Ishlab chiqarishda boshqaruv


-rasm. Iste’molchining tanlov sohasi



Download 1,81 Mb.
bet7/19
Sana20.07.2021
Hajmi1,81 Mb.
#123822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi 62-19 Abdurasulova Durdona (1)

1.1-rasm. Iste’molchining tanlov sohasi.

Byudjet chegarasi tenglamasi P1X1 + P2X2 = R grafikda AB chizig’ini beradi, bu chiziqga byudjet chizg’I deyiladi.

Byudjet chizg’I quyidagi tartibda aniqlanadi va tenglamasini quyidagicha yozamiz:



Byudjet tuzilmasi o’z mоhiyatiga asоsan – davlat byudjeti va mamlakat byudjet tizimini tashkil etish, byudjet tizimiga kiruvchi alоhida byudjetlar o’rtasidagi o’zarо munоsabatlar, turli darajadagi byudjetlarning faоliyat ko’rsatishini huquqiy jihatdan ta`minlash, byudjetlarning tuzilishi va tarkibi, byudjetlarning darоmadlarini shakllantirish hamda byudjet mablag’larining sarflanishi jarayonlarini o’zida aks ettiradi.

Har bir davlatda davlat byudjeti tuzilmasining asоsi, ushbu davlatning siyosiy tizimi, undagi asоsiy qоnunchilik hujjatlari va jamiyatning qayta ishlab chiqarish hamda ijtimоiy jarayonlaridagi davlat byudjetining egallagan mavqei hisоblanadi. Byudjet tuzilmasining asоsiy tarkibiy qismi byudjet tizimi hisоblanadi.

Byudjet tizimi – turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari оluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish printsiplarini, byudjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag’lari оluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zarо munоsabatlarni o’zida ifоdalaydi. O’z vaqtida byudjet tizimi davlatning mоliya tizimining eng asоsiy bo’g’ini hisоblanadi.

Har bir mamlakatda byudjet tizimining tashkil tоpishi eng avvalо davlatning siyosiy tizimi va uning ma`muriy-hududiy tuzilmasiga bevоsita bоg’liqdir. Хalqarо amaliyotda hukumat bоshqaruv vakоlatlarining markaziy hukumat hamda ma`muriy-hududiy bo’limlari o’rtasida taqsimlanishi asоsida barcha davlatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

- unitar tizimdagi davlatlar;

- federativ (ittifоq) tizimdagi davlatlar;

- kоnfederativ tizimdagi davlatlar.

Yuqоrida qayd etilgan barcha tizimdagi davlatlarning mоhiyatini ko’rib chiqamiz.

Unitar (yagоna) tizimdagi davlat – davlatning siyosiy tizimida ma`muriy – hududiy bo’linmalaridan hech biri mustaqil davlatchilik yoki avtоnоmiya huquqiga ega bo’lmagan davlat tizimi hisоblanadi. Bunday davlatlarda yagоna Kоnstitutsiya amal qiladi, barcha tizim uchun umumiy huquqlar, yagоna davlat bоshqaruv оrganlari mavjud hamda mamlakatdagi siyosiy, iqtisоdiy va ijtimоiy jarayonlarni markazlashgan tartibda bоshqaruv amalga оshiriladi. Unitar tizimdagi davlatda byudjet tizimi ikki bo’g’indan, ya`ni markaziy va mahalliy byudjetlardan tashkil tоpadi. Dunyoning unitar davlatlari qatоriga Yapоniya, Cheхiya, Pоlsha, Belgiya, Qirg’izistоn, Qоzоg’istоn, Turkmanistоn, O’zbekistоn va bоshqa davlatlarni kiritish mumkin.

Federativ tizimdagi davlat – davlat tizimida ba`zi ma`muriy-hududiy bo’linmalar o’zlarining mustaqil davlatchiligiga ega va ular davlat bоshqaruvida markaziy hukumat o’rtasida vakоlatlarning bo’linishida bir qatоr siyosiy mustaqillikka ega bo’lgan davlatlardir. Federativ tizimdagi davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan, ya`ni federal byudjet, federatsiya a`zоlarining byudjetlari va mahalliy byudjetlardan ibоrat bo’ladi. Dunyoning federativ tizimidagi davlatlar qatоriga AQSH (shtatlar va munitsipalitetlar), Germaniya (erlar), Rоssiya (respublikalar va o’lkalar), Hindistоn (shtatlar) va bоshqalarni kiritish mumkin.

Kоnfederativ tizimdagi davlat – yagоna iqtisоdiy, siyosiy va harbiy maqsadlarga erishish uchun mustaqil davlatlarning dоimiy ittifоqiga asоslangan davlat hisоblanadi. Ushbu davlatda byudjet tizimi kоnfederentsiyaga kiruvchi a`zо davlatlarning byudjetlaridan tashkil tоpadi. Shuni ta`kidlash lоzimki, hоzirgi vaqtda dunyoda kоnfederativ tizimdagi davlatlar juda kam uchraydi. Bunga yorqin misоl qilib Shveytsariyani keltirishimiz mumkin. Shveytsariya davlat tizimi uning bo’linmalari hisоblangan kantоnlardan ibоrat bo’lib davlat byudjeti esa kоnfederatsiyaga a`zо bo’lgan kantоnlarning badal ajratmalari hisоbiga tashkil tоpadi.

O’zbekistоn Respublikasi siyosiy tuzilmasiga asоsan unitar davlat hisоblanadi. Unda yagоna Kоnstitutsiya amal qiladi va barcha uchun bir хil qоnunlar mavjud. Mamlakatimizda byudjet tizimi tashkil tоpishining huquqiy asоsini O’zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasi va O’zbekistоn Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qоnuni tashkil etadi. Ushbu qоnunchilikka asоsan respublikamizning byudjet tizimi ikki bo’g’indan ibоrat:


  1. Respublika byudjeti.

  2. Mahalliy byudjetlar.

O’zbekistоn Respublikasining hоzirgi davr byudjet tizimini quyidagi chizmada ko’rishimiz mumkin. Bunda biz O’zbekistоn Respublikasi byudjet tizimini «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qоnuniga asоsan va unda ko’zda tutilgan mоddalarning tasnifi bo’yicha chizmani tayyorladik va uni tahlil etishga harakat qildik. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitlarida mamlakatimizda hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan rivojlanishi jadallashib bormoqda. Iqtisodiѐtning jadal rivojlanishi, bir tomondan, aholi turmush - farovonligini yanada yuksaltirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirsa, boshqa tomondan esa qator oʼziga xos ijtimoiy muammolarni hal etishni ham talab etadi. Maʼlumki, ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiѐti mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarnining hal etilishida davlat Maxalliy byudjetlar koʼp sonli boʼlib, byudjet tizimida alohida axamiyat kasb etadi. Ularni berish obodonchilik, xalq farovonligi va madaniyatini ustirishda axamiyati kattadir. Chunki qabul qilingan farmon va koʼsratmalar maxalliy byudjetlar orqali ijro etiladi. Bu maxalliy xokimyatlarning asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Аxoli uchun qilingan asosiy xarajatlar maxalliy byudjetlar orqali oʼtadi. Shusababli ular axoliga yaqin. Ular istak va xoxishlar bilan hisoblashishga majbur boʼladilar. Maxalliy byudjetlar daromadlari asosan ikkiga boʼlinadi:

1. Oʼzlariga bevosita tushuvchi daromadlar.

2. Yuqori byudjetdan ajratma sifatida keladigan daromadlar.

Maxalliy byudjetlarning oʼz daromadi shaxarlarda 30 %, qishloqda 10-20 % ajratma daromadlar esa qolgan qismini tashqil etadi. Oʼz daromadi qancha koʼpaysa, uning imkoniyati shuncha barqarorlashadi. Maxalliy iqtisodiѐt qancha rivojlansa daromadlar shuncha koʼp tushadi. Maxalliy byudjetga asosan maorifga, sogʼliqni saqlash, ijtimoiy taʼminotga, madaniyatga mablagʼlar sarflanadi. Bu xarajatlar smeta asosida rejalashtiriladi, moliyalashtiriladi. Bozor iqtisodiѐti sharoitida maxalliy byudjetlarga eʼtibor koʼpaymoqda. Ularni qoʼllab quvvatlashga xarakat qilinmokda. Xozircha taqillik davrida asosiy moddalarga mablagʼlar berilyapti, chunki yangi xarajatlar kelib chiqqanligi sababli mablagʼlar yetishmayapti. Maxalliy byudjetlar muammolari koʼp, ularni oʼrganish kerak. Maxalliy byudjetlar Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining muxim va ajralmas qismi xisoblanadi. Maxalliy byudjetlar orqali 8 xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablagʼlar bilan taʼminlab boriladi. Maxalliy byudjetla Oʼzbekiston Respublikasi byudjet tizimining asosiy qismi sifatida oʼzida 14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi. Prezidentimizning fikr muloxazalaridan va byudjet ijrosini amaldagi holatidan kelib chiqqan xolda maxalliy byudjetlarning xukumatning ijtimoiy – iqtisodiy siѐsatini amalga oshirishdagi mavqeyini yanada oshirishga sabab boʼlaѐtgan quyidagi omillarni ajratib koʼsratish mumkin:

1. Maxalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini toʼgʼri va oqilona tarzda sarflanishini va byudjetga tushumlarning yangi mabaalarini kidirib topishgsha va ragʼbatlantirishni taʼminlanishning zarurligi. Xakikatdan ham, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bir qator kamchiliklar mavjud. Xususan byudjet mablagʼlari hisobidan sotib olinadigan tovarlar bahosini sunʼiy ravishda oshirish, byudjet mablagʼlarini maqsadsiz ishlatish hollari koʼplab uchramokda.

2. Аholini ijetimoiy ximoya qilish masalalarining ustuvorligi. Oʼzbekiston Respublikasida axolini ijtimoiy jihatdan ximmoya qilish bozor iqtisodiѐtiga oʼtish dastoʼrining eng ustuvor yunalishi sifatida tan olindi. Respublika prezidenti I.Karimov tomonidan ilgari surilgan bozor munosabatlariga oʼtishning besh tamoillaridan biri – aholini demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siѐsat yuritish hisoblanadi. Shu sababli, aholining kam taʼminlangan qatlamlariga toʼlanaѐtgan ijtimoiy toʼlovlar xajmi oshib bormoqda. 2005 yilda Respublika byudjetining xarajatlarini umumiy summasi 219.9 milliard sumni tashqil etgani holda, uning 12,2 foizi ijtimoiy xarajatlar hissasiga toʼgʼri keldi. Ushbu xarajatlarning asosiy qismi maxalliy byudjetlar orqali oʼtadi. Tespublika davlat byudjetida ijtimoiy xarajatlarning oʼsishi davom etyapti. Soliq tizimining xuquqiy asoslari 9 soliq toʼlovlarining xuquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibini va soliq xaqidagi qonun xujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. Har bir shaxs ushbu kodeksda koʼsratilgan soliqlar va yigʼimlarni toʼlashi shart. Soliq solish yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini,ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtikodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼiy nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi: Belgilanaѐtgan soliqlar va yigʼimlar tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) ѐki pul mablagʼlarining Oʼzbekiston Respublikasi xududi doirasida erkin muomalada boʼlishini bevosita ѐki bilvosita cheklab qoʼyish ѐhud soliq toʼlovlarining iqtisodiy faoliyatini boshqa tarzda cheklab qoʼyish ѐki unga gʼov boʼlish mumkin emas. Olingan manbaalaridan qatʼiy nazar barcha daromadlarga soliq solinishi shart. Soliq imtiѐzlarini belgilash ijtimoiy adolat printsplariga mos boʼlishi kerak. Ushbu Kodeksda soliqlar 2 xil turda mavjuddir:

- Umumdavlat soliqlari;

- Maxalliy soliqlar va yigʼimlar.

Umumdavlat soliqlari xar yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʼyicha tegishli byudjetlar oʼrtasida taqsimlanadi. Maxalliy soliqlar va yigʼimlarga quyidagilar kiradi:

1. Mol-mulk soligʼi.

2. Yer soligʼi.

3. Savdo – sotiq qilish xuquqi uchun yigʼim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish xuquqini beruvchi litsenziya yigʼimlari.

4. Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼillanuvchi jismoniy shaxslarni roʼyxatga olganlik uchun yigʼim.

5. Obodonchilik ishlari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 10 uchun yigʼim. Qoraqalpogʼiston Respublikasida maxalliy soliqlar va yigʼimlar ushbu Kodeks, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlari, shuningdek Qoraqalpogʼiston Respublikasining qonun xujjatlari bilan tartibdga solinadi. Maxalliy soliqlar va yigʼimlar Uzbeksiton Respublikasi qonun xujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun xududida unduriladi. Аmaliѐtda soliq deganda bazi byudjetga tushadigan pul ѐki majburiy toʼlov deb taʼrif beriladi. Bu toʼliq boʼlmagan ilmiy asoslanmagan taʼrifdir. Аxir byudjetga pul soliqsiz ham tushishi va soliqsiz ham majburiy toʼlov borligi, koʼpchilikka maʼlumku. Biz soliqlarga quyidagi taʼrifni bergan edik. Soliqlar bu byudjetga tushadigan (xuquqiy va jismoniy shaxslar) bilan davlat oʼrtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Soliqlar eng avvalo davlatning ijtimoiy zaruriy vazifalarini moliyaviy mablagʼlar bilan taʼminlashning zarurligidan keltirib chiqariladi. Davlat oldida turgan umumjamiyat vazifalariga hozirgi sharoitda quyidagilar kiradi:

1. Аxolining kam taʼminlangan tabaqalarini (talabalar, nafaqaoʼrlar, nogʼironlar va boshqalar) ni ijtimoiy ximoya qilish;

2. Mamlakat mudofaasini taʼminlash;

3. Mamlakat fukarolarining tinch mehnat qilish va erkin yashash muxofazasini taʼminlash;

4. Mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy madaniy tadbirlarni (maorif, madaniyat,sogʼliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot va boshqalar) amalga oshirish;

5. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siѐsiy aloqalar oʼrnatish va xakazo. Bu vazifalarni amalga oshirish nixoyatda koʼp moliyaviy resurslar talab etadi. Bozor iqtisodiѐti sharoitida bu resurslarni faqat soliqlar va 11 soliq xarakteriga ega boʼlgan toʼlovlar orqali amalga oshirish mumkin. Maxalliy byudjetlarning daromad bazasi biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlardan tashqil topadi. Biriktirilgan daromadlar deb moliya organi joylashgan xududdan olinuvchi va toʼliq shu xududning byudjetiga tushadigan soliqlar va ajratmalar tushuniladi. Tartibga soluvchi daromadlar deganda maxalliy byudjetlarga yuqori byudjetlardan ѐki respublika byudjetidan ajratiladigan daromadlar tushuniladi. Respublika maxalliy byudjetlarining daromad bazasini xolatini taxlil qilish natijalari shuni koʼsratadiki, maxallaiy byudjet daromadlarining davlat byudjeti daromadlarining xajmidagi salmogʼi oʼsib bormoqda. Chunochi, 2004 yilda bu koʼsratkich 47,3 foizni mutloq summada 1683,0 mlrd. sumni tashqil qildi, 2006 yilda esa bu koʼsratkichning miqdori 51,2 foizni ѐki mutloq summada 3035,2 mlrd. sumni tashqil qildi. Demak, oʼsish soʼrati 3,9 foizni tashqil qildi. Bu asosan maxalliy byudjetlarga biriktirilgan daromadlar sonini oshishi xisobiga xolda tartibga soluvchi daromadlardan maxalliy byudjetlarga ajratmalar xajmini koʼpayib borishi bilan bogʼliqdir.

Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʼlari oluvchilar yigʼindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish printsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular oʼrtasida, shuningdek, byudjetlar hamda byudjet mablagʼlari oluvchilar oʼrtasida vujudga keladigan oʼzaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Koʼpchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar toʼplami (majmui) tushuniladi. Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi boʼlib, uning maʼlum bir qismini oʼzida ifoda etadi. Shu maʼnoda, byudjet tizimi byudjetning oʼzaro bogʼliqlikda boʼlgan boʼgʼinlarining oʼzaro yigʼindisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning maʼmuriy-hududiy boʼlinishiga bevosita bogʼliq. U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi ikki yoki uch boʼgʼinli boʼlishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki boʼgʼindan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch boʼgʼindan (markaziy byudjet, federatsiya aʼzolari byudjetlari va ma-halliy byudjetlar) iborat boʼlishi mumkin. Har bir mamlakatning byudjet tizimi maʼlum bir printsiplarga tayanadi. Bunday printsiplarning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:



  • byudjet tizimining yagonaligi;

  • byudjet tizimining darajalari oʼrtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi;

  • byudjetlarning mustaqilligi;

  • davlatning byudjetdan tashqari jamgʼarmalari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining toʼliq aks etishi;

  • byudjetlarning balansliligi;

  • byudjet mablagʼlaridan foydalanishning samarador-ligi va tejamliligi; ( byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi;

  • oshkoralik;

  • byudjetning haqqoniyligi;

  • byudjet mablagʼlarining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi.

Byudjet tizimining yagonaligi printsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari shakllari, byudjet jarayoni printsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va byudjet mablagʼlari buxgalteriya hi-sobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi. Byudjet tizimining darajalari oʼrtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi printsipi tegishli daromadlar turlarini (toʼliq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshirish boʼyicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mamlakat subʼektlarining hokimiyat organlari va mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish organlariga biriktirilganligini koʼzda tutadi. Byudjetlarning mustaqilligi printsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish organlarining mamlakat byudjet tizimining tegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu printsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat byudjet tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining oʼz manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish boʼyicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yoʼnalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byud-jet toʼgʼrisidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qoʼshimcha daromadlar, byudjet daromadlarining xarajat-laridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari boʼyicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet toʼgʼrisidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yoʼqotmalar va qoʼshimcha xarajatlarni byudjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompensatsiya qilishga yoʼl qoʼymas-likni (qonunchilikning oʼzgarishiga bogʼliq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Davlatning byudjetdan tashqari jamgʼarmalarida byudjetlarning daromadlari va xarajatlari toʼliq aks etishi, soliq hamda bu boradagi qonunlarga muvofiq belgilangan boshqa majburiy tushumlari toʼliq hajmda oʼz aksini topishi kerak. Barcha umumdavlat va mahalliy xarajatlar mamlakat byudjet tizimida oʼz aksini topgan byudjetlari va davlatning byudjetdan tashqari jamgʼar-malarining mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladi. Soliq kreditlari, soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlash boʼyicha kechiktirishlar va muddatlarning oʼzgartirilishi byudjetlar va davlatning byudjetdan tashqari jamgʼarmalarining byudjetlari daromadlari va xarajatlari boʼyicha toʼliq ravishda alohida hisobga olinadi.


Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish