Jinsiy organiar


Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib



Download 30,64 Kb.
bet2/12
Sana16.01.2022
Hajmi30,64 Kb.
#377661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Jinsiy organiar. Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib

Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi va rivojlanishi

1880 yilda Nussbaum birmchi marta jinsiy va somatik hujayralar farqini va jinsiy hujayralarning ontogenezning embrion (murtak) davrida, hosil bo'lish yo'lini aytgan edi. Bu g'oyani A. Veysman rivojlantirdi.

Murtak yo'li g'oyasining mazmuni shundan iboratki, jinsiy va somatik luijayralar rivojlanishi, ontogenezda juda erta farqlanadi. Haqiqatdan ham jinsiy hujayralar, yoki birlamchi jinsiy hujayralar, (gonositlar) ancha erta somatik hujayralardan yirikligi, yadrosining kattaligi, sitologik xususiyatlari bilan farqlanadi. Gonositlarning sitoplazmasida topilgan xarakterli ultrastruktura, ektosoma deyiladi. Uning bo'iishi, gonositning asosiy belgisi hisoblanadi.Shu o'rindayangi gipotezapaydo bo'ldi, ungako'ra, ektosoma jinsiy hujayralarning totipotent tarkibini belgilaydi. Elektron mikroskop yordamida uning tarkibida RNK, oqsil borligi aniqiandi. Ma'lum bo'lishicha, jinsiy hujayraJardagi "jinsiy determinantlar" somatik hujayralarda bo'lmaydi. Ayrim tuban hayvonlarda bunday modda somatik hujayralarda ham uchraydi va ularni jinsiy hujayralarga aylantiradi. Olimlarning fikricha, "jinsiy determinant"ni birlamchi jinsiy hujayralarni aniqlash uchun, beigi sifatida qabul qilish mumkin. Embrionning birlamchi jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi blastomerini gonoblast deb ataladi. Ana shu qismni ko'chirib o'tkazish orqali, iilarning paydo bo'lishini aniqlashga erishildi. Jumladan, hasharotlarning ikki qanotlilar turkumi vakillarida tuxumning orqa tomonida ektosoma (jinsiy determinant) to'planishini kuzatish mumkin. Ooplazma (jinsiy plazma)ning bu qismi bo'linish natijasida, birlamchi jinsiy hujayraga aylanadi. Ot askaridasida birlamchi jinsiy hujayra -somatik hujayralarning to'rtinchi bo'linishi keyin, sikloplarda birlamchi jinsiy hujayra, birinchi bo'linishdan keyin hosil bo'ladi.
Uzoq yiliar davomida yuksak hayvonlar - mollyuskalar, bo'g'imoyoqlilar, iiinatanlilar, umurtqali hayvonlarda birlamchi jinsiy hujayralar jinsiy hujayralarning yagona manbaimi, yoki keyinchalik somatik hujayralardan hosil bo'ladimi? degan munozarali savol turardi. Bu savolga tajriba yo'li bilan, ya'ni birlamchi gonositni yo'qotish bilan javob topildi. Jumladan, nurlantirish yo'li bilan hasharotlar tuxum plazmasining va qushlar tuxumining gonosit qismini nobud qilish mumkin. Shundan keyin embrion rivojlanadi, ammo gonosit rivojlanmaydi.Birlamchi gonosit ko'chirib o'tkazilgandavaresipientning gonositi olib tashlanganda, resipientdadonorning gonositi rivojlangan.

Bu tajribalardan ma'lum bo'lishicha, umurtqalilarda va umurtqasizlarda (bulutlar, kovakichlilar, yassi va halqali chuvalchanglardan tashqari) birlamchi gonositlarning yagona manbai rivojlanishning dastlabki davrlarida paydo bo'ladi. Boshqacha aytganda, embrion hujayralari rivojlamshining dastlabki davrlarida, jinsiy va somatik hujayralarga ajraladi. Ammo ba'zi olimlar hozirgacha gonositlar (jumladan, baliqlarda) rivojlanishning keying! bosqichiarida, gonadaning epitehy hujayralaridan paydo bo'ladi, degan fikrlarni aytmoqda.

Birlamchi jinsiy hujayraning migrasiyasi. Jinsiy hujayralarning rivojlanishi uzoq davom etadi. Hamma hayvonlarda gonadalar gonositlardan keyin paydo bo'ladi. Birlamchi gonositlar mustaqil harakatlanish, ya'ni migrasiya qilish qobiliyatiga ega. Tovuq embrionining gonositlari o'z yo'lining ma'lum qismini qon orqali, qolgan qismini faol harakatlanib bosib o'tadi.

Fransuz embriologlari E. Volf va F. Dyubua ma'lumotlariga ko'ra, gonositlarning harakatlanishiga, gonadadan ajraladigan kimyoviy moddalar ijobiy ta'sir etadi. Ammo bu xemotaksis hodisasi, yoki harakatlanishning oddiy faollashtirishi ekanligi hozircha noma'lum.



Dastlab gonositlar soni embrionda kam bo'ladi. Gonosit gonadaga o'mashib olgandan keyin, intensiv bo'linadi va soni ortadi. Sames (erkak) va samka (urg'ochi) jinsiy bezining rivojlanishi davrida, gonositning joylashishi farqlanadi. Gonadaning jinsga bog'liq holda rivojlariishining dastlabki davrida, gonosit erkaklik urug' kanalining ichiga, urg'ochilik jinsiy bezining tashqarisida joylashadi. Embrion jinsini gistologik jihatdan aniqlash mumkin bo'lgan davrdan, boshlab goniylarni spermatogoniy, yoki oogoniy deb ataladi.

Gonositning goniyga aylanishi, bir qancha o'zgarishlar tufayli amalga oshadi, jumladan, ular yiriklashadi, yumaloq shaklni oladi, amyobasimon harakati yo'qoladi, intensiv ko'payadi.
Keyinchalik oogoniylarning bo'linishi to'xtaydi. Bu davrga kelib, tuxumdonda oogoniylarning ma'lum zaxirasi to'planadi. Ularning oz qismi, yetilgan tuxum hujayraga aylanadi, ko'p qismi nobud bo'ladi, yoki degenerasiyaga uchraydi. Hisoblarga qaraganda, 5 oylik odam embrionida 6800000, tug'ilish oldidan 1 mln, 7 yoshda 300000 oogoniy bo'ladi. Oogoniylar sonining ortishi, har xil hayvonlarda har xil muddatlarda to'xtaydi. Masalan, sut emizuvchilarda bu jarayon tug'ilishgacha, ba'zi hayvonlarda tug'ilishdan keyin to'xtaydi, ba'zi tuban primatlarda oogoniylar jinsiy voyaga yetganda ham ko'payadi.

Spermatogoniylarning ko'payishi, aksincha butun jinsiy voyaga yetgan davr davomida uzluksiz (issiqqonli hayvonlarda), yoki mavsumiy (sovuqqonli hayvonlarda) sodir bo'ladi.

Gametogenezning keyingi bosqichlarida spermatogoniylar va oogoniylar murakkab o'zgarishlardan keyin yetilgan jinsiy hujayralar-spermatozoid va tuxum hujayraga aylanadi. Bu jarayonlar hujayra yadrosi va sitoplazmasida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'lishi bilan, amalga oshadi va oogoniy hamda spermatogoniy morfologik va fiziologik jihatdan erkaklik va urg'ochilik jinsiy hujayralariga aylanadi. Bu o'zgarishlar quyidagilardir:

  1. Rivojlanayotgan tuxum hujayrada ko'plab makromolekula, subhujayraviy va oziq moddalar sintezlanadi va kiradi. Ana shu moddalar hisobidan tuxum hujayra kattalashadi, shakllanayotgan spermatozoidda sitoplazma umuman yo'qoladi va ba'zi moddalar sintezlanadi.

  2. Jinsiy hujayralar rivojlanishi davrida meyoz bo'linish sodir bo'ladi. Unihg 2 ta xususiyati: xromosomalar sonining kamayishi va gomologik xromosomalarda genlar rekombinasiyasi sodir bo'ladi.

  3. yetilgan jinsiy hujayralarda ularni tashkil etuvchi moddalar shakli va funksiyasiga qarab qayta taqsimlanadi.


Download 30,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish