Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
M.Qo‘shjonovning o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida yangi yo‘nalishlar sifatida 
e’tirof etildi. 
Olimning ilmiy-ijodiy merosini va ilmiy salohiyatini baholash nuqtayi nazaridan 2012-
yilda chop etilgan “Matyoqub Qo‘shjonov zamondoshlar xotirasida” kitobida jamlangan 
maqolalar xarakterlidir. Atoqli adabiyotshunos olimlar, hamkasblar va shogirdlar bildirgan 
dil so‘zlarda asosiy e’tibor M.Qo‘shjonovning o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga 
olib kirgan yangicha konsepsiyasi, tahlil va talqin usullari, ilmiy jasorati kabi masalalarga 
qaratiladi. Jumladan, Izzat Sulton olimning 80 yilligi munosabati bilan yozilgan “Jasorat” 
nomli maqolasida uning ilmiy portretini chizar ekan, 50-yillardayoq “Zvezda Vostoka” 
jurnalida chop ettirgan “Xarakterlar shakllanishi” nomli ilk maqolasi bilan adabiy 
jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgani, o‘ziga ma’qul kelgani bois ma’qullovchi 
munosabatini matbuot orqali bildirganini yozadi. 
M.Qo‘shjonov haqida yozar ekan, olim uning shogirdi N.Xudoyberganov tomonidan 
aytilgan “Qo‘shjonov maktabi” haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. I.Sulton M.Qo‘shjonov 
yaratgan maktabning ilmiy konsepsiyasi yashovchanligini birinchi navbatda iste’dodli 
yozuvchilar asarlarini badiiy mahorat nuqtayi nazaridan tadqiq etishda deb biladi. “Olim 
talant nima, adabiyotdagi badiiylik nimadan iborat ekanini konkret asarlar tahlilida keng 
ochib beradi. Yozuvchining mahoratini tanqidchi o‘ziga xos sinchkovlik va badiiy did bilan 
ko‘rsatadi. Olimning adabiyotda konflikt, syujet, kompozitsiya masalalariga bag‘ishlangan 
ishlari ayricha puxtalik bilan ajralib turadi”
1
. Kitobda O.Sharafiddinov, B.Nazarov, 
U.Normatov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, B.Karimov, S.Meli, Q.Yo‘ldoshev, S.Umirov, 
O‘.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev kabi ko‘plab olim-u yozuvchilar, shogirdlar tomonidan yozilgan 
maqola va xotiralarda M.Qo‘shjonov ilmiy-ijodiy merosi va shaxsiyatining asosiy yo‘nalishlari 
ochib beriladi. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov nashriyotda ishlab yurgan kezlari 
o‘zi bosh bo‘lib chop ettirgan munaqqidning dastlabki kitobi haqida ma’lumot berar ekan, 
“Qo‘shjonovning “Oybek asarlarida xarakter yaratish mahorati” degan kitobi o‘zbek 
adabiyotshunosligida yangi bir yo‘nalishni boshlab berdi va bu holat atoqli yozuvchilar 
e’tiborini ham jalb etdi. Oybek, Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor kabi adiblar olimni har 
jihatdan qo‘llab-quvvatladilar” (O‘sha manba, 23-b.), deb uning ilmiy kuzatishlarida 
yozuvchining xarakter yaratish mahorati bosh yo‘nalish ekanini ta’kidlaydi. Akademik 
B.Nazarovning “Tanqidchi shaxsi va ijodiy o‘ziga xoslik” nomli maqolasi va unga ilova shaklida 
olim vafotidan keyin qo‘shilgan “Sabrgul”
2
epilogi olim shaxsiyati va ilmiy-ijodiy merosining 
asosiy yo‘nalishlarini ochib berishi bilan alohida ajralib turadi. B.Nazarov M.Qo‘shjonov 
faoliyatining dastlabki yillaridayoq adabiy jamoatchilikka, birinchi navbatda adiblarga 
ko‘rsatgan ta’siri haqida quyidagilarni yozadi:
“50-yillar oxiri – 60-yillar avvalidan boshlab adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan 
katta-yu kichik adiblar o‘z ijodiy komposlarini, ma’lum ma’noda M.Qo‘shjonov fikrlaridagi 
yo‘nalishlarga qarab to‘g‘rilaydigan bo‘ldilar. U asta-sekin munaqqidlarning ham 
karvonboshisiga aylana bordi”
3
. Olim Qo‘shjonov ilmiy salohiyatining asosiy fazilatini, eng 
avvalo, “asardagi badiiy tarovatni, uni belgilovchi omillarni hamda yozuvchi mahoratining 
sir-asrorlarini yoritish”da deb biladi. “Matyoqub aka jim, indamay yursa ham, ichi g‘alayonga 
1
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
2
Б. Назаров. Сабргул. “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2005 йил, 19 август. 
3
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
254



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish