Iudaizm- mustaqil diniy tizim Masihiylik ta’limoti sharqning falsafiy tafakkuri mahsuli sifatida



Download 24,46 Kb.
bet2/3
Sana09.07.2022
Hajmi24,46 Kb.
#765611
1   2   3
Bog'liq
Gg

Iudaizm- mustaqil diniy tizim
Iudaizm, talaba — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 560ming yillik boshlarida (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston yarim orolningshimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda Tankani bosib oldilar va mil. av. 10-asrda Rossiya — Ispaniya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan. Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Mil. av. 1—8-asrlarda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliklar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan. Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr I.i (modernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-asrlar)ning , keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil. av. 586-yil yangi Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50-yil davom etgan "Bobil asirligi" va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd" matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-asrda, Bobil Talmudi — 5-asrda eʼlon qilindi. 7—18-asrlarda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. 18-asrdan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi. I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-asrdan milodning 23-asrigacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin I.dan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).

Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar. Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor. Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin. Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan. Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida Konfutsianizm, Taoizm, Mohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. Keyinchalik, Tang Sulolasi davrida, bu safga Buddizm ham qoʻshildi (shuni aytib oʻtish joizki, Sharq falsafasida din va falsafa orasida qatʼiy farqlar yoʻq). Gʻarb falsafasi kabi, Xitoy falsafasi ham keng qamrovlidir va falsafaning har bir sohasiga taalluqli maktablarga ega. Hind ostqitʼasi tarixida Oriy-Vedik madaniyat oʻrnatilganidan soʻng ikki ming yillik davr ichida falsafiy va diniy mutafakkirlik oltita Nastika maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu maktablar hinduizm bilan chambarchas bogʻlangan edilar.Hind falsafasi Janubiy Osiyo madaniyatining katta qismini qurgan, va Uzoq Sharqqa ham dharmik dinlar orqali yetib borgan. Undagi fikrlar pluralizmi hind falsafasini liberal universalizm shakliga keltirgan. Fors falsafasi tarixi Qadimgi Eron falsafiy anʼanalari va ularning hind-eron ildizlariga borib taqaladi. Fors falsafasi Zardusht taʼlimotidan taʼsirlangan. Eron tarixidagi turli urushlar — Iskandar Zulqarnayn, arablar va moʻgʻullar istilolariturli madaniyatlar, dinlar aralashuvi va natijada turfa falsafiy maktablar paydo boʻlishiga olib keldi. Bularga zardushtiylik va islom taʼlimotlari, yunon falsafasi taʼsiridagi oqimlar, manixeylik, mazdakiylik va hokazo kiradi. Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri — ibn Sino Oʻrta Osiyo, va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir. Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar — Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va hk — ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi, va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.


Download 24,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish