Jism grafikda ko`rsatilgan r nuqtadan qaysi nuqtaga ko`chsa, uning ko`chish uzunligi ga teng bo`ladi?



Download 50,73 Kb.
Sana14.05.2022
Hajmi50,73 Kb.
#603806
Bog'liq
Fizika va astronomiya asoslari


1.Jism grafikda ko`rsatilgan R nuqtadan qaysi nuqtaga ko`chsa, uning ko`chish uzunligi 5 ga teng bo`ladi?


A) D nuqtaga B) C nuqtaga


C) B nuqtaga D) A nuqtaga
2. Havo shari biror balandlikka vertikal ko‘tarilgach, shamol uni gorizontal yo‘nalishda 600 m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko‘chishi 1 km bo‘lsa, uning o‘tgan yo‘lini toping (m).
A) 1400 B) 800 C) 600 D) 1000

3. Moddiy nuqta 1 daqiqa ichida o`z tezligini 36 km/soat dan 90 km/soat gacha ochirdi. Uning shu vaqt ichidagi tezlanishini toping.


A) 54 sm/s2 B) 25 sm/s2 C) 90 sm/s2 D) 60 sm/s2

4. Jism boshlang‘ich tezliksiz erkin tushmoqda. Uning dastlabki 3 s va 7 s vaqt davomida o‘tgan yo‘llarining nisbatini toping.


A) 9:49 B) 3:7
C) 5:13 D)

5. Burchak tezligi 10 rad/s, markazga intilma tezlanishi 36 m/s2 bo`lgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligini toping.


A) 3,6 m/s B) 24 m/s
C) 10 m/s D) 3,14 m/s

6. “Jismga biror kuch ta’sir qilmaguncha, u o`zining nisbiy tinch yoki tekis tezlanuvchan harakatini saqlaydi”. Bu …


A) Nyutonning I qonuni B) Nyutonning II qonuni
C) Nyutonning III qonuni D) bunday qonun yo`q

7. 1 kg massali jismga o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan 6 N va 8 N kuchlar ta’sir qilsa, jismning tezlanishi necha m/s2 bo‘ladi?


A) 2 B) 6
C) 8 D) 10

8. Rasmda ko`rsatilgan jismlar harakatlanayotganida ularni bog`lab turgan ipdagi taranglik kuchi qanday bo`ladi?


( g=10 m/s2).
A) 42 N B) 50 N C) 21 N D) 70 N

9. 100 N kuch bikrligi 800 N/m bo’lgan simni qanchaga cho’za oladi (mm)?


A) 12,5 B) 8 C) 80 D) 125

10. Rasmda ko`rsatilgani kabi, tarozining bir pallasiga yuk mahkamlangan shtativ, boshqa pallasiga ichida suvi bo`lgan idish qo`yilgan va ular muvozanatda turibdi. Yuk temir moddasidan tayyorlangan bo`lib, uning massasi 44 gr. Ip uzaytirilib, yuk hajmigacha suvga botirildi. Bunda muvozanat buziladi. Muvozanat tiklanishi uchun tarozining shtativli pallasiga qanday massali tilla qo`yish lozim?


( suv toshib chiqmaydi).
temir=8,8 gr/sm3, ρoltin=19,2 gr/sm3)

A) 14 gr B) 19,2 gr


C) 5 gr D) 7 gr
11. 2V tezlik bilan harakatlanayotgan m massali sharcha 4m massali tinch turgan plastilin sharchaga uriladi. To‘qnashuvdan so‘ng ular qanday yig‘indi Impulsga ega bo‘ladi?
A) B) 2mV C) 4mV D) 6mV
12. Qaysi fizik kattalik barcha turdagi harakatlarning umumiy o‘lchovi hisoblanadi?
A) ) energiya
B) harakat miqdori (impuls)
C) barcha turdagi harakatlar uchun yagona umumiy o‘lchov bo‘lishi mumkin emas
D) maydon kuchlanganligi

13. Massasi 50 kg, tezligi 40 km/s bo`lgan meteoritning kinetik energiyasini toping.


A) 20 MJ B) 40 GJ
C) 125 MJ D) 50 GJ

14. 2 t massali Matiz qiyalik burchagi 37O bo`lgan tekislikda yuqoriga 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Agar avtomobil shu harakatida 100 kW quvvat hosil qilayotgan bo`lsa, Matiz shinalari va tekislik orasidagi ishqalanish koef.ni toping.


(sin37O=0,6; cos37O=0,8)
A) 0,2 B) 0,08
C) 0,5 D) 0,8

15. Massasi 140 g bo‘lgan xlor molekulalarining sonini aniqlang.


(M=35 g/mol)
A) 6,02·1023 B) 12,04·1023
C) 6,02·1025 D) 12,04·1024

16. “Broun harakati” deyilganda nima tushuniladi?


A) suyuqlik molekulalarining issiqlik harakati
B) suyuqlikka solingan qattiq jism zarralarining suyuqlik molekulalari ta’siridagi harakati
C) suyuqlik molekulalarining unga solingan mayda zarralar ta’siridagi harakati
D) suyuqlikka solingan qattiq jism zarralarining o‘zaro ta’sirlashuvlari natijasida yuzaga keladigan harakati

17. Gazning konsentratsiyasi 8 marta ortsa, gaz molekulalari orasidagi o`rtacha masofa qanday o`zgaradi?


A) 8 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 2 marta kamayadi D) 4 marta ortadi

18. “Bolsman” doimiysi – …


A) 1 mol ideal gazning haroratini 1 K ga ko‘tarish uchun sarflangan energiya
B) 1 g ideal gazning haroratini 1 K ga ko‘tarish uchun sarflangan energiya
C) 6,02∙1023 ta gaz molekulasining haroratini 1 K ga ko‘tarish uchun sarflangan energiya
D) 1 ta gaz molekulasining haroratini1 K ga ko‘tarish uchun sarflanga energiya

19. Gaz izotermik kengayganda 20 J ish bajardi. Gazga qancha issiqlik miqdori berilgan?


A) 50 J B) 30 J
C) 40 J D) 20 J

20. Termodinamikaning 1–qonuni izoxorik jarayon uchun qanday ko‘rinishda yoziladi?


A) Q=ΔU+A B) Q=ΔU
C) A=–ΔU D) A=Q

21. Temirchining o‘chog‘ida 3 kg po‘latni 1400 K ga isitish uchun 4,6 kg maxsus yoqilg‘I sarflandi. Agar po‘latning solishtirma issiqlik sig‘imi 460 J/(kg·K), maxsus yoqilg‘ining yonish issiqligi 3 MJ/kg bo‘lsa, o‘choqning FIK ini toping.


A) 56% B) 85%
C) 28% D) 14%

22. Zaryadi +4e bo`lgan tomchi unga yorug`lik tushishi natijasida 2 elektronini yo`qotdi. Tomchining keyingi zaryadi nimaga teng bo`ladi?


A) +2e B) –2e
C) +6e D) –8e

23. Bir xil ishorali q va 3q zaryadli ikkita metall sharcha bir–biridan r masofada turibdi. Sharchalar bir–biriga tekkiziladi va avvalgi vaziyatiga qaytariladi. Bunda o`zaro ta’sir kuchi qanday o`zgaradi?


A) 1/4 marta ortadi B) 4/3 marta ortadi
C) 3 marta ortadi D) 9 marta ortadi

24. Radiusi 6 sm bo`lgan metall sharga 25 nC zaryad berilgan. Shar markazidan 5 sm uzoqlikdagi nuqtada kuchlanganlik qanchaga teng?


A) 450 kV/m B) 90 kV/m
C) 90 MV/m D) 0 V/m
25. Rasmda tasvirlangan elektr zanjirning A va B nuqtalari orasidagi umumiy qarshilikni toping.
(rezistorlardan har birining qarshiligi 30 Om).

A) 10 Om B) 20 Om


C) 30 Om D) 45 Om
26. Qarshiliklari R, 2R va 3R bo‘lgan rezistorlar parallel ulangan va o‘zgarmas tok manbaiga ulangan. Bu rezistorlarning qaysi birida eng ko‘p issiqlik ajraladi?
A) R B) 2R
C) 3R D) hammasidan bir xil

27. Elektroliz jarayonida 2 mC zaryad ajraldi va elektrodda 4 g metall ajraldi. Metallning elektrokimyoviy ekvivalentini toping (kg/C).


A) 2 B) 0,005 C) 0,02 D) 0,04

28. Muhitdagi cheksiz to`g`ri I tokning o`zidan r masofada hosil qiladigan magnit maydon induksiyasining ifodasini ko`rsating.




29. Yuzi 25 sm2 bo`lgan sim ramka bir jinsli magnit maydonda aylantirilganda, ramkani kesib o`tuvchi magnit oqim Ф=2,5·10-4cos6t (Vb) qonun bo`yicha o`zgaradi. Magnit maydon induksiyasi necha Tesla?


A) 0,1 B) 0,6
C) 1 D) 0,2

30. O`zgaruvchan tok zanjiridagi EYUK E=120sin628t V formula bilan ifodalanadi. EYUK ning ta`sir etuvchi qiymatini va o`zgarish davrini toping.


A) 120 V; 0,02 s B) 85 V; 0,01 s
C) 100 V; 0,01 s D) 80 V; 0,02 s
Download 50,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish