Ishlab chiqarishda loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish, kompyuter texnologiyalari va boshqaruv tizimi



Download 21,54 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi21,54 Kb.
#710332
  1   2
Bog'liq
Tezis


Ishlab chiqarishda loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish, kompyuter texnologiyalari va boshqaruv tizimi

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. Mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va boshqa omillar ishlab chiqarishni koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ishlab chiqarishnining alohida ish turlari suyuklik sathi balandligi, tarkibi, bosim va shu kabilarni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qisman avtomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, seh, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan dastur boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa ishlab chiqarishni jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida toʻla avtomatlashtirishdan foydalanish ayniqsa oʻrinli boʻladi. Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoitida 18-asr gacha bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida 19-asr ishlab chiqarish hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexanizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi. Masalan, yig’irish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida. 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan keyin elektr energiyasidan ishlab chiqarishda foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va Avtomat liniyalar vujudga keladi. Ishlab chiqarish avtomatlashtrish tushunchasi shu davrda paydo boʻldi. Issiqlik elektr stansiyalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li "qozon — turbina — generator — transformator" bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati 800 MVt li blokda 1000 ga yaqin boshkarish obʼyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi bor. Avtomat boshkarish tizimi yordamida shu obʼyekt va parametrlarni bitta muhandis operator boshqaradi. Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va boshqarishni ham avtomatlashtirish mumkin.Konchilikda tog’ jinslarini qoʻporish usullarini takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM (elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda.
Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib boriladi. Domna ishlab chikarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va rostlanadi. Issiklik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab turiladi.
Radiodetallar, elektron lampalar, ion asboblar, elektron nur trubkalari, tranzistorlar, montaj simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni ishlab chiqarishda toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil sanoatda avtomatlashtirilgan kurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari joriy etilgan va etilmoqda. Poyabzal, galantereya va boshqa tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ham ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash, artish, toʻgʻrash, maydalash avtomat qurilmalari masalliqlarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla saqlaydi, isrofgarchilikni ancha kamaytiradi.

Jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratishda asosiy e'tibor alohida elementlarning o'zaro ta'siri bilan bog'liq signallarga qaratiladi. Insonning texnik vositalar bilan va ba'zi texnik vositalarning boshqa texnik vositalar bilan o'zaro ta'siri signallari o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan quyidagi signallar va kodlar guruhlari ko'rib chiqiladi:



Download 21,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish