Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari Amerika modelida


AQSH  soliq  tizimi  va  O’zbekiston  Respublikasi  soliq  tizimining



Download 40,11 Kb.
bet9/13
Sana20.09.2021
Hajmi40,11 Kb.
#179473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SOLIQ MODELLARI

AQSH  soliq  tizimi  va  O’zbekiston  Respublikasi  soliq  tizimining 
solishtirma tahlili.  
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi 2 pog’onali:  
1. Umumdavlat soliqlari;  
2. Mahalliy soliqlar va yig’imlar.  
Yuqorida ko’rganimizdek AQSH soliq tizimi uch pog’onali, ya’ni:  
1. Federal soliqlari;  
2. Shtat soliqlari;  
3. Shahar soliqlari.  
Respublikamiz umumdavlat soliqlariga asosan doimiy tushumga ega 
bo’lgan  va  byudjedga  muhim  o’rin  tutadigan  soliqlar  yo’naltiriladi. 
Bularga:  jismoniy  shaxslar  daromadiga  soliq,  yuridik  shaxs  daromadiga 
soliq,  aksiz  solig’i,  QQS,  davlat  boji,  bojxona  boji  va  boshqa  soliqlar 
kiradi.  
AQSH  federal  budjet  soliqlarida  esa  asosan  to’g’ri  soliqlar  hissasi 
ko’proq to’g’ri keladi.  
Ikki davlat uchun o’xshashlik jihati har ikkala  budjetga ham  muhim 
ahamiyatga  molik  bo’lgan  soliqlar  yo’naltiriladi.  Farqli  jihati  esa 
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida hozirgi kunda egri soliqlar hissasi 
ko’proq,  shu  sababli  egri  soliqlar  ham  umumdavlat  soliqlarida  muhim 
ahamiyatga  ega,  AQSH  federal  budjetida  esa  egri  soliqlar  deyarli  yo’q, 
chunki  mamlakat  budjetida  egri  soliqlarning  hissasi  kam  bo’lib  AQSH 

251 
 


federal  budjetiga  jismoniy  shaxslar  daromad  solig’idan  keyin  ikkinchi 
o’rinda  (budjetdagi  salmog’i  bo’yicha)  ijtimoiy  sug’urta  ajratmalari  va 
korporatsiyalar daromadiga soliq kiradi.  
AQSHda korporatsiya budjetiga soliqlarni federal budjetdan tashqari 
shtat soliqlari tarkibiga ham kiritiladi.  
Respublikamiz  soliq  tizimining  ikkinchi  pog’onasi  mahalliy  soliqlar 
va yig’imlardir.  
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab 
belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar 
asosan ijtimoiy masalalarni: maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, 
shaharlar  va  qishloqlar  obodonchiligi  kabi  vazifalarni  bajaradi.  Mahalliy 
budjetini  (soliqlarning)  muhim  xususiyati  shundaki,  ular  faqat  shu 
hududning budjetiga tushadi. Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.  
AQSH  mahalliy  soliqlari  asosan:  ijtimoiy  ta’minot,  yo’l  qurilishi, 
sog’liqni-saqlash,  xalq  ta’limi  mahalliy  soliqlarga  kiradi.  Respublikamiz 
mahalliy soliqlariga esa: mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va 
ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’i,  transport  vositalariga  benzin, 
dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq kiradi.  
Amerika  Qo’shma  Shtatlarida  qimmatli  qog’ozlar  bozori  ancha 
rivojlangan  va  bu  tizimdan  ham  juda  katta  daromad  olish  imkoniyati 
mavjudligi  tufayli  mamlakat  budjetiga  ushbu  operatsiyalardan  ham 
ma’lum miqdorda soliq tushumlari tushadi.  
Respublikamiz  hududida  esa  aksincha,  ya’ni  qimmatli  qog’ozlar 
bozori  hali  to’liq  shakllanmaganligi  sababli  ham  soliq  tushumlari  kam. 
Respublikamiz  soliq  tizimida  ham  yanada  bu  bozorni  rivojlantirish 
maqsadida 
ushbu 
operatsiyalardan, 
ya’ni 
qimmatli 
qog’ozlar 
operatsiyasidan  daromad  oluvchi  yuridik  shaxslarga  soliqlardan  imtiyoz 
berilgan.  
Amerika  Qo’shma  Shtatlarida  kompaniyalar  va  korporatsiyalarning 
soliq  bazasidan  ilmiy-tadqiqotchilik  va  tajriba-konstruktorlik  ishlariga 
harajatlar  butunlay,  uskunalarni  zamonaviylashtirishga  harajatlar  qisman 
chiqarib  tashlanishi  mumkin.  Uncha  katta  bo’lmagan  kompaniyalarga, 
ya’ni kichik biznesga maxsus imtiyozlar beriladi.  
 
Masalan,  Amerika  Qo’shma  Shtatlarida  yillik  daromadi  75  ming  dollargacha  bo’lgan 
kompaniyalarga yil davomida qiymati 10 ming dollargacha bo’lgan (kompaniyalarga yil davomida) 
yangi  uskunani  to’liq  hisobdan  chiqarish  huquqi  beriladi.  Kichik  biznes  uchun  Amerikada, 
shuningdek, foyda solig’i uchun imtiyozli progressiv stavkalar belgilangan.  
 
Respublikamiz  misolida  ko’radigan  bo’lsak,  hozirgi  kunda  xususiy 
tadbirkorlik  va  kichik  biznes  uchun  juda  ahamiyatga  molik  ishlar  amalga 

252 
 


oshirilmoqda. Ularga nisbatan bir muncha engilliklar, imtiyozlar berilgan. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi joriy qilingan.  
Ikki  davlatning  yana  bir  e’tiborga  molik  bo’lgan  soliq  va  soliqsiz 
to’lovlaridan  biri  bu  bojxona  bojlaridir.  Amerika  Qo’shma  shtatlarida 
iqtisodiyot ancha rivojlanganligi sababli mamlakat ichki bozori o’z ishlab 
chiqargan mahsulotlari bilan ta’minlangan. Shu qatori eksport ham yaxshi 
yo’lga  qo’yilgan.  Shu  sababli  ham  mamlakatga  import  qiluvchi  tovarlar 
uchun bojxonada rasmiylashtirish uchun bojxona va davlat bojlari nisbatan 
yuqori emas.  
Respublikamizda  esa  ishlab  chiqarish  hali  to’liq  rivojlanmaganligi 
sababli o’z ichki bozoridagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni himoya qilish 
va  ishlab  chiqarishni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  chetdan  kelayotgan 
import tovarlar uchun soliqlar va bojlar yuqori stavkada qo’llaniladi. Aksiz 
solig’i (aksiz markalari) mahsulotini ikki barobar narxga ko’tarilishiga olib 
keladi.  

Download 40,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish