Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
Shuning uchun bu tushunchalarni o‘quvchilarga tushuntirish uchun ba’zi tavsiyalarni 
bersak. Ravshanki, har qanday ilmiy tushunchani ham hayotdan olingan misollar orqali 
tushuntirish barcha uchun qulaydir. Ayniqsa, ehtimollar nazariyasi fanining asosiy 
tushunchalari sanalgan tajriba, sinash, elementar hodisa va elementar hodisalar fazosi kabi 
tushunchalarni o‘quvchilarga juda yaxshi tushuntirish kerak, chunki bu tushunchalar fanning 
asosini tashkil qiladi. 
Bu ishni bajarish uchun darsda, masalan, “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda, 
talabalarga quyidagi birinchi savol berilishi kerak: Tajriba deganda nimani tushunasiz? Bu 
savolga talabalardan javoblarni tinglash kerak.
Tabiiyki, hali fan haqida tasavvurlar unchalik shakllanmagan bo‘lgani uchun talabalar 
maktab davridagi fizika va kimyo darslarida amalga oshirgan tajriba (laboratoriya) ishlari 
haqida yoki biror ishni amalga oshirish kabi javoblar berishi mumkin. Javoblarning to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘riligi muhim emas. Iloji boricha to‘rt-beshta javob eshitish maqsadga muvofiq. 
Tajriba tushunchasiga keyinroq ta’rif berish sharti bilan keyingi savol o‘rtaga 
tashlanadi: Sinash deganda nimani tushunasiz? Bu savolga ham o‘quvchilardan javoblarni 
tinglash kerak. Sinash bu tajriba, ishga kirishdagi sinov muddati va yoki imtihon kabi javoblar 
berilishi tabiiy. Boshqa javoblar bo‘lgan taqdirda ham ularni inkor etmagan holda navbatdagi 
savol beriladi: Hodisa nima? Bu savolga ham javoblarni tinglab bo‘lgandan so‘ng, o‘qituvchi 
uchala tushuncha bilan birga elementar hodisalar fazosi tushunchasiga ham o‘zining ta’rifini 
berib, bu tushunchalar ehtimollar nazariyasining asosini tashkil qilishini tushuntirishi kerak. 
Yuqoridagi tushunchalar uchun tavsiya etiladigan ta’riflar: 
Tajriba – biror jarayon uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlar majmuyi. 
Sinash – tajriba shartlarini to‘liq bir marta amalga oshirish. 
Elementar hodisa – sinashning har qanday natijasi. 
Elementar hodisalar fazosi – mumkin bo‘lgan barcha elementar hodisalar to‘plami. 
Yuqoridagi tushunchalarga soddadan murakkabga tomon bir necha misollar keltiraylik. 
Misol:
Tanga tashlash (aniqrog‘i, bitta tangani bir marta tashlash) tajribasini 
o‘rganaylik. 
Ko‘rinib turganidek, bu yerda shart bitta tangani bir marta tashlashdan iborat. 
1-sinash: Bitta tanga olamiz va uni bir marta tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini 
to‘liq bir marta amalga oshiramiz. 
Elementar hodisa: Tanga qaysidir tomoni bilan, masalan, gerbli tomoni bilan tushdi. 
2-sinash: Yana tangani olamiz va uni bir marta tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini 
to‘liq bir marta amalga oshiramiz. 
Elementar hodisa: Tanga qaysidir tomoni bilan, masalan, gerbli tomoni bilan tushdi. 
3-sinash: Yana tangani olamiz va uni bir marta tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini 
to‘liq bir marta amalga oshiramiz. 
Elementar hodisa: Tanga qaysidir tomoni bilan, masalan, raqamli tomoni bilan tushdi 
va hokazo. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, tajriba shartlari o‘zgarishsiz bo‘lgani holda sinovlar yetarlicha 
ko‘p marta o‘tkazilishi mumkin. Natijalar esa ushbu tajriba uchun faqatgina ikkita elementar 
hodisani takrorlayapti. Bular tanganing gerbli tomoni bilan tushishi va raqamli tomoni bilan 
tushishi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emasligi hammaga tushunarli. 
154



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish