Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Tadbirkorlikda tavakkalchilik turlari



Download 329 Kb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi329 Kb.
#279905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirzamahmudov Akbarjon

Tadbirkorlikda tavakkalchilik turlari

Bozor iqtisodiyotining tub belgilaridan biri tadbirkorlik erkinligidir. Tadbirkorlik erkinligi muomala doirasida cheklanmagan har qanday fuqaro yoki ularning uyushmasi, guruhi qonun yo‘li bilan ma’n qilinmagan har qanday sohada istalgan iqtisodiy unumli faoliyat turini, uni yuritish usulini tanlash va shug‘ullanish erkinligini anglatadi. Demak, erkin tadbirkorlik turli-tuman tanlashlar erkinligini bildiradi. Ammo bu tanlashlar niqoyatda murakkab bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlari ularga bog‘liqdir.

Tadbirkorlik bu tavakkalchilik demakdir. Ammo chuqur, har tomonlama o‘ylab, imkoniyat darajalarida qilingan tavakkalchilik muvaffaqiyat keltiradi. Aksincha, tasodifiy, oqibati hisobga olinmay qilingan iqtisodiy tavakkalchilik inqirozga olib kelishi hammaga ayon.

Har qanday tadbirkor dastavval faoliyatini, ya’ni xo‘jalik yuritish sohasining payti va vaqtini aniqlab olishi lozim. Ish boshlashdan avval respublika, viloyat, shahar va tumanda tadbirkorlik faoliyatlari uchun sharoit va bu faoliyatni boshlashning asosiy shartlari bilan tanishib olishlari darkor. So‘ngra turli tarmoq, soha va hudud (tuman, viloyat) da tadbirkorlik faoliyatini yoritish, pul qo‘yish sharoitlari va imkoniyatlari o‘rganiladi. Bunda tarmoq va hududlardagi tadbirkorlikning rivojlanish darajasi, undagi soliq va kredit stavkalari, imtiyozlari o‘rganiladi. Faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan sohaga va hududga kirib borishga to‘sqinlik qiladigan turli cheklanishlar to‘siqlarni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, faoliyat uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va materiallarni topish, sotish qiyinchiliklari va imkoniyatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Umuman dastlabki bosqichda tadbirkor o‘zi faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan sohasi hududidagi tadbirkorlikning sharoitlarini o‘rganishi lozim. Buning uchun ma’lumot va axborotlarni tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, huqumat qarorlari, me’yoriy hujjatlardan, statistik nashrlardan, iqtisodiy jurnal va gazetalardan olish mumkin. Kerakli ma’lumotlarni iqtisodchi, ekspert mutaxassislaridan, konsalting firmalaridan ham olish mumkin.

Xo‘jalik yuritish sohasi tanlangandan so‘ng, tadbirkor bozordagi o‘z o‘rnini topishi va o‘zi uchun bozor muhitini tanlashi — lozim bo‘ladi. Bu bosqichda biron bir tovar yoki xizmat bozori tanlanadi. Ushbu tanlov faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa .tadbirkorlar tajribasini o‘rganish, o‘z hissiyotiga ishonch yoki chuqur tahlil asosida amalga oshiriladi.

Bozorni tahlil qilish uchun marketolog mutaxassislarga, kon-salting firmalarga murojaat qilish mumkin. Agar bo‘lgusi tadbirkorning mablaqi yetarli

darajada ko‘p bo‘lmasa, bozorni o‘zi tahlil qilishi mumkin.

Bozorni tahlil qilishda tadbirkor ishlab chiqarishi mo‘ljallangan tovar yoki xizmatni iste’mol qiluvchilarni o‘rganishdan boshlaydi. Ushbu bosqichda iste’molchilarning mikdori, ularning didi, istaklari aniqlanadi. Bu ishni bo‘lqusi iste’molchilar bilan suhbatlashish, ularga tovar namunasini ko‘rsatish orqali amalga oshirish mumin.

Iste’molchilarni aniqlagach, ular uchun tovar ishlab chiqaradigan raqobatchilarni o‘rganish, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish lozim. Bunda raqobatchilarning imkoniyatlari bilan tadbirkor o‘z imkoniyatini taqqoslashi o‘zining raqobatchidan usgunligi yoki kamchiliklarini baholaydi. Agar shu sohada va shu bozorda tadbirkor raqobatchilariga qaraganda ustunliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qilsagina o‘z faoliyatini boshlashi kerak. Aksincha bo‘lsa, boshqa xo‘jalik sohasini va tovar (xizmat) bozorini tanlashi lozim bo‘ladi.

Bozorda doimiy o‘rinni aniqlash uchun tadbirkor o‘z tovarining hayotiy muhimligini, unga talabning chegarasini belgilab olishi kerak. Ushbu chegarani aniqlash, tovar ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash, tanlangan soha va bozordan turib tark etish vaqtini his qilish ahamiyatlidir. Yuqorida aytilgan tanlashda tadbirkor o‘z malakasini kitoblar, jurnallar o‘qib borishi, maxsus kurslarda; o‘qish, o‘zgalarning tajribalarini o‘rganish orqali ro‘yobga chiqaradi.

Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida, odatda, tavakkalchilik har doim qoralanib keldi. Bozor munosabatlarini shakllanishida esa tavakkalchilik — tadbirkorlikning hal qiluvchi, eng muhim elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Zarur paytda tavakkal ish ko‘rgan tadbirkor ko‘p hollarda muvaffaqiyat qozonadi.

Tavakkalchilik deganda «baxtli tasodifga» ishonish, umid qilish tushuniladi. Bu tushunchani boshqacha ifodalash ham mumkin. Tavakkalchilikka xos xususiyatda — noaniqlik, kutilmaganlik, ishonch-, sizlik, taxmindan iborat.

Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida tavakkalchilik darajasi ortadi. Ommaviy matbuotda doimiy ravishda, tadbirkorlarning xabarsizligidan foydalangan holda bozor operatsiyalari hisobiga o‘z ahvollarini o‘nglab olish maqsadida mayda va o‘rtacha firmalar tomonidan o‘z takliflari reklama qilib boriladi. Tavakkalchilik oqibatlarini barataraf etish uchun nafaqat bilim va tajriba, balki yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘ ham zarur bo‘ladi. Maslahatchi firmalar, ishlab chiqarish vositalari ta’minotchilari va xatto pudratchilar ham, odatda, tavakkalchilikni kompensatsiya qilish uchun cheklangan miqdorda pul resurslariga ega bo‘ladilar. Qandaydir loyihaga taaluqli yuqori darajadagi tavakkalchilik, loyihachidan uni kamaytirish yo‘llarini izlashga majbur qiladi.

Tavakkalchilikni kamaytirishni asosiy usullari quyidagilardan iborat:

- loyihani ishlab chiqilishi jarayoniga yuqori mavqeli sheriklar, konsultantlar va kompaniyalarni jalb etilishi;

- loyihadan oldin yuzaga keluvchi muammolarni chuqur ishlab chiqib hal etilish:

- bozor konyunkturasi, mazkur mahsulot yoki xizmatga talabni

rivojlanishini bashorat qila olish: — tavakkalchilikni loyiha ishtirokchilari bajaruvchilari o‘rtasida taqsimlanishi:

- sug‘urta:

- ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun moliya zahiralarini tashkil etish.

Tavakkalchilikni taqsimlanishi shundan iboratki, tavakkalchilik asosan, uni boshqalarga nisbatan yaxshiroq hisoblovchi va nazorat qila oluvchi, loyiha tshtirokchisi zimmasiga yuklatilishi lozim.

Loyiha ishtirokchilari .o‘rtasida tavakkalchilikni taqsimlanishi ham miqdoriy ham sifat ko‘rinishida bo‘ladi. Miqdor jihatdan tavakkalchilik taqsimlanishida konseptual modeldan foydalanishga asoslangan «daraxti» va uning tartibini belgilovchi yechilmalar tashkil qiladi.

Tavakkalchilikni sifat jihatidan taqsimlanish potensiali in-vestorlar sonini ko‘paytirish yoki kamaytirishga yo‘naltirilgan qator qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutib, ishtirokchilar tavakkalchilikni investorlar zimmasiga yuklanishini hohlaydilar. Lekin bu loyihachilar uchun tajribali investorlarni jalb etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Muzokara qatnashchilari o‘z zimmalariga tavakkalchilik hissasini olinishi borasida masalalarni hal etilishida iloji boricha bilimdonlikni namoyon etishlari talab qilinadi.

Tavakkalchilik quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy (kredit), investitsion va bozor tavakkalchiliklari.

Ishlab chiqarish tavakkalchiligi ishlab chiqarish va mahsulot sotish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish), turli ko‘rinishdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq.

Tijorat tavakkalchiligi tadbirkor tomonidan, sotib olingan tovarni sotish ko‘rsatilgan xizmat jarayonida vujudga keladi. Tijorat bitimida sotib olinayotgan ishlab chiqarish vositalari narxini foydasiz o‘zgarishi (ortishi), mahsulot sotilishida narxning pasayishi, muomala jarayonida tovarni yo‘qotilishi, muomala xarajatlarini ortishi kabi omillar hisobga olinishi darkor.

Moliyaviy tavakkalchilik moliyaviy tadbirkorlikni yoki moliyaviy (pul) bitimlarini amalga oshirilishida yuzaga keladi. Moliyaviy tavakkalchilikka tadbirkorlikning boshqa turlari uchun xos bo‘lgan bitim ishtirokchilarining biri tomonidan to‘lov qobiliyatining yo‘qligi, pul-valyuta operatsiyasidagi cheklanganlik va h.k. omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Investitsion tavakkalchilik sabablariga xususiy yoki sotib olingan qimmatli qoqozlardan iborat investitsion — moliyaviy portfelni qadrsizlanishi kirishi mumkin.

Bozor tavakkalchiligi bozorning foiz stavkalarini, mippiy pul birligini yoki xorijiy valyuta kurslarini o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘ladi. Potensial sheriklarni loyihada ishtirok etishlarini maqsadga muvofiqligi borasida qaror qabul qilinishida tavakkalchilik tahlil qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik oqibatida ko‘riladigan zarar moddiy, mehnat, moliyaviy bo‘lishi, vaqtni yo‘qotilishi, zararning turli ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

Moddiy zarar — loyihada ko‘zda tutilmagan yoki natura ko‘rinishida moddiy obyektlarni (binolar, qurilmalar, uzatish materiallar, xom ashyo jamlovchi qismlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotilishidir.

Mehnat yo‘qotishlari — tasodifiy yoki ko‘zda tutilmagan holatlar, masalan avtomat stanok o‘rniga universal stanokda ishlashga to‘g‘ri kelgan taqdirda: texnik jihatdan asoslangan vaqt me’yorlari o‘rniga tajriba statistik vaqt me’yorlari qo‘llanilganda (o‘lchov birligi, odam-soat yoki odam-kun).

Moliyaviy zarar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul yo‘qotish (tadbirkorlik loyihasida ko‘zda tutilmagan to‘lovlar, jarimalar, muddati o‘tgan kredit to‘lovlari, qo‘shimcha soliq, pul mablag‘larini yoki qimmat baho qog‘ozlarni yo‘qotish) bilan bog‘liqdir. Vaqt yo‘qotilishi tadbirkorlik jarayoni loyihada ko‘zda tutilganidan sustroq kechayotganda kuzatiladi (o‘lchamlari, soat, kun, dekada, oy va h.k.)



Maxsus ko‘rinishdagi yo‘qotishlarga kishilar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga, tadbirkor mavqeiga taxdid solinayotgan holatlar bilan bog‘liq zararlar kiritiladi. Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas’uliyat va o’zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo’naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta’rif beriladi. Ko’p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo’shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo’lib, to’liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta’minlash uchun o’z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o’zgartirishga, narx, iste’molchilar doirasi va boshqa ko’plab omillarga bog‟liq bo’ladi. Muammolar yechimining turli yo’llarini topish, tanlash va o’zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo’ladi. Shu sabab tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo’ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas. Tavakkalchilikning kuchayishi - bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining aksi bo’lib, buning uchun o’ziga xos to’lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo’shqin harakatga tayaniladi, bu esa o’z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tavakkalchilik holatini o’rganish foydani oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Sobiq ittifoqda boshqarish va iqtisodiyot nazariyasida tavakkalchilik voqeligiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Shu sababli iqtisodiyot katta yo’qotishlarga uchragan. Yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” – tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan sifatida o’qitilmoqda. Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari obyektiv va subyektiv jihatlari, o’zaro munosabatlari va mazmunini anglash turlicha tavsiflangan. Tavakkalchilikning mohiyati to’g’risidagi xilma-xil fikrlar ko’p hollarda bu hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo’jalik faoliyati qonuniyatlarida uning to’liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida yetarlicha qo’llanilmasligi bilan sharhlanadi. Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba’zida hatto qarama-qarshi real holatlar yig’indisidan iborat murakkab jarayondir. Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so’ziga ekvivalent sifatida olinadi. Endi “risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba’zi-bir yondashuvlarni qarab chiqamiz. Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug’atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet ensiklopediyasi va Sovet ensiklopedik lug’atining oxirgi nashrlarida, besh tomli falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug’atda hamda “Ilmiy-texnik taraqqiyot lug’ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda “risk” to’risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati) imkoniyat degan ta’rif keng tarqalganligini ko’rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ham shunday hol ko’zatiladi. Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lish ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida qo’shimcha xarajatlarning paydo bo’lishi yoki daromadning olinmasligi hamda tashkilot tomonidan o’z resurslarini yo’qotish ehtimolligini anglash deb ta’rif beriladi’. Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar ko’rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko’rsatish mumkin bo’ladi. Lekin keltirilgan ta’riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to’liq ifodalay olmaydi. “Tavakkalchilik” ta’rifini to’liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik vaziyati” tushunchasiga ta’rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita “tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog’liqdir. Biz rus lug’atida qabul qilingan “risk” so’zini “tavakkalchilik” deb tarjima qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb ta’rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin. Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o’rin tutadi. Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya’ni mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo’lmagan vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo’lsa u tavakkalchilik vaziyati bo’ladi. Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi.

Tadbirkorlik faoliyati loyihasini moliyaviylashtirish masala-larini hal etilishida tavakkalchilikni hisobga olish - ikkita asosiy vazifani, ya’ni loyihani muntazam amalga oshirilishi uchun zarurbo‘lgan investitsiya oqimi: invesgitsiyani optimal tarkibini qabul qilish va soliq imtiyozi evaziga kapital xarajatlar miqdorini kamaytirish vazifalarini hal qilishda samaradorlikni eng muhim sharti hisoblanadi. "

Loyihani moliyalashtirish rejasi quyidagi tavakkalchilik turlarini xisobga olishi shart:

- loyihaning noyashovchanligi tavakkali;

- soliq tavakkali;

- qarzlarni to‘lanmasligi tavakkali;

- qurilishni tugallanmasligi tavakkali.

Tadbirkor bozorda o‘z mavqeini oshirib, yuqori foyda olishni ta’minlagach, mudofaa strategiyasi va taktikasini ishga solib, uni turli raqobatchilar tajovuzidan saqlashga harakat qiladi. Ushbu bosqichda u o‘z tovarining sifatini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonining va texnologiyasini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotning assortimenti va nomenklaturasini yangilab borish orqali o‘z mavqeini saqlashga harakat qiladi. Ishlab chiqarish, sotish, boshqarish xarajatlarini kamaytirib borish mablag‘larni, xom ashyo va materiallarni tejash evaziga erishilgan foydani saqlashga imkon beradi.

Tadbirkor uchun hamma vaqt ham o‘ngidan kelavermaydi. Tovar o‘z vaqtida yangilanmasa, uning hayotiy sikli bir kunmas bir kun tugaydi. Ana shunday holatda tadbirkor chekinish, bozorni o‘z vaqtida tark etish, marketing strategiyasini va taktikasini amalga oshirishga majbur bo‘ladi. O‘z vaqtida chekinish bozorni saqlaydi. Bunda, albatta, tadbirkor o‘z faoliyat davrini cho‘zishga harakat qilib ko‘radi. Ammo ushbu aniq soha va bozorda xonavayron bo‘lishi shak-shubqasiz tuyulsa, kamroq ziyon bilan yoki ziyonsiz ularni tark etishi ma’qul. Buning uchun esa tovar narxini tannarx narxigacha tushirib bo‘lsa xam tezroq sotib qutilishi va boshqa sohaga (bozorga) kirish yo‘lini axtarishga to‘g‘ri keladi.

Umuman tadbirkor aniq bozorga kirib kelayotgan bosqichidayoq, xar ehtimolga qarshi chekinish yo‘lini ham oldindan belgilab olishi maqsadga muvofiqdir. Tadbirkor o‘z faoliyatining uch xil, ya’ni rivojlanish, mavqeini saqlash va chekinish holatlarini oldindan hisobga olishi foydadan holi emas.

Yuqoridagi tadbirlarni qabul qilish va uni muvoffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun tadbirkor ish faoliyati davomida, aniq maqsadni ko‘zlagan holda qarorlar qabul qiladi va aksariyat hollarda, ular tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘ladi.

Tavakkalchilikka bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilinishida tadbirkor obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olishi darkor.




Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish