J talas olatovi, Piskom, va Chotqol tog'lari orqali o'tadi



Download 62,5 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi62,5 Kb.
#734650
Bog'liq
7- sinf geografiya tabiiy geografik okruglar.



46 mavzudan.
1) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugi Respublikamizning qaysi qismida joylashgan. J) Shimoliy sharqiy qismida,
2) Sirdaryo bilan G'arbiy Tyanshan tog'larida oralig'ida qaysi tabiiy geografik okrugi joylashgan. J) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugi.
3) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugining qaysi qismi Qozog'iston bilan O'zbekiston orasidagi chegaraga to'g'ri keladi. J) Shimoli-g'arbiy qismi.
4) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugining Shimoli-g'arbiy qismidan qaysi tizmalar o'tadi. J) Qorjantov bilan Ugom tizmalari.
5) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugining sharqiy chekasidagi Qirg'iziston bilan chegara qaysi tizmalar orqali o'tadi.
J) Talas olatovi, Piskom, va Chotqol tog'lari orqali o'tadi.
6) Chirchiq-ohangaron okrugini Qurama tizmasi qayerdan ajratadi.
J) Farg'ona vodiysidan.
7) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugining qaysi qismi chegarasi Sirdaryo bo'ylab o'tadi. J) Janubi-g'arbiy qismi.
8) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik o'lkasi qaysi hududlarni o'z ichiga oladi.
J) G'arbiy Tyanshan tog'larining bir qismi hamda chirchiq va ohangaron vodiylari va Dalvarzin cho'lini o'z ichiga oladi.
9) Chirchiq-ohangaron okrugi qayerdan qayerga tomon pasayib boradi.
J) Shimoli sharqdan janubi g'arbga. (Sirdaryo tomon pasayib boradi).
10) Chirchiq-ohangaron vodiylaridagi tog'lar qaysi eralar jinslaridan tarkib topgan.
J) paleazoy, mezazoy va kaynazoy,
11) Chirchiq-ohangaron vodiysidagi tog'larda qanday jinslari tarqalgan.
J) Granit, (paleazoy davrining) ohaktoshlari, Qumtosh va slanes.
12) Chirchiq-ohangaron vodiysining tog' etaklari va daryo vodiylarida qaysi davrlarning Tog' jinslari keng tarqalgan.
J) Paleogen, neogen, antropegen davr.
13) Chirchiq-ohangaron vodiysining tog' va daryo vodiylarida qanday jinslar keng tarqalgan.
J) (Paleogen, neogen, antropogen) davrning. Qum, gil va shag'al jinslari tarqalgan.
14) Chirchiq-ohangaron okrugi yer yuzasining tarkib topishi qaysi etadan bishlangan. J) Paleazoy erasidan.
15) Chirchiq-ohangaron tog'lari qaysi tog' burmalanishida ko'tarilgan.
J) dastlab Kaledon ,so'ngra Gersin. burmalanishida ko'tarilgan.
16) Chirchiq-ohangaron daryo vodiylarini qaysi erada dengiz qoplangan. J) Mezazoy erasidan.
17) Chirchiq-ohangaron okrugining hozirgi relyefi vujudga kelishida qaysi davrda sodir bo'lgan neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta. J) Antropogen davrning.
18) Chirchiq-ohangaron okrugidagi tog'lar qaysi tog'ning bir qismi hisoblanadi.
J) G'arbiy Tyanshan tog'lari.
19) Chirchiq-ohangaron okrugidagi tog'lar qaysi tog'larning bir qismi hisoblanadi.
J) G'arbiy Tyanshan tog'ining.
20) Chirchiq-ohangaron tog'lari Talas Olatovidan qaysi tomonga qarab yo'nalgan.
J) janubi-g'arbga panjasimon yo'nalishga ega.
21) Qorjantov, Ugom, psikom, ko'ksuv, Chotqol, chandalash tog'lari qaysi okrugining muhim tog'lari hisoblanadi. J) Chirchiq-ohangaron vodiysining.
22) Chirchiq-ohangaron okrugining eng g'arbida qaysi tuzma joylashgan.
J) Ugom tizmasi.
23) Ugom tizmasi Talas Olatovidagi manas cho'qqisi yaqinidan qaysi tomonga qarab davom etadi.
J) janubi g'arbga qarab.
24) Talas Olatovidagi manas cho'qqisining balandligi necha metr.
25) Ugom tizmasining eng baland nuqtasi qaysi cho'qqi.
J) Sayram cho'qqisi. (4236m).
26) Ugom tizmasining janubi g'arbiga qaysi tizma joylashgan.
J) Qorjantov. (Mingbuloq cho'qqisi).
27) Mingbuloq cho'qqisi balandligi necha metrga teng.
28) Ugom tog'ining sharqiy qismida unga parallel ravishda qaysi Tog' joylashgan.
J) Piskom tizmasi.
29) Piskom tog'ining eng baland nuqtasi qaysi cho'qqi. J) Beshtor ( 4299 m).
30) Ko'ksuv tog'i qayerda joylashgan.
J) Piskomning janubi-sharqida Chotqol daryosi bilan Ko'ksuv daryosi oralig'ida.
31) Piskom tog'ining Janubi-sharqida qaysi tizma joylashgan. J) Chotqol tizmasi.
32) Chotqol tizmasidan shimoli- g'arbga qarab qaysi tog'lar ajralib chiqqan.
J) Katta chimyon va kichik chimyon tog'lari.
33) Chotqol tog'idan janubi g'arbga qarab qaysi tog' ajralib chiqadi. J) Qurama tog'i.
34) Qurama tog'ining eng baland nuqtasi necha metr. J) Boboiob cho'qqisi. (3769 m)
35) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugining tekislik qismiga ko'proq qanday havo massalari kirib keladi.
J) Arktikaning sovuq, hamda g'arbdan esadigan iliq va nam havo massalari.
36) Chirchiq daryosi qaysi tog'lardan suv oladi.
J) Talas olatovi, Chotqol, Piskom, Qorjantov, va Ugom.
37)Chirchiq daryosi qaysi daryolarning qo'shilish Koyidaba Chirchiq nomini oladi.
J) chotqol va piskom daryolarining.
38) Chiqrchiq daryosining qaysi irmoqlari mavjud.
J) Chotqol, piskom, Ko'ksuv, Ugom,
39) Chiqrchiq daryosiga o'ng tomondan qaysi soylar quyiladi.
J) Qizilsuv soy, Qoraqiya soy, Oqtosh soy.
40) chirchiq daryosi suvining necha foizi Chotqol daryosiga to'g'ri keladi. J) 55 foizi.
41) Chirchiq daryosi suvining 36 foizi qaysi daryoga to'g'ri keladi. J) Piskom daryosiga.
42) Ugom daryosi Chirchiq daryosi suvining necha foizini tashkil etadi. J) 9 foizini.
43) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugida kichik ko'llar ko'p Ulardan eng kattalari qaysilar. J) Shovulko'l, Katta Arashon ko'li.
44) Chirchiq-ohangaron vodiylarining quyi qismida qanday tuproqlar tarqalgan. J) Bo'z tuproqlar tarqalgan. ( Ular madaniylashtirilgan tuproqlar).
45) Chirchiq-ohangaron okrugining necha metr balandgacha bo'lgan joylarida och tusli bo'z tuproqlar tarqalgan.
J) 300 - 500 metr gacha. ( Chirindi miqdori 1 - 1,5 foiz).
46) 500 -1200 metr balandliklarda qanday tuproqlar tarqalgan. J) tipik va to'q bo'z.
47) tipik va to'q bo'z tuproqlarda Chirindi miqdori necha foizini tashkil etadi. J) 4 - 6 foizni.
48) Chirchiq-Ohangaron okrugining 1200 - 2500 metr balandliklarda qanday tuproqlar tarqalgan. J) Qo'ng'ir tog' o'rmon va jigarrang tog' o'rmon tuproqlari tarqalgan. Ularda Chirindi miqdori 10 foizni tashkil etadi.
49) 2500 metrdan yuqorida qanday tuproqlar tarqalgan.
J) Tog'-o'tloq, tog'-botqoq, toshloq-shag'alli tuproqlar.
50) Chirchiq-ohangaron okrugidagi qizil kitobga kiritilgan noyob hayvonlarga qaysilar kiradi. J) Qor barsi ( irbis ) va Malla sug'ur ( Menzbir sug'uri).
51) Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugida qaysi milliy bog' va qo'riqxonalar mavjud. J) Chotqol biosfera qo'riqxonasi va Ugom- Chotqol davlat milliy bog'i.
52) Farg'ona vodiysini qanday nom bilan atashadi. J) O'rta osiy durdonasi.
53) Farg'ona vodiysini xaritadan ko'rinishi nimaga o'xshaydi. J) Bodomga.
54) Farg'ona vodiysini qaysi tomonidan Mo'g'ultog' va Qurama tizmalari o'rab turadi. J) Shimoli-g'arbdan.
55) Farg'ona vodiysini sharqdan qaysi tizmalar o'rab turadi. J) Farg'ona tizmasi.
56) Farg'ona vodiysini shimoldan qaysi tizmalar o'rab turadi. J) Chotqol tizmasi.
57) Farg'ona vodiysini janubdan qaysi tizmalar o'rab turadi. J) Oloy-Turkiston tiz.
58) Farg'ona vodiysini uzunligi g'arbdan-sharqga necha km masofaga cho'zilgan. J) 370 kmga cho'zilgan. Kengligi o'rtacha 190 kmga.
59) Farg'ona vodiysini Eng tor Yeri g'arbida necha km ga teng.
J) Xojand darvozasi 9 km ga yetadi.
60) Farg'ona okrugi qaysi davrda dengizdan bo'shab quruqlikka aylangan. J) Neogen davrining oxiri Quyi Antropogen davrida.
61) Farg'ona vodiysidagi tog'lar asosan qaysi erada sodir bo'lgan tog' hosil davrida quruqlikga aylangan. J) Paleazoy erasidagi gersin Tog' hosil bo'lish davrida.
62) Farg'ona tog'lari Paleazoy erasining qanday jinslaridan iborat. J) slenes va Ohaktosh.
63) Farg'ona vodiysidan qanday foydali qazilma konlari mavjud.
J) Neft, gaz, oltingugurt, gips, Tog' mumi, o'tga chidamli gil.
64) Farg'ona okrugi yer usti tuzilishi jihatdan qayerdan qayerga tomon pasayib boradi. J) Markaz tomon hamda sharqdan g'arbga tomon.
65) Farg'ona okrugini o'rab olgan adirlarning balandligi necha metrga yetadi. J) 600-1200 metrgacha
66) Farg'ona vodiysini o'rab olgan adirlarning balandligi Farg'ona shahrida necha metrga tushib qoladi. J) 578 metrga.
67) Adirlarning balandligi Andijon shahrida necha metrga tushib qoladi. J) 496 metr.
68) Adirlarning balandligi Namangan shahrida necha metrga tushib qoladii. J) 449 metrga.
69) Farg'ona okrugini sharqida mutloq balandligi Uchqo'rg'onda necha metr bo'ladi. J) 500 metr.
70) Farg'ona okrugini g'arbida qaysi shahrida mutloq balandligi 405 metrga yetadi. J) Qo'qon shahrida.
71) Xo'jandda mutloq balandligi necha metr bo'ladi. J) 320 metr.
72) Farg'ona okrugini qaysi qismi botiqdan iborat. J) Markaziy qismi.
73) Farg'ona botig'ining markaziy qismida qaysi cho'llar mavjud. J) Yazyavon va Qoraqalpoq cho'llari.
74) Farg'ona vodiysidagi eng katta yoyilmani qaysi daryo olib keladi. J) So'x daryosi.
75) Farg'ona okrugini tog'lar bilan o'ralganligi qaysi tomondan esuvchi sovuq havo massalari to'sib qoladi. J) Shimoli-sharqdan.
76) Farg'ona vodiysidagi tog'lar qaysi tomondan esuvchi nam havo massalarini o'tishiga to'siq bo'ladi. J) G'arbdan esuvchi nam havo massalarini.
77) Qish faslida Farg'ona okrugidagi sovuq havo qayerda to'planadi.
J) Farg'ona botig'ining markaziy qismida
78) Farg'ona okrugida havo harorati qayerdan qayerga tomon pasayib boradi. J) Sharqdan g'arbga tomon hamda markaziy qismidan adirlar tomonga.
79) Qo'qonda yanvarning o'rtacha harorati necha gradus Iyulda esa necha bo'ladi. J) Yanvarda -2,2° C bo'lsa. Iyulning o'rtacha harorati +27,5° C ga yetadi.
80) Kampirravotda Yanvarning o'rtacha harorati necha gradus Iyulda esa necha gradus bo'ladi. J) Yanvarning o'rtacha harorati 4,8° C ni. Iyulniki +24,9° C.
81) Farg'ona okrugida shimol va shimoli sharqdan sovuq havo massalari tog'lardan oshib o'tishi natijasida harorat payasyib ketganda eng sovuq harorat necha gradus bo'ladi. J) -26-30° C ga tushadi.
82) Farg'ona okrugida Iyulning o'rtacha harorati necha gradus bo'ladi. J) +26+27° C.
83) Farg'ona okrugida eng issiq harorati necha gradus bo'ladi. J) +43+44° C.
84) Farg'ona okrugida o'simliklarning vegetasiya davri necha kun davom etadi. J) 230-240 kun davom etadi.
85) Farg'ona vodiysidagi yillik harorat yig'indisi necha gradusga yetadi.
J) 4400-4500° C ga yetadi.
86) Farg'ona tabiiy geografik okrugining qaysi qismida yog'in miqdori necha 80-250 mm. J) G'arbiy qismida.
87) Okrugining sharqida adir va tog'oldi qismiga yog'in miqdori necha mm ga teng. J) 300-400 mm ga teng.
88) Farg'ona vodiysida qorlar necha kungacha erimay turadi. J)30- 38 kun.
89) Farg'ona okrugida qishda qaysi shamol vodiydan Mirzacho'l tomonga esadi. J) Bekobod shamoli.
90) Farg'ona vodiysida bahor va kuzda qanday shamollar esadi. J) Qo'qon shamoli.
91) Farg'ona vodiysining eng yirik daryolari qaysilar. J) Sirdaryo, Norin va Qoradaryo.
92) Farg'ona okrugidagi qaysi daryoning uzunligi 578 km ga teng va qor va muz suvlaridan to'yinadi J) Norin daryosini.
93) Norin daryosining necha foiz suvi mart sentabr oylariga to'g'ri keladi. J) 80 foizi.
94) Tor va qora gulja daryolarining qo'shilishidan qaysi daryo vujudga keladi. J) Qoradaryo.
95) Qoradaryo qaysi tizmalardan boshlanuvchi Tor va G'ulja daryolarning qo'shilishidan hosil bo'ladi. J) Farg'ona va Oloy tizmalaridan.
96) Qoradaryo va Norin daryolari qaysi qishloq yaqinida birlashadi. J) Baliqchi qishlog'i yaqinida.
97) Qaysi daryoning uzunligi 180 km ga teng. J) Qoradaryoning.
98) Qoradaryo nimadan to'yinadi. Qor va muz suvlaridan.
99) Farg'ona tizmasidan qaysi daryo va soylar boshlanadi. J) Yassi, Ko'gart, Qorao'ngur, Moylisuv. daryo va soylari ular qorlarning erishidan to'yinadi.
100) Chotqol va Qurama tog'laridan qaysi soy va daryolar boshlanadi. J) Chodaksoy, Kosonsoy, Namangansoy, Chortoqsoy, Podshoota, Qorasuv kabilar.
101) Farg'ona okrugining Shimol va g'arb tomondan qaysi tog'lar o'rab olgan.
J) Chotqol va Qurama.
102) Oloy va Turkiston tog'laridan qaysi soy va daryolar boshlanadi. J) Xo'jabaqirg'on, Isfara, So'x, shohimardon, Isfaramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshab. 103) Farg'ona vodiysining markaziy past qismida Sirdaryo qayirlarida qanday tuproqlar tarqalgan. J) O'tloq, o'tloq-botqoq tuproqlari.
104) Farg'ona vodiysining grunt suvi yuza joylarda qanday tuproqlar tarqalgan. J) Botqoq- Sho'rxok, Sho'rxok tuproqlar.
105) Qumoq va qumli tuproqlar Farg'ona vodiysining qaysi cho'llarida tarqalgan. J) Yanzyavon va Qoraqalpoq cho'llarida.
106) Farg'ona okrugining yerosti suvlari chuqur bo'lgan tekislik qismida va Adirlarda qanday tuproqlar tarqalgan.
J) Och tusli, oddiya (tipik) va to'q tusli bo'z tuproqlar tarqalgan.
107) Farg'ona vodiysining 300-500 metr balandliklarida och tusli bo'z tuproqlarda chirindi miqdori necha foizni tashkil etadi. J) 1-1,5 foiz.
108) Oddiy bo'z tuproqlarda necha metrgacha balandlikda tarqalgan va ularda chirindi miqdori necha foizi. J) 500-800 metr balandliklarda. 1,5 - 2,5 foizni.
109) Farg'ona vodiysining okean sathidan 800 - 1400 balandliklarda tarqalgan to'q tusli bo'z tuproqlarda chirindi miqdori necha foizni tashkil etadi. J) 3,5 - 4 foizni.
110) Farg'ona okrugiga tutashgan tog' yonbag'irlarida qanday daraxtlar o'sadi. J) archa, terak.
111) Farg'ona vodiysining to'qaylarida qaysi hayvonlar uchraydi.
J) Chiyabo'ri, qirg'ovul, g'oz, o'rdak.
112) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi qayerda joylashgan.
J) Sirdaryo bilan Arnasoy ko'llari oralig'ida.
113) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi Shimolda qaysi davlat bilan chegaradosh. J) Qozog'iston bilan.
114) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi qaysi tomonda Tojikiston bilan chegaradosh. J) Janubi sharqda.
115) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi shimoli g'arbda qayer bilan chegaradosh. J) Qizilqum bilan.
116) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugining janubi va janubi g'arbida qaysi tog' tizmalari joylashgan. J) Turkiston, Morguzar, Nurota.
117) Turkiston, Morguzar, Nurota tog'larining shimoliy yonbag'ri qaysi tabiiy geografik okrukga to'g'ri keladi. J) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi.
118) Turkiston, Morguzar, Nurota tog'larining janubiy yonbag'ri qaysi tabiiy geografik okrug. J) O'rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi.
119) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi qayerdan qayerga tomon pasayib boradi. J) Janubi sharqdan shimoli g'arbga tomon.
120) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugining janubidagi tog' tizmalari qaysi erada ko'tarilgan. J) Paleazoy erasining Gersin Tog' hosil bo'lish jarayonida.
121) Mirzacho'l tabiiy geografik okrugi qaysi erada dengiz suvi ostida bo'lgan. J) Paleazoy erasida.
122) Qaysi tog' hosil bo'lish jarayonida o'sha pasaygan tog'lar ko'tarilib dengiz suvi chekinib tekislik quruqlikka aylangan. J) Alp tog' hosil bo'lish jarayonida. 123) Mirzacho'l tabiiy geografik o'rtacha balandligi necha metr. J) 250-300 metr. 124) Mirzacho'l okrugining Shimoli g'arbiy qismining balandligi necha metrga yetadi. J) 260 metr.
125) Mirzacho'l okrugining qaysi qismi 350 metr balandlikdan iborat. J) Janubi sharqiniki
126) Sirdaryo sohillarida okrugining balandligi necha metrga yetadi. J) 250 metr.
127) Mirzacho'l okrugining qaysi qismida balandlik 450-530 metrni tashkil etadi. J) Janubidagi tog'etaklarida.
128) Morguzar tog'ining O'rtacha balandligi necha metrga yetadi. J) 1500-2000 m.
129) Morguzar tog'ining eng baland nuqtasi necha metr. J) 2621 metr.
130) Morguzar tog'i g'arbga davom etib Sangzor daryosi orqali qaysi tog'dan ajraladi. 131) Sangzor daryosining eng tor joyi qaysi darvozaga to'g'ri keladi.
J) Amir Temur darvozasi. ( Ilono'tdi darasi ) 1425- yilda Ulug'bek tomondan "Zafarnoma" qoya toshga o'yib yozdirilgan.
132) Ilono'tdi darasining kengligi necha metrga yetadi. J) 120 - 130 metr.
133) Nurota qanday balandlikdagi tog' hisoblanadi. Eng baland nuqtasi.
J) O'rtacha balandlikdagi tog'. Hayotboshi cho'qqisi ( 2169 metr ).
134) Nurota tog'ining qaysi qismini Qo'ytosh deb ataladi. J) sharqiy qismini.
135) Qo'ytosh tog'i etagida qaysi tog' joylashgan. J) Pistalitog'.
136) Baliqlitog' qayerda joylashgan. J) Qo'ytosh tog'ining janubi sharqida.
137) Baliqli tog'ning eng baland yerlari necha metr. J) 500 - 580 metr atrofida.
138) Qaysi tog'lar asta sekin pasayib Mirzacho'l tekisligiga tutashib ketadi. J) Turkiston - Nurota tog'lari.
139) okrugining markaziy qismida Sirdaryoning qadimiy o'zanlarida qaysi botiqlar joylashgan. J) Yettisoy, Yog'ochota, Qorasuv, Sardoba, Sho'ro'zak kabi botiqlar.
140) Mirzacho'l okrugi Arnasoy tomon pasayib boradi. Bu o'zansimon botiqlarda qaysi tepachalar joylashgan. J) Mirzacho'l, Mirzaobod, Boyovut, Yerijar.
141) Mirzacho'l okrugining asosiy foydali qazilmalar qaysilar. J) Marmar, ohaktosh, asbest, tuzlar va polimetall rudalari.


Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish