Iv bob. Aholi statistikasi



Download 248,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana13.04.2022
Hajmi248,79 Kb.
#549149
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AHOLI STATISTIKASI



IV BOB. AHOLI STATISTIKASI.
4.1. Aholi - statistikaning o‘rganish ob’ekti.
Aholi (demografiya) statistikasi - ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng 
qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u aholi yashash sharoitida yoki 
hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga 
olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo‘llaydi.
U ijtimoiy fan bo‘lib, o ‘zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa 
va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash 
qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining 
tabiiy va mexanik harakati, mamlakat hududlari bo‘yicha joylanishi, takror 
paydo bo‘lishi va uning ijtimoiy tuzilishi xaqidagi qonunlardir. Ilmiy 
ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish 
munosabatlari - iqtisodiy tuzumi yotadi. Shuning uchun bu qonunlar 
iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o ‘rganilishi kerak.
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o ‘z tarkibi bo‘yicha har xil 
bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan o ‘zgarib turadi. Shuning uchun aholining 
rivojlanish qonununiyatlari, uning tarkibini o ‘zgarishi va uning ko‘p 
tomonlari konuret tarixiy sharoitlarni hisobga olgan holda o ‘rganilishi 
kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o ‘tishi tufayli aholini, 
jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik 
o ‘rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan 
ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu 
jarayon natijasining iste’molchisi xam hisoblanadi.
Aholi statistikasining o‘rganish ob’ekti m a’lum hududda yashovchi 
odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug‘ilishi va vafot etishi hisobiga o ‘zini- 
o ‘zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy 
xo‘jaliklari bo‘lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti 
bo‘lib, odamlarning xar xil to ‘plamlari bo‘lishi mumkin: barcha aholi 
(mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga 
layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho‘rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak 
yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug‘lar, yil davomida 
tug‘ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda 
kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi 
ro‘yhati - aholi xaqidagi m a’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo‘ib, 
u aholi haqida har tomonlama to ‘liq va aniq m a’lumotlarni beradi. Lekin 
umumiy aholi ro‘yxatini o ‘tkazish - katta mehnat va mablag‘ talab
54


qiladigan jarayon bo‘lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o ‘n yilda 
bir marta amalga oshirishni taklif qilgan.
Ro‘yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va 
ijtimoiy jarayonlar haqidagi m a’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama 
kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik 
harakati haqidagi m a’lumotlar asosida har bir xududdagi yillik aholi sonini 
hisoblash mumkin.
Aholini statistik o ‘rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
- aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash;
- aholini mamlakatning ayrim hududlari bo‘yicha joylanishini 
(zichligini) tahlil qilish;
- aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, m a’lumoti, 
bandligi va h.k.) o‘rganish;
- aholini takror paydo bo‘lishi (tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o ‘sish, 
nikohdan o ‘tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o ‘rganish;
- aholi migratsiyasi (ko‘chib kelishi, ko‘chib ketishi) jarayonlarini 
o ‘rganish;
- aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k.

Download 248,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish