3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng
iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan
holda
rivojlantirish
zaruriyati
tug’ildi.
Mustaqillikning
ilk
yillarida
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni
rivojlantirishning
ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu borada ta’kidlash joizki, “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish,
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir
loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni
jalb qilish borasida
bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
Ma’lumki, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxona
ishlab chiqarish faoliyatini mo’’tadil yuritishi va uning samaradorligini oshirish
uchun moddiy resurslar bilan etarli darajada ta’minlangan
va ulardan samarali
foydalangan bo’lishi talab etiladi. Bu borada, ishlab chiqarish zahiralaridan
samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha
xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi.
Buning natijasida korxonalarning sof foydasi ortadi.
Shuning bilan
birgalikda ishlab chiqarish zahiralaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish
muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan xo’jalikning
ishlab chiqarish
zahiralari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda
tahlil qilib turish va ular asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni
jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda
iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab
chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini
tahlil etish
natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini
tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati
va ulardan foydalanish
taxlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish
4
maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, ishlab chiqarish zahiralarini
tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib
olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali
foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida
materiallar miqdorini ular
sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi. O’z navbatida,
ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish holati asosan buxgalteriya hisobi va
hisoboti ma’lumotlariga
asosan baholanganligi sababli, ular hisobini to’g’ri
tashkil etish va yuritish talab etiladi biri hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlar, korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan samarali
foydalanish jarayoni hisobi va tahlili borasida hanuzgacha muhim va o’z
echimini kutayotgan zaruriy masalalardan biri bo’lib qolayotganligi va shu bois,
bu borada hisob va tahlil sohasida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini
taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb
ekanligini ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: