Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi


Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil etish



Download 105 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi105 Kb.
#952560
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HISOBOT 2023

Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil etish

Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasi) asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi.


Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar xodimlar o‘rtasida bank ichki tartib qoidalari asosida operatsiyalar hajmi, mijozlar turi va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va burchakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan yuritilishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki, bunda mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmasligi lozim.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘rinbosariga topshiriladi.
Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga ma’lum qilinishi lozim.
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart.
Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan banklarning buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin.
Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bank xizmatlari ofislarida buxgalteriya hisobi mavjud ish hajmidan kelib chiqqan holda mazkur Yo‘riqnoma talablari doirasida tashkil etilishi lozim.
Bank xizmatlari ofislarida dastlabki nazoratni o‘tkazish uchun mas’ul ijrochi buxgalter shtati bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Joriy nazorat bank xizmatlari ofisi buxgalteriyasi boshlig‘i tomonidan (bundan buyon matnda yetakchi buxgalter deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Bank xizmatlari ofislaridan o‘tkaziladigan to‘lovlar joriy nazoratdan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar joriy nazoratdan o‘tkazilganligi bank filialining Bek-ofisi boshlig‘i yoki Bosh buxgalteri tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Bank xizmatlari ofislari ularda amalga oshirilgan operatsiya va o‘tkazilgan to‘lovlarning nazoratini ta’minlash maqsadida, operatsiyalarga va (yoki) to‘lovlarga asos bo‘lgan hujjatlar, shu jumladan pul-hisob-kitob hujjatlarining elektron nusxasini bankka (filialga) taqdim etishi mumkin.
Bank xizmatlari ofislarida bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo‘lgan to‘lov hujjatlari belgilangan tartibda yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi lozim.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish