Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 3,32 Mb.
bet6/239
Sana31.12.2021
Hajmi3,32 Mb.
#214934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Bog'liq
инф укит мет мажмуа

2-asosiy savolning bayoni:

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi ta'lim va tarbiya bilan bog‘langan quyidagi 3 ta asosiy savolga javob berishga yo‘naltirilgan:



  • Informatikani nima uchun o‘qitish kerak?

  • Informatikadan nimani o‘rganish kerak?

  • Informatikani qanday o‘qitish kerak?

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi kursi 2 qismdan tashkil topadi:

O‘qitishning umumiy metodikasida predmetning maqsadi, masalalari va mazmuni bo‘yicha muammolarni umumlashtirish, tushuntirish, bilimni tekshirish va mustahkamlashning asosiy formalarini ishlab chiqish va klassifikatsiyalash masalalari, o‘quvchilar yoshiga qarab alohida pedagogik usullarni qo‘llash samaradorligi masalalarini ko‘rib chiqadi.

Informatika o‘qitishning umumiy metodikasida quyidagi masalalar qarab chiqiladi: Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, informatikaning fan va o‘quv predmeti sifatidagi tavsiflari, informatika metodikasining tavsiflari, informatikani umumta'lim maktablarida o‘qitish maqsadlari, O‘zbekistonda informatika fanini o‘qitish islohotining muammolari, umumiy o‘rta ta'lim Davlat ta'lim standarti, informatika o‘qitishning uzluksiz tizimi, informatika kursining o‘quv-uslubiy va dasturiy ta'minoti, informatika ta'limining shakl va usullari, informatika ta'limini tashkil etish, hisoblash texnikasi xonasining jihozlanishi, dars va uni tashkil etish masalalari, o‘qituvchining darsga tayyorlanish tizimi, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilishning turlari, tekshirishning funksiyalari va tamoyillari, tekshirishning usul va shakllari, tekshirish vositalari, informatika kursi bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirish, informatika bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar va uning o‘qitishdagi ahamiyati.

Informatika o‘qitishning xususiy metodikasida informatika fanining alohida mavzusiga bir butun deb qarash, berilgan mavzuning mazmunini aniqlash, har bir aniq mavzuga taalluqli tushunchalarni kiritish metodikasi, berilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish va nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi, mavzuning amaliy yo‘nalishi va fanlararo aloqasi aniqlanadi.

Informatika o‘qitishning xususiy metodikasida quyidagi masalalar qarab chiqiladi: axborot tushunchasi, model va modellashtirish asoslari, algoritm va dasturlash asoslari, taqribiy hisoblash usullari, chiziqli dasturlash elementlari, operatsion tizim, matn muharriri, elektron jadvallar, kompyuter grafikasi, ma'lumotlar bazasi kabi mavzularni o‘qitish metodikasi masalalari.

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi kursi bilan tanishib chiqilgandan so‘ng talabalar quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi:


  • o‘quv yurti informatika predmetiga tegishli dastur, dasrlik va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni va tarkibini bilishi;

  • informatika predmetini o‘qitish uslubiyatini bilishi;

  • dars tarkibi va uni tashkil eta olishi;

  • informatikaga oid didaktik materiallar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlay olishi va ulardan darsda foydalana olishi;

  • dars shakllarini bir-biridan farq qila olishi;

  • darsdan tashqari tadbirlar rejalarini tuza olishi va o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi kerak.


Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish