Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti menejment kafedrasi


III. KASSA DAFTARINI YURITISH VA PULLARNI



Download 22,16 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2021
Hajmi22,16 Kb.
#101747
1   2   3
Bog'liq
hisobot

III. KASSA DAFTARINI YURITISH VA PULLARNI

SAQLASH TARTIBI
21. Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hisobga olinadi.

22. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftarini yuritadi, u raqamlanishi, ip bilan tikilishi va surg’uchli yoki mastikali muhr bilan muhrlanishi kerak. Kassa daftaridagi varaqlar miqdori mazkur tashkilot yoki yuqori turuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi.

Byudjet muassasalariga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan buxgalteriyalarda kassa operatsiyalari hisobini kassir Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha maxsus daftarda yuritadi.

Byudjet hisobidagi muassasalarga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan taqdirda ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat boʻyicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga olinadi. (OʻzR AV 05.03.2004-y. 565-5-son bilan roʻyxatga olingan OʻzR MBB Qarori tahriridagi xat boshi)

Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog’oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan 2 nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan boʻlishi kerak, ular kassirning hisoboti boʻlib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi.

Kassa daftarida oʻchirishlar va taʼkidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek, bosh buxgalterining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.

23. Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat boʻyicha pul olingani yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar koʻchirma nusxasini) topshiradi.

Agar korxonalarda har kuni jami 200 soʻmlikka qadar operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marotaba tuzilishi mumkin.

24. Tashkilotlarda kassir roziligi va kassa hujjatlarining toʻliq saqlanishini taʼminlash sharti bilan kassa daftari avtomatlashtirilgan usulda yuritilishi mumkin, bunda uning varaqlari “Kassa daftarining suqma varag’i” mashinogrammasi koʻrinishida shakllantiriladi. U bilan bir vaqtda “Kassir hisoboti” mashinogrammasi shakllantiriladi. Tilga olingan ikkala mashinogramma keyingi ish kuni boshlanishiga tuzilishi, bir xilda mundarijaga ega boʻlishi va kassa daftari shaklida koʻzda tutilgan barcha rekvizitlarni oʻz ichiga olishi kerak. Ushbu mashinogrammalarda kassa daftari varaqlarini raqamlash yil boshidan oʻsib borish tartibida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

“Kassa daftarining suqma varag’i” mashinogrammasida har bir oy uchun oxirida har bir oy uchun kassa daftari varaqlarining umumiy miqdori, taqvimiy yil uchun – oxirida bir yil uchun kassa daftari varaqlarining umumiy miqdori avtomatik tarzda bosiladi.

“Kassa daftarining suqma varag’i” va “Kassir hisoboti” mashinogrammalarini olganidan keyin kassir kassa daftari va kassir hisoboti toʻg’ri tuzilganini tekshirishi, ularni imzolashi va kassa daftarining suqma varag’iga imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga topshirishi shart.

Saqlanishini taʼminlash maqsadida va mashinogrammadan foydalanish qulay boʻlishi uchun “Kassa daftarining suqma varag’i” yil davomida kassir tomonidan іar bir oy uchun aloіida saєlanadi. Taєvimiy yil tugagach (yoki zarurat tug’ilishiga qarab) “Kassa daftarining suqma varag’i” mashinogrammalari xronologik tartibda kitobcha qilinadi. Yil uchun varaqlarning umumiy miqdori korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi va daftar surg’uchlanadi.

25. Kassa daftarini toʻg’ri yuritish ustidan nazorat qilish tashkilot bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.

26. Chiqim kassa orderi yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda oluvchining tilxati bilan tasdiqlanmagan kassadan pul berilishi kassadagi naqd pullar qoldiјini tasdiqlash uchun qabul qilinmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undiriladi. Kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va daromadga hisoblab oʻtkaziladi.

27. Katta kassir ish kuni boshlanishidan oldin boshqa kassirlarga kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftarida imzo chekdirgan holda chiqim operatsiyalari uchun zarur naqd pul summasini boʻnak tarzida beradi.

Kassirlar ish kuni oxirida olingan boʻnak va kirim hujjatlari boʻyicha qabul qilingan pullar xususida katta kassirga hisobot berishlari hamda naqd pullar qoldig’i va qilingan operatsiyalar boʻyicha kassa hujjatlarini kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftarida imzo chekdirgan holda katta kassirga topshirishlari shart.

Mehnatga haq toʻlash va stipendiyalarni toʻlash uchun olingan boʻnaklar boʻyicha kassir ularni toʻlash uchun toʻlov qaydnomasida koʻrsatilgan muddatda hisobot berishi shart. Ushbu muddat tugashiga qadar toʻlov qaydnomalari boʻyicha berilmagan naqd pullar qaytarib beriladi. Ushbu pullar kassirlar tomonidan surg’uchlangan sumkalar, qog’oz xaltalar va hokazolarda eʼlon etilgan summa koʻrsatilgan tilxat bergan holda katta kassirga topshiriladi.

28. Har bir tashkilot naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kassaga ega boʻlishi kerak. Naqd pullarni qabul qilish, berish va vaqtinchalik saqlash uchun moʻljallanib, maxsus jihozlangan hamda ajratib qoʻyilgan xona kassa deb nomlanadi. Tashkilotlarning rahbarlari kassani jihozlashlari va kassa xonasida, shuningdek, bank muassasasidan yetkazib berish hamda bank muassasasiga topshirish paytida pullar saqlanishini taʼminlashlari shart va ularning aybi bilan saqlash hamda tashish vaqtida pul mablag’larining saqlanishini taʼminlaydigan zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda tegishli qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.

Saqlash va tashish vaqtida pul mablag’larining saqlanishini taʼminlashga doir tavsiyalar 2-ilova keltirilgan.

Tashkilotlar kassalari zarurat tug’ilganda sug’urta tashkiloti tomonidan sug’urtalanishi mumkin.

Kassa xonasi ajratib qoʻyilishi, kassaga kiradigan eshik esa operatsiyalar bajariladigan paytda - ichki tomondan berkitib qoʻyilishi kerak. Uning ishiga daxldor boʻlmagan shaxslarning xonaga kirishi man etiladi. Korxonaning kassa xonalarini texnik jihatdan mahkamlash va ularni qoʻriqlash – yong’indan ogoh etish vositalari bilan jihozlashga doir tavsiyalar 3-ilovada keltirilgan.

29. Barcha naqd pullar va qimmatli qog’ozlar tashkilotlarda odatda yonmaydigan metall javonlarda saqlanadi, ular kassadagi ish tugagach kalit bilan yopiladi va kassirning surg’uchli muhri bilan surg’uchlanadi. Metall javonlar kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanadi, kassirlarning ularni shartlangan joylarda qoldirishlari, begona shaxslarga berishlari yoki hisobga olinmagan dublikatlarni tayyorlashlari man qilinadi. Metall javonlar joylashgan xonalar eshigini ochiq qoldirish, shuningdek, ana shu javonlar eshigida kalitlarni qoldirish qatʼiyan man etiladi.

Kassirlar tomonidan surg’uchlangan qoјoz xaltalar, qutichalar va hokazolardagi hisobga olingan kalit dublikatlari tashkilotlarning rahbarlarida saqlanadi. Har chorakda kamida bir marotaba ularni komissiya tekshiradi. Ular yoʻqolgani aniqlangan taqdirda tashkilot rahbari voqea haqida ichki ishlar organlariga xabar beradi va metall javonni darhol almashtirish uchun choralar koʻradi.

Kassada mazkur korxonaga tegishli boʻlmagan naqd pul va boshqa boyliklarni saqlash man qilinadi.

30. Kassa xonasi va metall javonlarni ochishdan oldin kassir qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlar butligini koʻzdan kechirishi, qoʻriqlash signalizatsiyasi buzilmaganiga ishonch hosil qilishi shart.

Muhr (surg’uch) shikastlangan yoki olib tashlangan, qulflar, eshik yoki panjaralar sindirilgan taqdirda kassir bu haqida darhol tashkilot rahbariga maʼlum qilishi shart, rahbar voqea haqida ichki ishlar organlariga xabar qiladi va militsiya xodimlari kelguniga qadar kassani qoʻriqlash choralarini koʻradi.

Ushbu holda rahbar, bosh buxgalter yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek, tashkilot kassiri ichki ishlar organlari ruxsatini olgandan soʻng kassada saqlanayotgan pul mablag’lari va boshqa boyliklarning bor-yoʻqligini tekshiradilar. Ushbu tekshiruv kassa operatsiyalari boshlanishiga qadar amalga oshirilishi kerak. Tekshiruv natijalari toʻg’risida 4 nusxada dalolatnoma tuziladi, uni tekshiruvda ishtirok etayotgan barcha shaxslar imzolaydilar. Dalolatnomaning birinchi nusxasi ichki ishlar organlariga topshiriladi, ikkinchi nusxasi, agar sug’urta kompaniyasi va u bilan shartnoma tuzilgan boʻlsa unga, uchinchi nusxasi yuqori tashkilotga (agar u bor boʻlsa) yuboriladi, toʻrtinchi nusxasi esa korxonada qoladi.

31. Kassir ishchi va xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻg’risidagi amaldagi qonunlarga muvofiq oʻzi qabul qilib olgan barcha boyliklarning butligi hamda qasddan qilingan harakatlari natijasida va oʻz majburiyatlariga pala-partish yoki nohalol munosabatda boʻlish natijasida tashkilotga yetkazilgan har qanday zarar uchun toʻla moddiy javobgar boʻladi.

32. Kassirni ishga tayinlash toʻјrisida buyruq (qaror) chiqarilganidan keyin tashkilot rahbari tilxat olgan holda kassirni Kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari bilan tanishtirishi shart, shundan keyin kassir bilan uning toʻliq shaxsan moddiy javobgarligi toʻg’risida shartnoma tuziladi.

33. Kassirning unga topshirilgan ishni bajarishni boshqa shaxslarga ishonishi man etiladi.

34. Bitta kassirga ega boʻlgan tashkilotlarda, uni vaqtincha almashtirish zarurati yuzaga kelganda, kassirning majburiyatlarini bajarish tashkilot rahbarining yozma buyrug’i (qarori)ga koʻra boshqa xodimga yuklanadi. Ana shu xodim bilan 33-bandda nazarda tutilgan shartnoma tuziladi.

Kassir ishni toʻsatdan qoldirgan taqdirda (kasal boʻlishi va hokazo hollarda) uning hisobot beradigan boyliklarini darhol boshqa kassir qaytadan sanab chiqadi, unga ana shu boyliklar tashkilot rahbari va bosh buxgalteri hozirligida yoki tashkilot rahbari tayinlangan shaxslardan iborat boʻlgan komissiya hozirligida topshiriladi. Boyliklarni qayta sanash va topshirish natijalari toʻg’risida koʻrsatilgan shaxslar imzo chekkan dalolatnoma tuziladi.

35. Boʻlinmalari koʻp boʻlgan yoki markazlashtirilgan buxgalteriyalar xizmat koʻrsatadigan tashkilotlarda ish haqi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiyalar va mukofotlarni toʻlash tashkilot rahbarining yozma buyrug’i (qarori)ga koʻra, kassirlardan tashqari, ular bilan 33-bandda nazarda tutilgan shartnoma tuziladigan va kassirlar uchun mazkur qoidalar bilan belgilangan barcha huquq va majburiyatlar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ana shu shaxslar tomonidan pul mablag’larining berilishi va qabul qilinishi 3-ilovaning 4-boʻlimiga muvofiq jihozlangan kassa punktlari xonalarida amalga oshiriladi.

Buxgalterlar va kassa hujjatlariga imzo chekish huquqidan foydalanuvchi boshqa xodimlar kassirlik majburiyatlarini bajarishi mumkin emas.

Ana shu tartibda kassa operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar shtat roʻyxatiga koʻra kassir lavozimi nazarda tutilmagan tashkilotning boshqa xodimlariga yuklanadi.


XULOSA

O’quv amaliyotim davrida Furqat tuman Moliya bo’limining faoliyat turi, eng so’ngi kompyuter texnalogiyalaridan foydalanib ishlashdan ko’nikmalar oldim. Furqat tuman Moliya bo’limida Moliya bo’limining xisob-xujjatlari va byudjet ijrosi bo’yicha quyi tashkilotlardan qabul qilinadigan choraklik va yillik xisobotlar G’azna-4 dasturida amalga oshiriladi.

G’azna-4 dasturi yagona g’azna xisob raqami orqali xarajatlarni sarflanishida muxim omil xisoblanadi.

Ushbu uquv amaliyotim davridagi olgan ko’nikmalarimdan kelgusida Vatanimiz iqtisodiyotiga xissa qoʻshadigan malakali kadr boʻlib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida foydalanmoqchiman.



Furqat tuman xududida jami 109 ta byudjet muassasalari mavjud bo’lib,shundan 99 ta maxalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’lib, 6 ta viloyat byudjeti, 4 Respublika byudjetini tashkil kiladi.
Download 22,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish