Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana16.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#495329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
MI Xayrullayeva M

“еr yuzаsining quruqlik qismidа jоylаshgаn tаbiiy-jugʻrоfiy vа sunʼiy 
(insоn yarаtgаn) obyektlаrning аtоqli оti: оykоnim, оrоnim, spеlеоnim, хоrоnim, 
urbаnоnim, drimоnim, nеkrоnim vа b.

9
Mаrkаziy vа Oʻrtа Оsiyo jоy nоmlаrini oʻrgаnish rus mutахаssislаri fаоliyatidа 
аsоsiy oʻrinni egаllаgаni mаʼlumdir. Bu bоrаdа V.V.Bаrtоld, L.S.Bеrg, 
А.Х.Vоstоkоv, S.B.Vеsеlоvskiy, V.Vyatkin, А.P.Dulzоn, V.А.Juchkеvich, 
Yu.А.Kаrpеnkо, M.Е.Mаssоn, А.K.Mаtvеyеv, E.M.Murzаyеv, V.А.Nikоnоv, 
4
Никонов В.А. Введение в топонимику. – М.: Наука, 1965. – С.164. 
5
Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. Справочник лингвистических терминов. – М., 1972. – 
С.447. 
6
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. – Т.: Фан, 1965. – Б.3. 
7
Қораев С. Географик номлар маъноси. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – Б.6. 
8
Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 
2006. – Б.76-83. 
9
Бегматов Э., Улуқов Н. Кўрсатилган луғат. – Б.76-77. 



А.I.Sоbоlеvskiy, 
V.P.Sеmеnоv-Tyan-Shаnskiy, 
B.А.Sеrеbrеnnikоv, 
А.V.Supеrаnskаya, 
V.N.Tоpоrоv, 
А.I.Pоpоv, 
S.P.Tоlstоv, 
А.M.Shyogrеn, 
V.B.Shоstаkоvich kаbi оlimlаr kеng koʻlаmli fаоliyat оlib bоrgаn.
Oʻrtа Оsiyo tаriхiy gеоgrаfiyasini oʻrgаnishdа N.V.Хаnikоv
10
, L.N.Sоbоlеv
11

N.F.Sityankоvskiy
12
lаrning хizmаti kаttаdir. 
Хususаn, tаriхchi оlim V.L.Vyatkinning nоmini аlоhidа tilgа оlish zаrur. 
CHunki V.L.Vyatkin Tоshkеnt vа Sаmаrqаnd hududlаrigа mаnsub tоpоnimlаrni 
tаdqiq qilishdа аlоhidа jоnbоzlik koʻrsаtgаn. U vаqf hujjаtlаri аsоsidа tоpоnimlаrning 
mаʼnоsi, pаydо boʻlish tаriхi hаmdа tаlаffuz jihаtlаrini tаhlil etgаn
13
. Bu hаqdа 
mаʼlumоt bеrgаn S.Qоrаеv V.Vyatkin fаоliyatigа V.V.Bаrtоldning judа yuksаk bаhо 
bеrgаnligini qаyd etgаn. 
XIX аsr охiri XX аsr bоshlаridаgi rus shаrqshunоslаridаn аkаdеmik 
V.V.Bаrtоldning аsаrlаri tоpоnimikаdа аlоhidа oʻrin tutаdi. V.V.Bаrtоld аsаrlаrini 
oʻrgаnmаsdаn turib Oʻrtа Оsiyo tоpоnimikаsi bilаn shugʻullаnib boʻlmаydi
14
.
Oʻrtа Оsiyo tоpоnimiyasining qаdimgi hоlаti hаqidа А.L.Хrоmоvning аsаridа 
hаm mаʼlumоtlаr bеrilgаn. Jumlаdаn, jоy nоmlаri hаqidаgi fаn – tоpоnimiyaning 
shаkllаnishi uzоq tаriхgа bоrib tаqаlishini shаrqshunоs vа tilshunоs А.L.Хrоmоv 
mаʼlumоtlаridаn bilib оlish mumkin. Uning хаbаr bеrishichа, hоzirgi Oʻrtа Оsiyo 
hududining tоpоnimikаsi erаmizdаn аvvаlgi I аsrdа grеk оlimi Strаbоn, Ibn 
Хoʻrdоdbеh (IX аsr), Аbu Jаʼfаr Nаrshахiy (X аsr), Muqаddаsiy (X аsr) vа 
bоshqаlаrning аsаrlаridа ilk tоpоnimik mаʼlumоtlаr uchrаydi.
Turkiy qavmlarning qadimgi yodgorligi – O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarida, 
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk»
15
asari va boshqa yozma 
10
Хаников Н.В. Описание Бухаркого ханства. – СПб., 1843. 
11
Соболев Л.Н. Географические и статистические сведения О Зерафшанском округе с 
приложинием списка населенных мест округа. – СПб., 1874. 
12
Ситянковский Н.Ф. Заметки о Бухарской части долины Зерафшана. ИТОРГО. Т.1, вып. 2. 
1900. – С.121-314. 
13
Вяткин В.Л. К исторической геграфии Ташкентского района. ПТКЛА,1900. – С. 156-159; 
Материалы к исторической географии Самаркандского вилайета. СКСО, вып. VII, 1902. – 
С.1-63. 
14
Қораев С. Кўрсатилган асар. – Б. 19. 
15
Кошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Уч томлик. 1- т. - Т.:ФА нашр., 1960. - Б.50. 


10 
manbalarda ham joy nomlari qayd etilgan, qadimda kishilar joylarni o‘z tillariga xos 
so‘zlar bilan nomlashgan hamda shu nomlar toponimlar sifatida bugungacha saqlanib 
qolgan. Toponimlarni o‘rganish, tasnif, tavsif va izohli tahlil qilish bo‘yicha jahonda, 
shu jumladan, respublikamizda ham bir qancha ishlar bajarilgan. Quyida ulardan eng 
asosiylariga maxsus to‘xtalishni o‘rinli deb bilamiz. 
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy, Mahmud Koshg‘ariylar qadim 
Turkiston zaminidagi joy nomlari maxsus qayd etilib, ulardan ba’zi birlarini izohlab 
berishganini H.Hasanov va S.Qorayev amalga oshirgan tadqiqotlarida bayon 
etishgan
16
. Toponimlarni o‘rganishda Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit 
turk» asarida berilgan so‘zlar va ularga oid izohlar alohida ahamiyatga ega. Bu lug‘at 
mamlakatimiz toponimlaridagi ba’zi bir tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘z va ma’noli 
qismlarning izohlarini topishda, shuningdek, toponimlarning etimologik tahlilidagi 
bahsli o‘rinlarga aniqlik kiritib, joy nomlarining etimonlarini ko‘rsatishda noyob 
manbalaridan biri hisoblanadi. 
Atoqli rus olimi, sharqshunos V.V.Radlov Oʻrta Osiyo va Rossiyaning 
Qorabuloq, Qiziltosh, Krasnoyarskiy kabi bir necha joy nomlarini o‘rgangan. Uning 
bu tadqiqoti toponimlarning etimologik tahlili sifatida tan olingan
17
.
Sharqshunos V.V.Radlovning mashhur lug‘atida so‘zlarning qanday ma’nolarga 
egaligi, shuningdek, ularning qaysi manbalarda uchrashi haqida fikr yuritilgan. 
Mazkur lug‘atda muallif so‘zlarning ma’nolarini o‘zi yashagan davr imkoniyatlaridan 
kelib chiqib izohlagan. M.N.Melxeyev fanda toponimlarni qanday va qay holda 
tadqiq qilish kerak degan bahs borayotgan bir paytda izohli hamda qisman etimologik 
mazmundagi taxminlari bo‘lgan toponimik lug‘atni nashr qildirgan
18
.
15
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.; Географик терминлар 
луғати. T.: Фан, 1964; Қораев С. Географик номларнинг маьносини биласизми? - Т.: 
Ўзбекистон, 1970; Қораев С., Ғуломов П. Раҳимбеков Р. Географиядан изоҳли луғат. Т.: 
Ўқитувчи, 1979. 
16
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.; Географик терминлар 
луғати. T.: Фан, 1964; Қораев С. Географик номларнинг маьносини биласизми? - Т.: 
Ўзбекистон, 1970; Қораев С., Ғуломов П. Раҳимбеков Р. Географиядан изоҳли луғат. Т.: 
Ўқитувчи, 1979. 
17
Благова Г. В.В.Радлов и изучение топонимии Сибири//Развитие и методы топонимических 
исследований. –Mосква: Наука, 1970, с. 80-90. 
18
Мелхеев Географические имена. –Mосква: Учпедиздат, 1961, с. 99. 


11 
Turli tillarga oid joy nomlarini o‘rganib, tarixiy, geografik va tilshunoslik fanlari 
nuqtayi nazaridan tadqiq etishda E.M.Murzayevning xizmati katta u toponimlarning 
etimologik tahlili bo‘yicha ilmiy ishlar qilgan bo‘lsa ham, bu sohada jiddiy 
shug‘ullanmagan
19

V.A.Nikonov joy nomlarini qanday tarzda va qanday darajada o‘rganish 
kerakligi masalalarini alohida kitobida bayon etgan
20
. Ammo uning toponimlarini 
o‘rganish haqidagi fikrlari izohli, tavsifiy hamda qisman etimologik yo‘nalishda 
bo‘lgani uchun bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan qaralganda mukammal holga 
kelmagan. Sababi, ular tavsifiy, tasnifiy va izohli tadqiq yo‘nalishida berilgan. Bu 
olimning toponimik lug‘atida to‘rt mingga yaqin toponimlar tahlil qilingan. Masalan, 
Sibir toponimi
21
. Kitobda berilgan ko‘p toponimlarning etimologik tahlili hozirgi 
davr ilm-fani talablari asosida baholansa, ularda toponimlarga oid izohli mazmungina 
mujassamlashgan, xolos. 
V.N.Toporov atoqli otlarning mustaqil tizimligi, maxsus atalganligi va 
toponimik xususiyatlarga egaligini, etimologik tadqiqning sinalgan ma’lum bir usul 
hamda tamoyillarsiz ularning etimologik tahliliga kirishib bo‘lmasligini bayon 
qilgan
22
. Muallif bu o‘rinda haq. Shuning uchun toponimlarni etimologik tadqiq 
qilishning yo‘sinlarini o‘rganish zaruriyati seziladi. A.V. Superanskaya onomastik 
tadqiqotlarda lingvistik jihatdan tadqiq etish yo‘nalishi:
1) nomlarning umumiy nazariy masalalari;
2) onomastik tizimning ma’lum tip va turlarga bo‘linishi;
3) tadqiqotning metodikasi;
4) regional va areal onomastika;
5) tarixiy onomastika;
6) badiiy asarlar onomastikasi;
7) onomastikadagi ishonchlilik va etimologik tadqiq;
8) leksik tamoyil asosida nomlarni o‘rganish;
19
Мурзаев Э.М. Очерки топонимики. –М., Мысль, 1974, -382 с. 
20
Никонов В.А. Введение в топонимику. –М., Наука, 1965. -178 с. 
21
Никонов В.А. Краткий топонимический словарь.−М.: Мысль,1966, −150 с. 
22
Топоров В.Н. Из области теоретических топоономастики //ВЯ. 1962. № 6, −С 3−12. 


12 
9) nomlarning transkripstiyasi, transliteratstiyasi;
10) nomlash modellari;
11) atoqli otlarning standartlashtirilishi;
12) ularning lug‘atlarini tuzish tarzida borishini ta’kidlaydi
23
. Bular nomlar 
tadqiqiga oid bo‘lgan bir butun tadqiqotlar majmuini anglatadi. Ularni bir tadqiqot 
davomida amalga oshirib bo‘lmaydi. Muallif ushbu fikrlari bilan toponimlar 
tadqiqining o‘ziga xos bo‘lgan alohida tizimliligini ko‘rsatgan. 
Bugungacha toponimlarning etimologik tadqiqi usullari mukammal holda ishlab 
chiqilmagan. Onomastik atamalarning, jumladan, toponimlarning etimologik tahlili
hamda tadqiq yuzasidan bahs, munozaralar bo‘lishiga sabab: bunday birliklirni tadqiq 
qilishning nazariy asoslari hamda amaliy qimmatga molik usullari har tomonlama 
o‘ylanmagan va ilmiy – amaliy jihatdan dalillanmaganligidir. Ushbu holat haqida 
A.V.Superanskaya
24
va T.D.Januzoqov
25
maxsus to‘xtalishgan. Bunday hol turli 
tillarga oid onomastik atamalarning, shuningdek, toponimlarning ham etimologik 
tahlil va tadqiqiga xos xarakterli xususiyatlardan biridir. 
E. M. Paspelovning toponimik lug‘atida turli mamlakatlardagi 1250ga yaqin 
toponimlarning tasnifiy va tavsifiy tahliliga to‘xtalgan. Ammo ular etimologik tahlil 
emas, chunki muallif ushbu tadqiqotini ilmiy-ommabop asar tarzida tayyorlagan
26

M.Geldixanov Turkmanistonning milliy geografik terminlarini tasnifiy va tavsifiy 
yo‘nalishda o‘rgangan
27

S.Ataniyozovning 
Turkmaniston 
etnonimlari 
va 
toponimlarini tasniflash, izohlash, shu jumladan, etimologik tahlil qilishga oid ilmiy 
ishlari mavjud
28
. Shuningdek, D.Isayev, K.Konkobaev, S.Xudayberganov kabi 
olimlarning faoliyati bilan Qirg‘iziston toponimiyasi tadqiqi izohli tarzda amalga 
23
Суперанская А.В. Лингвистический аспект ономастических исседований //Вопросы 
ономастики. −С., СамГУ, 1976, −С 5−12. 
24
Суперанская А.В. Теоретические проблемы региональных топонимических исследований 
// Материалы конференции по ономастике Узбекистана. −Джизак, 1985, −С 10−11 
25
Джанузаков Т.Д. Некоторые аспекты теории и методики ономастических исследований в 
тюркских языках // Материалы конференции по ономастике Узбекистана. −Джизак, 1985, −С 
33−34. 
26
Поспелов Е.М. Школьный топонимический словарь. −М., 1988, 224 с. 
27
Гельдиханов М. Местные географические термины Туркменистана. Автореф.канд.диссер. 
−Баку, 1973, −23 с. 
28
Атаниязов С. Туркманистанын топонимияси. −Ашгабад. Илми, 1981, −224 б. 


13 
oshirildi. K.Konkobayev toponimik qatlamlar, toponimlarning leksik-semantik tahlili, 
ularning tuzilishi janubiy Qirg‘iziston toponimlari misolida ko‘rsatib o‘tgan. Shu 
bilan birga muallif Ayni o‘sha hudud toponimlari va geografik terminlarining qisqa 
lug‘atini bergan
29
.
O.T.Molchanova tog‘li Oltoydagi turli tillarning so‘zlari asosida yuzaga kelgan 
toponimlarni tilshunoslik va geografiya fanlari yondashuvi asosida tavsifiy 
yo‘nalishda o‘rgangan. T.M.Garipov va F.G.Garipovaning; A.Devonaqulov va 
R.Dodixudoyevning ilmiy tadqiqotlarda Qozog‘iston, Boshqirdiston, Tatariston, 
Tojikiston toponimlarining tavsifiy, tasnifiy jihatlardan tahlili amalga oshirilgan.
Qozog‘istonda onomastika masalalariga, shu jumladan, toponimlarning 
etimologik tadqiq va tahlili masalalariga bag‘ishlangan to‘plam nashr etilgan. Unda 
toponimiya, antroponimiya, etnonimiya va zoonimiya bo‘limlari bo‘lib, asosan, 
izohli, qisman etimologik tahlil talqinlari ham qayd etilgan
30
.
Turkiy tillarning etimologiyasi muammolariga bag‘ishlangan anjuman (1986-yil 
28-30-may) 
materiallari 1990-yilda nashr qilingan. Unda A.T.Kaydarov, 
S.V.Voronin, O.P.Molchanova kabi olimlarning oltmishdan ortiq maqolasi mavjud. 
Ushbu kitobda etimologik tadqiqning nazariy masalalari ham etimologik tahlil kabi 
bahsli ekanligi ko‘rsatilgan
31

Ozarbayjon onomastikasi, xususan, toponimikasi bo‘yicha professor 
A.Kurbanov boshchiligida bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Unda 
toponimlar taxmin asosida izohlangan. Shuning uchun olib borilgan etimologik 
tahlillarda nimadir yetishmayotganligi sezilib turadi. Sababi, ular mukammal tadqiq 
va talqin etilmagan
32
.
Shuningdek, turkiy xalqlardan biri bo‘lgan qalmiqlar onomastikasi bo‘yicha ham 
maxsus tadqiqot olib borilgan
33
. Unda toponim va antroponimlar tadqiqiga oid qator 
fikrlar bildirilgan. 
29
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б. 
30
Вопросы ономастики Казахстана. Алма-Ата. Илим, 1986. С 134. 
31
Проблемы этимологии тюркских языков. –Алма-Ата, Илим, 1990, -400 с. 
32
Проблемы Азербайджанской ономастики. Вып. 2. –Баку, 1988, -308 с. 
33
Ономастика Калмыкии. –Элиста, 1983. -148 с. 


14 
Ba’zi bir joy nomlariga o‘rganilgan mavzuga ma’lum ma’noda aloqador 
bo‘lgani uchun tavsifiy mazmunda izohli va etimologik sharhlar berilgan tadqiqotlar 
jumlasiga S.Ibrohimov, A.Ishayev va Sh.Nosirov kabi olimlarning ishlarini qayd 
etish lozim (adabiyotlar ro‘yxatiga qarang). S.Ibrohimov bilan A.Ishaev Andijon va 
Mang‘it toponimlari haqida izohli hamda qisman etimologik tahlil berishgan
34

Sh.Nosirov esa Qo‘qon joy nomini faqat tavsifiy jihatdan talqin qilgan, xolos
35
H.Hasanovning ishlarida toponimlarni transkripstiya qilish, izohli tasnifi va 
tavsifi, shuningdek, ularning geografik tavsiloti muammolariga to‘xtalingan. Biroq 
muallif ularning etimologik tahlili yuzasidan fikr yuritmagan
36
.
E. Begmatov toponimika masalalariga oid ilmiy maqolalar yozgan, ammo joy 
nomlarining etimologik tahliliga maxsus to‘xtalmagan
37
.
A.Muhammadjonovning tadqiqotlarida ba’zi bir toponimlarning tavsifi va 
etimologik tahliliga tarixiy jihatdan ko‘proq yondashish seziladi. Uning bir qator 
maqolalarida ba’zi toponimlarning etimologik tahlili amalga oshirilgan
38
.
Q.Abdumuratov Qoraqalpog‘istondagi joy nomlarini izohlagan
39
.
S.Qorayevning tadqiqotlarida toponimlarning tasnifi, tavsifi va izohli tahliliga 
ham lingvistik, ham geografik nuqtai nazardan munosabat bildirgan (adabiyotlar 
ro‘yxatiga qarang). Uning «O‘zbekiston viloyatlari toponimlari» nomli kitobida 
34
Каримов С.А., Бўриев С.Н. Ўзбек топонимикаси тараққиёт босқичида. –Тошкент, “Фан” 
нашриёти, 2006, - Б. 54-60. 
35
Носиров Ш. Ўзбек тилининг Қўқон шеваси. −Т., Фан, 1980, −176 б. 
36
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.; Ҳасанов Ҳ. Географик 
терминлар луғати. T.: Фан, 1964. 
37
Бегматов Э., Наимов С. О классификации топонимов // Тюркское языкознание. –Т.: 1985.-
С 275-279; Истиқлол ўлкасининг топонимик сиёсати // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1997. – 3-
сон. – Б.3-9.; Жой номлари – маънавият кўзгуси. – Т., 1998. – Б.33-34. 
38
Муҳаммаджонов А. Топонимлар – халқ тарихини ўрганиш манбаи// “Ономастика 
Узбекитана” тезисы 2-республиканской научно-практической конференции. (Карши, 14-16 
сентябрь 1989). – Т., 1989. – С.55.; Жой номлари – тарихий манбадир // Илмий-амалий 
конференция докладлари тезислари. – Т., 1994. – Б.15-17.; Работ атамаси этимологияси // 
Ўзбек тили ва адабиёти. – 1995. – 2-сон. – Б.43-45.; ; Айрим топонимлар семантикаси// Ўзбек 
тили ва адабиёти – 2004. – 2-сон. – Б,39-42.; Самарқанднинг тарихий топонимлари // Ўзбек 
тили ва адабиёти. – 2007. – 4-сон. – Б.38. 
39
Абдумуратов К. Почему так названо? (На материале Каракалпакской топонимии). −Н., 
1970. −129 с. 


15 
mamlakatimiz maydoni 14 ta toponimik hududga bo‘linib, etnonimlarning ma’nosi, 
toponimikani kodlari yoritilgan.
O‘zbekiston toponimiyasining tadqiq etilishida bevosita ishtirok etgan 
olimlardan yana biri professor Zaripboy Do‘simovdir. Uning tadqiqotlarida Xorazm 
hududidagi joy nomlarining yasalishi, nomlanishi hamda izohlanishiga, ba’zi 
toponimlarning etimologik tadqiqiga e’tibor qaratilgan (adabiyotlar ro‘yxatiga 
qarang). Muallifning «Toponimika asoslari» nomli kitobida tarixiy toponimika va 
uning muammolari, toponimlar tasnifi, joy nomlarining semantik turlari, joy 
nomlarining grammatik tarkibi va tarixiyligiga ko‘ra turlari, ularning yasalishi, 
toponimik indikatorlar, ularning tasnifi, toponimlarning atalish prinstiplari, 
tomonlarni o‘rganish metodlari, maktabda toponimika mavzulari tavsifiy–tasnifiy 
holatda yaratilgan
40

T.Nafasovning ilmiy tadqiqot ishlarida O‘zbekistonning janubiy tumanlaridagi 
kelib chiqishi va shakllanishi umumturkiy, o‘zbek hamda o‘zlashma toponimlar 
etnolingvistik va izohli tahlil qilingan
41
.
T.Nafasov Oʻzbekiston toponimlari tadqiqiga oid ko‘p ilmiy izlanishlarni 
amalga oshirgan olim sanaladi. O‘zbekistonning janubiy hududlari toponimlari 
bo‘yicha tuzilgan izohli lug‘ati muallifning tadqiqotlaridagi o‘ziga xoslikni ko‘rsata 
oladi.
N.Oxunovning ilmiy kuzatishlari Farg‘ona vodiysidagi turli tillarga mansub 
bo‘lgan toponimlarning tasnifi, tavsifi va yasalish modellari tahliliga bag‘ishlangan
42
.
40
Дўсимов З. Топонимлар таснифи масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1978. – 1-
сон. – Б. 17-20.; Топонимларнинг ясалиши масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1980. 
– 2-сон. – Б.45.; Хоразм топонимлари. – Т.: Фан, 1985. – 104 б. 
41
Нафасов Т. Объектларнинг номланишига доир // Ўзбек тилшунослиги масалалари. – Т., 
1976. – Б.56-59.; Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати (Ўзбекистоннинг жанубий 
районлари). – Т.: Ўқитувчи, 1988. – 135 б.; Ўзбек номномаси. – Қарши: Насаф, 1993. – 154 
б.; Қашқадарё қишлоқномаси. Қашқадарё вилояти қишлоқлари номининг тадқиқи. – Т.: 
Муҳаррир, 2009. – 430 б. 
42
Охунов Н. Жойлар ва номлар. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 1986. -22 б.; Тил ва жой номлари. 
– Тошкент, “Ўзбекистон”, 1988. -24 б.; Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусиятлари – 
Тошкент, “Фан”, 1989. - 52 б.; Жой номлари таъбири. –Тошкент, “Ўзбекистон”, 1994. -86 б. 


16 
X.Xolmo‘minov “Boysun rayon mikrotoponimlarining leksik-semantik 
xususiyatlari” nomli maqolasi
43
va Yo.Xo‘jamberdiyevning dissertatsiyasi
44
Surxondaryo viloyati makrotoponimlari bilan mikrotoponimlarning tavsifi hamda 
tasnifiga, shuningdek, ba’zi bir toponimlarning izohli tahliliga qaratilgan. 
J.Latipovning 
“Margʻilon shahri va uning atrofi toponimiyasi” nomli 
dissertatsiyasi
45
da Marg‘ilon shahri mikrotoponimlari tasnifiy va tavsifiy jihatlardan 
o‘rganilgan.
Sh.Qodirova Toshkent mikrotoponimlari tahliliga bagʻishlangan tаdqiqоtida 
Toshkent shahri mikrotoponimlarini tavsifiy, izohli, qisman etimologik tahlil qilgan, 
biroq shahar mikrotoponimiyasi to‘liq to‘planmagan, mikrotoponimiya tushunchasi 
va bu tushuncha doirasiga kiruvchi nomlar haqida to‘xtalmagan
46
.
T.Rahmatov tadqiqotida Samarqand shahridagi toponimlarni, jumladan, 
Samarqand joy nomini tadqiq etgan
47
.
O‘zbekiston toponimiyasida Buxoro viloyati o‘z nomlari bilan alohida o‘rin 
tutganligini qayd etish lozim. Uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan, qadim Sharqning 
durdonasi sanalgan Buxoro 3000 dan ortiq toponimga egaligi bilan ajralib turadi.
Buxoro viloyat toponimlarning bayon va tadqiq etilishida Narshaxiy, Abulg‘ozi 
Bahodirxonlar bilan qatorda dostent S.Nayimovning ham alohida o‘rni bor.
S.Nayimov Buxoro viloyati oykonimlarini ma’lum darajada to‘plagan, 
shuningdek, Buxoro toponimini tavsifiy va tasnifiy jihatdan asosan izohli, etimologik 
mazmunida tadqiq etgan. S.Nayimov tadqiqotlarida Buxoro viloyati toponimlarning 
43
Холмўминов Х. Бойсун район микротопонимларининг лексик-семантик хусусиятлари // 
Ўзбек тилининг лексик-грамматик хусусиятлари. Илмий мақолалар тўплами. – Т., 1988. – Б. 
73-75. 
44
Худжамбердиев 
Я. 
Историко-этимологические 
исследование 
топонимики 
Сурхандарьинской области Узбекской ССР. Автореф.канд.диссер. –Т., 1973, -25 с. 
45
Латипов Ж. Марғилон шаҳри ва унинг атрофи топонимияси: Филол. фанлари номз....дисс. 
– Т., 1975. – 219 б. 
46
Кадырова Ш. Микротопонимы Ташкента. Автореф.канд.диссер. –Т., 1970, -28 с. 
47
Рахматов Т. Топонимия города Самарканда и его окрестностей. Автореф.канд.диссер. –М., 
1973, –31 с. 


17 
etnotoponimlar, antropotoponimlar hamda topotoponimlari keng va atroflicha 
o‘rganilgan
48
.
L.Karimovaning “Oʻzbek tilida toponimlarning oʻrganilishi” nomli ishi shimoliy 
o‘zbek shevalarida uchragan toponimlarning asosan izohli, qisman etimologik tahlili 
va o‘zbek tilshunosligida toponimlarning o‘rganilishi kabi masalalarga qaratilgan
49

Muallif Qarnoq, Cho‘rnoq, Suvnoq, Chilik, Qarsaqti, Qo‘rali kabi bir qancha joy 
nomlarining etimologik tahliliga to‘xtalgan. Ammo ulardan ba’zi birlarining 
etimologik tahlili yakunlanmagan va ularning etimonlari haqida to‘xtalinmagan. 
B.O‘rinboyev Jizzax va Samarqand viloyati toponimlarini izohli tahlil qilgan
50

Toponimlar zaminida etimologik kuzatishlar olib borib, ularning etimologiyasi 
bilan birgalikda etimonini izohlashga harakat qilgan ishlardan biri A. Otajonovaning 
«Xorazm etnotoponimlari»
51
nomli monografiyasi hisoblanadi. Unda Qozoqovul 
(Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo tumani), Ilonli (Qoraqalpoqiston 
Respublikasi Xo‘jayli tumani), Bolg‘ali, Qo‘ng‘irot (Xorazm viloyati Yangibozor 
tumani), Yuzovul (Xorazm viloyati Yangibozor tumani), Uyshun, Uyshunli 
(Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo, Xo‘jayli tumanlari), Tuyachi, Jilanli, 
Qushchi (Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo tumani), Qazayaqli (Xorazm 
viloyati Xonqa tumani), kabi etnotoponimlarning izohli hamda tarixiy-etimologik 
tahliliga bag‘ishlangan mulohazalar bayon qilingan.
Soʻnggi yillаrdа tоpоnimiya boʻyichа аmаlgа оshrilgаn ishlаr оrаsidа 
I.Хоlmurаtоvning dissеrtаtsiyasi аlоhidа eʼtibоr lоyiq. Ushbu ishdа Jаnubiy 
Qоrаqаlpоgʻistоn оykоnimiyasi mаsаlаlаri tаhlilgа tоrtilgаn
52

48
Наимов С. Топонимик аниқлагичлар ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1983. – 4-сон. – Б. 
62-63.; Ойконимы Бухарской области: Автореф. дисс... канд. филол. наук. – Т., 1984. – 20 с.; 
Бухоро область топонимияси. –Т., 1984, –24 б. 
49
Каримова Л. Ўзбек тилида топонимларнинг ўрганилиши. – Т.: Фан, 1982 . – 96 б. 
50
Ўринбоев Б. Асрлардек барҳаёт номлар. –Самарқанд, Зарафшон. 2003. -258 б.; Жиззах 
топонимларининг таъбири. –Самарқанд, 2007. -80 б. 
51
Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари. – Т.: Фан, 1997. –129 б. 
52
Холмуратов И. Жанубий Қорақалпоғистон ойконимлари ва уларнинг луғавий 
асосларининг лисоний тадқиқи. Филол. фанл. Бўйича фалс.доктори (PhD) диссер. Автореф. –
Бухоро, 2020. -52 б. 


18 
O‘zbekiston toponimlarining tahlili va tadqiqiga oid ilmiy ishlarda ularning 
morfologik, leksik – semantik, sintaktik va yasalish xususiyatlari haqida fikr 
yuritilgan.
Ba’zi bir tadqiqotlarda etimologik tahlil haqida fikr ilgari surilgan va ularda 
etimologiya termini qo‘llangan. Bunda etimologik tahlil yoki etimologik tadqiq 
terminlarini ishlatish o‘rinli bo‘lar edi. Bugungi kungacha joy nomlari geografik, 
geologik va tarixiy jihatlardan tavsiflingan va tilshunoslik nuqtai nazaridan 
izohlangan. Natijada, toponimikaga oid ishlarda ba’zi bir toponim ( masalan, Buxoro, 
Toshkent, Qarshi kabi )larning bir – biriga zid bo‘lgan bir necha xil talqini uchraydi. 
Bu esa ushbu sohada bahs talab masalalarning ko‘payishiga olib kelgan. 
Ko‘pchilik olimlar, jumladan, H.Hasanov. E.M.Murzayev, V.A.Nikonov, 
E.M.Pospelov, 
Q.Qonqaboyev, 
M.Geldixanov, 
S.Ataniyozov, 
D.Isayev, 
S.Xudoyberganov, O.T.Molchanova, T.M.Garipov, F.G.Garipova, A.T.Kaydarov, 
S.V.Voronin, Q.Abdumuratov, Z.Do‘simov, T.Nafasov, N.Oxunov, J.Latipov, 
T.Raxmatov, B.O‘rinboyevlar toponimlarni umumiy tavsifi va tasnifini berishgan.
Ba’zi bir olimlarning, shu jumladan, A.V.Superanskaya, T.D.Januzoqov, 
E.M.Murzaev, V.A.Nikonov, S.Ataniyozov, S.Qorayev, Yo.Xo‘jamberdiyev, 
Sh.Qodirova, A.Ishayev, L.Karimova, A.Otajonovalar ilmiy ishlarida etimologik 
tahlil va etimologik tadqiq qilish kerakligini qayd etishgan holda, ba’zi toponimlarni 
tavsiflash va izohli tahlilini amalga oshirish mavjud. Mazkur ishlarda O‘zbekiston 
toponimlarining tasnifi va izohli tavsifi kabi masalalar ko‘rilgan, lekin 
toponimlarning lug‘aviy asoslari va etimologik tadqiqi yo‘sinlari masalasi e’tibordan 
chetda qolgan. Shu bilan birga, toponimlarning etimologik tadqiqi masalasiga u yoki 
bu darajada yondashgan ba’zi bir tadqiqotlar ham bor. 
Ular toponimlarning etimologik tadqiqida yangi, o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lsa 
ham, toponimlarni etimologik tadqiq qilishning yo‘sinlari o‘rganilmaganligi va 
etimonlari aniqlanmaganligi bilan mukammallik darajasiga ko‘tarilmagan. Ushbu 
tahlillarda, albatta, o‘ziga xoslikni asoslaydigan dalillar bor. Ammo mana shu 
dalillarning qaysi biri o‘rganilayotgan joy nomi uchun asosli va ishonchli ekanligini 
isbotlaydigan tamoyil hamda usullar ko‘rsatilmagan. Sababi, ularda etimologik tadqiq 


19 
uchun zarur bo‘ladigan omil, tamoyil va usullar, shuningdek, toponimlar va ular 
lug‘aviy asoslarining etimologik tadqiqiga oid masalalar majmui to‘liq asoslab 
berilmagan. O‘zbekiston toponimlari ham tarixiy, ham bugungi davrga xos 
xususiyatlarga egaligi, alohida nomlanish va motivlanish tizimining mavjudligi, 
shuningdek, turli toponimik hududlarga bo‘linganligi bilan ajralib turadi. Ushbu 
xususiyatlarning majmui toponimlarni etimologik tadqiq qilishning tamoyil va 
usullariga, bu tadqiqda yondashilgan masalalarga, shu jumladan, ularning 
motivlanishiga bir butun holda qarash kerakligini ko‘rsatib turibdi. Buning uchun joy 
nomlari va ularga asos bo‘lgan lug‘aviy asoslarining etimologik tadqiqiga oid 
masalalarni, shuningdek, tadqiqotlarda qo‘llanishi lozim bo‘lgan omil, tamoyil va 
usullarni etimologik tahlil va tadqiqining yo‘sinlari sifatida o‘rganish zarur. 
Xullas, O‘zbekiston toponimlari quyidagicha tadqiq etilgan: 
- Bugungacha toponimlar asosan umumiy, lingvistik, geografik va tarixiy 
yo‘nalishlarda qayd etilib, tavsifiy hamda izohli tarzda o‘rganilgan. Mana shu 
yo‘nalishlarning ta’sirida mamlakatimiz toponimlarini talqin etish birmuncha keng 
an’ana bo‘lsa ham, ularning etimologik tahlili tadqiqiga kam munosabat bildirilgan. 
- XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekiston toponimlarini tuman va 
shaharlar doirasida tavsifiy, tasnifiy mazmunda tadqiq etish boshlangan. Bu 
tadqiqotlarning ba’zilarida etimologik tahlil berilgan, ammo ular mukammal 
etimologik tahlil darajasida amalga oshirilmagan. 
- Vatanimiz toponimlariga oid ilmiy ishlar oddiy lisoniy hamda geografik 
tavsifdan izohli tavsif va tasnifga qarab borgan. Ammo ularda toponimlarning 
etimologik tahliliga yo‘l–yo‘lakay to‘xtalingani va ularni etimologik tadqiq 
qilishning me’yorlariga e’tibor berilmagani uchun amalga oshirilgan joy nomlarining 
etimologik tahlili, bugungi kun nuqtai nazaridan qaralganla, mukammal holatga 
kelmagan. 
Fanda qo‘llangan tamoyil va usullarni to‘g‘ridan–to‘g‘ri toponimlarning 
etimologik tadqiqi jarayonida ishlatib bo‘lmaydi. Sababi, toponimlar bir necha fanlar 
doirasida o‘rganiladi. Shuning uchun ulardagi mavjud usul hamda tamoyillarni 
toponimik tadqiqotda qalashtirib tashlash bilan toponimlar etimologik tahlili va 


20 
tadqiqining nazariy asoslari yaratilmaydi. Bugungacha bajarilgan toponimik 
tadqiqotlarga tayanib, jonlangan toponimik materiallar asosida ularni etimologik 
tidqiq etishni nazariy asoslari bo‘lgan tamoyil va usullari to‘g‘risida fikr yuritish 
o‘rinli. 
Ushbu tadqiqotda toponimlarning etimologik tahlili haqida turli tamoyil hamda 
usullarga, shuningdek, tadqiqotni amalga oshirishga oid masalalarga jiddiy e’tibor 
berildi. Ular toponimlarning etimologik tahlili misolida dalillar bilan asoslandi. Shu 
sababli, biror usul, omil yoki tamoyil haqida gapirganda bir yohud bir necha 
toponimning etimologik tahlillari namuna sifatida berildi. Shu bilan birga etimologik 
tahlil etilgan o‘sha toponimga boshqa tamoyil, usul va omillar ham amal qilishi 
mumkinligini rad etmaymiz. Toponimlarning etimologik tadqiqi jarayonida lingvistik 
yo‘nalish geografik, tarixiy yo‘nalishlar bilan birgalikda, onomastik tadqiqotlarning 
muhim qirrasi hisoblanadi. 
Mazkur qirrani mantiqiy izchillik bilan mukammal yoritish uchun 
toponimlarning lug‘aviy asoslarini belgilash hamda etimologik tadqiqida o‘rganilish 
sharti sifatida quyidagilar belgilandi: toponim va ular lug‘aviy asoslarining 
etimologik tadqiqiga oid yondosh masalalar; toponim va ular lug‘aviy asoslarining 
etimologik tadqiqini ta’minlovchi omillar: toponim va ular lug‘aviy asoslarini 
etimologik tadqiq qilishning tamoyil hamda usullari; toponimlarning etimologik 
tadqiqi. Yoritilishi mo‘ljallangan bu masalalarning o‘rganilishi haqida har bir 
bobning boshlanishida alohida to‘xtalingan. 
Toponimlar va ular lug‘aviy asoslari etimologik tadqiqi yo‘sinlari sifatida 
taqdim etilayotgan tamoyil, usul, omil va motivlanish masalalari boshqa fanlardagi 
shunday masalalardan mazmun jihatdan farq qiladi. Har bir fan yoki sohaning 
o‘rganish obyekti, predmeti, tushunchaviy bazasi bo‘lgani kabi onomastikaning, shu 
jumladan, toponimikaning ham o‘ziga xos xususiyatlari bor. Muayyan bir fandagi 
tamoyil, usul, omil va motivlanish xususiyatlarini ikkinchi bir fanga to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri tadbiq qilish o‘zini oqlamaydi. O‘rganilayotgan sohaning talablaridan kelib 
chiqib, ularga nimanidir qo‘shish kerak yoki ulardan nimanidir olish kerak. 


21 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ishda qayd etilayotgan toponimlar lug‘aviy 
asoslari va etimologik tadqiqining nazariy negizi bo‘lgan tamoyil hamda usullar, 
shuningdek, bunday tadqiqda ko‘rilgan masalalar onomastik, toponimik tadqiqotlar 
olib borish uchun yopiq tizim emas, balki ochiq tizimlar majmui sanaladi. Fandagi 
mavjud usul va tamoyillarni qatorlashtirib sanab o‘tishdan ko‘ra, to‘plangan 
toponimlarga tayanib, tadqiqot mavzuimiz doirasida zarur bo‘lgan yondosh 
masalalar, omil, tamoyil va usullar haqida to‘xtalish o‘rinli. Qo‘yilayotgan 
muammolar toponimlarni etimologik tadqiq qilish jihatdan o‘rganishning nazariy, 
amaliy qimmatga ega bo‘lgan masalalari jumlasiga kiradi. Shuning uchun ular bu 
ilmiy tadqiqotning alohida – alohida boblari sifatida tadqiq etiladi. 
Tadqiqotimiz oldida Vobkent tumani toponimlari bo‘yicha umumiy tadqiq olib 
borishning yo‘sinlari sifatida omil, tamoyil va usullarni, shuningdek, shunday 
tadqiqqa oid masalalarni o‘rganib, ularni qo‘llash muammosini hal qilish masalasi 
turibdi. Ishimizning tadqiq obyektini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan 
asoslab berishda amalga oshirilgan tadqiqotlar ma’lum ma’noda ham ilmiy, ham 
amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur ish Vobkent tuman toponimlari tadqiq 
yo‘sinlarini monografik planda o‘rganish bo‘yicha bajarilgan dastlabki ilmiy 
tadqiqotlardan biri sanaladi. 
Toponimlarni tasnif hamda tavsif qilishdan boshlangan amaliy va nazariy 
izlanishlardan anglashilib turibdiki, onomastika, shu jumladan, toponimika sohasida 
har tomonlama mukammal, ya’ni haqiqatga yaqinligi bilinib turgan etimologik tahlil 
hamda tadqiqotlarni amalga oshirish uchun, avvalo ma’lum bir nazariy to‘xtamga 
kelish zarurligi ko‘rinadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish