J. D. P. I. Sirtqi bo’lim Informatika o’qitish metodikasi



Download 20,17 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi20,17 Kb.
#787906
Bog'liq
Axb tizimlari 4

J.D.P.I. Sirtqi bo’lim


Informatika o’qitish metodikasi
4-kurs 701-gurux talabasi
Babayorova Nodiraning
Axborot tizimlari fanidan
4-labaratoriya ishi

Protokol - qurilma, dastur va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlariga hamda jarayonlar yoki foydalanuvchi-larning o’zaro ishlashiga oid algoritmni belgilovchi jami qoidalar. Masalan, aloqa liniyasi protokoli – bu ma’lumotlar ulushining tuzilmasi va kodlash usullarini xamda uning aloqa liniyalari orqali uzatish jarayonini tartibga soluvchi qoidalaridir.


Protokollar pog’onalarga uzatilayotgan paketlarning sarlavhalari orqali ishga tushadi. Har bir sarlavha aniq bir pog’ona bilan to’qnashganda paketning bo’lagi deb tushuniladi.
Paket, qabul qiluvchi komp’yuterga etib kelganida ma’lumot uzatuvchi komp’yuter pog’onalarida qo’shib yuborilgan sarlavhalar qabul qiluvchi komp’yuterda qanday funksiya bajarilishini ko’rsatadi. Tarmoq orqali uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlar bir-biriga mos kelishi uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi komp’yuterlar har bir ishni bir xil usulda bajarishlari kerak.
Tarmoq protokollari asosiy turlari Har xil firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan protokollarning bir nechta standart steklari mavjud bo’lib, ular o’zlarining pog’onalaridagi maxsus ishlarni amalga oshiradi. Ammo tarmoqda bajariladigan kommunikasion topshiriqlar protokollarni uchta turga ajratadi. Bular:
Amaliy protokollar;
Transport protokollari;
Tarmoq protokollari.
Protokollarning OSI modelining pog’onalaridagi bo’linishi. Amaliy protokollar OSI modelining yuqorigi pog’onalarida ishlaydi. Ular dasturlarning o’zaro ishlashini tamnlaydi va ular orasida axborot almashishni amalga oshiradi. Transport protokollari komp’yuterlar orasida seansni amalga oshiradi va ular orasidagi ishonchli ma’lumot almashishga kafolat beradi. Tarmoq protokollari aloqa hizmatlarini ko’rsatadi. Bu protokollar adreslash, marshrutlash, hatolarni tekshirish va qayta yuborishni amalga oshirish kabi vazifalarni boshqaradi. Xozirgi vaqtda 25 yil oldin AQShning MV buyurtmasi bilan ishlab chiqarilgan TCP/IP protokollari steki eng ommabop hisoblanadi. TCP/IP steki ikkita asosiy protokolni o’z ichiga oladi: TCP (Transmission Control Protocol) – ketma-ket fragmentlarga bo’lingan ma’lumotlarni kafolatli etkazishga javob beradi. Transport pog’onasi protokoli hisoblanadi. IP (Internet Protocol) – paketlarni uzatuvchi protokol, tarmoq protokollari jumlasiga kiradi. TCP/IP protokoli har xil toifadagi komp’yuterlar orasidagi axborot almashuvini amalga oshiradi. Bundan tashqari Internet resurslaridan foydalanishga ruxsat beradi. Shu bois TCP/IP protokoli tarmoqlararo protokollar turkumiga kiritildi. TCP/IP protokollari uchun yaratilgan maxsus protokollar steklariga quyidagilar kiradi: SMTP (Simple Mail Protocol) – elektron pochta; FTP (File Transfer Protocol) – EHMlar orasida fayl almashishni amalga oshirish va x.k.
Butun jahon global tarmog’i. U davlat, ta’lim, tijorat, harbiy va korporativ tarmoqlarni birlashtirib, IP (Internetvork Protokol) ma’lumotlarni uzatish protokoliga asoslangan. Ommaviy yoki xususiy ravishda yuqori darajali kommunikasiya xizmatlarini ta’minlovchi global axborot tizimi. Uning qismlari IP protokoliga asoslangan noyob manzil makoni orqali o’zaro bog’liqdir. Er sharini qamrab olgan o’zaro bog’liq komp’yuter tarmoqlari to’plami. Internet, barchasi IP protokolidan foydalanuvchi kompyuterlar, elektron pochtasi, e’lonlar doskalari, ma’lumotlar bazalari va mulohaza guruhlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi.
Internet - International - xalqaro va net - tarmoq so’zlaridan olingan. Internet bir rangli (odnorangovыy) tarmoq hisoblanadi, ya’ni tarmoqdagi barcha komp’yuterlar bir toifali bo’lib, istalgan komp’yuter tarmoqdagi boshqa komp’yuterga ulanishi mumkin.
Internet foydalanuvchilarga Axborot (informatsion) va kommunikatsion xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda;. Axborot xizmatlari – bunga axborotlardan foydalanishga ruxsat beruvchi xizmatlar kiradi tarmoqning axborot resurslariga, ya’ni serverda mavjud bo’lgan axborotlarni olish. Misol uchun xujjatlar, fayllar, har xil turdagi ma’lumotlar bazasidan axborotlarni olish va boshqalar.
tarmoqqa shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirish. Ma’lumotlarni joylashtirish uchun tarmoqda juda xam ko’p miqdorda serverlar mavjud bo’lib, ularga bepul ma’lumotlar joylashtirish mumkin. Kommunikatsion xizmatlar – muloqot va ma’lumotlarni almashish xizmatlari: qulay vaqtlarda ma’lumotlarni o’zaro almashish. Misol uchun elektron pochta mana shu tarzda ishlaydi. Yuboruvchi ma’lumotni qabul qiluvchining pochta qutisiga jo’natadi. real vaqt rejimida ma’lumot almashish. Misol uchun tarmoq orqali so’zlashish. Bularga chat serverlari xizmatlari kiradi Internat tarmog’iga ulangan har bir komp’yuter o’zining noyob IP adresiga ega bo’ladi. IP-adres - Nuqtalar bilan ajratilgan to’rtta sondan (oktet )iborat noyob son. Har bir son 0-255 oralig’ida bo’lishi lozim. Masalan, 212.134.145.156. Kompyuterdan osonroq erkin foydalanish uchun odatda uning domen nomidan foydalaniladi. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda IP manzillar provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. Provayder tomonidan berilgan IP manzilga ega bo’lmagan kompyuterlar (yo’naltirish to’g’ri sozlanganda) mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi IP manzillarga ega bo’lib, boshqa mahalliy kompyuterlar bilan ishlashi mumkin: 192.168.0.1 - 192.168.255.255 172.16.0.1 - 172.16.255.255 10.0.0.1 - 10.255.255.255 Ushbu kompyuterlar Internetga proksi serverlar yordamida ulanishi mumkin.
A sinf adresi – 0 dan 127 gacha B sinf adresi – 128 dan 191 gacha
C sinf adresi – 192 dan 223 gacha D sinf adresi – 224 dan 239 gacha E sinf adresi – 240 dan yuqori Domen tushunchasi Domen nomlar tizimiga (DNS – Domain Name Systems) binoan kompyuter tarmog’i bog’lamasiga berilgan noyob belgili nom. Internet tarmog’ida bu doimiy IP-manzilga ega bo’lgan qurilma nomidir. Odatda u bog’lamaning umumiy joylashishini belgilaydi. Har bir domen nomi tarmoqda ro’yxatdan o’tkazilib, alohida komp’yuter yoki funksional guruh (domen)ga birlashtirilgan identifikator bo’lib xizmat qiladi. Masalan, www.mvs.gov.uz 3-pog’ona domeni; mvs.gov.uz 2- pog’ona domeni; gov.uz 1- pog’ona domeni; uz 0- pog’ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog’ona domenlari shajarasi tashkil bo’ladi: yuqori pog’ona uz (O’zbekiston) domeni, o’z ichiga olgan gov (hukumat) domeni, uni o’z ichiga olgan mvs (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) va uni o’z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog’ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Nol pog’ona domenlari – ICANN tomonidan. 1chi va undan yuqori pog’ona domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi. ICANN – (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) domen nomlarini boshqaruvchi halqaro markaz (www.icann.org) E’tibor bergan bo’lsangiz domenlar nomi ko’pincha .com, .edu yoki .org bilan tugaydi. *.sot Tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi, masalan: microsoft.com, ibm.com. *.edu O’quv muassasalari uchun ishlatiladi, masalan: vcu.edu (Virginia Commowealth University), cmu.edu (Kornegi Mellon Universiteti), wsu.edu (Washington State University) *.gov Davlat muassasalari uchun ishlatiladi, masalan: gov.uz O’zbekiston xukumati; whitehouse.gov (AQSh OQ uy), *.org Notijorat tashkilotlar uchun ishlatiladi, masalan: irex.org (Ayreks tashkiloti), redcross.org (Amerika qizil kresti). *.net Internet ning xizmat provayderlari uchun ishlatiladi, masalan: internic.net (InterNIC), si.net (Srrint International). Bundan tashqari Davlatlarni ifodalovchi kodlar xam mavjud: *.uz – O’zbekiston *.ru – Rossiya *.us – AQSh *.kr – Koreya *.kz – Qozog’iston *.tr – Turkiya *.uk – Buyuk Britaniya *.jp – Yaponiya va boshqalar
URL - Uniform Resource Locator Unifikasiya qilingan resurs ko’rsatuvchisi. Internet tarmog’ida axborot resursi (sahifa, fayl) manzili. URL domen nomi, saytda sahifaga yo’l va sahifa fayli nomidan iborat. Misol: http://www.gov.uz/ru/uzbekistan/economics.html. Bu erda www.gov.uz saytning domen nomi, /ru/uzbekistan/ - yo’l va economics.html – fayl nomi. Odatda veb-sahifalarni tashkil qiluvchi fayllar .xml yoki .html kengaytmasiga ega bo’ladi. protokol://server_adresi/katalog_nomi/fayl_nomi
Download 20,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish