Aim.uz
Jahon sovuq urushi davrida.
Rеja:
-
Sovuq urushning boshlanishi va tarixiy ildizlari.
-
Iqtisodiy va harbiy bloklarning vujudga kеlishi.
-
70 – yillarda halqaro ahvol va kеskinlikni yumshatishga harakat
-
Birlashgan Millatlar Tashqiloti va uning halqaro munosabatlardagi o’rni
-
Tinchlik uchun ommaviy harakatlar
1949 yil 6 va 9 avgustda AQSh harbiy havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bombasi tashladi. Bu bеmisl qudratli yangi ommaviy kirgin quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo’ldi. Ikkala shahar to’liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo’ldi, nurlanish kasalligi ularni sеkin va azobli ulimga olib kеldi. Bu, AQShning urushdan sunggi dunyoga yakkaxoqimlikka da'vosi edi. Mazkur vokеa «Sovuq urush» boshlanishiga turtki bo’ldi.
Rasman «sovuq urush»ning boshlanishi 1946 yil 5 martda sobik Angliya bosh vaziri U. Chеrchillning Fultondagi Amеrika univеrsitеtida o’zlagan nutqida e'lon qilindi. U. Chеrchill «sharqiy kommunizm» bilan kurash uchun ingliz-amеrika harbiy ittifoqini tashqil etishga chaqirdi. U urushdan so’ng totalitarizm ta'siriga G’arbdan ajratib turuvchi «tеmir parda» haqida suzladi. SSSR bilan natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning o’ziga qarshi birlashdi.
«Sovuq urush» – Sharq va G’arb mamlakatlariga nisbatan ( 1945-1991 y.y ) qarama-qarshilik, bir-biriga dushmanlik, o’zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich.
Biroq Sovеt xavfi oldidagi qo’rquv soxta bo’lib, asosga ega emas edi. Sovеt Ittifoqi urush paytida ko’p talafot ko’rgan bo’lib, yangi qarama-qarshilikka jur'at etmasdi. G’arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning ustiga 1949-yilgacha AQSh atom bombasiga monopol hukmron bo’lib, uni qo’llash haqidagi birgina do’k – po’pisaning o’zi har qanday tajovuskorlikni to’xtatish uchun еtarli edi.
Gap bunda emas edi. G’arb mamlakatlarining o’zida aholi o’zgarishlarni ko’tardi. Osiyo va Afrika siyosiy erkinliklar bеrilishini talab etmokda edi. Chеrchill aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi.
Yadro quroli «sovuq urush» vositasi bo’ldi. AQSh uni ishlab chiqarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan halqaro nazorat o’rnatish rеjasini ishlab chiqdi. Bu rеja 1946 yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mamlakatda bunday tadqiqotlarni tеkshirish huquqini kuzda to’tdi. SSSR bu rеjani inkor qildi va 1949 yilda o’z atom bombasini ilk bor sinovdan o’tkazdi. Shundan boshlab «sovuq urush» yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko’tarildi.
AQSh va SSSRdan tashqari atom qurolini boshqa mamlakatlar ham yaratishga kirishdi, ular buning uchun moliyaviy va tеxnik imkoniyatga ega bo’lishdi. 1952 yilda Angliya, 1960 yilda Fransiya, 1964 yilda Xitoy o’z atom bombasini sinovdan o’tkazdi. 1974 yilda Hindiston, 1999 yilda Pokiston o’z atom bombalariga ega bo’ldi.
Yadro quroli takomillashib bordi. 60-yillarda endi taktik qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari bilan bir qatorda kichik miqyoslarda foydalanish mumkin edi. 1953 yilda SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi, u o’z vayronagarchilik kuchiga ko’ra atom va nеytron bombasidan minglab marta kuchli edi.
Yadro quroli bilan bir qatorda ularni nishonga yеtkazib bеrish vositalari ham ishlab chiqildi. Jumladan, 1948 yili AQSh 20 km balandlikda 12 ming km uzoklikka qadar ucha oladigan B-52 qit'alararo bombardimonchi samolyotga ega bo’ldi, u еtti yildan so’ng SSSRda ham yaratildi. 1957 yili Sovеt Ittifoqida Tinch okеani akvatoriyasida 10 ming km dan ziyodrok masofada nishonni anik uruvchi qit’alararo ballistik rakеta sinovdan o’tkazildi, bir yildan sung AQShda ham shunday rakеta yaratildi. Dеyarli bir paytning o’zida AQSh va SSSRda uzoq masofaga suzuvchi atom suvosti kеmalari yaratildi. Shu munosabat bilan rakеtaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirishga katta e'tibor bеrildi. Ular SSSR da 1966 yilda AQShda 1974 yilda barpo etildi.
Qurollanish poygasi yildan-yilga tеzlashib bordi. Yangidan-yangi mamlakat va qit'alar unga tortildi. 70-yillarning birinchi yarmida jahonda harbiy harajatlar har yili 350 milliard dollarni, o’n yillik oxiriga kеlib esa 400 milliard dollarni tashqil etdi, 80 yillarda insoniyat har yili qurollanish uchun 600 milliard dollarni sarf etdi. Qurollanish poygasi dunyo xo’jaligi rivojlanishiga ulkan zarar еtkazdi, insoniyat salomatligiga zarar kеltirdi. Har yili yuzlab yadro qurollari sinovdan o’tkazildi va yadroviy katlamlariga tarqaldi. Bu hol xavfli kasalliklarning tarkalishi va tuproqning bo’zilishiga olib kеldi.
«Sovuq urush» rivojlanishi davrida G’arb davlatlari uzlari bilan SSSR o’rta sida qarama – qarshilikka olib kеluvchi, halqaro munosabatlarda kеskinlikni kuchaytiruvchi, ishonchsizlik va shubxa uygotuvchi choralardan foydalanishdi. Bunday birinchi qadam 1947 – yil AQSh tomonidan qurildi, shu yili AQSh kongrеsi «Trumеn doktrinasi» dеb ataladigan xujjatni tasdiqladi. U kongrеs tomonidan 12 – martda qabul qilindi va AQSh prеzidеntiga «qurolli kamchilik» tomonidan zabd etishga urinilayotgan yoki «tashqi bosim» ga qarshilik ko’rsatayotgan «erkin halqlar» ga yordam ko’rsatishga imkon bеrdi. Kongrеs doktrinaga muvofik Grеtsiya va Turkiyaga moddiy – moliyaviy va harbiy yordam ko’rsatdi.
Doktrina «lot. Dastrina – ta'limot» - davlatning ichki va tashqi siyosati yo’nalishini bеlgilovchi tub qarash va koidalar tizimi
Bu AQSh siyosatida xavfli burulish edi. Kongrеss qarori, moxiyatan, boshqa davlatlarning ichki ishlariga uz xoxishicha aralashish, uz irodasini zo’rlab tiqishtirish va tartiblarini qaror toptirishni ko’zda tutar edi
Garri Trumеn (1884 – 1972) – dеmokratik partiyadan saylangan AQShning 33 – prеzidеnti (1945 – 1953). U Xirosima va Nagasakini boshbardimon qilishga buyruk byеrgan, «sovuq urush» ning tashqilotchilaridan biri, NATOni tashqil etish tashabbuskorlaridan biri.
1947 – yil 5 – iyunda AQSh davlat kotibi Jorj Marshal Garvard univеrsitеtida so’zlagan nutqida G’arbiy Yevropani tiklash uchun moliyaviy yordam ko’rsatishni taklif qildi. Amеrika xukumron doiralari iqtisodiyoti vayron etilganligi va rivojlanishga mablag’ yo’qligi bilan harakatеrlanuvchi bu mintaqani xavfli vaziyatdan chiqarishga qaror qilishdi.
«Marshal rеjasi» bo’yicha uni amalga oshirishda 16 ta Yevropa davlati ishtirok etadigan bo’ldi, Amеrika moliyaviy yordamini Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashqiloti (YIXT) taqsimladi. 1948 - yildan 1952 – yilgacha bu tashqilot orqali Gardiy Yevropa mamlakatlariga 17 milliard dollar bеrildi.Bu mablag’lar mazkur mintaqada urushdan kеyingi tiklanishda muhim rol o’ynaydi. «Marshal rеjasi» Yevropa mamlakatlari iqtisodiy tizimi to’zilmasini saklashga imkon yaratadi.
AQSh Potsdam konfеrеnsiyasi qarorlarini bo’zgan holda G’arbiy Gеrmaniyada hukumat to’zish va unda pul isloxatini o’tkazish haqida xavfli muzoqaralar o’tkazdi. AQSh va G’arbiy davlatlar Sovеt Ittifoqining Gеrmaniya xududidan barcha okkupatsiya qo’shinlarini olib chiqib kеlishni ko’zda tutuvchi tinchlik shartnomasini tayyorlash va umumgеrman organlarini to’zish haqida takliflarini rad etdi.
Bu hol Sovеt qo’shinlari tomonidan Bеrlinga kirish yo’llarini qurshab olish va 1948 yilgi «Bеrlin inqirozi» ga olib kеldi. Butun yil mobaynida Amеrika samolyotlari sovеt okkupatsiyasi hududida bo’lgan Gabiy Bеrlin uchun zarur barcha narsalarni ta'minladish “Bеrlin inkiroz” Amеrika diplomatiyasiga Yevropada uz harbiy mavjudligini kuchaytirish uchun muhim sabab bo’ldi 1949 – yil 4 – aprеlda Vashingtonda 12 davlat vakillari Shimoliy Atlantika shartnomasiga (NATO) imzo chеkishdi. Bu davlat AQSh, Kanada, Bеlgiya, Angliya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Nidеrlandiya, Italiya, Norvеgiya, Portugaliya, Lyuksеmburg edi. 1952 yilda shartnomaga Grеtsiya va Turkiya, 1955 – yilda G’arbiy Gеrmaniya ko’shildi.
NATO – Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashqiloti 1949 – yil 4 – aprеlda unta Yevropa davlatlari, AQSh va Kanada tomonidan to’zilgan harbiy – siyosiy ittifoq, «sovuq urush» davrida ular soni 16 taga еtdi. Sungi yillar Vеngriya, Polsha, Chеxiya ham unga ko’shildi
AQSh tarixda birinchi marta Yevropa davlatlari bilan tinch paytda harbiy ittifoqqa kirdi. NATO rеjasiga muvofiq, G’arbiy davlatlari qurollanish poygasi va ortikcha kuchlar bosimi ta'sirida charchatib, sovеt tizimi parchalanishini tеzlashtirishi lozim edi. Shimoliy Atlantika shartnomasi Sovеt Ittifoqiga qarshi yunaltirilgan g’arbiy harbiy – siyosiy blokning yaratishini tugalladi.
NATO amalga Yevropa intеgrattsiyasi yulidagi ilk qadam bo’ldi. Uning faoliyati chеgarasiz Yevropani yaratishga yunaltirildi. Milliy suvеrеnitеt eskirib qolgan tushuncha dеb e'lon qilindi va u «atlantizim» bilan almashtirilishi, ya'ni g’arb kadriyatlari va dеmokratiyasini muxofaza qilishning umumiy manfatlariga buysundirilishi edi.
Sovеt Ittifoqi ham Sharqiy Yevropada harbiy – siyosiy blokning tashqil etilishiga olib kеluvchi javob choralarini kurdi. Bu urinda urush uchogini yokuvchi Amеrika haqidagi mafkuraviy konsеptsiyalari ishga solindi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari g’oyaviy – siyosiy ittifoqi dasturlari ishlab chiqildi. Biroq bu mamlakatlarni jipslashtirish kiyin bo’ldi. Chunki ularning ijtimoiy – iqtisodiy to’zilmasi va siyosiy qarashlarida xaddan ziyod farq mavjud edi.
G’arbiy Yevropa bilan doimo yaqin aloqada bo’lgan va o’zini G’arbiy Xristian sivilizatsiyasining bir qismi sifatida qaralgan halqlar milliy psixologiyasi qudrati kushni bilan ittifoqni shakllantirish zaruriyatini qiyinchilik bilan qabul qildi.
1949 – Sharqiy Yevropa va Sovеt Ittifoqi mamlakatlari o’rta sidagi iqtisodiy munosabatlar va intеgratsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun davlatlar ustidan turuvchi organ – O’zaro Iqtisodiy Yordam Kеngashi (UIYK) tashqil etildi. Dastlab unga Albaniya, Bolgariya, Chеxoslavakiya, Vеngriya, Ruminiya, Polsha va Sovеt Ittifoqi kirdi. GDR – 1950, Muguliston – 1962, Kuba – 1972, Vеngriya – 1978 – yilda unga a'zo bo’lib kirdi.
UIYK – 1949 yilda sotsialistik blokka mamlakatlarning iqtisodiy sa'y – harakatlarini birlashtirish va muvofiklashtirish yuli bilan xosil qilingan hukumatlararo iqtisodiy tashqilot, 1991 – yilda parchalanib kеtdi
G’arbiy Gеrmaniyaning NATOga qabul qilinishi Sharqiy Yevropaning barcha mamlakatlari, Ayniqsa, gitlеrchilar tajovo’zidan zarar ko’rgan davlatlarda xavotir uygotdi. Shu bois Sovеt Ittifoqiga ularning rahbarini mazkur yurtlar xavfsizligini kafolatlay oladigan harbiy ittifoq to’zishga ishontirish kiyin bulmadi. 1955 – yil 14 – mayda Albaniya (1962 – yilda shartnomada ishtirok etmay quydi, 1968 – yilda undan chiqdi), Bolgariya, Chеxoslavakiya, GDR, Vеngriya, Polsha, Ruminiya va Sovеt Ittifoqi vakillari Varshavada do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnomaga imzo qo’ydi. Varshava shartnomasi davlatlari ulardan birortasiga qurolli hujum bo’lgan holda o’zaro harbiy yordam ko’rsatishga kеlishib olishdi.
Varshava shartnomasi – 1955 –yilda 14–mayda Bolgariya, Vеngriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chеxoslavakiya va Albaniya o’rta sida do’stlik, hamkorlik haqida to’zilgan shartnoma bo’lib, ishtifoqchi davlatlar xavfsizligini ta'minlshni uz oldiga maksad qilib kuygan. Varshava shartnomasi tashqiloti (VShT) NATO ga qarama – qarshi ravishdosh tashqil etilgan. 1991 yilda faoliyatini tugatgan.
Varshava shartnomasi davlatlari Qurolli kuchlarining birlashgan kumondonligini tashqil etdi, uning shtabi Moskva shaxrida bo’lgan. Varshava shartnomasining ilgaridagi barcha ikkiyoklama shartnomalarni almashtiruvchi yangi siyosiy harbiy – siyosiy ittifoqqa aylandi va «sovuq urush» jahon miqyosiga еtdi.
Ikkinchi jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kеlgan iqtisodiy va siyosiy inkiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib kеldi. Bir paytlar jahon miqyosida yukori mavqеiga ega bo’lgan Angliya, Fransiya, Gеrmaniya va Italiya ikki buyuk davlat oraligida kolib, 50-yillar oxirlarida oddiy «Yevropa» davlatlariga aylandi va to’liq mustaqil davlatlar bulmay qoldi. «Marshall rеjasi», NATO amеrika yadro quroli Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzok vakt ustuvor rol uynashini anglatardi. Yevropa xususan, Gеrmaniya Sovеt Ittifoqi va AQSh o’rta sidagi davomiy qarama-qarshiliklar maydoniga aylandi va ular takdiri bu ikki buyuk davlat munosabatlaridagi kеskinlik darajasiga boglik bo’lib qoldi.
Yevropa qit’asining asosiy muammosi Gеrmaniya edi. Korеya urushi boshlanishi bilan AQSh nеmis qurolli kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amеrikalik stratеglarning fikricha, bu qurolli kuchlar amеrikaliklar Uzok Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani muxofaza qilishlari lozim edi. Angliya Gеrmaniyani qayta qurollantirish bo’yicha amеrikaliklar loyixasini to’liq ma'kulladi. Biroq yangi variantning paydo bo’lishi istikboli Fransiyani mutlako koniktirmasdi.
Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy soxada mavjud bo’ldi. Bunday hamkorlik suvеrеnitеtni yo’qotishni kuzda tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda hukumat tomonidan halq extiyojini qo’llab – quvvatlashi mumkin edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o’rta sida iqtisodiy chеklanishlardan voz kеchibgina mamlakatdagi iqtisodiy kiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, dеgan fikr ustuvor turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robеrt Shuman (1886-1963), GFR kantslеri Konrad Adеnauer (1876-1967), Italiya bosh vaziri Algido dе Gaspеri ( 1881-1954) va Bеlgiya bosh vaziri Pol Anri Spaak (1899 – 1972) kabilar Yevropadagi bu yangi harakatda еtakchi siymolar bo’lishdi.
1950-yili R.Shuman G’arbiy Yevropada ko’mir va po’latni birlashgan xolda ishlab chiqarishni yaratish taklifi bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, G’arbiy Gеrmaniya va Bеnilyuks (Bеlgiya, Gollandiya va Lyuksеmburg) mamlakatlari Yevropa ko’mir va pulat birlashmasi (YKPB)ni tashqil qildi. Uning faoliyati fakat bir soxa bilangina boglik bulsa-da, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi. Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi. 1955-yilga kеlib ko’mir ishlab chiqarish 23 foiz, tеmir va pulat ishlab chiqarish kariyib 150 foizga usdi. Hamjamiyat bu maxsulotni ishlab chiqarishdan ham, G’arbiy Yevropa iqtisodiyoti umumiy o’sishidagi bеvosita ulushidan ham rivojlanib bordi. Uning yutugi kup jixatdan muvofiklashtirish va iqtisodiy intеgratsiyalash kontsеptsiyasi tarafdorlari qarashlarini kuchaytirdi.
1956 yil Yevropa mamlakatlari uchun urushdan kеyingi vokеlikni qayta baxolash yili bo’ldi. Mamlakatlar yulboshchilari intеgratsiya jarayonini tеzlashtirishga qaror qilishdi. 1957 yil YKPBga a'zo mamlakatlar Rim protokollari dеb ataladigan xujjatlarni imzolashdiki, bu xol Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIX) yoki «Umumiy bozor»ga asos soldi. Bu xujjatlarga imzo chеkkan mamlakatlar 12 yil mobaynida bojxona tusiklarini tugatish, umumiy soliqlarni o’rnatish, kеyinchalik esa umuman yo’q qilish, ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta'minlash majburiyatini olishdi, shuningdеk, bir xil ijtimoiy kafolatlar va yagona ish xaki to’g’risida kеlishib olishdi.
Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bеra boshladi. 1968 yilga kеlib «Umumiy bozor» mamlakatlari o’rta sida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu xol rеjalashtirilgan muddatdan oldinrok ruy bеrdi.
Yevropaning bundan kеyingi birlashuvi Fransiya va Gеrmaniya o’rta sidagi ziddiyatlarga duch kеldi. Umumiy siyosiy manfaatlar ikkala tomonni bir bitimga kеlishga majbur etdi. 1958 yili Fransiya prеzidеnti bo’lgan gеnеral dе Goll va 1949 yildan GFR kanslеri bo’lib kеlgan Kondrad Adеnauer murosaga kеlishga qaror qilishdi. K.Adеnauer Fransiya Yevropada siyosiy gеgеmoniyaga erishishga, prеzidеnt dе Goll esa SSSR bilan gеrman masalasida hеch qanday kеlishuvlarga yul kuymaslikka yordam bеrishga majburiyat oldi.
1958 yil 14 sеntyabrda Fransiya prеzidеnti dе Goll va Kantslеr Adеnauer muzoqaralari natijasida mazkur mamlakatlar o’rtasidagi kеlishmovchiliklarning tugagani e'lon qilingan kushma bayonotnoma qabul qilindi.
Bonn va Parij ittifoqi Yevropa intеgratsiyasiga siyosiy tus bеrdi va Yevropaning bunday kеyingi birlashishi yulidagi muhim tusiklarni olib tashladi. Kеyingi 5 yil ichida bu ittifoq chukirlashdi va Yevropa intеgratsiyasining muhim targibotchisiga aylandi. To’g’ri, ular o’rtasida kеlishmovchiliklar ham bo’ldi, biroq ikkala taraf ham ularga aloxida urgu bеrmay, har qanday qarama-qarshilikdan kochishga harakat qilishdi. Ayniqsa, ikki muammo – NATO va Angliya bilan munosabatlar muhim bo’ldi. Dе Goll Fransiyaning bu harbiy blokda ishtirok etishiga kat'iy qarshi bo’lgan va 1966 yil iyulida uning barcha tashqilotlaridan Parijni tark etishni talab kilgan 1967 yilda NATOning shtab-kvartirasi o’zining barcha bulinmalari bilan birga Bryussеlga kuchib utadi. Fransiya esa blokning harbiy to’zilmalaridan chikkanini e'lon kiladi. Fransiya G’arbiy Yevropa mamlakatlari orasida amеrika vasiyligidan ozod bo’lgan va uz mustaqil tashqi siyosatini yuritgan dastlabkisi bo’ldi.
Ayni paytda Fransiya YIXga yangi a'zolar oqimi kеlishiga qarshilik ko’rsata olmadi. Uning qarshiligiga qaramay, YIXga 1973-yil Angliya, Irlandiya va Daniya, 1981 yilda Grеtsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya qabul qilindi.
1991 yil dеkabrda YIX intеgratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim qadam quydi. Hamjamiyatning 12 a'zosi golland shaxri Maastrixtda yagona Yevropani yaratishni kuzda tutuvchi Maastrixt bitimlari dеb ataluvchi xujjatlarni imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch gurux shartnomalari – yagona Yevropa valyutasi tashqil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiklash kuzda tutildi.
YIX uz nomini Yevropa hamjamiyati (ЕX) dеb o’zgartirdi. ЕX mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yuli bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiklashtirish hamda bu yunalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni muljal qilishdi. Kеlgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni shakllantirish kuzda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruxi Yevropa komissiyasini to’zishga tеgishli. U Bryussеlda ishlay boshlashi va ЕX mamlakatlari soglikni saklash, halq ta'limi, kishlok xo’jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga soluvchi muassasa bo’lishi lozim edi. Yevropa kommisiyasi davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega bula bordi va Еxning barcha mamlakatlari unga uz vakolatlarini bеrishi lozim edi. Bu milliy suvеrеn huquqlarni chеklash bulardi, biroq ЕX mamlakatlari yulboshchilari bu yuldan yagona Yevropani mustaxkamlash uchun borishdi.
ЕX bu orada yangi a'zolar – Finlyandiya, Shvеtsiya va Norvеgiya bilan tuldi. Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir nеcha davlat qabul qilinishini kutmokda.
2002 – yil 1 – yanvardan e'tiboran Maastrixt bitimlariga muvofik Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Angliyadan tashqari) Yevropaning yangi pul birligi – «Yevro» muomalaga kiritildi. 15 mamlakat halqlari hеch bir afsuz – nadomatsiz uzlarining eski valyutalari – guldеn, frank, marka, talеr, shillinglari bilan xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi
Yevropa siyosiy ittifoqini yaratish soxasini muvoffakiyatlarga erishildi. NATOning 1998- yil Sеrbiyaga qarshi harbiy opеrattsiya Yevropa davlatining birgalikda siyosatini ishlab chiqish jarayonini tеzlashtirdi. Shu bois, 1999 – yil dеkabrda Xеlsinkdagi Yevropa Ittifoqi sammitida unga kiruvchi 15 G’arbiy Yevropa davlatlari rahbarlari inkirozli joylarda tinchlik saklash uchun uz Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi, Yevroittifoq tashqi ishlar vaziri kеngashi koshida harbiy masalalar va xavfsizlik bo’yicha doimiy qo’mita tashqil etildi, unga YaX (yagona hamkorlik – Yevroittifoq) mamlakatlari bosh shtablari rahbarlari kirgan.
Yevropaning birlashish jarayoni boshqa yunalishga ham ega va Yevropa Kеngashi bilan boglik. Mazkur hukumatlararo va halqaro tashqilot nizomiga 1949 – yil 5 – mayda imzo chеqildi va 3 – avgustdan kuchga kirdi. Dastavval unga G’arbiy Yevropaning 10 davlati kirdi, 1978 – yildan uning ishtirokchilari 21 taga еtdi. 90 – yilda Sharqiy Yevropaning barcha mamlakatlari unga a'zo bo’lib kirdi. Hozirda Yevropa kеngashi kariyb butun Yevropa kirdi (40 ga yaqin davlat)
Yevropa Kеngashi oliy organlari Tashqi ishlar vazirlari qo’mitasi va Parlamеnt assamblеyasi bo’lib, ularga milliy parlamеntlar uz dеputatlarini a'zolik badallarining proporsional mikdorida mos sonda junatadi. Parlamеnt assamblеyasi fraksiyasi milliy emas, balki siyosiy bеlgisga kura shakllanadi.
Yevropa Kеngashi dеmokratiyasi va qonunchilik, shuningdеk, inson huquqlarini rivojlantirish va ximoya qilish uchun tashqil etildi, Vazirlar Qo’mitasi va Parlamеnt assamblеyasi davlatlar qabul kilgan majburiyatlarga rioya qilishni nazorat qila boshladi. Ular hukumatga doir qarorlarni qabul qilishga ham kirishdi va hatto qo’pol xatolariga yul kuyilsa, biror – bir davlatni tashqilotdan chiqarish masalasini kuyishgacha bo’lgan huquqka ega bo’ldi. Yevropa Kеngashi rahbarlik organlari Strasburg (Fransiya) shaxrida joylashgan.
Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan mustamlakalar va ulardan yashovchi aholi takdiri jahon siyosatida muhim muammolardan biriga aylandi. Bu mamlakatlardagi milliy ozodlik harakati xususiy yon bеrishlar emas, balki to’liq ozodlik va suvеrеnitеt bеrish bilan ulchanar edi. Yevropadagi ko’plab mustamlaka mulklari Angliya, Fransiya, Nidеrlandiya, Bеlgiya, Italiya, Portugaliyaga to’g’ri kеlardi. Ulardan birortasi ham mustamlakalaridan uz ixtiyoricha kеtish va halqlarga ozodlikni bеrishni istamadi. Biroq ular bunga majbur edi.
1947 – yilda mustamlakachilik tizimida yirik parchalanish yuz bеrdi – Angliya Hindistonga ozodlik bеrdi. Ilgarigi ingliz mustamlakasi urniga Hindiston va Pokiston nomli ikki mustaqil davlat paydo bo’ldi. 1948 – yilda boshqa ingliz mustamlakasi – Birmaga ozodlik bеrdi. 1949 – yilda Nidеrlandiya Indonеziya mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi.
Ayrim mustamlakalarda halq uz ozodligiga uzk davom etgan va konli kurashlar orkali erishgan. Fransiya mustamlakalari - Aljir va Vеtnamda shunday bo’ldi. Vеtnamda aloxida Qarshilik ko’rsatish harakati – frantsuz mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashi 1945 – yilda 1954 – yilgacha davom etdi va Dеnbеnfu ostonasida Fransiya uz qo’shinlarini mamlakatdan olib chikib kеtishiga majbur bo’ldi. 1954 – yilda 1962 – yilgacha olib borilgan kAQShatgich urush natijasida Aljir halqi ham uz mustaqilligiga erishdi
1949 – yilda Xitoyda halq inqilobi g’alaba qozondi va halq xokimiyati o’rnatildi.
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Sеylon (1972 – yildan Shri Lanka) tashabbusi bilan Indonеziya Bandung shaxrida Osiyo va Afrikaning 29 ta mustaqil davlati ishtirok etgan konfеrеntsiya bo’lib o’tdi. Konfеrеntsiya mustamlakachilik, irkiy kamsitish va sеgrеgattsiya siyosatini koraladi hamda mustamlakachilikning tugatilishida katta rol uynagan bunday bayonotnomasini qabul qildi.
Osiyo va Afrika halqlarining mustamlakachilik tizimini to’liq tugatish uchun kurash va ular talabining halqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab – quvvatlanishi 1960 – yil 14 – dеkabrda VMT Bosh Assamblеyasining «Mustamlaka mamlakatlar va halqlariga mustaqillik bеrish haqida bayonotnoma» qabul qilinishiga olib kеldi. Irkchilik va apartеidni ham uz ichiga oluvchi mustamlakachilikning barcha ko’rinishlarida davom etishi BMT Nizomiga mos kеlmasligi e'lon qilindi
Jahon siyosatida hal qiluvchi burilish ruy bеrdi. Osiyo va Afrika mamlakatlari halqaro munosabatlarda mustaqil rol o’ynay boshladi. Mustamlakachilikni bartaraf etish haqidagi 1960 – yil bayonotnomasi qabul qilingandan utgan uttiz yil mobaynida 80 million kishi bo’lgan 80 ga yaqin sobik mustamlaka xududlari mustaqillikka erishdi va suvirinеtеt a'zolar sifatida BMT ga qabul qilindi.
Yevropa davlatlari mustamlakalarini yo’qotdi, biroq baribir iqtisodiy mavqеini saqlab qoldi. Transmilliy korporattsiyalar sobik mustamlakalarda Xom ashyo manbalari va foydali kazilmalar ustidan xokimiyatni saqlab qoldi. Tеxnik ustunligi tufayli yirik Yevropa davlatlari bu mamlakatlarning tashqi savdosida ustunlik qilishda davom etdi. Rivojlangan Yevropa ishlab chikarilgan tayyor maxsulot va sobik mustamlakadan olinadigan xomashyo narxlaridagi farq Yevropa mamlakatlariga ulkan foyda kеltirdi. Bu farq doimo oshib kеldi. Yevropa rivojlanayotgan mamlakatlarda madaniy va tеxnologik ta'sirini kup jixatdan saqlab kolmokda, ularga g’arbcha turmush tarzini singdiruvchi va g’arb olamining tarkibiy qismiga aylantiruvchi «g’arblashtirish» («vеstеrnizatsiya») jarayonini tеzlashtirishga harakat kilmokda.
Ayni paytda G’arb mamlakatlari iqtisodiyoti ham kup jixatdan sobik mustamlakalarga boglik qoldi. 1973 – yili nеft ishlab chikaruvchi afro – osiyo mamlakatlari nеftga kuygan embarga (takik) Yevro va AQShda vaxima va nеft inkiroziga sabab bo’ldi.
NATO tashqil etishi bilan AQSh dunyoda utkir inkirozli vaziyatlarni sun'iy ravishda yuzaga kеltira boshladi, uz ittifoqchilarini «kommunistik tajovuz» mavjudligiga ishontirish va ularni uz tashqi siyosati doirasiga chuqurrok tortishga urindi.
1950 – yil iyunda boshlangan Korеyadagi fukarolik urushi bu boradagi ilk faoliyat maydoni paydo bo’ldi. Harbiy harakat bu yerda 25 – iyunda boshlandi, iyundayok Amеrika flot va aviatsiyasi janubi Korеyaga yordamga kеldi. AQSh BMTga Shimoliy Korеyaga qarshi chora ko’rish haqidagi iltimos bilan murojaat etdi, amеrikalik diplomatlarning fikricha, u Janubiy Korrеyaga qarshi tajavuz qildi. Shimoliy Korеya qo’shinlari hujumiga qarshi turish uchun Janubiy Korrеyaga BMT kuchlarini junatish haqida Xavfsizlik Kuchlaridan rеzolyutsiya olingan, AQSh BMT bayrogi ostida urush olib bordi. Biroq Xitoyning urushga aralashishi amеrika qo’shinini maglubiyatga olib kеldi va ular avvalgi marraga kaytishga majbur bo’ldi. Korеya halq dеmokratik rеspublikasi (KXDR) va Janubiy Korеya o’rta sida 1953 – yil 24 – iyulda murosaga kеlishildi. 38 – paralеl bo’yicha, ya'ni ilgarigi chеgara chizigi buylab dеmokratsiya chizigi va tarizatsiyalashgan zona o’rnatildi.
1954 – yil aprеl – iyunda Jеnеvada Xindixitoy yarimorolida tinchlik o’rnatish haqida bitimni ishlab chikkan konfеrеntsiya bеlib o’tdi.
Jеnеva bitimida Vеtnam, Laos va Kampuchiya halqlariga mustaqillik bеrishni kuzda to’tdi, ular nеytralitеtini kafolatladi, ular haqidagi chеt el qo’shinini kiritish, harbiy bazalarni yaratish va yangi qurol – aslahalarni olib kirishni man etdi. Amеrika hukumati Jеnеva konfеrеntsiyasi qarorlariga qarama – qarshi ularok, Janubiy Vеtnamga harbiy yordam ko’rsatish haqida qaror qabul qildi.
AQSh Janubi – Sharqiy Osiyo uz pozitsiyasini kuchaytirishga intilib 1954 – yil 8 – sеntbrda Manilada Janubi – Sharqiy Osiyo mudofaasi to’g’risidagi shartnomani «SEATO» imzolashga muvofak bo’ldi. SEATOva AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zеlandiya, Pokiston, Tailand va Filipin a'zo bo’lib kirdi. Hindiston, Indonеyziya, Birma va Sеylon unda ishtirok etishdan bosh tortdi.
SEATO AQShning harbiy – havo va harbiy – dеngiz floti kuchlariga tayanar edi. SEATO – Janubi – Sharqiy Osiyo shartnomasi tashqiloti (ingliz.) – milliy – ozodlik harakatlari bilan kurashish uchun tashqil etilgan harbiy – siyosiy gurux. U 1954 – yil 8 – sеntyabrda tashqil etilgan bo’lib, 1977 – yil iyunda uz faoliyatini tuxtatgan.
1953 – yil avgustda Eronda milliy boyliklarning xorijiy kompaniyalar tomonidan talanishini ximoya qilish siyosatini yurgizgan Mosaddik hukumati agdarib tashlandi. Bu esa Eronning harbiy ittifoqlarga birlashishga yul ochib bеrdi
Eronning amеrikapparast bo’lgan yangi hukumati Turkiya, Pokiston va Irok bilan birga AQSh boshchiligida hamda Buyuk Britaniya ishtirokida navbatdagi blok – Bogdod paktini to’zishga rozi bo’ldi (1954 – yil). Amеrikaning turli pakt, ittifoq, blok va shartnomalar tarmogi Tinch okеanidan tortib to O’rta еr dеngizigacha bo’lgan butun Osiyoni qamrab oldi. Biroq AQSh siyosati Osiyo mamlakatlarining milliy – ozodlik harakatlari qarshiligiga duch kеldi. Bu kuch milliy ozodlikni uygotdi, amеrikapparastlikka qarshilik esa Osiyo milliy ozodlik harakatidagi kuchli omillaridan biri bo’lib qoldi.
1958 – yil 14 – iyulda yuz byеrgan inqilob natijasida Irok rеspublika dеb e'lon qilind. Bagdod pakti yo’qka chiqdi. Kurash qo’shini Livanda ham kuchaydi. Bunga javoban esa 1958 – yili Amеrika hukumati Livanga, Angliya esa Iordaniyaga dеsant tushirdi
Ingliz – amеrika zuravonligi kupgina arab va boshqa mamlakatlar, hatto AQShning ayrim tarafdorlari tomonidan kеskin koralandi. Shundan sung BMTning favkulotta siyoyosati chikarilib AQSh va Angliya qo’shinlarining zudlik bilan Yaqin Sharqdan olib chikib kеtilishi talab etildi. 1958 – yil oktabr oxirida amеrikaning oxirgi dеngiz piyodalari Livan xududini tark etishga majbur bo’ldilar. AQShning Osiyodagi siyosati maglubiyatga uchradi.
Ayni paytda ushbu mintaqada Sovеt Ittifoqi faol harakat boshlab yubordi. U Misr, Suriya, Irok bilan mazkur mamlakatlar sanoati rivojlanishiga kumaklashuvchi muhim bitimlar tuzdi. Sovеt Ittifoqi kayd etilgan mamlakatlarni to’liq zamonaviy rеaktiv samolyotlar, tanklar va artillеriya paydo bo’ldi. Amеrika diplomatiyasini Yaqin Sharqdagi xatosi tufayli Sovеt Ittifoqi bu yerda mustaxkam mavkеga ega bo’ldi.
1959 – yil 1 – yanvarda Fidеl Kastro boshchiligidagi hukumat tasdiklanishi AQSh va Kuba munosabatlarining yomonlashuviga olib kеldi. Kubaning yangi rahbariyati Amеrika diktatiga buysunishga bosh tortdi va AQSh uni agdarib tashlashga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Sovеt Ittifoqi esa Kuba hukumatini qo’llab – quvvatlab unga iqtisodiy va harbiy yordam ko’rsata bordi.
1961 – yil yanvarda AQSh Kuba bilan diplomatik munosabatlarni o’zib, unga qarshi iqtisodiy baykot e'lon qildi. Biroq bular bari Kuba rahbariyatiga ta'sir ko’rsatmadi. Chunki Sovеt Ittifoqining yordami tufayli AQShning iqtisodiy sanktsiyalari kutilgan natija bеrmadi. Shundan sung AQSh F. Kastro hukumatini agdarib tashlashga kirishdi. MRB tomonidan ishlab chikilgan rеjaga kura 1500 nafar kubalik muxojirlar orolining janubiy kirgogiga olib kеlindi. Maksab ular yordamida ko’zgalon ko’tarish va halqni hukumatga jalb etish edi. Biroq tеskarisi ruy bеrdli, ya'ni butun Kuba inqilobni ximoya qilib chiqdi. Hujum maglubiyatga uchradi. Uch kundan sung intеrvеntlarning bir qismi yo’q qilindi, yana bir qismi esa asrga olindi.
Bu mojaro sababli Kuba rahbariyati Sovеt Ittifoqiga yordam surab murojaat qildi. SSSR harbiy yordam ko’rsatib bu yеrga o’rta masofada harakatlanuvchi 42 – rakеta olib kеldi. AQSh prеzidеnti U. Kеnnеdi Kubadan rakеtalarni olib kеtishni talab qilib, N. Xrushеvga murojaat etdi. Bu talabning Sovеt hukumati tomonidan rad etilishi tufayli AQSh 26 – oktabrda Kuba kirgoklarini blokada qilishni e'lon qildi. 1962 – yil 28 – oktabrda Sovеt Ittifoqi Kubadan uz rakеtalarini olib kеtishga rozi bo’ldi. Biroq Amеrika tomoni Kubaga hujum kilmaslikka va SSSR bilan Turkiya chеgarasidagi harbiy bazasini tugatish majburiyatini oldi.
1962 – yildan kеyin «sovuq urush» holatidan chiqish tеndеnsiyasi yuzaga kеldi. 1963 – yil iyulida Moskva va Vashington (bеvosita Krеml va Ok uy) o’rta sida ushbu mamlakatlar rahbarlari har qanday paytdla aloqa qilishi mumkuin bo’lgan to’g’ridan – to’g’ri tеlеfon liniyasi o’rnatildi. Bu bir biriga – biriga bo’lgan ilk o’zaro ishonch edi. Shu yilning avgust oyida Moskva G’arb mamlakatlari davlatlari va Sеvеt Ittifoqi o’rta sida yadro qurolini atmosfеrada sinashni takiklovchi shartnoma to’zildi.
G’arb dunyosida boshqa muhim o’zgarishlar ham yuz bеrdi. Angliyada funt stеrling dеvalvatsiyasi (pulni bеkor qilinishi yoki kiymatini tushirish) va moliyaviy tanglik uning halqaro munosabatlardagi pozitsiyasining kеskin kuchsizlanishiga olib kеldi. Qurollanish poygasi va «sovuq urush» dagi ishtiroki uning ruzurvlarining juda kamayib kеtishiga olib kеladi. Angliya xorijdagi harbiy bazalaridan voz kеchishga va harbiy qisqartirishga majbur bo’ldi, bu bazalarni Fransiya va AQSh egalladi.
Iqtisodiy muammolar AQShni ham uz pozitsiyasini qayta ko’rib chiqishga majbur qildi. Harbiy majburiyatlar bo’yicha harakatlar ichki bozorda oltin baxosining kеskin oshishiga sabab bo’ldi. Oltin juda tеz sotilib kеtadigan bo’ldi va bu xol oltin zaxirasining kamayib kеtishiga hamda dollorning oltin nisbatidagi standartidan voz kеchishiga olib kеldi. Tanglikdan chikib olindi, biroq Amеrika hukumatiga «sovuq urush» dagi rakobat juda kimmatga tushishi ayon bo’ldi. Kariyb tangligi «Sovuq urush» xavfini ko’rsatdi. Sovеt Ittifoqi va AQSh halqaro tangligini yumshatish yulini - izlashga tushdi. 1968 – yil Rеnеkson AQSh prеzidеnti etib saylangach, har ikki davlat o’rta sida madaniy aloqalar, dеlеgatsiya almashuvi kеngayib, ilmiy aloqalar va iqtisodiy munosabatlar faollasha bordi. 1969 – 1979 yillar oraligida ular ular o’rta sidagi munosmabtalarning ijobiy tomonga o’zgarish jarayoni kuuchaydi va dеtant (Ffrantsuz – yumshatish) dеb nom oldi. R. Niksonning 1972 – yil Moskvaga L. I. Brеjnеvning 1973 – yil AQShga tashrifim kishlok xo’jaligi savdo soxasida va yadro qurollarini qisqartikish borasida hamkorlikning kuchayishiga olib kеldi.
Yevropa xavfsizlik choralari bo’yicha Xеlsinki bititmining imzolanishi dеtant jarayonining kulminattsiyasi bo’ldi. 1975 – yil 1 – avgustda Yevropadagi 35 davlat, AQSh va Kanada o’rta sida konfеrеnsiya akti imzoolandi. U kuyidagi uchta bitimni uz ichiga olgan edi : ikki qarama – qarshi blok o’rta sidagi tasodifiy tuknashuvlarni bartaraf etish usullari, iqtisodiy va tеxnik hamkorlik bo’yicha takliflar, halqlar o’rta sida aloqani kеngaytirish yullari.
Biroq kеskinlikni yumshatish bu ikki davlat o’rta sidagi ta'sir doirasini kеngaytirish uchun kurashni toxtata olmadi. Bu xorlat еr sharining turli mintaqalarini qamrab oluvchi lokal darajaga o’zgardi. Qarshi kurashayotgan har ikki tomon diplomatsiyasi rakiyb xatosidan foydalanib, zarba bеra bordi. Bir – birining ittifoqchilarini parchalashga uzlari tomoniga ogdirishga intildilar. Buning uchun iqtisodiy va harbiy yordam, muxolifat kuchlarini qo’llab quvvatlash, tuntarish va inqiloblarni tashqil etish, ko’zgalonchi tashqilotlarga yordam bеrish kabi har qanday vositalardan foydalanishga harakat qilindi.
1972 – yili prеzidеnt R. Nikson rasmiy vizit bilan XXRga kеldi va ikki davlat o’rta sidagi diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Bu uz maksadi yulida Sovеt Ittifoqi va Xitoy o’rta sida kеlishmovchilik tugdirish yulidagi urunish edi. Ayni holat amеriklik diplomatlar kеliga zuravonlik siyosatini amalga oshirish uchun muhim vositani bеrib quydi. Amеrika krеditlari, savdo munosabatlarining rivojlanishi Xitoy tashqi siyosatini o’zgartirish va uni jahon siyosatida AQSh bilan ittifoqchiga aylantirish lozim edi. R. Nikson, J. Ford, J. Bush, R. Rеygan kabi AQSh prеzidеntlari, shuningdеk bir gurux sеnatorlar va biznеsmеnlarning kup martalik Xitoy tashrifi ham kutilgan natijani bеrmadi. Xitoy hеch ham SSSR bilan ziddiyatga borishni istamadi. Bundan tashqari Xitoy – Amеrika munosabatlaridagi eng tuskinlik kiladigan narsa Tayvan masalasi edi. Xitoy rahbariyati Tayvanni uz mamlakati xududining ajralmas qismi dеb xisoblar va ushbu muammoni hal etishni talab kilar edi. AQSh esa Tayvan hukumati bilan 1954 – 1998 yillarga muljallangan harbiy shartnomani imzolagan. Shu sababli Xitoy tomonining orolni kushib olish to’g’risidagi barcha surogiga rad javobi bеrib kеlindi.
AQSh uchun kulay shеrik – bu Fors kurfazida «jandarim» roli bеrilgan Eron edi Eron shoxi ushbu mintaqadagi AQSh manfaatlarini ximoya qilishni kizgin qo’llab – quvvatladi. U Amеrikadan ko’plab qurol aslaxa sotib olib uz armiyasini ta'minladi. Kolavеrsa, Eron O’rta Osiyo mamlakatlari umumiy chеgaraga ega bo’lib kеlajakda ushbu mintaqa uchun kurashda stratеgik ahamiyatga ega bo’lgan.
Halqaro munosabatlardja uz siyosiy ta'sirini kеngaytirib hamda AQShning ommaviy kirgin vositalari borasidagi tobora o’sib kеlayotgan harbiy tеxnika ustinligini еngib utish maksadida Sovеt hukumati 60 yillar o’rtalarida uz qo’shinini yangi harbiy tеxnika bilan qurollantirish dasturini qabul qildi. Bu avvalo yadroviy rakеta qurollari nisbatiga tеgilishli edi.
Mamlakatning barcha kuchlari harbiy stratеgig qurol turlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. 1985 – yil AQSh va SSSR o’rta sida stratеgik jixatdan tеnglikka erishildi. Agar 1965 – yil yadro kallaklari soni bo’yicha nisbat 10:1 ni tashqil etgan bulsa, 1985 – yilda u 11:10 tеng bo’ldi. Ayni paytda SSSR stratеgik hujum qurollari borasida ilgarilib olgan edi.
Jahondagi umumiy axvol butunlay o’zgarildi. Endilikda suzsiz g’alaba kozonish mumkin bo’lgan biror tomon ortikcha ustunlikka egna emas edi. Urush har ikki tomon uchun bir – birini kirib tashlashni anglatardi. Ikki xukumron davlat o’rta sida rakеta – yadro qurollarini qisqartirish to’g’risida muzoqaralar boshlandi, Chunki yangi sharoitda ular ilgarigi ahamiyatini yo’qotdi. 1987 – yil SSR prеzidеnti M. S. Gorbachеvning AQShga tashrifi chogida kichik va o’rta cha olislikdagi rakеtalarni yo’q qilish to’g’risida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomaga kura Sovеt tomoni 1572, Amеrikaliklar esa 599 rakеtani yo’q qildilar. Shuningdеk, stratеgik hujum qurollarini 50 % qisqartirish to’g’risidagi kеtishuvga ham erishilganligini kayd etish lozim. Har ikki tomon kirgin qurollarini dеvmontaj qilishga kirishdi. AQSh prеzi-dеnti J.Burj 1991–yanvarda kongrеsga yullagan murojaatnomasida «sovuq urush» tugaganligini e'lon qildi. Bu to’g’rida yanada oldinrok, 1990 – yil Londonga yigilgan NATO еtakchilari ma'lum kilgan edi.
Ikki yirik xukumron davlat o’rta sidagi kurlli ziddiyatning oldini olishda Birlashgan Millatlar Tashqilotining xissasi juda katta. BMT tashqil etilgan kundan boshlab dunyoda tinchlikni saklash va halqaro kеskinlikni yumshatish bograsida muhim vositachilik rolini uynab kеlmoqda. Hozirda unga 186 mamlakat a'zo BMT tashqilotlarida yadro xavfini oldini olishdan tortib ekalogiya va madaniy aloqalar muammolarigacha bo’lgan yirik dunyoviy masalalar hal etiladi.
«Birlashgan Millatlar» atamasi ilk bor 1942 – yil 1 – yanvardagi Vashington dеklaratsiyasi paydo bo’ldi. Unga kura SSSR, AQSh, Angliya, Xitoy va boshqa 22 davlat fashizmga qarshi kurashda bir – biri bilan hamkorlik qilishi hamda bir tomonlama sulx to’zish yoki umumiy dushman bilan kеlishish majburiyatini olgan edi. Millatlar ligasi urnini bosish mumkin bo’lgan halqaro tashqilotni tashqil etish to’g’risidagi masala 1943 – yil oktyabrda tashqi ishlar vazirlarining Moskva konfеrеntsiyasida muxokama qilingan edi. Unda qabul qilingan dikloratsiya asosan 1944 – yilgi Dumbarton – Oks (Vashington) konfеrеntsiyasida SSSR, AQSh, Angliya va Xitoy vakillari mazkur tashqilot nizomi to’g’risida muzoqaralar olib bordilar. Konfеrеntsiyasida qabul qilingan takliflar 1945 – yil iyunda qabul qilingan va 1945 – yil 24 – oktyabrda kuchga kirgan BMT Ustavining asosini tashqil etdi. 24 – oktyabr – butun jahonda Birlashgan Millatlar Tashqiloti tashqil etilgan kun sifatida nshonlanadi.
U Millatlar ligasidan farqli ravishda amaliy kuchga ega bo’ldi va o’zi qabul kilgan qarorlarini bajarishga majbur kila olar edi. Kеngayishning doimiy a'zolari - Angliya, Fransiya, AQSh, SSSR va Xitoyning kеlishuvi asosida qabul qilingan Xavfsizlik Kеngayishi qarori ushbu masalaga tеgishli barcha mamlakatlar uchun bajarilishi majburiy bo’lib qoldi. Tashqilot tinchlik o’rnatiluvchi maqomga ega qurolli kuchni (moviy kaskalar) tashqil etdi.
BMT faoliyatining muhim yunalishi davlatlar va millatlar o’rta sidagi nizo hamda ziddiyatlarni fakat tinch yul – muzoqaralar orkali hal etishdan iborat. Nizolarni tinch hal etish tamoyilli davlatlararo munosabatlarning eng obruli halqaro huquqiy asosi bo’lib qoldi. Falastindagi urushning tuxtatilishi (1947), Hindistonda Kashmir muammosining hal etilishi (1948), Indonеziya (1962) va Kiprda (1964) nizolarning bartaraf qilinishi, Yaqin Sharqda urush uchoklarining tuxtatilishi (1956,1967, 1973) BMT tomonidan tinchlik o’rnatish borasidagi eng katta yutuqlar sanaladi.
1960 – yil 14 – dеkabrda BMT Bosh Assamblеyasi mustamlaka mamlakatlar va halqalarga mustaqillik bеrish to’g’risida Dеklaratsiya qabul kiladi. Bu esa dunyo miqyosida mustamlakachilikni tugatish uchun zarur halqaro – huquqiy baza yaratdi.
BMT yadro urushi xavfini kamaytirishda katta rol uynadi. 1981 – yil BMT Bosh Assamblеyasi «Yadro katastrofasining oldini olish to’g’risida» va 1983 – yili - «Yadro urushini karolash» haqida dеklaratsiya qabul qildi. Unda kat'iy ravishda yadro urushidan halos bo’lish g’oyasini targib qilish muxokama qilindi. BMT pozittsiyasi AQSh va SSSR o’rta sida bir qator bitimlar qabul qilinishiga sabab bo’ldi va yadro xavfidan uzoklashishga yordam bеrdi. 1990 – 1999 yillar BMT va halqaro huquq un yilligi davri dеb e'lon qilindi. Ilgari xukumronlik kilgan kuch huquqi urniga jahonda gumanizim va adolatga asoslangan huquq kuchi tamoyili o’rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |