Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali axborotlashgan jamiyat va uning axborot resurslari


Axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali



Download 27 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2022
Hajmi27 Kb.
#579327
1   2   3   4   5
2.Axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali
Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, ma’lumotlar omborini taqdim etish – bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’zida jamlagan.
Bozordagi vaziyat dasturiy – texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning birinchi ehtiyoji – ishlab chiqarish xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing axborotlarini rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga bo’lgan talabni kuchaytiradi.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllan­tirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni ta’minlamoqda:
 katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash;
 axborotlarni tezkor izlab topish;
 uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati;
 bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash;
 bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish;
 faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma'lumotlar omborining paydo bo’lishi.
Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o’tishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko’maklashmoqda.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy – matematik usullar va modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi.
Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi.
Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar – pul munosabatlarining yuzaga kelishi hamda hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib boshqaruv ierarxiyasining, tovar – pul munosabatlarining, hisoblash mashinalarining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi.
Bundan tashqari axborot strategik resursga aylanmoqda, axborot resurslari esa uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini belgilab beradi deyishga asos bor.
Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot industriyasi mamlakatning rivojlanishini, tarmoqlar va tashkilotlar yuksalinishini belgilab beradi.
Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:
 barcha axborot tashuvchilardagi oldin yaratilgan va joriy vaqtda tanlangan birlamchi hujjatlar;
 to’liq matnli ma’lumotlar ombori;
 kutubxonalar, axborot markazlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yig’iladigan, chop etilgan va chop etilmagan birlamchi hujjatlar;
 yaratilgan bibliografik mahsulotlar;
 faktografik ma’lumotlar ombori;
tahliliy mahsulotlar;
 axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar;
 kompyuter tarmoqlari aloqalari;
 axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish vositalari;
 axborot mahsulotlarini yaratuvchi, saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar.
Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manbalari. Har qanday tashkilot u yoki bu tashqi muhitda faoliyat ko’rsatadi hamda ichki muhitni yuzaga keltiradi. Ichki muhit tashkilotning tuzilmaviy bo’linmalari va u yerda ishlovchi xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida shakllanadi. Yuzaga kelish manbaiga bog’liq holda tashkilot doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar muhitlari mavjud.
Ichki muhit axboroti odatda aniq bo’lib, xo’jalikning moliyaviy holatini to’liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko’pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi muhit – tashkilotdan tashqarida bo’lgan iqtisodiy va siyosiy sub’yektlardir. Bu tashkilotning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari va hakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Tashqi muhitdagi axborotlar ko’pincha taxminiy, noaniq, noto’liq, ziddiyatli, ehtimolli bo'ladi. Bu holatda ular nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish