Islomda isrofgarchilik haqida nima deyilgan?



Download 30,56 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi30,56 Kb.
#659714
Bog'liq
TO\'Y VA MARAKALARDAGI ISROFGARCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN


TO'Y VA MARAKALARDAGI ISROFGARCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN "ISLOMDA ISROFGARCHILIK HAQIDA NIMA DEYILGAN?"
Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda.
Bunday salbiy illatlarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek fuqarolar yigʻinlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzildi.
Biroq oʻrganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita oʻtkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali toʻy marosimlari va ularni oʻtkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
Baʼzi fuqarolar toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni dabdaba bilan oʻtkazishni qoʻshnilar, qarindoshlarning tanqidlaridan, qoralashidan, umuman olganda, jamoatchilik bosimidan xalos boʻlish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar oʻrtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda.
Aksariyat aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning ongida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori boʻlsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi boʻladi, degan notoʻgʻri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda.
“Charlar”, “aqiqa marosimi”, “muchal toʻyi”, “qiz majlis”, “kuyov chaqiriq”, hayitda “kelin koʻrish” kabi marosimlar aholi tomonidan ortiqcha, deb baholanmoqda. Biroq bunday marosimni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni obroʻliroq joyda oʻtkazishga, oʻzining yutuqlarini koʻz-koʻz qilishga, moddiy mavqei bilan maqtanishga intilish kuchaymoqda.
Aksariyat toʻyxona egalari ixcham va kamxarj oʻtkazish niyatida boʻlgan fuqarolardan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda toʻy xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat koʻrsatmoqda, oʻz tomosha xizmatlarini koʻrsatish davomida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, “ommaviy madaniyat” illatlarini targʻib qiladigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda.
Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Mazkur holatlarga chek qoʻyish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni qatʼiy tartibga solishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishni tartibga solish boʻyicha keng jamoatchilik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek fuqarolar yigʻinlarining toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
1. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tuzilsin, uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekkonsert davlat muassasasi:
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni milliy qadriyatlarga mos tarzda ixcham va kamxarj oʻtkazishga erishish uchun sanʼatkorlar tomonidan xizmatlar koʻrsatilishini tartibga solish choralarini koʻrsin;
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar tomonidan xizmat koʻrsatilishida tegishli litsenziya talablariga rioya etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish choralarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pullik avtotransport xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashning alohida tartibini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek, ushbu tartibga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash yuzasidan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar davomida muqaddas dinimiz talablariga zid boʻlgan turli odat va rasm-rusumlar oʻtkazilishining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralarni koʻrsin, bu borada diniy tashkilotlarning vakolatli vakillari masʼuliyatini yanada kuchaytirsin.
9. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda Nizom talablaridan kelib chiqib, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish va oʻtkazishda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislarining faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va anʼanalarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng xalq ommasiga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin.
11. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirib borsin va uning natijalariga koʻra tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritib borsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari (A.Qodirov) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari (S.Artikova) zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom mamlakat miqyosida oʻtkaziladigan rasmiy marosimlar, davlat va jamiyat oldidagi buyuk xizmatlariga ega shaxslarni xotirlash va yubiley munosabatlari bilan boʻlib oʻtadigan, shuningdek, davlat idoralari, korxona va muassasalarning tashkil etilgan kuni bilan bogʻliq tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi.
2-bob. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan umumiy talablar
3. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraligʻida oʻtkaziladi.
Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi.
Soat 23:00 dan keyin toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi.
Qoʻshaloq toʻylarda 250 nafargacha, u bilan bogʻliq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
Dafn etish va motam marosimlari koʻpi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno.
4. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda:
toʻy oʻtkazuvchi shaxslar toʻydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilishi;
nikohni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kelin-kuyovning toʻyxonaga kelishi va ketishi bilan bogʻliq oilaviy tadbirlarda 3 tadan koʻp boʻlgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik;
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega boʻlmagan tashuvchilar tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik, toʻy egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;
shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik;
mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilish talab etiladi.
5. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu maʼruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan oʻqiladi.
6. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar toʻyxona, kafe, restoran maʼmuriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni koʻrsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi.
7. Milliy anʼanalarga yot, odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan toʻylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qoʻshimcha rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish”, “pul sochish” va hokazolarni) oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dafn etish va motam marosimlari bilan bogʻliq ortiqcha tadbirlarni (“yetti”, “payshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va hokazolarni) oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Toʻyxona, kafe va restoranlarda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda:
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ishtirokchilari soniga, ularni oʻtkazish vaqtiga qatʼiy rioya etish;
atrofda yashovchi aholining tinchligi va osoyishtaligini hamda maishiy shovqinga qarshi kurash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik;
oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida boʻlishi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish lozim.
9. Toʻyxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq shaxs ishtirokida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish uchun tadbir oʻtkazuvchi shaxs hamda toʻyxona, kafe va restoran rahbari oʻrtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, ish va xizmat turi, toʻlov, xarajatlar miqdori, tadbir ishtirokchilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar koʻrsatiladi.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, soʻz ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat koʻrsatadi.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Toʻyxona, kafe va restoranlar maʼmuriyati toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilayotganda xavfsizlik choralarini taʼminlashi shart.
11. Ushbu Nizomning 3, 4-bandlarida, 8-bandining uchinchi va toʻrtinchi, xatboshilarida, 9-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilarida, 10-bandida nazarda tutilgan qoidalar xonadonlarda (guzarlarda) tashkil etiladigan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarga ham tatbiq etiladi.
3-bob. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda jamoatchilik va davlat organlarining ishtiroki
12. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy komissiyalar deb yuritiladi), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oʻz vakolatlari doirasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik nazorati tashkil etilishini taʼminlaydi.
13. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar:
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi, shuningdek, bu borada monitoringni amalga oshiradi;
keng jamoatchilik fikrini oʻrgangan holda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib boradi hamda oʻrnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilgan holda jamoatchilik oʻrtasida muhokama qiladi.
14. Mahalla fuqarolar yigʻini, “Nuroniy” jamgʻarmasi hududiy boʻlimlari: 
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish bilan bogʻliq milliy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid boʻlgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishi va tegishli tavsiyalar berishi;
toʻy egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat
va anʼanalarni mensimaslik, shuhratparastlik, isrofgarchilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishi, tegishli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishi;
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va anʼanalarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymasdan oʻtkazish boʻyicha jamoaviy suhbatlar tashkil etishi;
hududda oʻtkazilishi rejalashtirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor boʻlishi, uning oʻtkaziladigan joyi, ishtirokchilar soni boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi;
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlardan oldin va keyin oʻtkaziladigan ortiqcha rasm-rusum va marosimlarning oldini olish choralarini koʻrishi lozim.
15. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi:
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon boʻlishining oldini olish maqsadida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borishi;
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallari tayyorlashi;
mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda FHDYO idoralarida nikohdan oʻtayotgan kelin-kuyovlarga oila maʼnaviyati, axloqi
va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi oʻgitlari bayon qilingan maʼlumotlar, kitoblar va boshqa materiallar berib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyishi lozim.
16. Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi:
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etishi;
xotin-qizlarga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni kamxarj qilib oʻtkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirishi;
“Ota-onalar universiteti” mashgʻulotlarida sarpo, buyum yigʻishga ruju qoʻyish, oila byudjetini notoʻgʻri rejalashtirish va boshqa nosogʻlom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tushuntirishi lozim.
17. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi:
turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishi;
yoshlar oʻrtasida urf boʻlayotgan “ommaviy madaniyat”, “sevgi tarixi”, qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalarning salbiy oqibatlarini koʻrsatib beradigan ijtimoiy roliklar va filmlar, badiiy asarlar tayyorlash hamda targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirishi lozim.
18. FHDYO organlari:
nikohdan oʻtish maqsadida ariza bergan shaxslar hamda ularning ota-onalari bilan yashash joylarida, mahallada suhbatlar uyushtirishi, ularga nikohdan oʻtish tartib-taomillari, toʻy marosimlarini kamxarj va ixcham oʻtkazish boʻyicha tushuntirish berishi;
mahalliy davlat hokimiyati va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda din ulamolari, tibbiyot xodimlari, psixologlar ishtirokida
“Yosh kelin-kuyovlar klubi”, “Oila maktabi”, “Qudalar suhbati” kabi kurslar tashkil qilishi;
nikohdan oʻtish haqidagi arizani roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng uch ish kunida nikohlanuvchi shaxslar yashayotgan mahalla fuqarolar yigʻinini bu haqda xabardor qilishi lozim.
19. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda fuqarolar oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning shuhratparastlik va dabdaba bilan oʻtkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etishi, shuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini taʼminlashi lozim.
Toʻyxona, kafe va restoranlar maʼmuriyati rejalashtirilayotgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida ushbu tadbirlar oʻtkazilishidan kamida ikki kun oldin tegishli hududdagi ichki ishlar organiga yozma ravishda xabar berishi lozim.
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga oid qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
Deputatlik nazorati natijalari boʻyicha mahalliy urf-odatlar, milliy anʼanalardan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan ushbu Nizom doirasida tegishli hududdagi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa qoʻshimcha talablar hamda tavsiyalar belgilanishi mumkin.
Download 30,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish