Ishlab chiqarish jarayoni Reja


 Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana02.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#311289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi

3.2. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va 

usullari 

Ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  eng  ilg’or  shakllariga  ixtisoslashtirish,  kooperativlashtirish  va 

kombinatsiyalash kiradi.  

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri 

hisoblanib,  u  ilmiy-texnik  taraqqiyot  va  ishlab  chiqarishning  boshqaruv  tizimi  bilan  uzviy  bog’liqdir. 

Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil 

etadi.  

Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki 

texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi. 

Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga asoslanadi, 

shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan keng ko’lamda 

foydalaniladi. 

Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab 

chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir. 

Soha  korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta: 

buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud. 

Sexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri bir xil texnologik 

operatsiyani  va  bir  xil  ishni  bajaradi.  Masalan,  mashinasozlikda  temirchilik,  zagotovkalar  qo’yadigan, 

mexanika, issiqlik, payvandlash va boshqa Sex hamda uchastkalar, metallurgiya soha ida domna, marten 

va prokat Sexlari tashkil qilinadi; to’qimachilik fabrikalarida  yigiruv, to’quv va boshqalarning tashkil qilinishi 

texnologik ixtisoslashtirishga misol bo’la oladi. 

Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxonalarning bo’limlari (Sex, uchastkalar)da texnologik 

ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi vujudga keladi: mahsulotlarning o’lchamiga qarab (masalan, mexanika 

Sexi yirik, o’rta va mayda); materiallar turiga qarab ishlov berishi bo’yicha (masalan, po’lat, cho’yan va 

cho’ziladigan cho’yan); quyuv Sexlari va h. k. jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha (tokarlik, frezerlik, 

silliqlash, pardozlash). 

Texnologik  ixtisoslashtirish  sharoitida  unumdorligi  yuqori  bo’lgan  texnikadan  va  texnologiyadan, 

shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi. 

Sexlar va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri texnologik jihatdan 

har  xil  bo’lgan  operatsiyalarni  bir  xildagi  detallar  yoki  uzellar  bo’yicha  bajaradi.  Korxonalarning 

bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish shakli ko’p jihatdan tor ixtisoslashgan zavodlar uchun 

xarakterlidir (ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda). Bunday Sexlar agregatlarning ayrim 

detallari  va  qismlarini  ishlab  chiqarishga  moslashadi,  nomenklaturasi  esa  chegaralangan  bo’ladi 

(masalan, avtomobilg’ zavodlarida — mashinaning orqa ko’prigini yoki motorini ishlaydigan Sexlar, 

vagonsozlik zavodida ressor, stanoksozlikda —stanina, korpus detallari, shesterenkalar, vtulkalar va 

richaglar Sexi). Sexlarning buyumlar bo’yicha qurilishi qoida bo’yicha berk jarayonlarga olib keladi, 

bunday Sexlarda har xil bosqichga tegishli  yoki ishlov berish turiga qarab jarayonlar dam-badam 

birga olib boriladi. Sexlarning texnologik ixtisoslashgan shaklidan asta-sekin birmuncha ilg’or bo’lgan 

buyumlar  bo’yicha  ixtisoslashishga  o’tishi  mashinasozlik  korxonalarining  ishlab  chiqarish 

strukturasini takomillashtirishning hozirgi sharoitdagi birdan-bir tendentsiyasidir. 

Buyumlar  bo’yicha  ixtisoslashtirish  quyidagilarni  nazarda  tutadi:  texnologiyani  puxta  ishlab 

chiqish,  yuqori  unumli  uskunalarni  qo’llash,  materiallardan  foydalanish  koeffitsientining  yuqori 

bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning Sex va bo’limlaridagi boshliqlar va konkret 

ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishda ilg’or usullardan keng foydalanish. 

Buyumlar Sexini tashkil qilish ikki shart-sharoitga asoslanadi: 1) mahsulotlar ko’lami talaygina 

bo’lsa,  ommaviy  va  seriyalab  ishlab  chiqarishni  o’stirish  zarur;  2).  mashinasozlikda  yangi 

texnologiyani  joriy  qilish,  metallga  ishlov  berishda  elektr  usullaridan  foydalanish,  ishlab  chiqarish 

jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. 

Ishlab  chiqarish  jarayonlarining  buyumlar  bo’yicha  tuzilishiga  zavod-avtomat  misol  bo’la 

oladi.  Masalan,  alyumindan  avtomobilg’  porshenlarini  ishlab  chiqaradigan  zavod-avtomat  bitta 




agregatda turli xil jarayonlarni birlashtiradi. Bularga suyuq eritmani tayyorlash, quyish, porshenlarga 

issiqlik yordamida ishlov berish, mexanik ishlov berishning qattiqligini, porshenlarning katta-kichikligi 

bo’yicha saralashni va joylashni tekshirish. 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish