Ixtiro inson yaratgan dastlabki intellektual mulk ob’ektidir. Ixtirolar tarixi ibtidoiy odam o’zining birinchi mehnat qurolini o’ylab topgan vaqtdan boshlangan bo’lsa kerak



Download 39 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi39 Kb.
#287317
Bog'liq
1.4. Ixtiro va


1.4. Ixtiro va litsenziyalash

1.4.1. Ixtiro, uning turlari va talabi.

1.4.2. Patentga layoqatli ixtirolar emas deb tan olinadigan ob’ektlar.

1.4.3. Ixtiroga patent berish talabnomasi tarkibi va tasdiqlanishi.

1.4.1. Ixtiro, uning turlari va talabi.

Ixtiro inson yaratgan dastlabki intellektual mulk ob’ektidir. Ixtirolar tarixi ibtidoiy odam o’zining birinchi mehnat qurolini o’ylab topgan vaqtdan boshlangan bo’lsa kerak. O’sha vaqtlardan beri aynan ixtirolar texnikani, demak umuman jamiyatni rivojlantirishning omili hisoblanadi.

Intellekt – insonni hayvonot dunyosidan ajratib turadigan asosiy belgi bo’lib, rivojlanishni sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’taradi.

Eng avvalo intellektual mulk intellektual faoliyat natijasidir. Barcha intellektual faoliyat ham intellektual mulk bo’la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning xayolida behisob g’oyalar, loyihalar tug’iladi, lekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib ketadi. Faqat boshqalar tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinadigan, ya’ni o’zining muayyan chegaralariga ega bo’lgan g’oya va fikrlargina mulk bo’la olishi ravshandir.

Intellektual faoliyatning keyinchalik qandaydir biror-bir ob’ektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intellektual mulk bo’ladi deb aytish mumkin.

Ixtirolarni yaratishning asosiy sababi, eng avvalo jamiyatning tobora oshib borayotgan moddiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlaridir. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu ehtiyojlar bir tomondan yanada to’laroq, ikkinchi tomonidan esa kamroq xarajat bilan qondirib borilishi zarur.

Ixtiro bu yangi g’oya, texnik echim bo’lib, amaliyotda texnikaning istalgan sohasidagi muayyan muammoni xal qilish imkonini beradi va belgilangan mezonlarga javob beradi.

Shuni qayd etib o’tamizki, texnika ko’p qirrali tushuncha bo’lganligi sababli turli-tuman ob’ektlar ixtiro bo’lishi va ularning xar biri o’ziga xos bo’lishi mumkin.

Nihoyat, biz intellektual mulkning muhim atamasi – patent degan tushunchani qarab chiqamiz. Patentni xaqli ravishda intellektual mulkning asosiy bosh hujjati deb aytish mumkin, u intellektual mulk xuquqlarining asosiy mohiyatini yig’iq holda aks ettiradi va industrial rivojlanishda etakchi rol o’ynaydi. Patent so’zi lotincha patentis so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ochiq, aniq degan ma’noni bildiradi. Patent ixtirochi va jamiyat o’rtasidagi o’ziga xos almashinuv hisoblanadi. Ixtirochi o’z ijodini jamiyatga ochib beradi, bu bilan texnik taraqqiyot darajasini oshiradi, buning uchun esa o’zining patentlangan ixtirosiga davlat tomonidan kafolatlangan mutloq (monopol) huquqqa ega bo’ladi.

Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’ektiga beriladigan va muayyan xududda muayyan vaqt oralig’ida amal qiladigan muxofaza xujjatidir.

Patent o’z moxiyatiga ko’ra, ob’ektlarga mutloq egalik xuquqini beradigan xujjat bo’lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutloq xuquqlarni berish masalasi shu davlatning aloxida vakolati xisoblanadi. Ma’lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning xududida amal qila olmaydi.

Ixtironing ta’rifi, uning turlari xaqidagi asosiy tushunchalarni qarab chiqamiz.

Ixtiro, ya’ni aqliy mulk maxsuloti quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) Ixtiro sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi ixtirochilik darajasiga ega bo’lsa va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, xuquqiy jixatdan muxofaza qilinadi va ixtiro deb tan olinadi.

2) Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, yangi deb hisoblanadi.

3) Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi xaqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo’lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo’ladi.

4) Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo’lgan xar qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

5) Ixtironi sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda qo’llash mumkin bo’lsa, sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.

Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o’simliklar va hayvon hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo’lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo’llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.

Qurilma. Qurilmalarga, konstrukstiyalar, konstruktiv elementlar yoki ularning funkstional konstruktiv birlikda bo’lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi.

Qurilmalarga mashinalar, asbob-uskunalar, apparat, idishlar, transport vositalari, maxkamlovchi buyumlar, mashina detallari, idish-tovoqlar, mebel, poyafzal, aloqa vositalari, qurilish konstrukstiyalari, binolar, inshootlar, bino qismlari va boshqalar kiradi.

Usul. Usullarga moddiy ob’ekt (qurilma, muhit, elektr zaryadi, magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy ob’ektlar yordamida o’zaro bogliq harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi.

Modda. Ixtiro turi sifatida moddalarga:

individual kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen muxandisligi ob’ektlari kiritilgan;

kompozistiyalar (aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);

yadroviy parchalanish maxsulotlari kiradi.

Mikroorganizm shtammi, o’simliklar va hayvonlar xujayralarining turlari. Mikroorganizm shtammi - bu o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha tanlab olish bilan saqlanib turiladigan, qo’llaganda foydali moddalar hosil qiladigan yoki boshqa foydali xususiyatlarga ega bo’lgan virus, bakteriya va zamburuglarning irsiy jihatdan bir jinsli turlaridir.

Ixtiro turi sifatidagi mikroorganizm shtammlariga, o’simlik va xayvonlar xujayralarining turlariga quyidagilar kiradi:

mikroorganizmlarning individual shtammlari, o’simlik va xayvonlar xujayralari turlari;

mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon xujayralari turlarining konsorstiumlari.

Avvaldan ma’lum bo’lgan qurilmalar, usullar, moddalar, shtammlarning yangi maqsadda qo’llanilishiga ularning yangi vazifada ishlatilishi kiradi. Avvaldan ma’lum bo’lgan (tabiiy va sun’iy yo’l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda ishlatishga tenglashtiriladi.

3. Talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bog’langan ixtirolar guruhiga tegishli bo’lishi kerak (ixtiro birligi talabi) quyidagi shartlar bajarilsa ixtiro birligi talabi bajarilgan deb tan olinadi:

bitta mustaqil punktdan iborat ixtiro formulasida bitta ixtiro keltirilgan;

bir necha mustaqil punktlardan iborat ixtiro formulasida ixtirolar guruxi keltirilgan bo’lib, ulardan biri boshqasini olish (tayyorlash) uchun ishlatiladi (masalan qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani to’laligicha, yoki ularning bir qismini olish (tayyorlash) usuli);

ulardan biri boshqasini amalga oshirish uchun ishlatiladi (masalan usulni to’laligicha yoki uning harakatlaridan birini amalga oshirish uchun ishlatiladigan usul va qurilma);

ulardan biri boshqasidan foydalanish uchun ishlatiladi (masalan, usulda ishlatishga mo’ljallangan usul va modda; usul yoki qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddaning yangi maqsadda qo’llanilishi va ularni shu vazifada ishlatish usuli; qurilma yoki moddaning yangi maqsadda qo’llanilishi va ularning tarkibiy qismi bo’lgan qurilma yoki kompozistiyalar);

bir xil ko’rinishdagi ob’ektlarga tegishli bo’lgan, bir xil vazifadagi, bir xil texnik natijani bir xil yo’l bilan olishni ta’minlovchi echimlar (variantlar).

1.4.2. Patentga layoqatli ixtirolar emas deb tan olinadigan ob’ektlar.

Quyidagilar patentga layoqatli ixtirolar deb tan olinmaydi

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

xo’jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operastiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, xududlarni rejalashtirish loyixalari va sxemalari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yo’naltirilgan, maxsulotlarning faqat tashki ko’rinishiga oid echimlar;

integral sxemalarning topologiyalari;

o’simlik navlari va xayvon zotlari;

jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.

1.4.3. Ixtiroga patent berish talabnomasi tarkibi va tasdiqlanishi.

Ixtiroga O’zbekiston Respublikasi patenti berish uchun talabnoma tuzish qoidalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil 6 maydagi 1063-XII sonli qaroriga muvofiq kuchga kiritilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida"gi qonunining 2-moddasi 2- qismiga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Patent idorasi ixtiroga patent berish uchun talabnoma tuzish tartibini belgilovchi me’yoriy xujjatlari asosida tuzib chiqiladi.

Har qanday talabnoma faqat yagona maqsad – yaratilgan ixtiroga muhofaza hujjati (patent) olish uchun tuziladi va Patent idorasiga topshiriladi. Ya’ni patent ekspertizasi o’tkazish vaqtida talabnomada ko’rsatilgan ob’ekt (qurilma, usul yoki modda) ning patentga layoqatlilikning belgilangan mezonlariga mos kelishi tan olinishi uchun beriladi. Shunga muvofiq ixtiro tavsifi shunday tuzilishi kerakki, undan quyidagilarni aniqlab olish mumkin bo’lsin

Ixtironing patentga layoqatliligi, ya’ni uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo’llanilishi to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilish;

Omma uchun ixtironing texnik mohiyatini to’liq ochib berish va bu bilan texnika darajasini rivojlantirishga muayyan hissa qo’shish, patent tizimi ham aynan ana shu maqsadlarda faoliyat yuritadi. Buning uchun ixtironing tavsifi o’z ichiga ixtironi amalga oshirish uchun zarur va etarli axborotni (unda bevosita foydalanish, usul bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish va h.k.) olishi zarur.

Shundan kelib chiqqan holda, ixtiro tavsifi quyidagi mantiqiy sxema bo’yicha tuziladi:

Ixtironing maqsadi, uning qo’llanish sohasi ochib beriladi;

Ixtirogacha bo’lgan texnik darajasi bayon etiladi, ilgari ma’lum ixtirolarning kamchiliklari keltiriladi va h.k.;

Texnikaning ushbu sohasi oldida turgan va hal qilinishi zarur texnik, iqtisodiy va boshqa natijalar beradigan vazifalar, dolzarb muammolar ko’rsatiladi;

Ixtironing o’zi ochib beriladi, ixtiro qanday qilib qo’yilgan vazifani hal qilishi, zarur texnik natijalarga erishilishiga dalillar keltiriladi, ixtironi amalga oshirishning aniq misollari keltiriladi va h.k.

Talabnoma quyidagi xujjatlarni o’z ichiga oladi:

ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so’ralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko’rsatilib, patent berish so’ralgan ariza;

ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan darajada to’liq bayon etilgan tavsifi;

ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to’la muvofiq bo’lgan ixtiro formulasi;

ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizmalar va boshqa materiallar;

referat.

Talabnomaga ilova qilinadigan xujjatlar:

- Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to’langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to’lashdan ozod qilishni asoslovchi hujjat ilova qilinadi.

Boj belgilangan miqdordan kam to’langan holda, boj miqdori kamaytirilishini asoslovchi hujjat qo’shib beriladi.

Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar talabnoma bilan birga berilishi kerak.

- Patent vakili orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va patent vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki uning nusxasi ilova qilinadi. Patent idorasiga topshirish uchun O’zbekiston Respublikasida rasmiylashtirilayotgan ishonchnoma, oddiy xat shaklida tuziladi va notarius tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Talabnoma tili. Patent berish to’g’risidagi ariza o’zbek yoki rus tilida beriladi. Talabnoma milliy talabnoma beruvchilar yoki MDH talabnoma beruvchilari tomonidan berilsa, arizada ko’rsatilgan ixtiro nomi o’zbek va rus tillarida berilishi lozim.

Nusxalar soni. Talabnomaning yuqorida ko’rsatilgan o’zbek yoki rus tilida tuzilgan xujjatlari uch nusxada beriladi.



Shu xujjatlar agar boshqa tilda bo’lsa bir nusxada, ularning tarjimasi uch nusxada beriladi.

Qolgan xujjatlar va ularning o’zbek yoki rus tiliga tarjimasi bir nusxada beriladi.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish