Ishsizlik, uning turlari va O'zbekistonda bandlik



Download 260,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.02.2022
Hajmi260,37 Kb.
#247404
Bog'liq
mikro 10.06



Ishsizlik, uning turlari va 
O'zbekistonda bandlik 
muammolari 
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq 
ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga 
aylanishi. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 
1992 yilda "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi 
qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega 
boʻldi (1998 y. 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri 
qabul qilindi).


Ishsizlikning turlari.
• Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. I. ning asosiy 
shakllari: 
• Friksion ishsizlik - turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni 
oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu 
ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi. 
• Tarkibiy ishsizlik — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski 
tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali 
oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi.
• Siklik ishsizlik — iqtisodiy tangliklar bilan bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning 
pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan ishsizlik. Bu majburan ishsiz qolishdir. 
• Mavsumiy ishsizlik— mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, 
ishsiz qolishi. 
• Yashirin ishsizlik— rasman ish bilan band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. 
Unga qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan 
haqberilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.


O'zbekistonda 
ishsizlik darajasi.
Ўзбекистонда январь-сентябрь ойларида ишсизлик даражаси 11,1 
фоизни ташкил этиб, йилнинг биринчи ярим йиллигига нисбатан 2,1 
фоизга камайди. Тадқиқотларга кўра, мамлакатда меҳнат ресурслари 
сони 19,1 млн кишини, республикадан ташқарига ишга кетганлар сони 
1,9 млн кишини ташкил этган. Ўзбекистонда ишга муҳтож 
бўлганларнинг умумий сони 1,6 млн кишидан ошган.
14 ноябр 2020, holatiga k
Хабар берилишича, сентябрь ойида республиканинг 108 та шаҳар 
ва туманларида Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 
Республика аҳоли бандлиги ва меҳнатни муҳофаза қилиш илмий 
маркази томонидан ижтимоий сўров ўтказилган. Тадқиқот давомида 
490 та ўзини-ўзи бошқариш органлари, 4,9 мингта уй хўжаликлари 
ҳамда 26 минг нафар фуқаролар қамраб олинди.
2020 йилнинг январь-сентябрь ойларида меҳнат ресурслари сони 19 
млн 121,3 минг кишини ташкил этиб, 2019 йилнинг шу даврига нисбатан 
100,7 фоизга ёки 135,5 минг кишига ошган.
Иқтисодиёт тармоқларида банд бўлганлар сони 13 млн 205,2 минг 
кишини ташкил этиб, йилнинг биринчи ярим йиллигига нисбатан 3,7 
фоизга (468,5 минг кишига) ошган.
Январь-сентябрь ойларида расмий секторда банд аҳоли сони 5 млн 
673,8 минг кишини ташкил қилиб, йилнинг январь-июнь ойларига 
нисбатан 1,7 фоизга ёки 92,6 минг кишига ошди.
Норасмий секторда банд бўлганлар сони 5 млн 618,8 минг кишини 
ташкил этиб, жорий йилнинг январь-июнь ойларига нисбатан 9,9 фоиз 
ёки 504,2 минг кишига ортган. Бу асосан республикадан ташқарига 
ишлаш учун чиқадиган меҳнат мигрантларининг ички меҳнат бозорига 
қайтиб келиши ҳамда мавсумий ишлар қишлоқ хўжалигида банд 
бўлганларнинг ортиши эвазига юзага келган.



• Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu 
davriga nisbatan 167,5 ming kishiga (46,4%) kamaydi. Bu holat koronavirus 
infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralar natijasida 
yuzaga keldi, deb ta’kidladi Mehnat vazirligi. Shu bilan birga, 131,2 ming kishi 
pullik jamoat ishlariga jalb qilinganligi sababli rasmiy sektorda ishchilar sonining 
keskin kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
• Chet elga ishlashga ketgan fuqarolar soni 2 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan 
yilning birinchi yarmiga nisbatan 553,2 ming kishiga va 2020 yilning birinchi 
choragiga nisbatan 232 ming kishiga kam.
• Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar soni (chet elda ishlayotgan 
mehnat muhojirlaridan tashqari) 2019 yil oxiriga nisbatan 2,1% ga yoki 105,3 
ming kishiga kamaydi va 5,1 million kishini tashkil etdi. Bu bir martalik va 
mavsumiy ishlarda vaqtincha ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi (108,4 
ming kishiga), oilaviy korxonalarda va ishbilarmonlar o‘rtasida mehnat 
munosabatlarini rasmiylashtirmasdan (87,4 ming kishiga), shuningdek 
ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgan tadbirkorlar sonining qisqarishi (110,6 ming 
kishi) hisobiga yuz berdi.


Download 260,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish