Jadidchilik yoki jadidizm



Download 202,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.08.2022
Hajmi202,17 Kb.
#847169
1   2   3   4
Bog'liq
Jadidchilik - Vikipediya

Xiva jadidchiligi
20-asr boshlarida 
Xivada
shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-
sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning oʻng oqimi
xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini
oʻziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni 
Asfandiyorxonning
bosh vaziri Islomxoʻja
boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab
qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali erkin bozor munosabatlarining
rivojlanishiga keng yoʻl ochib berishni maqsad qilib qoʻygan edi.
Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli
tabaqa vakillarini birlashtirgan boʻlib, qozikalon 
Bobooxun Salimov
uning rahbari edi. Ular Xiva
xonligida 
yangi usul maktablari
tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini oʻstirish
maqsadini qoʻyishgan edi. 1904-yil „jamiyati xayriya“ tuzilib, uning koʻmagi bilan Xiva shahrida
dastlabki yangi usul maktabi ochildi (1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari maʼrifiy ishlar bilan
kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash ham olib bordilar. 
Birinchi jahon
urushigacha
 Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari boʻlmagan. Biroq
jadidchilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib, 1914-yil avgustda u
partiya shaklini olgan.
1904-1905-yillardagi 
rus-yapon urushi
, 1905-1907-yillarda boʻlgan 
1-rus inqilobi
, 1905-1911-
yillardagi 
Eron inqilobi
, 1908-yil Turkiyada boʻlgan 
Yosh turklar inqilobi
jadidlar
dunyoqarashiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Jadidlar oʻz 
gazeta
va 
jurnallari

yangi usul maktablari
,
turli 
kutubxona
 va 
qiroatxonalar
, havaskor 
teatr
truppalari tevaragida toʻplanishar edi.
Ularning koʻpchiligi shu davrning koʻzga koʻringan ijodkorlari — shoir-u yozuvchilar edi. Ular
oʻz asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang
bordi. 1910-yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning markaziy mavzuiga aylandi.
Adabiyotga „millat“ va „vatan“ tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga ragʻbat kuchaydi.
Yangi zamonaviy dostonchilik maydonga keldi, 
publitsistika
 (
Behbudiy

Fitrat

Munavvarqori
,
Mirmuhsin
) rivojlandi, 
realistik
 
proza
shakllandi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti
Oʻzbekiston
mustaqilligidan keyin milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti deb davrlashtirildi.
Adabiyoti va sanʼati


Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham roʻy berdi.
Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning
vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi. 
Yevropa
koʻpovozli musiqa
sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat
etishgan. 1919-yilda 
Toshkentning
Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi
bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar)
boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning
deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining
tegishli boʻlimlariga — adabiyotiteatrimusiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga
dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga
qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha
usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, 
Abdulvohid Burhonov

Abdulla Avloniy
va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.
Jadidchilik harakati davomida ularning oʻz 
matbuoti
 shakllandi. Jadidlar 
Toshkentda
1905-
1906-yillarda „Taraqqiy“ (muharriri — 
Ismoil Obiliy
), „Xurshid“ (muharriri — 
Munavvarqori
),
1907-1908-yillarda „Shuhrat“ (muharriri — 
Abdulla Avloniy
), „Osiyo“ (muharriri — 
Ahmadjon
Bektemirov
), „Tujjor“ (muharriri — 
Saidkarimboy Saidazimboy oʻgʻli
), 
Buxoroda
 1912-yilda
„Buxoroyi sharif“ (muharriri — 
Mirzo Jalol Yusufzoda
), „Turon“ (muharriri — 
Gʻiyos maxsum
Husayniy
), 
Samarqandda
 1913-yilda „Samarqand“ (muharriri — 
Mahmudxoʻja Behbudiy
),
Toshkentda „Sadoyi Turkiston“ (muharriri — 
Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
), 
Qoʻqonda
„Sadoyi Fargʻona“ (muharriri — 
Obidjon Mahmudov
) gazetalari va Samarqandda 1913-1915-
yillarda „Oyina“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda 1915-yil „Al-isloh“
(muharriri — 
Abdurahmon Sodiq oʻgʻli
) jurnallarini nashr qilishdi. Shuningdek, 1917-1918-
yillarda Toshkentda „Najot“ (muharriri — Munavvarqori), „Kengash“ (muharrirlari — 
Ahmad
Zakiy Validiy
 va Munavvarqori), „Turon“ (muharrirlari — M. Afandizoda, Abdulla Avloniy), „Ulugʻ
Turkiston“ (muharriri — 
Kabir Bakirov
), „Shuroy Islom“ (muharriri — 
Abdulla Battol
), „Turk soʻzi“
(muharriri — 
Temirbek Xudoyorxonov
), „Turk eli“ (tahririyati), Samarqandda „Hurriyat“
(muharrirlari — 
Mardonqul Shohmuhammadzoda

Akobir Shomansurov

Fitrat
), Qoʻqonda
„Tirik soʻz“ (muharriri — Obidjon Mahmudov), „El bayrogʻi“ (muharriri — 
Boʻlat Soliyev
)
gazetalari va „Kengash“ (muharriri — 
Hamza
), „Yurt“ (muharriri — 
Ashurali Zohiriy
) jurnallari
chop qilindi.
Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz sahifalariga koʻchirish bilan kifoyalanmay, qanday ishlarni
birinchi navbatda amalga oshirish masalasini oʻrtaga qoʻydi. 1909-yilda Toshkent yosh
ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“ tashkil etildi. Mahalliy yoshlardan davlat
mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash, kambagʻal
Matbuoti


musulmonlarga madaniy-maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi qoʻyildi. Bu millatning boshqa
xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan tadbirlar edi.
Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida koʻrindilar. Xalq ularda oʻz himoyachilarini his
etdi. 
Sirdaryo viloyatidan
Peterburgda
oʻtadigan Davlat dumasiga aʼzolikka saylangan
Abduvohidqori Abduraufqoriyevga
Toshkent, 
Chimkent
va boshqa joylarning aholisidan 12
moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda koʻpgina
ijtimoiy talablar koʻrsatilgan edi. Abduvohidqori 1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda 
Sadri
Maqsudiy

Muso Jorilloh

Alimardon Toʻpchiboshev
 kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib,
musulmon fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori,
oradan koʻp oʻtmay, qamoqqa olindi va 
Tulaga
surgun qilindi.
Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906-1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini belgilab oldi.
Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, oʻzligini anglab,
uyushishga chakirdi. Oʻlka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi.
Choʻlpon
 sheʼr va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi.
Mashhur advokat 
Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
oliy oʻquv yurtini tashkil etish, 
soliqlarni
tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berish masalasini bayon qildi. 
Lev Tolstoy
bilan fikrlashish chogʻida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan Ubaydullaxoʻja
Asadullaxoʻjayev chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini
davlat ishidan chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud
hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi.
Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni „har vaqt gʻaflat uyqusidan
uygʻotuvchi millat ongining ochqichi“ ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini
hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda „Erk“, „Turon“, „Oʻqituvchilar
jamiyati“ kabi uyushmalar paydo boʻldi. Munavvarqori aytganidek, „Ularning butun umidi
Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod
qilish, ularning haququqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot
ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga
qaratilgan edi“.
Jadidlar bu davrda „Ozodlik, tenglik va adolat“ shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil
mardikorlikka olish voqeasiga munosabati gʻoyatda eʼtiborga molikdir. Mardikorlikka olish —
Birinchi jahon urushi
ketayotgan joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning
1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865-
yil shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general 
Aleksey Kuropatkinning
xulosasiga qaraganda,
„Aholi va maʼmuriyat turar joydan tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday
shoshilinch amalga oshirilgan tadbir ogʻir tartibsizliklarni keltirib chiqargan“. Aholi uchun ana
shunday musibatli paytda jadidlarning koʻzga koʻringan namoyandalaridan Ubaydullaxoʻja


Asadullaxoʻjayev („Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi“ raisi) va millatparvar boy
Mirkomilboy Mirmoʻminboyev
Rossiya jamoatchiligining eʼtiborini bu masalaga jalb etish,
farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yoʻl oldilar. Davlat dumasining 1916-yil 13- va 15-
dekabr kunlari oʻtgan majlisida 
Nikolay IIning
25-iyundagi farmoni Rossiya imperiyasining
qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada
muhokama qilingunga qadar iyun—avgust oylarida jadidlar harakati orqali bir necha 
eshelon
toʻxtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil 
feval inqilobi
boshlanishi bilan toʻla amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obroʻsini koʻtardi. Mazkur
holat jadidlar maʼrifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon oʻtganliklarini bildirar edi.
1917-yil jadidchilik harakati oʻzining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Fevral inqilobidan soʻng
oʻzbek

tatar
va 
qozoqlar
birlashishga ahd qiladilar va „Turon“ uyushmasi zaminida „Shuroi
Islomiya“ jamiyati tuzildi (asoschilari 
Munavvarqori

Abduvohidqori Abduraufqoriyev
,
Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
). 1917-yil 14-martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va
shaharlarga targʻibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov
toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan shugʻullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi.
Jadidlar joylarda „Shuroi Islomiya“ tizimi yaratilishining tashabbuskori boʻldilar. Turkistonga
muxtoriyat maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi.
Turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasi kun tartibidan mustahkam oʻrin oldi. Oʻzbek, qozoq,
qirgʻiz

qoraqalpoq

boshqird
, tatar, 
turkman
 kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu
asosda federativ yoki muxtoriyatli davlat qurish masalasi boʻy koʻrsata bordi. Ammo,
Munavvarqori soʻzi bilan aytganda, koʻpgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat oʻrtasidagi
farqni tushunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari chin maʼnodagi respublikani
barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga toʻliq tayyor boʻlishmagan. Qozoq va
boshqird namoyandalari — 
Mustafo Choʻqay

Zakiy Validiy
va boshqalar 
Peterburg
ularga
hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib,
mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar.
Toshkentda
„Shoʻroi Islomiya“, „Turon“, „Shoʻroi Ulamo“, „Ittifoqi muslimin“, Qoʻqonda
„Gʻayrat“, 
Buxoroda
Yosh buxoroliklar

Xivada
 
Yosh xivaliklardan
 tashqari, 
Samarqandda
„Ittifoq“, „Mirvaj ul-islom“, „Miftah ul-maorif“ kabi tashkilotlar faoliyat koʻrsata boshladi.
Bularning ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishini belgilashda 
Munavvarqori

Ubaydullaxoʻja
Asadullaxoʻjayev

Mahmudxoʻja Behbudiy

Majid Qori Qodiriy
,
Ashurali Zohiriy
, Zakiy Validiy,
Mustafo Choʻqay, 
Fitrat

Fayzulla Xoʻjayev

Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev

Sherali Lapin
,
Mirkomilboy Mirmoʻminboyev

Obidjon Mahmudov

Polvonniyoz hoji Yusupov

Toshpoʻlatbek
Norboʻtabekov
 va boshqalar faollik koʻrsatdilar.
Panturkizm


„Shoʻroi Islomiya“ning tashabbusi bilan 1917-yil 16-22-aprel kunlari Butun Turkiston
musulmonlarining 1-qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida
Turkiston oʻlkasining davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda
Turkiston oʻlka musulmonlari Shoʻrosi (Kraymussovet) — Milliy markazni tashkil etishga qaror
qilindi. Milliy markazga rais boʻlib Mustafo Choʻqay, unga oʻrinbosarlar qilib Validiy va
Asadullaxoʻjayev saylanadi. Bu esa tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik
harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi.
Milliy markazning 1917-yil 12-iyunda boʻlib oʻtgan yigʻilishida barcha jamiyat va
uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari Shoʻrosiga boʻysunishi haqida Nizom qabul
qilinadi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari — mardikor va dehqonlarga toʻliq
huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va gʻoyaviy tarbiyalash edi.
1917-yil aprel-iyun oylari orasida jadidlar koʻpgina siyosiy masalalarni va ularga oʻz
munosabatlarini belgilab oldilar. Pirovardida hududiy muxtoriyat uchun siyosiy vaziyat pishib
yetilganini anglab yetdilar.
1917-yil 1-11-mayda 
Moskvada
boʻlgan Butun Rossiya musulmonlarining 1-qurultoyi bergan
turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi. 1917-yil 12-14-iyulda 
Fargʻonada
boʻlib oʻtgan musulmon tashkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar koʻrib chiqildi. Unda
„Turk Adami Markaziyat (Federalistlar)“ firqasining dasturi (maromnomasi) va 22 moddadan
iborat nizomi qabul qilindi.
1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston va Qozogʻiston
musulmonlarining qurultoyida „Shuroy Islomiya“ va „Shoʻroi Ulamo“, „Turon“ va boshqa siyosiy
tashkilotlarni birlashtirish yoʻli bilan „Ittifoqi muslimin“ siyosiy partiyasini tuzishga kelishildi.
Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-noyabrda 
Qoʻqonda
boʻlgan
Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat markazida turdi.
Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati
hukumati (raisi — 
Muhammadjon Tinishboyev
, soʻngra Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi. Fitrat,
Choʻlpon

Hamza
singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab, satrlar bitishdi.
1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati 
bolsheviklar
tomonidan qonga botirilgach, jadidchilik
harakati kuchli oʻzgarishga uchradi. 
Sovet rejimi
bilan murosa qilishni xohlamagan Turkiston
jadidlarining katta qismi istiqlolchilik harakati saflarida va yashirin milliy tashkilotlarda
faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish boshlashga majbur
boʻldilar.
Sovet hukumati oʻrnatilgandan keyingi ahvoli


Buxoro amirligi
 va 
Xiva xonligida
ahvol sal boshqacharoq kechdi. 1920-yilda 
qizil armiya
har
ikki davlat hududiga bostirib kirdi. 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
 va 
Xorazm Xalq Sovet
Respublikasi
 tuzilib, jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi. Demak, 1920-yildan jadidchilik
harakati oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga, yaʼni sovetlar bilan murosa yoʻliga qadam
qoʻydi.
1920-yil 1-7-sentabrda 
Bokuda
Sharq xalqdari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan
qarorlar Turkiston xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol oʻynadi. Unda 
Munavvarqori
,
Turor Risqulov

Choʻlpon

Salimxon Tillaxonov

Rajab Muhamedov

Qudratilla Yunusov
,
Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov

Obidjon Mahmudov

Toʻraqul Jonuzoqov

Zayniddin qori
Nasriddinov

Hoji Safo Joʻraboyev

Gʻozi Yunus
 kabi turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90
kishi ishtirok etdi. Qurultoy ishida 
Turkiyadan
kelgan va shaxsan 
Leninning
oʻzi yuborgan
Anvar posho
ham qatnashdi. Biroq, mazkur qurultoy bolsheviklarning 
Angliyaga
qarshi
qaratilgan doʻq-poʻpisasi ekanligi majlislarda ayon boʻldi. Shu bois turkistonlik 40 nafar
delegat qurultoy tugagach, oʻzaro kengash oʻtkazib, unda „Turkistondagi sovet hokimiyatiga
qarshi tashviqot ishlari“ni avj oldirishga va „Oktabr inqilobining uch yilligi kunida umumxalq
qoʻzgʻoloni koʻtarish“ga axd qildilar. Biroq, ularning bu rejasi toʻliq amalga oshmadi.
Turkiston jadidlari faoliyati butun oʻlkani qamraydigan, inglizlarning skauting maktab
dasturiga yaqin dastur asosida ishlaydigan „Turon kuchi“, „Turk kuchi“, „Temur“, „Izchilar“,
„Lochin“ kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruxlar oʻrta maktab taʼlimi, hunar, sanʼatdan tashqari,
harbiy mashqlar bilan shugʻullanib, shoʻrolarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida koʻrina
boshladi. 1920-yil sovet rejimi bu guruxlar faoliyatini tugatdi.
Fargʻona
 va 
Toshkentdagi
voqealar yakuni jadidlarning umidlarini soʻndira olmadi. Ular
Buxoro respublikasi rahbarlari bilan birgalikda ish boshladilar. 
Buxoroda
jadid
taraqqiyparvarlar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga koʻra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident)
va parlament boshqarishi koʻzda tutilgan edi.
1921-yil 2-5-avgustda Buxoroda 
Validiy
boshchiligida Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzildi.
U istiqlolchilik harakatini jipslashtirishda muhim rol oʻynaydi. Turkiston milliy birligi tashkiloti
bilan 
Munavvarqori
rahbarligidagi „Milliy ittihod“ (1919-yil tuzilgan) tashkiloti oʻzaro
hamkorlikda faoliyat koʻrsatdi. Har ikki tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro respublikasi,
umuman, Turkiston mintaqasini 
sovetlashtirish
va 
ruslashtirish
taʼsiridan saqlab qolish,
Turkistonning mustaqilligiga erishish boʻlgan. 1925-yil „Milliy ittihod“ tashkiloti asosida „Milliy
istiqlol“ tashkiloti tuziladi.
Soʻnggi yillari


Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda
sovet rejimi turli siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“, „Inogʻomovchilik“, „Qosimovchilik“,
„Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda 
qatagʻon
qilishga
kirishdi. 1929-yil noyabrda 
Munavvarqori
boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi
(keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli zarba berildi.
Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga
koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra, shoʻro
adabiyotlarida aytilganidek, „bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya
vakillari“ emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik
jarayonning namoyandalari edi.
Turkistonda sovet xrkimiyati zoʻravonlik yoʻli bilan oʻrnatilgach, jadidlarning bir qismi faol
siyosiy xayotdan chetlashib, faqat badiiy ijod bilan shugʻullandi (
Abdulvohid Burhonov
,
Abdulla Avloniy

Sadriddin Ayniy
va boshqalar). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-maʼrifiy
shohobchalarida mehnat qilishdi (
Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
, Munavvarqori, 
Hamza
,
Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev

Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov
va boshqalar). Baʼzi jadidlar
„mahalliy kommunistlar“ sifatida yuqori davlat va hukumat lavozimlarida ishlashni davom
ettirdi (
Fayzulla Xoʻjayev

Abdulqodir Muhiddinov

Nizomiddin Xoʻjayev
va boshqalar). Ayrim
jadidlar boʻlsa, Turkistondagi istiqlolchilik harakati saflariga borib qoʻshildi va xorijga
muhojirlikka joʻnab ketdi (
Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev

Sadriddinxon Sharifxoʻjayev

Abdulhamid
Oripov
 va boshqalar).
Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan tashqari) 30-
yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirgʻin natijasida halok boʻldi.
Jadidchilik harakatiga sovet davrida „millatchilik“, 
panturkizm

panislamizm
tamgʻalari bosilib,
qoralandi. Jadid adabiyotini oʻqish taqiqlandi.
Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb taʼrif berilgan.
SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta
tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va
pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga
kiritishdi. Mustaqillik yillarida 
Fitrat

Choʻlpon

Abdulla Avloniyning
 2 jildli, 
Behbudiy

Abdulla
Qodiriy

Sidqiy Xondayliqiy

Ibrat

Ajziy

Soʻfizodaning
 1 jildli, shuningdek, 
Fayzulla Xoʻjayev
,
Munavvarqori

Polvonniyoz hoji Yusupovning
asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur
vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent,
1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi.
Oʻzbekiston mustaqilligidan keyingi talqin


1999-yil 16-18-sentabrda 
Toshkentda
„Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish,
taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)“ mavzuida
xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda 
AQSH

Germaniya

Fransiya

Italiya

Niderlandiya

Turkiya
,
Rossiya

Hindiston
 va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va
istiqlolchilik harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan
oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul
ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq
qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi
Tarbiyai atfol
Jadid teatrlari
1. Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov, Qahramon (2000-2005). "Jadidchilik". Oʻzbekiston milliy

Download 202,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish