnggi tahrir 24 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Ergonomika&oldid=2838532

dan olindi

Download 58,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish