Iv-variant 1-topshiriq Diqqat nuqtasi nimalarni o’z ichiga oladi? (yozma)



Download 25,6 Kb.
bet1/9
Sana16.01.2022
Hajmi25,6 Kb.
#377229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.05711 Dirij.4-variant (1)


IV-Variant

1-topshiriq

1. Diqqat nuqtasi nimalarni o’z ichiga oladi? (yozma)

Dirijor biror- bir musiqiy asarni jamoaga o’rgatar ekan, avvalombor jamoaning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb qila olishi darkor. Shu tarzda pedagog asarni to’la-to’kis barcha nyuanslari bilan o’rgata oladi. Avvalambor ular: dirijorlikda diqqatga imo-ishoralarini, yani: birinchidan, auftakt bera olishi, yani ovozlar yoki cholg’ularga nafas beradi; ikkinchidan, asarning ritmini ko’rsatib beradi; uchinchidan, asarning dinamikasi haqida imo-ishora beradi; to’rtinchidan, o’rganayotgan asarning kirish qismi va frazalariga nafas berishni ko’rsatadi; beshinchidan, imo-ishoralar orqali asarning tempini va xarakterini ko’rsata oladi; oltinchidan, ijrochilarni asar yakuniga tayyorlab boradi. Asar boshlanishida yoki ma’lum bir qism boshlanishida dirijor qo’llarini bir nuqtaga, yani diqqatga qo’yadi. Qo’llar yelka kengligida, bir-biriga parallel, pastaga parallel, kaftlar pastga qaratilgan, yig’ishtirilgan holatda diqqatga qoyiladi. Dirijorning turish holati erkin va qo’llar, kaftlar yig’ishtirilgan holatda bo’lishi zarur. Dirijor hech qachon siqiq holatda bo’lmasligi kerak, doim muskullar erkinligini his qilishi zarur. Shundagina dirijor ko’zlagan maqsadiga erishadi. “Diqqat” belgisi - bu dirijorlik imo-ishora harakati orqali jamoa e’tiborini tortish (diqqatni jalb etish) degan ma’noni bildiradi. Bu dirijor uchun ham, xor uchun ham foydali bо‘ladi. Diqqatni jalb etish harakati musiqachilarni ham, tinglovchilarni ham ruhan tayyorlab, tinglovchilarni risolaga keltirishi, kutish holatini yuzaga keltirishi, musiqachilarni esa asar (yoki uning ma’lum qismi)ning boshlanishidagi tempi va xarakterini his etishlariga kо‘maklashadi. Hamma vaqt diqqatni tortish harakati oldin keladi va auftakt undan keyin kelishi ifodalanadi. Dirijor ishni boshlashdan oldin, о‘zi uchun muhim va zarur bо‘lgan holatga keladi, bu dastlabki holat deb ataladi. U bir-biridan uzoqroq qо‘yilgan oyoqlarga tayanib, tik va erkin holda turadi. Bir oyoqni sal oldinga chiqarib, goh unisiga, goh bunisiga tayanib ham turish mumkin. Bunda taktni oyog‘i bilan urib, musiqaga hamohang tarzda tizzalarni bukib turish yaramaydi, bu birinchidan keraksiz, ikkinchidan esa, xunuk kо‘rinadigan holatdir. Dirijorlik paytida tana normal, oddiy refleks tariqasida qо‘l harakatlari ta’sirida chayqalishi mumkin. Yelkalar ortiqcha zо‘riqishdan holi bо‘lishi kerak. Qо‘l va tirsak erkin holatda bо‘ladi. Dirijor qо‘llarini erkin va uncha baland kо‘tarmagan holda tutib tirsaklarini tanadan uncha uzoqlashtirmagan holda tutishi maqsadga muvofiq. Tirsaklarni baland kо‘tarish qо‘l harakatlariga halal beradi, taktlashni qiyinlashtiradi. Yuqorida aytib о‘tilganidek, takt berishda dirijor asosan о‘ng qо‘lini ishlatadi. Tepa-pastga, о‘ng yoki chapga harakat qilganda u qо‘l kaftini pastga tutganicha turishi kerak. Kaft va barmoqlarni chо‘zmasdan, ayni paytda musht qilib bukib ham olmagan holda, yengil hamda erkin tutish lozim. О‘rganishni boshlash davrida bunga amal qilish tavsiya etiladi. Ijrochilar uchun dirijor qo’l harakatining diqqat nuqtasi katta ahamiyatga ega bo’lib, bu omil ikki mavriddan iborat: Birinchidan, ijrochilarni diqqat–e’tiborini jalb etish; Ikkinchidan , asarning sur’at jarayoniga binoan ijrochilarni ruhan va ma’nan sozlab, tayyorlash. Tana bo’ylab erkin osilib turgan qo’l hech qanday kuchanishsiz, ko’krak qafas o’rtasigacha ko’tariladi. Bilak va tirsak oralig’i uchburchak hosil qiladi va qo’llar ko’krakka nisbatan yuqoriroq pozitsiyani egallaydi. Dirijor qo’llarini diqqat nuqtasiga o’rnashtirar ekan, qo’lning tirsak va bilak qismini gavdaga nisbatan oldinroqqa bo’lishi, panja qismi esa nisbatan yuqoriroqqa qaratilgan bo’lishiga e’tiborni qaratish lozim. Barmoqlar esa kattaroq koptok ustiga qo’nganday, yoy shaklini egallab, uni hovuchlab turganday bo’lishi lozim. Qo’llarning oralig’i elkaga nisbatan biroz kengroq bo’lishi qulaydir. Tirsaklar ko’krak qafasiga nisbatan, haddan tashqari ikki tomonga ko’tarilib yelka balandligi darajasiga kelsa, panjalar bir-biriga uchma-uch tarzda yaqinlashadi va yelka qismi to’liq harakatdan mahrum bo’lib qoladi, hamda qo’llar taranglashib ikki yongi tomonga harakat qilishga imkon qolmaydi. Qo’llarning kerakligidan ortiqcha oldinga chiqib ketishi ham elka harakatiga putur yetkazadi. Yelka qismining harakatidan mahrum bo’lishi esa, dirijor qo’lining yengil harakati va erkinligidan judi bo’lishidir. Dirijorning qo’llari oralig’i yelka kengligiga nisbatan ancha torroq bo’lsa, mushaklar taranglashib, qo’llar qotib qoladi. Bu esa qo’llarni yengil harakatlanishiyu-egiluvchanlikdan, hamda latofatli bo’lishidan batamom mahrum etadi. Dirijorning yelka qismi ham uning faoliyati uchun juda ahamiyatlidir. Yelka qismlarini to’laligicha erkin va egiluvchan tuta olishlik, mushaklarning erkin harakatlanishini ta’minlaydi. Aks holda bu tirsak va bilak qismlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatib dirijorning qo’llari quvvatsizlanadi, yengillik va erkinligi esa yo’qolib borishiga sabab bo’ladi.


Download 25,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish