Janubi-G‘arbiy Osiyoning umumiy ta’rifi


Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 18,53 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2017
Hajmi18,53 Kb.
#186
1   2   3   4   5
Tabiiy sharoiti va resurslari. Janubi-G‘arbiy Osiyo davlatlari quruq cho‘l, chalacho‘l va quruq tog‘li dasht mintaqasida joylashgan. Mintaqa hududining 60%i cho‘l landshafti bilan band. Shimolda keng chalacho‘l yassi tog‘ligi cho‘zilib yotadi. U asta-sekin tog‘lik bilan almashinadi. Bu tog‘lar foydali qazilmalarga boy. Mintaqaning asosiy boyligi, Arabiston yassi tog‘ligi, Mesopotamiya, Eron tog‘ligi va ba’zi bir boshqa viloyatlarda neft hisoblanadi. Kapitalistik va rivojlanayotgan mamlakatlarda qidiralayotgan barcha neft zahiralarining ⅔ qismi Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari xissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mintaqaning neft konlari o‘zining qulay geologik sharoitda joylashganligi bilan, garizontlarning katta quvvati bilan, yuqori gaz bosimi va yuqori sifati bilan farq qiladi; mintaqadagi ¾qism neft quduqlardan otilib chiqadi. Yirik neft konlari Saudiya Arabistonining Govar va Dengiz Safaniyasida topilgan. Eronda asosiy konlar Fors ko‘rfazining shimoli-g‘arbiy sohilbo‘yida joylashgan. Iroqda eng muhim konlar Kirkuk va Zubayr hisoblanadi. Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari ichida ko‘mirga Turkiya, misga Eron va Kipr, rux, qo‘rg‘oshin va xromga Turkiya va Eron, oltinga Saudiya Arabistoni, mineral tuzlarga Isroil va Iordaniya, oltingugurtga Iroq boy.

Mintaqa bu qismining iqlimi- subtropik-kontinental, quruq uzoq davom etuvchi yoz va qisqa yomg‘irli qish. O‘simliklari dasht va chalacho‘l xarekterida, faqat tog‘larning nam yon bag‘rlarida keng bargli o‘rmonlar o‘sadi. Mintaqaning janubiy qismi uchta viloyatga bo‘linadi: Levant, Arabiston yarim oroli, Mesopotamiya pasttekisligi. Levant O‘rta dengiz sohilbo‘yidagi tor polosa bo‘lib, Arabistondan Suriya-Falastin tog‘lari bilan ajralib turadi. Meridional yo‘nalishda cho‘kma cho‘zilib yotadi, unda O‘lik dengiz joylashgan, u dengiz sathidan 392m pastda joylashgan va Iordan daryosi oqadi. Levant iqlimi- O‘rtay dengiz iqlimi.

Arabiston yassi to‘g‘ligi deyarli butun Arabiston yarimorolini egallaydi va o‘zida cho‘lni ifodalaydi. Mesopotamiya pasttekisligi- qurg‘qchil viloyat, lekin u mintaqa hayotida katta rol o‘ynovchi Tigr va Yefrot daryolari bilan sug‘oriladi.

Aholisi. Janubi-G‘biy Osiyo mamlakatlarida 280mln. kishi yashaydi. Bu mintaqa dunyoning aholi siyrak joylashgan qismidir. Aholining o‘rtacha zichligi 1km²da 24 kishi, Livanda birmuncha zich-1km²da 355 kishi, Saudiya Arabistonida esa 1km²10 kishi. Aholi zich joylashgan joylar dengiz sohilbo‘yida, daryo vodiylarida va ancha nam tig‘oldi rayonlarida kuzatiladi.

Janubi- G‘arbiy Osiyoda nafaqat katta siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi, balki demografik siljishlar ham yuz berdi.Tabiiy o‘sish hisobiga aholi tez ko‘paymoqda. Shahar va qishloq aholisi o‘rtasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Shaharlar intensiv o‘smoqda.

Janubi-G‘rbiy Osiyo davlatlari aholisining milliy tarkibi bir xil, ko‘pchiligini arablar tashkil qiladi. Undan tashqari yirik milliy guruhlardan-turk, fors, afg‘onlar. Bu yerda yana kurdlar, ozorlar, jugutlar, greklar, tojiklar, arman va boshqa xalqlar yashaydi.

Aholining katta qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Islomning ikki asosiy yo‘nalishi-sunniylik va shialik tarixan tarkib topgan. Islomda bosh yo‘nalishni sunniylik egallaydi. Eron, Iroq, Yamanda shialar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Livanda 50%gacha bo‘lgan aholini xristianlar tashkil qiladi.




Download 18,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish