Iv bob. Nazariy ma'lumot 8-§. She'riy san'atlardan namunalar



Download 95,5 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi95,5 Kb.
#489096
Bog'liq
8-§. SHE\'RIY SAN\'ATLARDAN NAMUNALAR


IV BOB. NAZARIY MA'LUMOT 8-§. SHE'RIY SAN'ATLARDAN NAMUNALAR
1. Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo‘lib, bular qaysilar?
1) o‘xshatilgan narsa; 2) o‘xshagan narsa; 3) o‘xshatish maqsadi; 4) o‘xshatish vositasi; 5) o‘xshatish sababi.
A) 1,3, 4, 5 B)2, 3,4 C) 1,2, 4, 5 D) 1,2, 3,5
2. Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo‘lib, shulardan biri hisoblangan holati tashbeh nima?
A) o‘xshatish vositasi B) o‘xshagan narsa C) o‘xshatish sababi D) o‘xshatilgan narsa
3. O‘xshatishlarning yana bir xususiyati ma'lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘llanishi bo‘lib, masalan, bo‘ri obrazi kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?
1) lashkarboshiga; 2) yov-dushmanga; 3) mard erga; 4) o‘limga; 5) shon-shuhratga.
A) 1,2, 3,4 B) 1,2, 3,5 C) 1,2, 4, 5 D) 3, 4, 5
4. Istiora arabcha so‘z bo‘lib, qanday ma'noni anglatadi?
A) «qarz berish» B) «o‘xshatish» C) «qarz olish» D) «qiyoslash»
5. Quyidagi baytda qo‘llanilgan «la'l» so‘ziga berilgan to‘g‘ri izohlarni toping. Tamanno qilg‘ali la'lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
1) Tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh hisoblanadi;
2) Ko‘chma ma'noda nihoyatda nozik va рок qalbni anglatadi;
3) Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun la'lga o‘xshatiladi;
4) Ko‘chma ma'noda nihoyatda mo‘tabar va qadrli so‘zni anglatadi;
5) Yor labidan chiqadigan iliq so‘zni anglatadi. A) 2, 3,4 B) 1,3, 4, 5 C) 1,2, 4, 5 D) 1,2, 3,5
6. Quyidagi baytda qo‘llanilgan «sarvi ozod» birikmasi orqali nima nazarda tutiladi?
Tiiar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
A) ozod va erkin xalq B) erkin o‘sgan sarv daraxti
C) yor qaddining go‘zalligi, chiroyli qomati D) ozod va hur ruhiyat
7. Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo‘llanilgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.
Ul oy o‘tlug‘yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
1) Baytdagi «muhabbat tuxmi» «muhabbat» degan abstrakt ot bilan «tuxum» («urug‘ donasi») konkret otining birikuvidan hosil bo‘lgan;
2) Baytda «оу» so‘zi osmon jismini ifodalashi bilan birga, alohida shaxsni ham anglatadi;
3) Baytdagi «muhabbat tuxmi» birikmasi insondagi nozik va qadrli bir tuyg‘uni anglatib turibdi;
4) «O‘t» baytda «olov» so‘zi bilan sinonim bo‘lib kelmagan;
5) Baytdagi «o‘t» so‘zining asosiy vazifasi ma'shuqa yuzidagi go‘zal qizillk - olov rangni ko‘rsatishdan iborat. A) 2, 3,4 B) 1,2, 3,5 C)1,3,5 D) 1,3,4, 5
8. Quyidagi baytda qaysi so‘zlar orqali tazod san'ati hosil qilingan? Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur, Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur.
A) «men» va «sen» B) «tirilmoq» va «o‘lmoq» C) «ko‘ngil» va «til» D) «ortiq» va «muvofiq»
9. Quyidagi baytning har ikki misrasida ham qaysi she'riy san'atni kuzatish mumkin?
Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
A) istiora B) tashbeh C) ishtiqoq D) tazod
10. Quyidagi baytda qanday she'riy san'at qo‘llanilgan? Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen. A) istiora B) tashbeh C) ishtiqoq D) talmeh
11. Quyidagi baytda nomi keltirilgan Masih obrazi haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.
Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen.
1) U payg‘ambarlar silsilasidan o‘rin olgan;
2) Masih anfoslik - Masih nafasiga ega bo‘lishlik demakdir.
3) U adabiyotda sabr-toqat ramzi ham hisoblanadi;
4) Unga xos xislatlardan biri o‘likni tiriltira olish qudratidir;
5) Masih anfoslik - Masih nafisligiga ega bo‘lishlik demakdir. A) 3,4, 5 B) 1,2,3 C)1,2,4 D) 1, 4, 5
12. Quyidagi baytda qaysi san'atdan foydalanilgan?
Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu? Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu?
A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
13. Qaysi she'riy san'at fikrni asoslash san'atidir, ammo bu asoslash real, hayotiy bo‘lmasdan faqat shoirona asoslash hisoblanadi? A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
14. Quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan? Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi,
O‘z haddini bilib be I id in o‘lturur quyi. A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
15. Quyidagi she'rda Lutfiyning nazarida qand shirinlikni labdan «o‘g‘irlab olgan». O‘g‘ri esa jazolanishi kerak. O‘g‘riga beriladigan jazo turlaridan biri uni suvga kiyimsiz yalang‘och holda kiritishdir.
Ushbu tasvir qaysi she'riy san'atni hosil qilgan? Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar, Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och. A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
16. Quyidagi baytda jinos san'atini vujudga keltirgan so‘z qanday ma'nolarni ifodalab kelgan?
Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
A) Dastlabki misrada «ingichka, nozik» ma'nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe'lini anglatadi.
B) Dastlabki misrada «qilmoq» fe'lini bitdirsa, keyingisida «ingichka, nozik» ma'nolarini anglatadi.
C) Dastlabki misrada «tik, chiroyli» ma'nolarini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe'lini anglatadi.
D) Dastlabki misrada «tik, ingichka, nozik» ma'nolarini bildirsa, keyingisida u «vafo qilmoq» fe'lini anglatadi.
17. Lutfiyning quyidagi baytida qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan?
Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.
A) husni ta'lil B) tajohil ul-orif C) tajnis D) ta'did
18. Quyidagi she'r qaysi janrda yozilgan? Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o‘lsam, ne g‘am qotila.
A) tuyuq B) murabba C) qit'a D) ruboiy
19. Ta'did san'ati qaysi asarlarda «siyoqat-ul a'dod» nomi bilan uchraydi?
1) «Aruzi Humoyun»; 2) «Badoye' us-sanoe'»; 3) «San'athoyi bade'yi dar she'ri tojikiy»; 4) «Jamoi muxtasar»;
5) «Rahnamoyi adabiyoti forsiy»; 6) «Ilmi bade' dar zaboni forsiy»; 7) «Latoyif at-tavoif».
A) 2, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 6, 7 C) 1,3, 4, 5,6 D) 1,2,4,5,7
20. Ahmad Yassaviyning quyidagi baytida qaysi san'atdan foydalanilgan? Dardga to‘lding, g‘amga folding, telba holding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q.
A) husni ta'lil B) tajohil ul-orif C) tajriis D) ta'did
21. Shoirning mantiqan bir-biriga ma'naviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi qaysi she'riy san'atni hosil qiladi? A) tanosib B) tajohil ul-orif C) tajnis D) ta'did
22. Quyidagi bayt haqidagi noto‘g‘ri izohni toping. Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay? Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk.
A) Ushbu bayt Xorazmiy qalamiga mansub.
B) Baytda yanoq, ko‘z, dahan kabi kishi tanasi qismlari jamlangan.
C) Baytda olma, bodom, pista singari meva nomlari jamlagan.
D) Olmadek yanoq, bodomdek ko‘z, pistadek dahan tasvirlari bayt mazmuniga ta'sirchanlik bergan.
23. So‘zlar takroriga oid san'atlarni toping. 1) ishtiqoq; 2) tasdir; 3)tasbe; 4) ta'did; 5) aks;
6) tardi aks; 7) rad; 8) mukarrar; 9) tajohil ul-orif.
A) 1,3, 5, 6, 7 B) 1,2, 3,4, 8, 9 C) 1,2,3,5,6,7,8 D) 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9
24. Baytning ikkinchi misrasining oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) nima deb yuritiladi?
A) radd B) ajuz C) sadr D) tasbe
25. Atoyining quyidagi baytida qaysi san'at qo‘llanilgan?
Men bu yuz mushtoqidurmen, bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur, Bolmasin nasrin-u lola, arg‘uvon sizsiz menga.
A) takrir B) tasbe C) tardi aks D) tasdir
26. So‘z takroriga asoslangan qaysi san'atda birinchi misra oxiridagi so‘zning keyingi misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta'sir qo‘zg‘atadi va bu ta'sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi?
A) tasbeda B) tasdirda C) takrirda D) ishtiqoqda
27. So‘zlar takroriga asoslangan san'atlarning hammasida ham takrorlangan so‘zlar oldingi tartibni saqlab qoladi, faqat qaysi san'atlaridagina so‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi?
A) tasbe va aks B) tardi aks va rad C) mukarrar va tardi aks D) tardi aks va aks
28. Navoiyning quyidagi baytida qaysi san'atdan foydalanilgan?
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur. A) mukarrar B) rad C) tardi aks D) tasbe
29. Quyidagi bayt haqidagi to‘g‘ri izohni toping.
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.
1) «Balo» va «qaro» so‘zlari dastlabki oddiy tartibida ko‘zning qoraligini ta'kidlash uchun ishlatilgan;
2) «Qaro balo» baloning rangini nihoyatda mubolag‘a bilan, kuchaytirib ifodalagan;
3) «Balo» va «qaro» so‘zlarining o‘mi almashganidan keyin, ikkinchi
misrada mutlaqo boshqa ma'no va mazmun yuzaga kelmay, shakl va mazmunda takrorlanish hosil bo‘lgan;
4) Dastlabki misrada «balo» va «qaro» so‘zlari «shunchalik», «nihoyatda» kabi so‘zlarning o‘rnida kelgan;
5) «Qaro balo» baloning rangini emas, balki uning darajasini, dahshatini ifodalaydi.
A) 2, 3,4 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 5 D)1,3, 4
30. Qaysi she'riy san'atda insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin? A) nido B) tardi aks C) tasdir D) tajohil ul-orif
31. Atoyi qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan?
Sensiz и jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st, Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st.
A) husni ta'lil B) nido C) tasdir D) tasbe
32. Qaysi she'riy san'atda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa- hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta'sirliroq ochib beriladi?
A) ishtiqoq san'atida B) talmeh san'atida
C) tashbeh san'atida D) tazod san'atida
33. O‘xshatishlarning mavjud xususiyatlaridan biri - ma'lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘llanishi bo‘lib, masalan, yilqi (hayvon) obrazi kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?
1) qora xalqqa; 2) nodon kimsaga; 3) kambag‘al va baquvvat kimsaga; 4) ochko‘z kimsaga; 5) yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga;6) bilimsiz, zakovatsiz kimsaga.
A) 1, 2, 3, 6 B) 1,2, 3,4, 5 C)2,3,4,5,6 D) 1,2, 4, 5, 6
34. Quyidagi bayt muallifi kim? Tamanno qilg‘ali la'lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
A) Atoyi B) Xorazmiy C) Navoiy D) Lutfiy
35. Quyidagi baytda qaysi so‘zlar orqali tazod san'ati hosil qilingan?
Bu кип vaslingni tark aylab, tilar jannatni zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, и ne nodon xaloyiqtur?
A) «tark aylamoq» va «tilamoq» B) «vasl» va «jannat»
C) «zohidlar» va «nodon xaloyiq» D) «nasya» va «naqd»
36. Qaysi shoir she'rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi?
A) Navoiy B) Atoyi C) Lutfiy D) Xorazmiy
37. Qaysi payg‘ambar o‘zining tashqi ko‘rinishi - nihoyatda go‘zal husni bilan boshqalardan ajralib turar edi?
A) Dovud payg‘ambar B) Masih payg‘ambar C) Yusuf payg‘ambar D) Ya'qub payg‘ambar
38. Atoyining qaysi misra bilan boshlanadigan g‘azali boshdan-oyoq tajohil ul-orif san'ati bilan ziynatlangan?
A) «Bu kun vaslingni tark aylab, tilar jannatni zohidlar» B) «Solib borma meni, ey Yusufi husn»
C) «Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu?» D) «Ul, sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur»
39. Lutfiy bir she'rida yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag‘lub, shuning uchun ham sochning o‘rni beldan pastda bo‘lishi kerak degan shoirona asos aytiladi. Ushbu holat qaysi she'riy san'atni yuzaga keltirgan?
A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
40. «Jinos» qanday ma'noni bildiradi? A) «o‘xshashlik» B) «jismni qiyoslash»
C) «hamjins» D) «hamfikr»
41. Quyidagi baytda qo‘llanilgan «tosh» so‘ziga izoh bering.
Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
A) «Tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehrsizlikni ifodalasa, keyingi
holatda u «qattiq jism - tosh» ma'nosida kelmoqda.
B) Dastlab «qattiq jism - tosh»ni bildirsa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma'nosida kelmoqda.
C) «Tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehrsizlikni ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma'nosida kelmoqda.
D) Dastlab ko‘chma ma'noda imonsizlikni ifodalasa, keyingi holatda u
«ichkari» va «tashqari» ma'nosida kelmoqda.
42. Quyidagi she'rda qo‘llanilgan tajnislarga berilgan to‘g‘ri izohlarni toping.
Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila.
1) Tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan aralashishi ul qotilga baribir ekanligi haqida so‘z bormoqda;
2) Ikkinchi misrada esa javrning ko‘pligidan tilga kelmaslik, ya'ni gapirolmaslik, o‘zini yo‘qotish holati qayd etilgan;
3) Ikkinchi misrada tajnisni hosil qilish uchun ikkita so‘zdan: «haqqo so‘zining «qo» bo‘g‘ini hamda «tila» so‘zining yondosh turgan holatidagi shaklidan foydalanilgan;
4) Oxirgi misrada go‘yo qotil - odamni qatl etgan kishi to‘g‘risidagi fikr bor;
5) Birinchi va ikkinchi misralarda «qotila» yozuv shakliga ko‘ra bir xil hisoblanadi;
6) Ikkinchi misra «haqqo» so‘zining oxirgi bo‘g‘ini bilan «tila» so‘zining qo‘shilishidan so‘ng oldingi shaklga uyg‘unlashmoqda; 7) Tuyuqda so‘zning talaffuz xususiyatlari asosiy o‘rin tutadi;
8) Tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan aralashishi
(qotilmoq) haqida so‘z bormoqda. A) 1,2, 4, 5, 7 B) 2, 3,5, 6, 7, 8 C) 2,3,4,6,7,8 D) 1,2, 3,4, 5,6
43. Qaysi she'riy san'atda bir baytda «gul» so‘zi ishtirok etsa, u o‘z-o‘zidan «tikan», «guliston», «shabnam», «bulbul» kabi so‘zlarning bo‘lishini taqozo etadi? A) tajnis B) tajohil ul-orif C) tanosib D) ta'did
44. Quyidagi bayt muallifini va mazmunini toping. Zulfung cherikijamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla.
A) Atoyi, sening ikkala ko‘zing ittifoqi zulfing cherigi (sochlaring askarlari- qo‘shini)ni ishga solib jamol mulkin egallab oldi.
B) Lutfiy, sening ikkala ko‘zing ittifoqi zulfing cherigi (sochlaring askarlari -qo‘shini)ni ishga solib jamol mulkin egallab oldi.
C) Atoyi, sening zulfing cherigi (sochlaring askarlari - qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin egallab oldi.
D) Lutfiy, sening zulfing cherigi (sochlaring askarlari - qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin egallab oldi.
45. Tasdirlar tuzilishga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 2 turga B) 3 turga C) 4 turga D) 5 turga
46. So‘z takroriga asoslangan qaysi san'atda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi?
A) tasbeda B) tasdirda C) takrirda D) ishtiqoqda
47. So‘z takroriga bag‘ishlangan lafziy san'atlarni toping.
1) tardiaks; 2)talmi; 3)tasbe; 4) ishtiqoq; 5) tasdir. A) 1,2, 4 B)2, 3,4, 5 C) 1,3, 4, 5 D)1,2, 3, 5
48. Atoyining quyidagi baytida so‘z takroriga asoslangan qaysi san'at turi qo‘llanilgan?
Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur.
A) mukarrar B) rad C) tardi aks D) tasbe
49. Quyidagi she'r haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping. Majmu'i davoni dard qildi, Dardingki, manga davo bo‘lubtur. Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jon ki, sango fido bo‘lubtur.
1) Baytda «fidosi», «jon» so‘zlarining o‘mini almashtirib qo‘llash orqali shoir ma'noning yangi-yangi qirralarini kashf etishga muyassar bo‘lgan;
2) Birinchi misradagi «jon» «yuz» so‘zi bilan qo‘shilgan holatda «yuzta jon» ma'nosini anglatadi;
3) To‘rtinchi misrada «jon», asosan, «shaxs», «kishi» ma'nosini anglatib kelgan;
4) Birinchi misradagi «jon» «yuz» so‘zi bilan qo‘shilgan holatda «yuz kishi» ma'nosini anglatadi.
A) 1,2,3 B) 1, 3, 4 C) 2, 4 D) 1,2, 3,4
50. Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum» deb boshlanadigan g‘azali oshiqona bo‘lib, unda suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan oshiq holati ifoda etilgan. Shoir o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini «begim» so‘zida mujassamlashtirish orqali qaysi she'riy san'atni yuzaga keltirgan? A) tajohil ul-orif B) tardi aks C) tasdir D) nido
51. Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo‘lib, shulardan biri hisoblangan mushabbah nima?
A) o‘xshatish vositasi B) o‘xshagan narsa C) o‘xshatish sababi D) o‘xshatilgan narsa
52. Ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadigan istiora san'atining tashbehdan farqli tomonini toping.
A) O‘xshatish vositasi va o‘xshagan narsa qo‘llanmaydi.
B) O‘xshatilgan narsa va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi.
C) O‘xshatish vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi.
D) O‘xshatish vositasi va o‘xshatilgan narsa qo‘llanmaydi.
53. Adabiyotshunoslar istiorani yana qanday nom bilan ataydilar?
A) qisqartirilgan o‘xshatish B) go‘zal o‘xshatish C) asoslangan o‘xshatish D) mubolag‘ali o‘xshatish
54. Talmeh arabcha so‘z bo‘lib, qanday ma'nolarni anglatadi?
A) «chaqmoq chaqilishi», «tarixiy va afsonaviy voqea»
B) «tarixiy va afsonaviy voqea», «qahramonlar nomiga ishora qilish»
C) «qahramonlar nomiga ishora qilish», «bir nazar tashlash» D) «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash»
55. Quyidagi baytda nomi keltirilgan Yusuf payg‘ambar qaysi payg‘ambarning sevimli farzandi bo‘lgan?
Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen.
A) Dovud payg‘ambarning B) Masih payg‘ambarning C) Muso payg‘ambarning D)Ya'qub payg‘ambarning
56. Lutfiy quyidagi baytida «mahbub»ning «хо'Ыаг» orasidagi eng a'lo mavqe tutishini biladi. Asl maqsad ham ana shu haqiqatni ta'kidlash. Bu maqsadga erishish uchun u qaysi san'atdan foydalangan?
Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk? Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk.
A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
57. Qaysi she'riy san'atning ma'nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir?
A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
58. Quyidagi she'r muallifi kim? Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G‘amzasi o‘ltirdi-yu, и I bexabar, Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila.
A) Xorazmiy B) Atoyi C ) Lutfiy D) Navoiy
59. Quyidagi baytda qaysi she'riy san'at qo‘llanilgan? O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa. A) husni ta'lil B) tajohil ul-orif C) tajnis D) ta'did
60. Quyidagi baytda qaysi she'riy san'at qo‘llanilgan? Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay? Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk. A) tajnis B) tajohil ul-orif C) tanosib D) ta'did
61. So‘z takroriga asoslangan qaysi san'atni mumtoz badiiylik ilmida radd ul- sadri ilal-ajuz deb ham atashadi? A) tasdirni B) tasbeni C) tardi aksni D) takrirni
62. Qaysi san'atda so‘zlar bir xil shaklda qo‘llansa ham, mazmunan farq qiladi, ya'ni ular ifodalagan ma'no ayni bir narsani emas, balki boshqa- boshqa tushunchalarni ifodalaydi va bunday holda tajnis - shakldoshlar yuzaga keladi? A) tasbe B) tasdir C) takrir D) ishtiqoq
63. Alisher Navoiyning qaysi misralar bilan boshlanadigan g‘azali boshdan oyoq tardi aks san'atining qo‘llangani bilan ajralib turadi? A) «Begona bo‘lubtur oshnodin, Begonag‘a oshno bo‘lubtur».
B) «Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor».
C) «Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur».
D) «Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas».
64. «Rustamxon» dostonida Sultonxonning Rustamga: «qo‘zim», - deb murojaat etishi, boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi husn», - deya murojaat etishi qaysi she'riy san'atni yuzaga keltiradi?
A) tajohil ul-orif B) tardi aks C) tasdir D) nido
65.Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo‘lib, shulardan biri hisoblangan mushabbahbihi nima?
A) o‘xshatish maqsadi B) o‘xshagan narsa C) o‘xshatish sababi D) o‘xshatilgan narsa
66. Quyidagi baytda qaysi she'riy san'at qo‘llanilgan? Tamanno qilg‘ali la'lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoidi qanda. A) istiora B) takrir C) talmeh D) tazod
67. She'rda yorning qop-qora sochi laylat ul-qadrga, oppoq yuzi esa subhi sodiqqa o‘xshatilishi qaysi she'riy san'atni hosil qiladi? A) tazod B) talmeh C) tashbeh D) takrir
68. Qaysi payg‘ambar taqdir taqozosi bilan farzandidan ayriliqda g‘am uyi - «bayt ul-hazan»da yashashga majbur bo‘ladi? A) Dovud payg‘ambar B) Masih payg‘ambar C) Yusuf payg‘ambar D) Ya'qub payg‘ambar
69. Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr qaysi? A) qit'a B) g‘azal C) tuyuq D) ruboiy
70. Qaysi she'riy san'atda sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, olmosh va ravishlar ham bajaradi?
A) husni ta'lilda B) tajohil ul-orifda C) tajnisda D) ta'didda
71. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) nima deb yuritiladi?
A) radd B) ajuz C) sadr D) tasbe
72. Tardi aks so‘zi qanday ma'nolarni anglatadi? A) «Tard»ning ma'nosi «jilva qilmoq», «ishva qilmoq», «xiyla qilmoq» demakdir. Aks esa «zid», «teskari», «chappa» ma'nolarini bildiradi.
B) «Tard»ning ma'nosi «qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish» demakdir. Aks esa «zid», «teskari», «chappa» ma'nolarini bildiradi.
C) «qahramonlar nomiga ishora qilish», «bir nazar tashlash» D) «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash»
73. Qaysi she'riy san'at boshqa san'atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi?
A) tasdir B) tardi aks C) nido D) tajohil ul-orif
74. Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda nima deb yuritiladi?
A) o‘xshatish B) asoslash C) so‘z takrori D) zidlash
75. Narsa-hodisalarni zidlash orqali qaysi she'riy san'at hosil qilinadi?
A) tazod san'ati B) talmeh san'ati C) tashbeh san'ati D) takrir san'ati
76. Qaysi she'riy san'atning mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi?
A) ishtiqoq B) mukarrar C) tashbeh D) tajohil ul-orif
77. Quyidagi bayt qaysi asardan olingan? Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. A) «Ga'royib us-sig‘ar» B) «Favoyid ul-kibar» C) «Muhabbatnoma» D) «Taashshuqnoma»
78. Qaysi she'riy san'atning muhim xususiyatlaridan biri fikriy rivojni, ketma- ketlikni, tadrijiylikni anglatish hisoblanadi? A) husni ta'lilning B) tajohil ul-orifning C) tajnisning D) ta'didning
79. Quyidagi baytda qaysi so‘zlar tanosib san'atini hosil qilgan? Zulfung cherikijamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla. A) cherik, mulk, ko‘z, ittifoq B) zulf, cherik, oldi, ko‘z
C) mulk, ittifoq, cherik, jamol D) cherik, mulk, oldi, ittifoq
80. Qaysi san'atda takrorlangan so‘zlarning o‘mi qat'iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lishlari shart?
A) mukarrar B) rad C) tardi aks D) tasbe
81. «Rustamxon» dostonidan olingan quyidagi she'rda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan?
Necha кип, necha tun orada o‘tdi, Rustamga Sultonxon и so‘zni aytdi: - Quloq solgin xon otangning tiliga, Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga. A) nido B) tardi aks C) tasdir D) tajohil ul-orif
82. Qaysi she'riy san'atning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday fikming aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasawur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi? A) istiora B) tazod C) tashbeh D) talmeh
83. Quyidagi baytda istiora qaysi birikma orqali aks etgan? Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda. A) «sarvi ozod» B) «el mansabi» C) «mansabi oliy» D) «ozodingg‘a banda»
84. Quyidagi bayt muallifi kim? Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen.
A) Navoiy B) Atoyi C) Lutfiy D) Xorazmiy
85. Quyidagi baytda qaysi san'atdan foydalanilgan? Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
86. Quyidagi bayt muallifi kim? Bo‘yung sarv-u sanubartek, beting qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
A) Lutfiy B) Xorazmiy C) Atoyi D) Navoiy
87. Xorazmiy qalamiga mansub quyidagi baytda grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali qaysi she'riy san'at yuzaga kelgan? Ta'lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor, Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor. A) husni ta'lil B) tajohil ul-orif C) tajnis D) ta'did
88. Sodda tasdirlar haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Sodda tasdirlar birgina so‘zning takrorlanishiga asoslanadi;
2) Sodda tasdirlar ba'zan ikki so‘zning takroridan ham iborat bo‘lishi mumkin;
3) Sodda tasdir so‘zlar ba'zan shakliy o‘zgarishlar bilan ham qo‘llanadi;
4) Sodda tasdirlar shakl jihatdan ham, ma'no jihatdan ham ayni so‘zning takroridangina iborat bo‘ladi;
5) Sodda tasdirlarning bir necha ko‘rinishlari mavjud.
A) 1,4, 5 B)2, 3,4 C) 1, 2, 5 D) 1,3, 4, 5
89. Xorazmiyning quyidagi baytida so‘z takroriga asoslangan qaysi san'at qo‘llanilgan?
Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar.
A) tasbe B) tasdir C) takrir D) ishtiqoq
90. Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan?
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
A) husni ta'lil B) nido C) tasdir D) tasbe
91. Atoyining quyidagi misralarida qaysi she'riy san'atning go‘zal namunasi yaratilgan?
UI sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
A) istiora B) tashbeh C) tazod D) talmeh
92. Alisher Navoiyning quyidagi misralarida ketma-ket qo‘llangan istioralarni toping. Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
А) «оу», «yuz», «o‘t» В) «оу», «muhabbat tuxmi», «o‘t»
C) «o‘t», «sipand», «tuxmi» D) «muhabbat tuxmi», «оу», «sipand»
93. Quyidagi baytda nomi keltirilgan Sulaymon obrazi haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.
Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen.
1) U Muso payg‘ambarning o‘g‘li edi; 2) U o‘n to‘qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo‘lgan;
3) U barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, qurt-u qumursqaga, qushlarga, hatto «ins-u jinslar»ga ham hukmronlik qilgan;
4) «Sulaymon saltanatlik podshosen» misralari payg‘ambar va afsonaviy shaxs qudratini mo‘jaz shaklda eslash orqali badiiy tasvir qahramonini tavsiflashga xizmat qilgan;
5) U Dovud payg‘ambarning o‘g‘li edi; 6) U faqat yer yuzidagi barcha odamlarga hukmronlik qilardi, «ins-u
jinslar»ga do‘st edi. A) 1,2, 3, 4 B)2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5
94. Quyidagi baytda shoir elning yerga bosh qo‘yib ibodat qilishini yorning «qutlug‘ oyog‘i yerga tekkani» bilan asoslagani qaysi she'riy san'atni yuzaga keltirgan? Qutlug‘ oyog‘ing yerga tegibdur, oning uchun, El yerga qo‘yub bosh, qil и r barcha ibodat. A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
95. Quyidagi baytda qo‘llanilgan «och» so‘ziga izoh bering. Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.
A) Birinchi misradagi «och» - «pardali» ma'nosini bersa, keyingisida esa u «ko‘rsatmoq» o‘rnida keladi.
B) Birinchi misradagi «och» - «tashna» ma'nosini bersa, keyingisida esa u «ko‘rsatmoq» o‘rnida keladi.
C) Birinchi misradagi «och» - «ko‘rsatmoq» ma'nosini bersa, keyingisida esa u «tashna» o‘rnida keladi.
D) Birinchi misradagi «och» - «pardali» ma'nosini bersa, keyingisida esa u «tashna» o‘rnida keladi.
96. Badiiy san'atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga asoslangan qaysi turining mohiyati baytni boshlagan so‘z uning oxirida ham takrorlanishida ko‘rinadi?
A) takrir B) tasbe C) tardi aks D) tasdir
97. Quyidagi misrada tardi aks san'ati qaysi so‘zlar vositasida yaratilgan? Majmu'i davoni dard qildi, Dardingki, manga davo bo‘lubtur. Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Harjonki, sango fido bo‘lubtur.
A) «ishq» va «fido» so‘zlari vositasida B) «har jon» va «fido» so‘zlari vositasida
C) «davo» va «jon» so‘zlari vositasida D) «davo» va «dard» so‘zlari vositasida
98. Tashbehning bir necha qismlari mavjud bo‘lib, shulardan biri hisoblangan vajhi shaboh nima?
A) o‘xshatish vositasi B) o‘xshagan narsa C) o‘xshatish sababi D) o‘xshatilgan narsa
99. Quyidagi baytda qo‘llanilmagan qaysi so‘zning o‘zi ishlatilmagani holda inson ko‘ngli uchun naqadar aziz va qadrli ekanligi ta'kidlanmoqda? Tamanno qilg‘ali la'lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
A) ishva B) qalb C) so‘z D) lab
100. Quyidagi bayt muallifi kim? Bu kun vaslingni tark aylab, tilar jannatni zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, ne nodon xaloyiqtur? A) Navoiy B) Atoyi C) Lutfiy D) Xorazmiy
101. Quyidagi bayt muallifi kim? Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
A) Navoiy B) Atoyi C) Lutfiy D) Xorazmiy
102. Qaysi she'riy san'atda adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi?
A) tajnis B) tajohil ul-orif C) husni ta'lil D) ta'did
103. Quyidagi bayt muallifi kim? Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to'rtinchi ko'k uzra chiqibdur. A) Bobur B) Navoiy C)Atoyi D) Lutfiy
104. Tajnisni yana qanday nom bilan ataydilar? A) «tashxis» B) «talmi'» C) «mulamma» D) «jinos»
105. Quyidagi qaysi so'z atama sifatida talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo'lgan so'zlarni turli ma'nolarda qo'llashni anglatadi? A) husni ta'lil B) tajohil ul-orif C) jinos D) ta'did
106. Qaysi janrning to'rt misrasidan uchtasida tajnis qo'llanadi?
A) qit'a B) murabba C) tuyuq D) ruboiy
107. Ta'did san'ati qaysi asarda «ta'zil» nomi bilan uchraydi? A) «Badoye' us-sanoe'» B) «Aruzi Humoyun»
C) «Latoyif at-tavoif» D) «Ilmi bade' dar zaboni forsiy»
108. Ta'did san'ati qaysi asarda «shumur» nomi bilan uchraydi?
A) «Badoye' us-sanoe'» B) «San'athoyi bade'yi dar she'ri tojikiy» C) «Aruzi Humoyun» D) «Ilmi bade' dar zaboni forsiy»
109. Ta'did san'ati qaysi asarda «e'dod», «ta'did», «te'dod» nomlari bilan uchraydi?
A) «Badoye' us-sanoe'» B) «Aruzi Humoyun» C)«Ilmi bade' dar zaboni forsiy»
D) «San'athoyi bade'yi dar she'ri tojikiy»
110. Quyidagi qaysi baytda sodda tasdir qo'llangan?
A) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo'lmasam, ey jon, ne g'amdur.
B) Kuchum yetguncha ko'p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar.
C) Men bu yuz mushtoqidurmen, bog'-u bo'stonkim bo'lur, Bo'lmasin nasrin-u tola, arg'uvon sizsiz menga.
D) Majmu'i davoni dard qildi, Dardingki, manga davo bo'lubtur.
111. So'z takroriga asoslangan qaysi san'atning asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi?
A) tasbening B) tasdirning C) takrirning D) ishtiqoqning
112. Quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan?
Begona bo'lubtur oshnodin, Begonag'a oshno bo'lubtur. A) mukarrar B) rad C) tardi aks D) tasbe
Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish