Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ” fanidan


–rasm. O‘zbekiston Respublikasining jahon bozorlari bilan tranzit aloqalari



Download 0,84 Mb.
bet9/14
Sana10.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#652801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

2 –rasm. O‘zbekiston Respublikasining jahon bozorlari bilan tranzit aloqalari
Manba: O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi ma’lumotlari / www.uztranscom.uz
- Transafg‘on yо‘lagi Afg‘on muammosi tо‘la bartaraf etilsa, Eron portlariga muqobil Afg‘oniston orqali Hind okeaniga (Karachi, Kvetta) chiqadigan yangi yо‘nalish vujudga keladi. Bunda О‘zbekistonning tranzit ahamiyati yanada oshishi mumkin. Chunki О‘zbekiston Afg‘oniston bilan transportning barcha turlari orqali bog‘langan mintaqadagi yagona davlatdir. Shunga kо‘ra, bu yо‘nalishdagi asosiy yuk oqimi mamlakatimiz orqali о‘tishi va Termiz yirik xalqaro transport tuguniga aylanishi mumkin.
Hozirgi paytda Transafg‘on yо‘lagini shakllantirish eng istiqbolli loyihalardan biri sifatida qaralmoqda. Birinchi bosqichda xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston avtomobil yо‘llari tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va kengaytirishga e’tiborni qaratdi. AQSH, Saudiya Arabistoni va Yaponiya yordamida “Katta afg‘on halqasi”ning janubiy qismini tashkil qiluvchi Qobul-Qandahor avtomobil yо‘lining qurilishi yakunlandi. Osiyo taraqqiyot banki halqaning shimoliy qismini tashkil etuvchi 600 kilometrli Mozori Sharif–Hirot yо‘lini tiklashga mablag‘ ajratdi. Hindiston Dilorom–Milak uchastkasining qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash majburiyatni oldi. О‘zbekiston Shimoliy Afg‘oniston va Qobul о‘rtasida normal transport aloqasini tiklash imkonini beruvchi 11 kо‘prikni ta’mirladi.
Hozir kun tartibida Afg‘onistonda birinchi temir yо‘lni qurish masalasi turibdi. Bu bir kilometr ham temir yо‘lga ega bо‘lmagan Afg‘oniston tarixida yangi bosqich yasashi, ayni vaqtda, butun makromintaqa uchun ulkan geoiqtisodiy imkoniyatlar yaratishi mumkin. Hayraton–Mozori Sharif temir yо‘l tarmog‘i (68 km) qurilishi loyihasiga bu sohadagi dastlabki qadam deb qaralmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish Markaziy Osiyoning magistral yо‘llarini Afg‘oniston shimolidagi muhim iqtisodiy punkt bilan tutashtirish imkonini beradi. Bu Afg‘oniston temir yо‘llar tarmog‘i yanada kengayishi, shu jumladan Eron va Pokiston portlari yо‘nalishida tarmoqlanishiga poydevor yaratadi.
О‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi ma’lumotiga kо‘ra “Transafg‘on” yо‘lagini yaratish bilan Eron portlariga yuk tashish masofasi 1500 km ga qisqaradi. Mazkur yо‘nalishni rivojlantirish Afg‘oniston orqali Eron portlariga (Chaxbaxar, Bandar-Abbos va Bozargon), о‘z navbatida, bu portlarga bо‘lgani kabi О‘zbekiston hududi orqali Yevropaga ham yо‘l bosish masofasi, yuk tashish narxini ancha qisqartirgan holda avtomobil transportida tashishni amalga oshirish imkonini beradi. 2003 yil 18 iyunda Afg‘oniston, Eron va О‘zbekiston hukumatlari о‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolanib, unda quyidagi ustuvor yо‘nalishlar belgilandi:
Chaxbaxar – Milak – Dilorom – Hirot – Shibirg‘on – Mozori Sharif – Termiz – Toshkent; Bandar-Abbos – Dog‘orun – Hirot – Shibirg‘on – Mozori Sharif – Termiz – Toshkent; Bozargon – Tehron – Mashhad – Dog‘orun – Hirot – Shibirg‘on – Mozori Sharif – Termiz – Toshkent.
Sharqdan G‘arbga, Shimoldan Janubga yо‘nalgan yuk oqimi О‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududi orqali tez va qulay amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, Transokean marshruti bо‘yicha Yaponiyaning Iokagama portidan G‘arbiy Yevropaning yirik portlari Rotterdam va Gamburg kabilarga borish О‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi tranzit marshrutlarga nisbatan 2 marta uzoqroqdir. Xitoy portlaridan Yevropaga Markaziy Osiyo orqali quruqlik transportida yuklarni tashish 14 kunni tashkil etadi. Shu bilan birga mintaqaning temiryо‘llar bо‘ylab yuk tashish tezligi ham oshmoqda. Bandar-Abbos-Toshkent-Bandar-Abbos yо‘nalishi bо‘yicha tajriba konteyner poyezdi 7 sutkada reysni amalga oshirdi, ya’ni mazkur yо‘nalishdagi an’anaviy tashishlardan 2 marta tez demakdir.
О‘zbekistonning tashqi savdo yuklarini tashishda temir yо‘l transportining roli katta. Uning hissasiga mamlakat eksport-import yuklari tashishning deyarli 90 % tо‘g‘ri keladi. Temir yо‘llar bо‘ylab yuk tashish hajmi yiliga 60 mln tonnani tashkil etadi. Hisoblarga kо‘ra О‘zbekiston temir yо‘llari tranzit salohiyatining yuk о‘tkazish bо‘yicha faqat 40 foizidan foydalanilmoqda. Avtomobil transportida esa jami 1 mln tonna hajmdagi eksport-import va tranzit yuklar tashilmoqda. Xalqaro transport yо‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq holda mamlakatimiz Prezidentining 2006 yil 20 dekabrda “2007-2010 yillarda umumiy foydalanishda bо‘lgan avtomobil yо‘llari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shunga binoan, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yо‘llarini qayta
TRASEKA loyihasidan tashqari Markaziy Osiyo uchun yana bir qator kommunikatsiya liniyalari ishlab chiqilgan. Ular orasida BMT ning Osiyo va Tinch okean mintaqasi davlatlari uchun (ESKATO) Iqtisodiy va Ijtimoiy komissiya doirasida Osiyoda yer usti transporti infratuzilmasini rivojlantirish bо‘yicha loyihaning (ALTID) ahamiyati katta. ALTID dasturida asosiy e’tibor Osiyo avtotrassasi va Transosiyo temiryо‘li qurilishiga qaratiladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa orasida yer usti transport yо‘lagi bо‘yicha hamda Bandar-Abbos porti-Markaziy Osiyo-Xitoy transport yо‘lagi bо‘yicha ishlar ham nazarda tutilgan. Ularning barchasi qayerdan boshlanib qayerda tugashidan qat’iy nazar Markaziy Osiyo hududida birlashadi va bu mintaqaga xalqaro hamjamiyatning kommunikatsion qiziqishini kuchaytirishi shubhasizdir. Shuningdek, Markaziy Osiyo, jumladan О‘zbekistonning transport sohasidagi siyosati ular orasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishida ham aks etadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish