Jinoyatning subyektiv tomoni: Motiv, maqsad, emotsiya…



Download 22,16 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi22,16 Kb.
#299287
  1   2   3
Bog'liq
Jinoyat tarkibi subyektiv tomonining qasd


Jinoyatning subyektiv tomoni: Motiv, maqsad, emotsiya…

Jinoyat tarkibi subektiv tomonining qasd, ehtiyotsizlik kabi zaruriy belgilaridan tashqari, ba’zi jinoyat tarkibi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli boshqa elementlari ham ajralib chiqadi. Ular jinoyat sodir etishdagi motiv va maqsadlar hisoblanadi. Ushbu belgilar jinoyatning fakultativ belgilari deya e’tifor etiladi. Fakultativ belgilar bu – barcha jinoyatlar uchun majburiy bo‘lmagan, ammo Jinoyat Kodeksi maxsus qismining bir qancha moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblari uchungina zaruriy bo‘lgan belgilardir. Jinoyatning sub’ektiv tomonining mazmuni ayb, motiv, maqsad kabi yuridik belgilari yordamida ochib beriladi. Ayb, motiv va maqsad bir-biri bilan uzviy bog‘langan tushunchalar bo‘lishi bilan birga ularning har biri mustaqil mazmunga ega bo‘lib, jinoyat sub’ektiv tomonining yuridik belgilarini tashkil qiladi.

Jinoyat motivi deyilganda - inson faolligi manbasi, ichki yo‘naltiruvchi hissiyot tushuniladi. Motiv sub’ektni o‘z maqsadlari sari yo‘naltiruvchi kuch hisoblanadi. U ma’lum inson ehtiyojlari va qiziqishlaridan yuzaga keladi va shaxsni jinoyat sodir qilishga yo‘naltiradi (masalan: “Rashk motivi” orqali qasddan odam o‘ldirish jinoyati JK 97-moddasi 1-qismi).

Jinoyat maqsadi esa – ijtimoiy xavfli qilmishni bajarishdan ko‘zlangan manfaat (masalan: “Boshqa bir jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida” qasddan odam o‘ldirish JK 97- moddasi 2 – qismi “o” bandi).

Emotsiyalar - insonning boshdan kechirayotgan his-tuyg‘u va kechinmalaridir. Inson boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan barcha emotsiyalar ichida faqat affektgina jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Affekt fiziologik yoki patologik bo‘lishi mumkin. Affekt holatida jinoyat sodir etish jazoni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi, sharti shuki, u jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan bo‘lishi lozim.

«Odam xulq-atvorining motivi shundagina jinoyat motivi bo‘ladiki, qachonki motiv jinoiy qilmishning barcha muhim xususiyatlarini qamrab olganida, bu esa faqat qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘lishi mumkin»1 .( 1 Рарог А.И. Квалификатсия преступлений по субъективным признакам. – СПб.: «Юридический сентр Пресс», 2003. – С. 137-141.)

Psixologiyada motiv ostida shaxs faolligi omili, ya’ni shaxs xulqatvori negizida yotuvchi harakatdagi kuch tushuniladi. Bunday kuchning manbai bo‘lib, ehtiyojlar, ya’ni hayotiy faoliyatning muayyan 1 Рарог А.И. Квалификатсия преступлений по субъективным признакам. – СПб.: «Юридический сентр Пресс», 2003. – С. 137-141. 214 шароитларидаги англанган ва англанмаган талабларнинг акс этиши кабилар кўринади 1 . Anglash jarayonida va ehtiyojlarni moddiylashtirishda shaxs ongining manfaatlar, qiziqishlar, intilishlar, istaklar va boshqa «elementlari» paydo bo‘ladi. Bu barcha mahsulotlar ehtiyojlar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular asosida shakllanadi, genetik planda «ikkilamchi» hisoblanadi, biroq aynan ular shaxsning bevosita harakatdagi kuchi – motivni shart qilib qo‘yadi. Ko‘p hollarda manfaat shaxs faolligining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Manfaat ehtiyojlardan hosil bo‘ladi. Psixologik tushunishda u o‘zida nimagadir shaxsiy ishtiyoqni, ya’ni anglab yetilgan ehtiyojni namoyon etadi. Manfaatning anglab yetilganligi uni mayl (qiziqish)dan – ehtiyojning anglab yetilmagan kechinmasidan farqlaydi. Vujudga kelgan manfaat va qiziqish, o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘llariga ega. Shuning uchun ular ehtiyojni qondirishi mumkin bo‘lgan predmetni uchratganlarida xatti-harakatning motivi bo‘ladi. Ehtiyojning uning predmetida konkretlashganligi va bu muhim ehtiyoj bilan uni qondirishning sharoitlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik motivning – qilmishga undovchi psixika faol holatining vujudga kelishiga olib boradi 3 (Зелинский А.Ф. Осознаваемое и неосознаваемое в преступном поведении. – Харьков: «Вища школа»,)


Download 22,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish