Жиноятда иштирокчиликнинг объектив белгилари билан боѓлиќ айрим муаммолар



Download 0,56 Mb.
bet7/13
Sana01.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#296714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Malakaviy bitiruv

Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo’lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday yekan, jinoiy javobgarlik o’z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik yesa jinoyat huquqiy munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chikishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir yetilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir yetilishi xisoblanadi.2

Albatta, jinoiy javobgarlikning yuzaga kelishi shaxs tomonidan sodir yetiladigan ijtimoiy xavfli qilmish bilan bog’liq deb qaraladi. Shu sababli aytish mumkin-ki, jinoiy javobgarlikning asosi shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir yetilishidir.

Jinoiy javobgarlik shaxsning Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan qilmishning sodir qilganligi uchun shaxs va davlat o’rtasida vujudga keladigan jinoyat-huquqiy munosabatdir.3

Shaxs harakatlarini ijtimoiy xavfli yekanligini aniqlash uchun avvalo, uning jamiyatdagi axloq normalariga mos kelishi yoki kelmasligi nuqtai-nazaridan baho berish lozim. Agar shaxsning harakatlari jamiyatdagi umumiy axloq normalariga zid keladigan bo’lsa, shundan keyin huquqni qo’llovchi uning harakatlarini jinoiy-huquqiy nuqtai-nazardan baholash imkoniyatiga yega. Ya’ni bunda ijtimoiy xavfli qilmishni sodir yetgan shaxsning harakatlarida jinoyat bor-yo’qligi masalasini ko’rib chiqadi. Shu sababdan ham juda ko’p mualliflar jinoiy javobgarlikning yuridik asosi sifatida jinoyat tarkibi mavjudligini va ayni vaqtda shaxs tomonidan jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan qilmishni sodir yetish fakti shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun faktik asos bo’lishini ko’rsatib o’tishadi.

Ko’pchilik mualliflar o’z ishlarida jinoiy javobgarlikning yuridik va faktik asoslari to’g’risida yemas, balki umumiy asoslari to’g’risida gapirishni maqsadga muvofiqligi to’g’risida gapirishni ma’qul deb hisoblashadi.

“Qonunda jinoyat tarkibi belgilarining mavjudligi, - deb yozadi A.A. Chistyakov, - jinoiy javobgarlikning asosi yemas. Bu haqiqatda ro’y berishi mumkin bo’lgan qilmishning qonun chiqaruvchi tomonidan berilgan tavsifidir. Jinoiy qilmishning tavsifi o’z-o’zidan jinoiy javobgarlikni asosi bo’la olmaydi ular – yuridik shartlar sifatida ko’rinadi. Qilmish ham o’zidan-o’zi asos bo’la olmaydi, uning tavsifi me’yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlanmas yekan, hyech narsani anglatmaydi, huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.”

Biz bunday fikrga qo’shila olmaymiz, chunki O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasi jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo’lganda sodir yetilgan qilmish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ko’rsatib o’tilgan asos yagonadir. Bu shuni anglatadiki, shaxs uning qilmishida jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo’lgandagina jinoiy javbgarlikka tortilishi mumkin. Aks holda jinoiy javobgarlik to’g’risida gapirish mumkin yemas. Yuqorida aytib o’tilganlar ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarga ham taalluqlidir. P.I. Grishayev va G.A.Kriger to’g’ri ta’kidlab o’tganidek, “Hyech qanday shubha yo’qki, ijtimoiy qilmish sodir yetgan ishtirokchilarning javobgarligi yakka harakat qilgan shaxslarning javobgarligi kabi asoslantirilishi kerak.” Ammo, ba’zi sovet davri tadqiqotchilarining fikricha, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi ishtirokchilarning harakatlarida jinoyat tarkibi bo’lmaydi, chunki ular Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddasida ko’rsatilgan qilmishning obektiv tomonini bevosita sodir yetishmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ularning javobgarligini asosi bo’lib, bajaruvchi tomonidan sodir yetilgan qilmish hisoblanadi.

Bizning fikrimpizcha, bu masalaning hal yetilishi ishtirokchilik institutining huquqiy tabiatiga jamiyatda shakllangan ikki xil nazariya aksessor va mustaqil nazariyalar bilan bevosita bog’liq.

Aksessor nazariya tushunchasi to’g’risida ishimizning oldingi boblarida (59-61 betlarida) qarab chiqilganligini uning tushunchasiga batafsil to’xtalmasdan, bu boradagi ba’zi qarashlarni ko’rib chiqamiz.

Ishtirokchilarning aksessor javobgarligi nazariyasiga ko’ra bajaruvchi o’zining harakatlari uchun qanday javobgarlikka tortiladigan bo’lsa, boshqa ishtirokchilar ham, jumladan tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar ham xuddi shunday javobgarlikka tortiladilar. Albatta bu boradagi fikrlar jinoyat huquqi nazariyasida bir xil yemas. A.A. Piontovskiy ishtirokchilikning aksessor nazariyasini asosiy qoidalari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tadi:



  1. Ishtirokchi harakatining jinoiy-huquqiy ahamiyati u sodir yetilishida ishtirok yetgan jinoyat xarakteri bilan aniqlanadi. (har bir ishtirokchining harakati mustaqil ahamiyatga yega yemas).

  2. Bajaruvchi (bajaruvchilar) tomonidan sodir yetilgan jinoyat har bir ishtirokchiga nisbatan tadbiq yetiladi. Agar bajaruvchi tugallangan jinoyatni sodir yesa, ishtirokchilar ham tugallangan jinoyat uchun javob berishadi. Agar u faqat suiqasd sodir yetgan bo’lsa, har bir ishtirokchi ham suiqasd uchun javob berishadi.

  3. Agar bajarauvchining faoliyati jinoiy javobgarlikka tortish uchun zarur jinoiy faoliyat darajasiga yetib bormagan bo’lsa, boshqa ishtirokchilar tomonidan sodir yetilgan harakatlar ham jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

  4. Agar bajaruvchining harakatlarida huquqqa xiloflik yelementlari bo’lmasa, boshqa har bir ishtirokchining harakatlari ham huquqqa xilof bo’lmaydi.1

Aksessor nazariyaning ilk ko’rinishi o’zga shaxsning jinoyati uchun javobgarlik shaklida yuzaga kelgan yedi, chunki uning bir qator tarafdorlari yerkning mutloq yerkinligi tarafdorlari pozisiyasida turishgan yedi. Albatta, bu yerda yuqoridagi fikrlarning barchasiga qo’shilish imkoniyati yo’q. M.X.Rustamboyev ta’kidlaganidek, ishtirokchilar, - “...suiqasdni tashkillashtirganliklari yoki jinoyatga tayyorgarlik ko’rganliklari uchun suiqasdga yoki jinoyatga qiziqtirganliklari uchun, va nihoyat jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi.”2

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun javobgarlik doirasi belgilash bilan bog’liq yana bir nazariya – bu mustaqil javobgarlik nazariyasidir. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, har bir shaxs o’zi tomonidan sodir yetgan harakatlar uchun javobgarlikka tortilishi lozim. O’zga shaxsning aybi uchun javobgarlik mavjud bo’lmaydi. Sosiologik maktab tarafdorlarining fikricha, jinoyatchilar soni qancha bo’lsa, jinoyatlar soni ham shunchadir. I.Ya.Foyniskiyning yozishicha, “Individual javobgarlikni o’zining tub qoidasi sifatida ye’tirof yetuvchi jinoyat huquqi anglashilmovchilik tufayli va an’anaga ko’ra o’zganing aybida jinoiy-huquqiy javobgarlik to’g’risida gapirishni davom yettiradi. Aslida yesa, har bir kishi o’z aybi uchun javob berishi kerak va javob beradi.”3

Bu maktab tarafdorlari birgalikda harakat qilgan jinoyatchilarning mustaqil javobgarligi prinsipini ye’lon qilish bilan birgalikda, har bir ishtirokchining harakatlarini mustaqil jinoyat sifatida qarab chiqishni oldinga surishdi. Ba’zida ishtirokchilik institutini Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlashni taklif qilishardi.

Shunday qilib, ishtirokchilikning aksessor va mustaqil nazariyalari bir-biriga qarama-qarshi qo’yilardi. Bizning fikrimizcha, ishtirokchilarning javobgarligi bilan bog’liq masalani o’rganishda har ikki nazariyadan foydalanish zarur bo’ladi, ularning birini inkor yetib, ikkinchisini ma’qullab biron maqsadga yerishish mumkin yemas, chunki har ikkala nazariyani ham “sof” ko’rinishda to’g’ri deb bo’lmaydi. Chunki har bir ishtirokchining qilmishida javobgarlikning mustaqil asoslari mavjud va boshqa jinoyat uchun javobgarlik to’g’risida so’z bo’lishi mumkin yemas.

Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddalarida qonun qonun chiqaruvchi shaxs tomonidan sodir yeilgan tugallangan jinyatlarni ko’rsatib o’tadi. Bu yesa navbatida tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi harakatlarida jinoyat tarkibi yo’qligini anglatmaydi. Jinoyat tarkibi belgilari ishimizning oldingi boblarida qayd yetilganidek, Jinoyat kodeksining faqatgina Maxsus qismi moddalaridagina ko’rsatib o’tilmaydi. V.N. Kudrvyasev to’g’ri ko’rsatib o’tganidek, Maxsus qism moddasining dispozisiyasida qoida tariqasida jinoyatning obektiv tomoni belgilari ko’rsatib o’tiladi, u ham to’liq yemas, shu sababli jinoyatning subekti, obektiv va subektiv tomonini tomonlarini tavsiflovchi Umumiy qism moddalari qoidalariga murojaat qilishga to’g’ri keladi.1 Shunday qilib so’z jinoyat tarkibi belgilari to’g’risida borar yekan, biz uni to’lasincha Jinoyat kodeksining Umumiy va Maxsus qismida ko’rsatilgan belgilardan iborat bo’lishi to’g’risida gapirmog’imiz ma’qul. Bu yerdan shunday xulosa qilish mumkin-ki qonun chiqaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi jinoyat ishtirokchilarini jinoyatni obektiv tomonidagi faoliyatiga bahoni faqatgina bir marta barcha qasddan sodir yetiluvchi jinoyatlar uchun Umumiy qismda ko’rsatib o’tadi. Shu sababdan ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi yakka holda jinoyat sodir yetgan shaxslarning javobgarligi bilan bir xil. Ishtirokchilik jinoiy javobgarlikning alohida, maxsus asoslarini keltirib chiqarmasligi to’g’risida qoidalar ilmiy adabiyotlarda ko’pchilik mualliflar tomonidan tan olinadi.1

Juda ko’plab mualliflar ishtirokchilikning aksessor tabiati to’g’risida gapirar yekan, ishtirokchilikda bajaruvchining roli masalasiga alohida ye’tibor qaratishadi. M.I. Kovalevning fikricha, bajaruvchisiz ishtirokchilik mavjud bo’lmaydi, faqatgina bajaruvchi ishtirokchilar tomonidan rejalashtirilgan jinoyat tarkibini bajarganda yoki bajarishga kirishgandagina ishtirokchilikning alohida shartlari va javobgarligi mavjud bo’lishi mumkin.2 Ammo, bajaruvchining ixtiyoriy qaytishi jinoyat sodir yetishga tayyorgarlik yoki suiqasd belgilari bo’yicha, bajaruvchining o’z jinoiy niyatidan qaytgan bosqichiga bog’liq holda jinoiy javobgarlikka tortiladigan jinoyatning boshqa ishtirokchilarini javobgarlikdan ozod qilmaydi. Ishtirokchilikda ixtiyoriy qaytishning mavjud bo’lishi imkoniyati shubhasizdir. Agar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning barcha harakatlariga qaramasdan jinoyatning oldini olish mumkin bo’lmagan bo’lsa, ularning bu faoliyati ixtiyoriy qaytish sifatida ko’rilishi mumkin yemas va ular umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladilar.3 Demak, ishtirokchilikning boshqa a’zolari jinoyatdan ixtiyoriy qaytishga urinsalarda, bunga qaramasdan bajaruvchi jinoyatni sodir yetadigan bo’lsa, boshqa ishtirokchilar ham javobgarlikdan ozod qilinmaydi va sodir yetilgan qilmishning ishtirokchisi sifatida javobgarlikka tortiladi.




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish