Issiqlik energiyasi bu jism haroratiga aloqador bolgan energiya. Issiqlik bu issiqlik energiyasining oqimi


-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi



Download 399,93 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2022
Hajmi399,93 Kb.
#707606
1   2   3
Bog'liq
Презентация

50-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi.

Angren DIES katta (50 MVt) quvvatli turbinalar oʻrnatilgan yuqori bosimli bugʻ koʻrsatkichlariga moʻljallab qurilgan birinchi elektr stansiya boʻldi. Ayni paytda koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalar ham (Qu-vasoy DIES, Toshkent va Fargʻona IEM) qurildi.

  • Hozirgi paytda Oʻzbekiston energetika tizimi, shu jumladan, issikdik energiyasi respublikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjalik korxonalarini va aholisini energiya bilan taʼminlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996-yil da Yevropa energetika hartiyasining Shartnomasi im-zolanib, mamlakatimizning undagi ishtiroki tasdiqlangan, Oʻzbekiston energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga yoʻl ochildi.
  • Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: — yoqilgʻining maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; —xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga. Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 70 foizdan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi.
  • Ular ancha tez va arzon quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi. Koʻpchilik IESlarda elektr energiya bilan birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr stantsiyalar issiqlik elektr markazlari (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish extiyojlariga yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km gacha boʻlgan masofaga joʻnatish mumkin, shuning uchun IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik shaharlarda quriladi. Bu soha boʻyicha Rossiya jahonda yetakchi hisoblanadi. Gidroelektr stantsiyalarda (GES) energiya ishlab chiqarish toʻxtovsiz oqib tushadigan suv oqimi kuchiga asoslanadi
  • Shuning uchun ham ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning tan narxi past boʻladi. GESlar suv oqimi energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradigan inshootlar va jixozlar majmuidir. Tekislik va togʻ oldi daryolarida suvning toʻxtovsiz oqimi asosan toʻgonlar tufayli hosil qilinadi. GES binosi toʻgon yonida, yoki ichida, baʻzi xollarda toʻgʻondan pastda joylashadi. Togʻ daryolarida koʻpincha derivasion GESlar orqali hosil qilinadi. GES binosi toʻgʻondan ancha pastda, ayrim xollarda yer tagida joylashtiriladi. Daryo oqimi yil boʻyi energiya olishda, toʻla foydalanish maqsadida suv omborlar qurish orqali tartibga solinadi. Yirik GESlar qurilganda daryo suvlaridan transport va irrigatsiya maqsadlarida ham, suv taʻminoti uchun ham foydalaniladi. Bunday inshootlar gidrouzellar deb ataladi. Gidrouzellar elektr energiyani ishlab chiqarish, yerlarni sugʻorish, xoʻjaliklar va aholini suv bilan taʻminlash, kemachilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalarini xal qilishga imkon beradi
  • Hozirgi paytda GESlarning yangi turi boʻlgan gidroakkumulyativ elektr stantsiyalar (GAES) ham qurilmoqda. Ular energiya tizimlarida elektr energiyadan notekis foydalanish sababli quriladi. GAESlar boshqa GESlar ishlab chiqargan energiyani toʻplaydi (akkumulyatsiya qiladi), bunda ular stantsiyadan yuqorida joylashgan xavzaga suvni nasoslar bilan koʻtarish uchun qurilgan tizimlardagi ortiqcha elektr energiyasidan foydalanadi (masalan, tunda). Elektr energiyaga extiyoj oshganda bu xavzadagi suv ochib yuboriladi va hosil boʻlgan oqim kuchi tufayli GAESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi. Bitta daryoning oʻzida bir nechta elektr stantsiyalar pogʻonasini (kaskad) vujudga keltirish mumkin. U suv resurslaridan koʻp marta foydalanishning eng yaxshi imkoniyatlarini yaratib beradi. Masalan, Chirchiq daryosida 19 ta, Volga daryosida esa 12 ta elektr stantsiyalar pogʻonasi qurilgan. Gidroenergetika resurslarining 65 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga toʻgʻri keladi, ammo ulardan foydalanish darajasi past. Gidroenergetika resurslaridan foydalanish darajasi AQSH, Rossiya va Norvegiyada juda yuqori.
  • Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t.-yil transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkinIssiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.

Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.

  • Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.

Download 399,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish