Jdpi ning Veb saxifasi


-mavzu: Lokal hisoblash tarmog‘iga kirish. lokal hisoblash tarmog‘ining tashkil etuvchilari va ularning turlari (4 soat ma’ruza)



Download 1,56 Mb.
bet8/20
Sana23.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#404102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
O’zbekistîn respublikasi îliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

7-mavzu: Lokal hisoblash tarmog‘iga kirish. lokal hisoblash tarmog‘ining tashkil etuvchilari va ularning turlari (4 soat ma’ruza)

Reja:

1. Lokal hisoblash tarmog’iga kirish.

2. lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari.

3. lokal hisoblash tarmog’ining turlari.

4. lokal tarmoq topologiyasi.

5. lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni

6. lokal tarmoq tashkil etish usullari.

7. lokal tarmoqqa kirish va undan ma’lumotlar qidirish

8. intranet lokal tarmog’i sifatida.

Lokal xnsoblash tarmog’a (LXT) deb, elementlari — hisoblash mashinalari (shu jumladan mini- va mikro-EHM lar), terninallar, aloqa apparaturasining bir-biridan nisbatan uncha katta bo’lmagan uzoqlikda (15 km gacha) joylashgan tarmoyuta aytiladi (lokal hisoblash tarmoqlari — tarmoqning hisoblash jarayonlari ma’lumot jarayonlariga qaraganda ustun bo’lgan yagona turidir, shuning uchun «hisoblash» sifati bu erda o’rinlidir).

Lokal tarmoq odatda bitta firma yoki ofis chegarasida ma’lumotlarni yig’ish, uzatish, bo’lib-bo’lib yuborilgan va tarmoqlangan qayta ishlash uchun mo’ljallangandir, ko’pincha firmaning va uning uzoqlashgan bo’limlarining faoliyatiga mos ravishda aniq bir vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ko’p holdarda punktlari lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan LXT boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto hududiy va global tarmoqlar bilan bog’langandir.

Har qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.

LXTlarning darajali tiplarn

LXT larida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funkcional bo’g’in: ishchi stanciyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.

Xamma LXT lar ham punktlari tarkibida ajratilgan serverlarga ega emas, ba’zi holdarda server vazifasi tarmoqning ishchi stanciyalari o’rtasida taqsimlangan kabi bo’ladi.

Shu nuqtai nazardan ikki tipdagi LXT to’g’risida so’z yuritish mumkin:

• markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlar;

• markaziy boshqariladigan tarmoqlar.

Markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha bitta darajali tarmoqlar — peer-to-peer deb atashadi) ishchi stanciyalarining o’zaro harakatini umumiy boshqarish markazi va qiymatlarni saqlash uchun umumiy qurilma yo’q. Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operacion tizim ishchi stanciyalari bo’yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stanciyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stanciyalarini so’rovlariga xizmat ko’rsatishi va punktlari so’rovlarini tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa stanciyalarga ulangan barcha periferiya qurilmalari (magnit va optik disklar, printerlar, skanerlar, plotterlar va b.) taallukli bo’ladi.

Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari:

• past narxi;

• yuqori ishonchliligi.

Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari:

• unchalik ko’p bo’lmagan ishchi stanciyalarini (10 tadan ko’p emas) ulash imkoniyati;

• tarmoqni boshqarishning murakkabligi;

• stanciyalarni dastur ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi;

• ma’lumotni himoya qilishni ta’minlashning murakkabligi.

Bitta darajali tarmoqlar Arti-Soft Lantastic, Novell NetWare Lite tarmoqli operacion tizimlar MS Windows for Workgruops kobigi asosida yaratiladi.

Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha ajratilgan serverli tarmoq, deb atashadi) kompyuterlardan (serverlardan) bittasi barcha ishchi stanciyalari ishlatishi uchun mo’ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi stanciyalarning o’zaro harakatini va boshqa bir qator servis vazifalarini bajaradi.

Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida mijoz u yoki bu jarayonlarni: faylni o’qish, qiymatlar bazasidan ma’lumotlarni qidirish, faylni bosish va x.k. bajarish uchun serverga so’rovni shakllantirishi mumkin.

Server mijozdan kelgan so’rovni bajaradi. So’rovni bajarish natijalari mijozga uzatiladi. Server umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi, bu ma’lumotlarga murojaat qilishni tashkil etadi va ma’lumotlarni mijozga uzatadi.

Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijalarini foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda tasvirlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlash serverda ham bajarilishi mumkin.

Serveri faqat ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash va mijozlarga kerakli ma’lumotlarni berish jarayonlarini bajaradigan tizimlar «fayl-server» tizimi nomiga ega: serverda saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlash ham bajariladigan tizimlarni esa «mijoz-server» tizimlari deb atash qabul qilingan.

Ya’ni «mijoz-server» tizimida server aktiv rol o’ynaydi: u so’rovga butun faylni oddiygina berib qolmasdan, balki ma’lumotlarni oldindan qayta ishlashi va mijozga, yoki masalani echilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mijozni qiziqtirgan va mijoz uchun tasvirlash qulay bo’lgan tanlab olingan yozuvlarni berishi mumkin. Bunday texnologiya, boshqa hamma narsalardan tashqari, tarmoq aloqa kanallarining kam yuklanishiga imkon beradi.

«Fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini fayl-server, «mijoz-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini esa ilova-server deb ataladi.

Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari:

• ishchi stanciyalarning sonini cheklashning yo’qligi;

• bitta darajali tarmoqlarga nisbatan boshqarishni oddiyligi;

• yuqori tezkorlik;

•ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi.

Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchiliklari:

• bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratilganligi sababli yuqori narxdaligi;

• tarmoqning tezkorligi va ishonchliligining serverga bog’liqligi;

• bitta darajali tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.

Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblanadi; bunday tarmoqlar uchun tarmoqli operacion tizimlarga misollar: MS LAN Manager, IBM va Novell Net Ware.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish