Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
jarayonida bu vositalar alohida tovushlar yoki ularning eng sodda birikmalarini vizual aks 
ettirish uchungina yaroqli, degan xulosa kelib chiqdi (F.F.Rau). 
“Kо‘rinadigan nutq” seriyasidagi ishlanmalar bu yо‘nalishda oldinga qо‘yilgan bir qadam
bо‘ldi. Bu seriyadagi dastlabki ishlanma 1965-yilda V.D.Laptev, L.N.Postnikov va 
V.A.Sukermanlar tomonidan bajarilgan edi. Bu pribor ham nutqning akustik tuzilishini tо‘liq 
ifodalab berolmasa-da, ammo uning bir qator komponentlarini uzluksiz ochilib boradigan 
videogramma shaklida kо‘rsatish imkoniyatini berar edi.
50-70-yillar davomida yaratilgan va yuqorida tavsiflari keltirilgan hamma priborlardan 
surdopedagoglarning foydalanish imkoniyatlari juda cheklangan edi. Buning sababi, 
avvalambor shunda ediki, texnika imkoniyatlarining cheklanganligi nutqning akustik 
komponentlarini vizuallashtirish prinsipiga asoslangan talaffuz jihatini shakllantirish va 
korreksiyalashning yordamchi texnik vositalariga nisbatan qо‘yiladigan pedagogik talablarni 
tо‘liq amalga oshirish imkonini bermas edi. 
Nuqtni vizuallashtirish tizimini rivojlantirishdagi yangi bosqich bunday priborlarni 
yaratishga qaratilgan texnik va texnologik bazaning tubdan yangilanganishi, xususan, axborot 
texnologiyalari davrini boshlab bergan mikroprotsessorlarning qо‘llanishi balan bog‘liq.
Priborlarni takomillashtirish va yangilashga intilgan kо‘pchilik mutaxassislar har qanday 
tovushni kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlab qо‘yish hamda zaruratga kо‘ra uning 
turg‘un aksini ekranga chiqarish muammosini muvaffaqiyatli hal qildilar. Shu tufayli ta’lim 
oluvchilar endilikda tо‘g‘ri talaffuz namunasini kо‘p martalab ekranga chiqarish va ekranda 
yaqqol namoyon bо‘lgan “namunali” talaffuzga yaqinlashishga intilish imkoniyatiga ega 
bо‘ldilar. Biroq ovozli nutq bu majmualarda ham, avvalgidek, har xil turdagi egri chiziqlar
spektrogrammalar kо‘rinishida aks ettirilar ediki, bu kabi obrazlarni bolalar yetarli darajada 
tushunmas edilar. Shunday qilib, qо‘llanayotgan obrazlar xarakteri tufayli maktabgacha va 
kichik maktab yoshidagi bolalar ta’limida bunday vositalardan foydalanish imkoniyatlari 
cheklangan edi. 
Shundan sо‘ng g‘arb mamlakatlarida gap borayotgan yangi avlod priborlarini 
takomillashtirish va pedagoglarning talablariga moslashtirish ustida ish olib borildi. 
1990-yilda Niderlaniyada (The Institute for Perception Research/IPO, Eindhoven) yangi 
avlod intonografi yaratildi va u “VisualDisplay” degan nom oldi. Bu tizim tovushning chastota 
xarakteristikalarini, intonatsiyaning umumiy konturini va aytilgan fikrning davomiyligini aks 
ettirar edi. Unda matnni kompyuter ekraniga chiqarish imkoniyatidan foydalanilgan edi. 
Buning evaziga endilikda ovozli nutqning vizual aksi xuddi shu mazmundagi matnning yozma 
shakli bilan tо‘ldirilar edi. Nutq namunalarini komyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlash 
imkoniyati mavjud edi. Va о‘qituvchi bunday namunalarni о‘zi mashg‘ulot olib borishda 
yaratish imkoniyatiga ega bо‘ldi (G.W.G.Spaai). 
1987-yildan 1989-yilga qadar London universitetining fonetika va lingvistika fakultetida 
(Department of Phoneticsand Linguistics University College London) britaniyalik 
mutaxassislar A.Foursin, E.Abberton, V.Ball tomonidan eshitishida buzilishlari bо‘lgan bolalar 
uchun trenajyor turdagi kompyuter dasturi ishlab chiqildi. Bu dastur ovoz va nutqning 
intonatsion strukturasini vizuallashtirish imkonini berdi. N.Levitt ning adolatli e’tirofiga kо‘ra, 
bola uchun maksimal axborot bera oladigan ovozli nutqni aks ettiradigan obrazlarni yaratish 
va ularning ekranda mavjud bо‘lish vaqtini boshqarish imkoniyatini beruvchi priborlar va 
120



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish