Italiya Italiya



Download 42,42 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi42,42 Kb.
#653539
Bog'liq
Italiya


Italiya
Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km2. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti – Rim shahar.[1]
Davlat tuzumi
Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 22 dekabrda qabul qilingan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident (1999 yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.
Tabiati
Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning janubida pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m – Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi – Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari janubida joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata – 1734 m, Vezuviy – 1277 m) bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100–200°) bulok, koʻp.
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shimolidan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20–28°, baʼzan issiq shamol esganda 40–45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.
Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500–600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor.
Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. – jami maydon 200 ming ga.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili – italyan tili. Asosiy din – katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.

Tarixi
Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2–1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754–53-yillar). Mil. av. 5–3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang .
Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4–5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773–74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10–11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari–sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12–13-asrlarda Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12–13-asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158 yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib, "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga oʻtdi.
13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar.
Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14–16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14–15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan "semiz" popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati Italiya tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796–97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻng Italiya Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800 yil Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802 yildan Italiya) Respublikasi Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814 yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814–15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.
1848–49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861 yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870 yilga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889–90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 – 12 yillardagi Italiya turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916 yil 27 avgustda Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 yil 31 dekabrda B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929–33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935 yil 3 oktabrda Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936 yilning may oyida uni va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi. Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 yil oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941 yil aprelda Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941 yil 22 iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, sharqiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942 yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943 yil Italiya qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943 yil 25 iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943 yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944 yil aprelda barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945 yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946 yil 2 iyunda respublika eʼlon qilindi.
Italiya–1945 yildan BMT aʼzo-si. 1992 yil 10 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2 iyun – Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.
Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
"Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993 yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 yilda asos solingan, 1944 yilda kayta tiklangan,1994 yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994 yil 18 yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832 yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 yilda tuzilgan, 1966 yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969 yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994 yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892 yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 yilda tuzilgan.
Iqtisodiyoti
Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band.
Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont – anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari – un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari – dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari – bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shimolidagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Janubiy viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shimolida sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan.
Download 42,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish