Iston respublik


§ I.3. Xususiy innovacion texnologiyalar



Download 0,54 Mb.
bet3/4
Sana30.01.2021
Hajmi0,54 Mb.
#57910
1   2   3   4
Bog'liq
matematika darslarida innovacion texnologiyalardan foydalanish


§ I.3. Xususiy innovacion texnologiyalar
“BUMERANG” texnologiyasi

Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yani texnologiyalarga aylalib bormokda. Xuddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham yangi yillarda innovacion texnologiyalarni qo`llab o`qitish orqali ham akademik litseylarda yuqori samaralarga erishilmoqda. Jumladan xususiy texnologiyalarning ham ahamiyati katta. Xususiy texnologiyalar o`quvchilar bilimini oshirishi bilan bir qatorda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini va fanga bo`lgan qiziqishlarini yana ham oshiradi.

Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuyini o`z ichiga oluvchi innovacion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, o`qituvchining o`quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi. [2,]



Hozir sizlarni quyidagi xususiy texnologiyalar bilan tanishtirib o`tamiz.
TRENİNG XAQİDA TUShUNChA.

Ushbu texnologiya o`quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli

adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`kuvchilarni baholay olishga qaratilgan.

MAQSAD.

Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan

yakka va guruh xolatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallar. Trening davomida o`quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga va litsey o`quvchilarining bilimini oshirishga imkoniyat yaratadi.

O`TKAZİSh TEXNOLOGİYaSİ.

Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi:

1- BOSQİCh.

- Trening to`g’idan-to`g’i tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kiik guruhlarga

bo`lishdan boshlanadi;

- O`qituvchi har bir guruh va uning har bir azosiga mustaqil o`rganish,

fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yoma taratma material beradi (taqatma materialda) o`qituvchi tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog’liq. Agar 4 ta kichik guruh bo`lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo`linib har bir guruhga beriladi;

- Faoliyat samarali bo`lishi uchun har bir guruhga berilgan topshiriqlardan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil topshiriqqa ega, har bir tinglovchi esa o`z guruhiga tushgan topshiriqqa ega bo`ladi.

2- BOSQİCh.

- guruhlarga berilgan topshiriqni guruh azolari yakka tartibda alohida

o`rganishlari, topshiriqni eslab

olishlari, keyin esa kerak bo`lsa boshqalarga yoki o`qituvchiga gapirib

serishlari, iloji boricha topshiriqni o`zlashtirib olishlari kerakligini o`qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun topshiriqni katta kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. Uzi esa guruh va tinglovchilarining ish faoliyatini kuzatadi.

3- BOSQİCh.

- o`qituvchi oldindan tayyorlab qo`yilgan raqamlar kichik qog’ozlar silan har



bir guruh yoniga kelib guruh azolaridan ushbu qog’ozlardan bittadan raqam tortib olishini so`raydi (qog’ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog’liq, masalan guruhda 5 kishi bo`lsa, qog’ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4 ta bo`lsa 1 dan 4 gacha va h.). Guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar ezilgan qog’ozdan olishlari kerak. Nechta guruh, bo`lsa shuncha guruh azolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog’ozlar tayyorlanadi.

- o`qituvchi raqamlar bo`yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so`raydi. Masalan hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar to`rtinchi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so`raydi. Guruh azolari yangi guruhga o`tishlarini so`raydi. Guruh azolari yangi guruhga o`tishlarida o`zlari bilan o`rgangan topshiriqlarini ham oladilar.

4- BOSQİCh.

- raqamlar bo`yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi

guruhlardan bittadan vakillar

o`z-o`zidan to`planib qoladi, yani 4 ta guruhda 4 xil topshiriq o`rganilgan bo`lsa

bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to`planadi, umumiy mavzu bo`yicha 4 tinglovchi va 4 xil topshiriq to`planadi.

5- BOSKİCh.

- yangi tuzilgan guruhning har bir azosi endi o`ziga 2 ta vazifa, yani

o`qituvchi va o`quvchi vazifasini oladi va kuyidagicha faoliyat ko`rsatash:

1. O`qituvchi (o`rgatuvchi) sifatida, o`zi avval o`rgangan materialni gapirib

beradi, tushintiradi, o`zi mustaqil o`rgagan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh azolarnning tushunish va o`zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.

2. O`quvchi sifatida, guruh azolarini navbatma-navbat so`zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan materiallarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi.

O`qituvchi esa ularga o`z materiallarini faqat so`zlab berishlari kerayukligini uqtiradi va bunga 20 daqiqa vaqt beradi (matn xajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt ajratiladi).

Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o`zlashtirilgan hisoblanadi.

6- BOSQİCh.

- guruxdagilar bir-birlariga o`z materiallarini gapirib berib, barchalari ushbu



materiallarni bilib olishgach, qituvchi o`rganilgan materiat guruh azolari

tomonidan qanchalik o`zlashtirib olinganini tekshirib ko`rish uchun har bir guruh azosi bir- birlariga o`z materiallaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nzorat savol-javob orqali o`taaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so`zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o`zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.

7- BOSQİCh.

- o`qituvchi barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga

qaytishlarini so`radi, yani yana hamma mashg’ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.

8- BOSQİCh.

- o`qituvchi sinfxonadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan



yozia materiallar bilan tanish

ekanliklari, ular haqida to`liq malumotga ega bo`lganliklarini hisobga olgan



holda auditoriyadagi har bir o`quvchidan xohlagan materialni so`rashi mumkinligini aytadi.

9- BOSQİCh.

- tinglovchilarga tarqatilgan barcha materialni ular tomonidan qaydarajada

o`zlashtirilgakiligi darajasini aniqlash maqsadida o`qituvchi maxsus guruh yoki boshqa guruh tomonidan berilgan nazorat savollariga savollarga reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, masalan savollarga berilgan javoblar - agar to`liq javob bo`lsa - 3 ball, qo`shimcha qilinsa - 2 ball, o`tirgan joydan luqma tashlansa - 1 ball, javob berilmasa - 0 ball qo`yilishi belgilanadi.



Baho sistemasida - to`liq javob uchun - 5 baho, qo`shimcha uchun - 4 baho, luqma tashlansa - 3 baho, javob bermasa - 2 baho, umuman ishtirok etmasa - 1 baho qo`yishni belgilash mumkin.

Guruh azolarining javoblarini yuqorida ko`rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo`yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o`ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin. (“hisobchi» ham davradagi savol-javoblarda ishtirok etadi).


10- BOSQİCh.

Ushbu bosqichda o`qituvchi tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar

(5-6 ta) bilan o`quvchilarga murojat qiladi (savollar iloji boricha hamma materiallarga tegishli bo`lgani maqul, shuningdek, o`qituvchi sinfxonadagi barcha o`quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi).



Belgilangan savollarga javob berish tugagach, o`qituvchi doskaga guruhlar tomonidan to`plangan ballarni yozadi va mashg’ulotning keyiningi boskichiga o`tadi.

11- BOSQİCh.

O`qituvchi har bir guruhni o`z yozma materiallarining mazmunidan kelib

chiqib bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.

12- BOSQİCh.

Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi

«hisobchilar» esa guruh azolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to`g’ri bo`lsa, savol bergan guruh javobni to`ldirmaydi.

13- BOSQİCh.

O`qituvchi guruh azolari to`plagan ballarni yana bir marotaba doskaga

yozadi va to`plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini aniqlaydi. To`plangan ballar (baholar)ni umumiy sonini guruh azolariga tepa-teng buladi (yuqorida kelishilganlik asosida).

İZOH: agar to`plangan ballarni guruh azolariga teppa-teng bo`lishda o`quvchilar tomonidan norozilik bo`lsa yani bazi guruh azolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib umumiy jamoada passiv bo`lgan bo`lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan qiziqmagan bo`lishsa bunday holatda vaziyatni echishni guruh azolariga yuklatiladi. Guruhning echimi to`g’ri hisoblanadi , yoki o`qituvchi o`z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o`quvchi javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.



Umuman olganda agar o`quvchi faollik ko`rsatmagan yoki savol- javoblarda
ishtirok etmagan bo`lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani

eslab qolib o`zlashtirganini hisobga olgan holda unga yosh kichik ball berilishi mumkin. Bu o`quvchi keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo`lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni echimini har bir o`qituvchi sharoitga faoliyatga qarab o`zi hal etishi yoki guruh jamoaga tashlashi mumkin.

Bazida guruhning “hisobchilari” ballarni qo`yishda noaniqlik yoki qo`shib yozishlari mumkin, natijada bazi guruhlarning umumiy to`plagan ballari boshqa guruhlarnikidan juda farq qilishi mumkin. O`quvchilarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan “hisobchi”lariga bog’giq ekanligini o`qituvchi eslatib o`tadi. Agar umumiy to`plagan ballarni guruh azolariga taqsimlanganda shu mashg’ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo`lsa, u holda shu mashg’ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg’ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o`tkazish mumkin.

14- BOSQİCh



Har bir talabaga ballar qo`yilgach (har bir o`quvchi baholangach) o`qituvchi

mashg’ulotga yakun yasaydilar. Uquvchining faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojat qiladi.

- bugungi mashg’ulotdan nimalarni bilib oldingiz?


- nimalarni o`rgandingiz ?

- nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi?

- yana nimalarni bilishni istar edingiz?

15- BOSQİCh

O`qituvchi o`quvchining javoblarini diqqat bilan tinglab ularga

minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi.


“MULOQOT” texnologiyasi.

Trening haqida tushuncha

Ushbu trening o`quvchida dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o`z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichi; guruhlarga bo`lgan holda o`tkaziladi.

MAQSAD.

Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda

ushbu mavzuga bo`lgan munosabatlarni aniqlashga, mustaqil holda umumiy bir fikrlarga kelishiga va to`g’ri hulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratadi.

O`tkazilish tartibi.

O`qituvchi mashg’ulotni boshlaashdan avval tinglovchilarni muloqot, bahs-

munozarani o`tkazishga qo`yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so`ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o`tkazilishini tushuntiradi.

1- BOSQİCh.

O`qituvchi mashg’ulotni o`tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan

boshlaydi, masalan, “Siz qaysi madaniyat tarafdorisiz: Sharq yoki Evropa? “Shu mavzuni o`rtaga tashlab tinglovchilardan Sharq madaniyati va Evropa madaniyati tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo`ladi.

2- BOSQİCh.



Har bir guruhdagi tinglovchilar o`z mavzulari asosida kerakli materiallar:

dalillar, misollar, aniq fikrlar, o`z fikrlarini tasdiqlovchi ko`rgazmali materiallar, imkoni bo`lsa videofilm, maqollar, mutaffakkir va olimlarning so`zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlari esa o`z fikrlarini qo`shimcha qilishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarni tayyorgarlik ko`rishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi.

3- BOSQİCh.

Guruhlar himoyaga tayyor bo`lgach o`qituvchi guruhlarning biriga himoya



uchun so`z beradi (himoyaga chiqish ihtiyoriy ravishda bo`lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so`zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so`zini tugatgach, guruhning qolgan azolari o`z fikrlarini bilan qo`shimcha fikrlar bildirishi mumkin.

4 - BOSQİCh.

Mashg’ulotning 3-bosqichidagi kabi bu ham o`qituvchi navbatdagi guruh


vakiliga himoya uchun so`z beradi. İkkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o`z mavzusiga himoya qiladi. Himoya tugagach, o`qituvchi mashg’ulotning keyingi bosqichiga o`tadi. Har ikkala guruhning himoyasi o`qituvchi iloji boricha halaqit bermaslikka o`z fikr mulohazasini bildirmaslikka savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishga va muloqotni o`tkazishga qo`yilgan talab qoidalarni to`liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichida asosan ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi.

5 - BOSQİCh.

Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan

beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida shuningdek o`z guruhlarinig fikrlarini yanada takidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo`shilishlariga davat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o`zlarining chiqishlari bilan barchaga tasir ko`rsatishga, o`z fikrlarini maqullashga harakat qiladilar. Uqituvchi bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, yani u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi.

6 - BOSQİCh.

O`qituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari,



maqullaydigan so`zlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o`zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasi bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollirga kerakli javobni berishga harakat qiladi.

Mashg’ulot ohirida o`qituvchi har ikkala guruhni mashg’ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg’ulotni yakunlaydi.



II BOB. Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar
asosida o`qitish metodikasi.

§ II.1. Maruza mashg’ulotlarida innovacion texnologiyalarni


qo`llash metodikasi.

Talim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga yani texnologiyalarga aylanib bormokda. Huddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham so`ngi yillarda innovacion texnologiyalarni qo`llab o`qitish orqali ham yuqori samaralarga erishilmokda.



Innovacion texnologiya hozirda barcha innovacion kasblar xamda talim- tarbiya jarayonini tashkil-qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’lik kasblarning asosini tashkil qiladi.

Akademik litseylarda ham innovacion texnologiyani qo`llab bundan ham yuqori natijaga erishilsa bo`ladi. Biz barcha mavzularni innovacion texnologiyalar asosida o`tish kerak degan fikrdan yiroqmiz. Dars mavzusiga qarab innovacion texnologiyalar asosida yoki ananaviy tarzda o`tkazilsa maqsadga muvoffiq bo`ladi. Bazi maruza darslari akademik litsey o`quvchilarini zeriktirishi mumkin, sababi bolalar o`smirlik davrida betoqat, qiziqqon bo`lishadi va darslardan tezda zerikishi mumkin. Shuning uchun innovacion texnologiyalarni darsda qo`llab o`quvchilarning darsga aktivligini, qiziqishini oshirsa va ularga kerakli bilimni bera olsa o`qituvchi darsda o`z oldiga qo`ygan ijobiy maqsadiga erishadi. Innovacion texnologiyani darsda qo`llashda darsning mavzusiga karab, darsning maruza yoki amaliy mashg’ulot ekanligiga qarab tanlanadi. Hozir sizlarga innovacion texnologiyani qo`llab dars o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz.

Mavzu: «Haqiqiy sonlar».

Bu mavzuga matematika fanidan akademik litseylar uchun o`qu dasturidan

14-dars soati ajratilgan bu vaqtdan unumli foydalanish uchun innovacion



texnologiyalarni o`z o`rnida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mavzuning 4 soatini maruzaga ajratib, 10 soatini amaliy mashg’ulotga ajratamiz. Avvalo biz innovacion texnalogiyaning shu mavzuga mosini tanlab olishimi zarur.

Pedogogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o`ziga xos vositalari zarur bo`ladi. Har bir innovacion texnologiyada qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, audio, tabiy hamda o`quv anjomlari. Bizning mavzumizga vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi.

Verbal vositalarining asosini axborot tashkil qiladi. Ular so`zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo`lib, ularni so`z orqali ifodalab berish uchun o`qituvchi uni o`zlashtirgan bo`lishi, yani shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, pedogogik texnologiyalarning verbal vositalarini o`qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi.

Verbal muloqot shakllari har hil bo`lib, ularning asosiylari nutq so`zlash, maruza, suhbatlashish, savol so`rash, savolga javob berish, bahs, munozara, muzokara, xabar berish, kengash, maslahat, nasihat, tanbeh, salomlashish, xayrlashish kabilarni o`z ichiga oladi.

Ushbu verbal muloqot shakllarida qo`llaniladigan nutq intenatsiyalari so`zlovchilarning fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo`lgan mano mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi.

O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi.

Bu jarayonda o`quvchilar diqqatini jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo`ladilar. Bunda o`quvchining qiziqishi, havasi, ehtiyoji, mafaatdorligi, qobiliyat, istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi.

Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib o`tamiz.

Maruzalarni faol usulda o`tkazish. Xar qanday yuqori saviyada o`tkazilgan
maruza, garchand u faktlarga boy bo`lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa,


o`quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o`quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Maruza qancha uzoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi.

Shuning uchun maruzani kichik innovacion texnologiya darajasida quyidagicha tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug’daradi.

Maruzachi o`z maruzasini bir necha bloklarga bo`ladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mazu bilan bog’liq qisqa savol-javob, fikr almashuv olib boradi. Maruza davomida ayrim muammolarni o`rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig’ida bu muammoga o`kuvchilarning munosabatini aniqlaydi. Ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Ammo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlarini ham tinglaydi. Bu holat maruzaga bo`lgan munosabatni ijobiy tomonga o`zgartiradi, maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish 5 daqiqagacha davom etadi.

Maruzagchi o`quvchilarning qiziqish, intilish, masuliyati oshib borishini kuzatib boradi. Maruza davomida muntozam faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar maruzachining tayanchiga aylanadi.

Maruza davomida mavzuni sekin-asta o`quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boriladi va qisqa munozaralar orqali tegishli echimlar topiladi.

Shu holatda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Maruzaning yana davom etishini hohlab, befarqlik o`rnini hushyorlik, ichki intilish, echim qidirish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar.

Bunday maruzalar har ikki tomonning o`zaro faolligini oshiradi, navbatdagi munozaraga chorlaydi.

Biz hozir «Haqiqiy sonlar» mavzusini mavzularga ajratib olamiz va ikki qismga ajratamiz bu qismlar yuqorida aytib o`tganimizdek to`rt dars soati, yani ikki juftlik darsga ajratib olamiz va shu ikki juftlik darsni maruzaga ajratamiz, qolgan 10 soat dars amaliy mashg’ulotga qoladi.



Quyidagicha mavzuchalarga ajraladi.
Birinchi juftlik:

Natural, butun, ratsional va irratsional sonlar. Cheksiz o`nli kasrlar. Davriy o`nli kasr, davriy o`nli kasrni oddiy kasrga aylantirish.

İkkinchi juftlik:

Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar. Haqiqiy sonning moduli va uning

asosiy xossalari. Matematik induktsiya usuli.



Ajratilgan ikki juftlik maruza darsining birinchi juftligini innovacion

texnologiyalar asosida qisqacha tanishtirib o`tamiz.


Birinchi juftlik maruza darsi.

Darsning tashkiliy qismi. So`ngra dars jarayoni boshlanadi.

O`qituvchi birinchi navbatda sonlarni bizning hayotimizda tutgan o`rni

ahamiyati haqida qiziqarli qilib 2-3 daqiqa gapirib o`tadi. So`ngra avvaldan tayyorlab kelingan uch blokka ajratilgan bloklarning birinchisi boshlanadi. Maruza davomida mavzuni asta sekin kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boshlanadi.

Bloklarga darsning vaziyatiga qarab 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi.

Birinchi blok.

Bu blok quyidagi mavzuchalardan iborat. “Natural va butun sonlar”dan. So`ngra

mavzuni boshlaymiz va natural sonlarning tarifini aytib o`tamiz.

Tarif. "Arifmetikada musbat butun son natural son deyiladi” deb aytamiz va

bunga qiziqarli qilib oddiy misollar keltirilib o`tiladi. Uning N bilan belgilanishi aytiladi. Masalan: to`rtta kitob, beshta non, va hakozo. “Umuman sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar bo`ladi” deb so`ngra natural son qatorini tushuntiramiz.

Natural sonlar haqida Peano aksiomasini aytib o`tamiz va misollar

keltiramiz.

1. “Bir hech qanday nlural sondan keyin kelmaydi (natural sonlar to`plami 1 dan

boshlanadi).Chunki natural son birdan boshlanadi” deb izoh berib o`tamiz.
2. “Har qanday natural sondan bevosita keyin keluvchi son



mavjud.

Misol uchun: 5 dan keyin 6 keyin 7, va hakozo cheksiz davom etib ketaveradi.

3. Ketma-ket ikkita natural son orasida uchinchi son mavjud emas. [7]

Masalan: 1 va 2 ning orasida natural son yo`q deymiz va boshqa misollar keltiramiz.

Shunday tartibda aksiomalarning hammasini aytib o`tamiz va shunday tartibda natural sonlarning boshqa qoida va tariflari ham aytib o`tiladi. Mavzu qiziqarli, hayotiy misollar bilan boyitiladi va mustahkamlanadi.

Agar imkoniyat bo`lsa har bir mavzu kadaskop yoki kompyuter asosida tariflar, xossalari, teoremalar va aksiomalar bilan katta ekranda ko`rsatilsa judayam yaxshi bo`lar edi.

Xuddi shu tartibda sonning eng kichik umumiy karralisi (EKUK) va sonning eng katta umumiy bo`luvchisi (EKUB) mavzuchalari ham tushuntiriladi.

Butun sonlarga o`tamiz. Butun sonlarning tarifini birinchi navbatda berib o`tamiz. Tarif. “Natural sonlar va ularga qarma-qarshi bo`lgan sonlar va nol soni birgalikda butun sonlar deyiladi va to`plam tilida Z, bilan belgilanadi” deb aytib o`tamiz va yana “a va -a sonlar qarama-qarshi sonlar deyiladi” deb ham aytib o`tiladi, bunga ham misollar keltiriladi.

“Bu tarifdan shunga ega bo`lamizki yani butun sonlar shundan iboratki sonlar o`qini oladigan bo`lsak o`ng tarafi natural sonlar va unga qarama-qarshi tomon birgalikda butun sonlar bo`ladi” deyiladi.

Esda qolishi uchun butun sonlarga matematik va hayotiy misollar keltirib o`tamiz.

Misol uchun: “-8,-7,-6,-5,-.-3,-2,-1,0,1,2 ... sonlarning har biri butun sonlardir. Hayotiy misol oladigan bo`lsak havo harorati pasayib ketdi +2°,-1°, 0° darajaga tushgandan keyin yanada havo sovisa bizga yanada kichikroq son kerak bo`ladi, shu kabi extiyojlardan kelib chiqib biz -1,-2 undan ham sovisa -3,... sonlarni kiritamiz bular birgalikda butun son bo`ladi” deb yana shunday bir necha misollarni keltirib darsni davom ettiramiz.

Shundan so`ng kasr sonlarga ham tushuncha beriladi va misollar bilan



mustahkamlanali. Blok mustahkam yoritilgandan so`ng o`quvchilar bilan blok yuzasidan qisqa muddatli savol- javob va fikr almashinuv bo`lib o`tadi. Savol- javob 10 daqiqa bo`lib o`tadi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish uzog’i bilan 5 daqiqagacha davom etadi. Bu holat o`quvchining maruzaga bo`lgan munosabatini ijobiy tomonga o`zgartiradi va maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi.

İkkinchi blok.

Ushbu blok quyidagi mavzuchalardan iborat:

“Ratsional va irratsional sonlar”. “Cheksiz o`nli kasrlar”.

Ratsional sonlarni boshlashdan oldin qisqacha mavzuga doir gapirib o`tilsa

maqsadga muvoffik bo`lar edi. Masalan: “Natural va butun sonlarning orasida ham sonlar bor misol

uchun 1 va 2 sonining orasida ¼ yoki ½ kabi shunga o`xshash

sonlar bor, bu sonlarni bilishimiz uchun esa bizlarga ratsional songa extiyoj tug’iladi. Hozir biz bu sonlarni o`rganamiz” deb so`ngra tarifni boshlaymiz.

Tarif. “t/p ko`rinishida yozish mumkin bo`lgan har qanday son ratsional son deb ataladi. Bunga m€Z va n€N” deb so`ngra misollar bilan boyitiladi. Ratsional sonlar to`plamini Q bilan belgilaymiz: Q={a/a = t/p , m€ Z, n€N}.

Shundan so`ng uning qoidalari aytib o`tiladi va misollar ko`rsatiladi.


“Davriy kasrlar” va “Chekli va cheksiz o`nli kasrlar”

to`g’risida ham xuddi shunga o`xshab to`liq malumot beriladi va o`qituvchi tomonidan misollar keltiriladi.

Uchinchi blok.

So`ngi mavzu “İrratsional sonlar”. Bu mavzuning ham boshlanishi ham yuqoridagi mavzular kabi hayotga bog’lab boshlanadi.

Tarif. “Davriy bo`lmagan cheksiz o`nli kasr irratsional son deyiladi” deb tarif beriladi, tarifdan so`ng unga misollar keltiriladi.

Misol uchun: “2,7,3,....va albatta davriy kasr bilan farqi takidlab o`tiladi. Mavzucha haqida to`liq malumot berib, so`ngra albatta haqiqiy sonlarning tarifi beriladi.



Tarif. “Ratsional va irratsinal sonlar birgalikda haqiqiy sonlar deyiladi” deb aytiladi.

So`ngra blok yakunlanadi. Blokdan so`ng mavzu bilan bog’liq savol-javob va fikr almashinuv olib boriladi. Har bir fikr bildiruvchiga o`qituvi imkoniyat berishi kerak, ammo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning ham fikrlarini tinglaydi. Agar tanqid ostiga olinadigan bo`lsa o`quvchining shahdini qaytarib qo`yishi mumkin.

Shu holda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Maruzaning yang davom etishini xoxlab, befarqlik o`rnini xushyorlik, ichki intilish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar. Bunday maruzalar har ikki tomonning ham faolligini oshiradi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish