Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 25,78 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi25,78 Kb.
#528660
Bog'liq
qultoyev 2


JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI
FANIDAN LABORATORIA MASHG’ULOTI ISHLANMASI
1-mavzu: BOLALAR VA O‘SPIRINLAR ORGANIZMINING ISH FAOLIYATIGA JISMONIY
YUKLAMALARNING TA`SIRI. JISMONIY TARBIYA BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNI
TEKSHIRISH SHAKLLARI VA USLUBLARI. MASSAJNING ORGANIZM FIZIOLOGIK
FUNKSIYALARIGA TA`SIRI
YURAK-TOMIR TIZIMINING FUNKSIONAL HOLATINI ANILQASHDA
QO`LLANADIGAN SINAMALAR.
Yurak-tomir tizimining funksional holatini anilqashda qo`llanadigan sinamalar.
Buning uchun quyidagi sinamlar qo’llanadi: Martine-Kushilevskiy, Kotov-Deshin, Letunov,
Moskva jismoniy tarbiya instituti sinamalari.


Jismoniy tarbiya va tibbiyotning sog‘liqlik ildizlari bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Shu vaqt ichida vrachlar jismoniy tarbiya turlaridan ratsional foydalanishda ishtirok etadilar. Bu narsalarni Hind va Xitoy shifokorlari eramizdan 3000 yil avval yozilgan qo‘l yozmalarida, Gippokrat qo‘l yozmalarida ko‘rishimiz mumkin. XV asrda Italiyada Salernskiy sog‘lomlashtirish kodeksini ishlab chiqdi, u o‘z ichiga ertalabki badan tarbiyani oldi. XVII-XVIII asrlarda ko‘pgina shifokorlar jismoniy mashqlarning sog‘lomlashtiruvchi va shifobaxsh ta’sirga ega ekanligini yozganlar. XIX asrda Fridrik Vilgelm IV Germaniya maktablariga jismo-niy tarbiya darslarini kiritdi.
XIX asrda Peterburgda birinchi marta jismoniy tarbiya o‘qituvchilrini tayyorlovchi uch yillik kurslar ochildi, keyinchalik revolyusiyadan so‘ng u jismoniy tarbiya institutiga aylndi.
Jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy nazorat qilish – hozirgi vaqtda mustaqil ilmiy fan hisoblangan sport tibbiyoti fanining shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Sport tibbiyoti – ilmiy fan bo‘lib, sog‘lom va bemor organizmiga har xil darajali jismoniy yuklamalarning ijobiy va salbiy ta’sirlarini o‘rganish (gipo- va giperkineziya). Bundan maqsad organizm salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, funksional holatini oshirish, sportdagi natijalarni oshirish uchun, shuningdek har xil kasalliklarning oldini olish va davolash uchun optimal darajadagi jismoniy aktivlikni aniqlashdir.
Sport tibbiyotining asosiy maqsadi bo‘lib, insonlarning, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlash, ulardagi patologik holat va kasalliklarni davolash va oldini olish, jismoniy tarbiya va sport vosita va usullarini ratsional qo‘llash, yuklamadan keyingi tiklanish va ish bajarish qobiliyatini oshirish jarayonlarini optimallashtirishdir.
Sport tibbiyotining vazifalari bo‘lib hisoblanadi:
1. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ruxsat berish, jismoniy yuklamalarni, mashg‘ulotlarni ratsional qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, sportga tegishli savollarni xal etish uchun tekshiriluvchining salomatligini, funksional holatini, jismoniy rivojlanganligini aniqlash.
2. Shug‘ullanish va musobaqa jarayonlarida shug‘ullanuvchilarning salomatlik holatini, jismoniy rivojlanganligini, funksionakl holatini doimiy nazorat qilish.
3. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridan noratsional foydalanilganda yuzaga keladigan kasalliklar, jarohatlar va maxsus jaraohatlar taxlili, ularni erta diagnostika qilish, davolash, oldini olish va reabilitatsiya qilish usullarini ishlab chiqish.
4. Tiklanish jarayonlarini optimallashtirish va sportdagi ish bajarish qobiliyatini oshirish usullarini va tabiiy-biologik vositalarini ishlab chiqish, sinab ko‘rish va amaliyotga tadbiq etish.
Sport tibbiyotining asosiy qismi bo‘lib vrach nazorati hisoblanadi. Shifokor nazorati – bu o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning organizmga ta’sirini aniqlash maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni saralash va ularni doimiy tibbiy kuzatilishidir.
Shifokor nazortining mazmuni quyidagilardan iborat : salomatlik holatini, jismoniy rivojlanganlikni va ichki organlarning funksional holatini aniqlash; shug‘ullanuvchining organizmiga jismoniy yuklamaning ta’sirini kuzatish va o‘rganish; funksional tekshirish, diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish va jismoniy yuklamalardan norsional foydalanilganda kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish.
Shifokor nazoratining ish mazmuniga quyidagilar kiradi :
-ayrim sportchilarni va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni dispanser kuzatib turish (kuzatish, kasallikni aniqlab davolash va oldini olish);
-sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
-o‘quv-mashq darslarini shifokor pedagog bilan birga nazorat o‘tkazish;
-sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish sharoitlari ustidan doimiy sanitariya nazoratini o‘tkazib borish;
-sport musobaqalarini tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari bilan ta’minlash;
-sport va jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha vrach maslahatlarini berish;
-mashg‘ulotlarda va musobaqalarda yuz beradigan sport jarohatlarining oldini olish;
-aholining jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishini targ‘ibot qilish.
Ko‘rilib chiqilgan shifokor nazorati asosan vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarida olib boriladi. Vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarida asosan sport masterlari, 1-razryadli sportchilar, shahar, viloyat yoki Respublika terma jamoalari nazorat qilinadi. Qolgan sportchilarning vrach nazorati poliklinika, medsanchast, sport jamiyatlari, ishlab chiqarish korxonalari va oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan shifokor nazorati xonalarida olib boriladi yoki poliklinikaning vrach-terapevti tomonidan o‘tkaziladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmni mustahkamlaydi, himoya – moslashuv jarayonlarining biologik mexanizmlarini oshiradi. “Har doim jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishda shunga erisha olamizmi?” – degan savol tug‘iladi. Qachonki jismoniy mashq bajarayotgan shaxs uchun jismoniy yuklama darajasi optimal bo‘lgandagina ijobiy ta’sirga olib keladi. Agar jismoniy yuklama darajasi past bo‘lsa, u holda hech qanday ta’sirga olib kelmaydi; agar katta bo‘lsa u holda har xil kasalliklarga va hatto yurakning tez va ko‘p ishlab yuborishi hisobiga “to‘satdan o‘limga” olib keladi. Jismoniy yuklama katta bo‘lganida yoki xaddan tashqari ko‘p shug‘ullanganda yurak, buyrak, qon, jigar va hatto suyaklarda har xil o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin.
Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi :
1.Sport yo‘nalishi – sport bilan shug‘ullanishning asosiy maqsadi o‘z ustida ishlab sportda erishgan natijalarini yaxshilab borishdir, ya’ni bunda salomatlik holati doimo yaxshilanib boriladi. Sport bilan faqat sog‘lom odamlar shug‘ullanadi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanish o‘z oldiga davolash vazifasini qo‘ymaydi, ya’ni sport bilan davolash ishlari olib borilmaydi. Vrachning vazifasi ma’lum sport turi uchun zarur bo‘lgan shug‘ullanish yuklamasini individuallashtirish, sportchining salomatligiga yuklamaning salbiy ta’sirida uni mashg‘ulotlardan chetlashtirishdir.
2. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning vazifasi umumiy sog‘lomlashtirish, organizmning qarshiligini oshirish, kasallik-larning oldini olish va h.z. Bu yo‘nalish o‘z oldiga sport natijalariga erishishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan sog‘lom odamlar, shuningdek surunkali kasali bor bemorlar ham (kasallikning remissiya davrida) shug‘ullanishlari mumkin. Bunda jismoniy yuklama miqdori vrach va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan aniqlanadi va kuzatib boriladi. Mashg‘ulot davomida mashqlarning organizmga ta’sir etishiga qarab yoki organizm holatining o‘zgarishiga qarab vrach va pedagog yuklama midorini oshirishi yoki kamaytirishi, hamda ma’lum vaqtga mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.
3. Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning maqsadi va vazifalari – har xil jismoniy mashqlarni qo‘llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va jarohatlardan so‘ng organ va sistemalarning buzilgan funksiyalarini tiklashdan iboratdir. Davolash maqsadida jismoniy mashqlarni qo‘llash faqat vrach mutxassis tomonidan tavsiya etiladi.
Shifokor nazoratining vazifaalari
1. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlarga qo‘yish maqsadida jismoniy rivojlanish darajasini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlash va mashqlarni ratsional tavsiya qilish.
2. Jismoniy mashqlar ta’sirida jismoniy rivojlanish, salomatlik va funksional holatlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni doimiy kuzatib trish.
3. Jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan patologik holatlarni va o‘zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldini olish.
Sport bilan shug‘ullanuvchilarga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi kerak, chunki salomatlik holatlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, ular sport bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydilar. Sababi hozirgi vaqtda sport bilan shug‘ullanuvchilar juda katta jismoniy yuklamalar bajaradilar, masalan : shtangist shug‘ullanish vaqtida 20000 kggacha yuk ko‘taradilar; suzuvchilar 12 kmgacha suzadilar; yuguruvchilar 40 kmgacha yuguradilar. Trenirovkalar haftasiga 10-12 martagacha, har kuni 1,5 – 2 soatgcha davom etadi.
Adabiyotlardan shu narsa ma’lumki, jismoniy faollik immunitet sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar jismoniy mashqlar ratsional qo‘llanil-sa, immunitetning nospesifik faktorlari oshadi, lekin noratsional qo‘llanilsa, ya’ni katta va juda katta jismoniy yuklamalar organizmning immunobiologik reaktivligini pasaytiradi. Kuchli jismoniy yuklama teri va shilliq pardalarning himoya faktorlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarda surunkali infeksion o‘choqlarining bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, ya’ni karies tishlar, surunkali tonzilit va surunkali xolesistit. Chunki shug‘ullanish vaqtida har xil, ba’zida og‘ir asoratlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shifokor nazortida salomatlik holatini aniqlash o‘ziga xos xususiyatga egadir. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida vrach birinchidan ularning jismoniy rivojlanganligini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bu qilingan ishlar har bir tibbiy ko‘rikda albatta takrorlanadi va xal etiladi, chunki shu olingan natijalarga asoslanib, sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga sport turlari tavsiya etiladi. Bundan tashqari pedagogik saralash usuli ham qo‘llaniladi. Trener yoki pedagog maxsus pedagogik sinamalar yordamida jismoniy rivojlangan va qobiliyatli shug‘ullanuvchilarni aniqlaydi, chunki ular sport musobaqalari-da yuqori natijalar ko‘rsatishi mumkin. Lekin ularning salomatlik holatlari tibbiy talablarga javob berishi shart. Agar ularning salomatlik holati sport bilan shug‘ullanishga imkon bermasa, ular sport bilan shug‘ullanishga va mashqlar bajarishga ruxsat etilmaydi, ammo ularga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga va jismoniy mashqlar bajarishga ruxsat etiladi. Jismoniy tarbiya bilan har bir odam shug‘ullanishi mumkin, lekin bunda har bir shug‘ullanuvchi uchun mashqlar hajmi alohida belgilanadi, bundan maqsad mashqlaridan ratsional foydalanib, ijobiy ta’sir olishdir.
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvilar albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Bu tibbiy ko‘riklar quyidagilarga bo‘linadi:
Birlamchi tibbiy ko‘rik
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar birinchi marta shifokor huzurida bo‘ladilar. Bu tekshirishda sport bilan shug‘ullanish mumkinmi yoki yo‘qmi, shug‘ullanish mumkin bo‘lsa, saralash ishlari olib boriladi, shuningdek sport bilan shug‘ullanishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ya’ni sog‘lomlashtiruvchi yoki davolovchi jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vazifalari xal qilinadi. Birlamchi tekshiruvda terapevtdan tashqari boshqa mutaxassislar – jarroh nevropatolog, okulist, laringolog, stomatolog, ginekolog va boshqalar qatnashadilar. Bundan tashqari laboratoriya va instrumental tekshirish ishlari (EKG, FKG, ExoKG va h.z.) olib boriladi. Sport bilan shug‘ullanish uchun tekshiruvdan o‘tayotgan shug‘ullanuvchiga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi va ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning morfo-funksional holatiga qarab sport turi tavsiya etilishi kerak. Agar shug‘ullanuvchining salomatlik holatida o‘zgarishlar bo‘lsa, unga sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.
Qayta tibbiy ko‘rik
Ko‘rik rejali ravishda muntazam, ma’lum vaqt oralig‘ida sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining salomatlik holati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar vrach tomonidan belgilanadi va o‘tkaziladi. Maqsad organizmga jismoniy mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta’siri aniqlanadi. Qayta tibbiy tekshirish jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan organizmdagi salbiy o‘zgarishlar aniqlanadi, shuningdek o‘zgarishlar rivojlanishining oldi olinadi, kerakli davolash tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha tibbiy ko‘rik
Rejasiz olib boriladi. Ko‘rik shug‘ullanish mashg‘ulotlarida kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganida o‘tkaziladi. Bu holatda trener va o‘qituvchi sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchini mashg‘ulotlarga qo‘yishga haqi yo‘qdir. Shuningdek ko‘rik musobaqalardan oldin tashkil qilinadi va ko‘rik hajmi vrach tomonidan belgilanadi.
Maktab o‘quvchilari, kolledj va oliy gohlar talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng, jismoniy rivojlanganligi, salomatligi va funksional holatiga qarab tibbiy guruhlarga bo‘linadi.
Asosiy tibbiy guruhi
Unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.
Tayyorlov tibbiy guruhi
Salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olingan holda o‘quv dars-laridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi. Ular sport seksiyalarida qatnasha olmaydilar. Bajarayotgan jismoniy mashqlar ta’siri salomatligining, jismoniy rivojlanishining va funksional holatining yaxshilanishi bilan ular asosiy guruxga o‘tkaziladilar.
Maxsus tibbiy guruhi
Salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg‘un o‘zgarishlar bo‘lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta’sirini yoki organizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu mashg‘u-lotlar shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan holatlarda shug‘ullanuvchilar davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yuboriladilar.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy tekshirishda quyidagi paraklinik tekshiruvning minimal tarkibi qo‘llaniladi :
-jismoniy rivojlanganlikni tekshirish (yosh sportchilarda jinsiy rivojlanish darajasi aniqlanadi);
-ko‘krak qafasi organlarining rentgenografiyasi;
-tinch holatda va jismoniy yuklama bajarishda EKG;
-funksional sinamaga yurak qon tomir sistemasining reaksiya tiplarining taxlili;
-umumiy ish bajarish qobiliyatini aniqlash;
-qonning, siydikning umumiy analizi.
Malomatlik holatini baholash, patologik nasliy moyillik va yashirish patologik holatni aniqlash birlamchi tibbiy tekshirishning asosiy va murakkab savollaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nizomiga ko‘ra sog‘liq – bu faqat kasallik va jismoniy yetishmovchiliklarning bo‘lmasligi emas, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatlari ham inobatga olinadi.
Sog‘liqning asosiy kriteriyalar bo‘lib hisoblanadi:
-tuzilmaning funksiyaga va funksiyaning tuzilmaga mosligi (morfologik va funksional buzilishlarning yo‘qligi);
-organizm ichki muhitining doimiyligini quvvatlovchi xususiyati (gomeostaz);
-yuqori ish bajarish qobiliyati va yaxshi ruhiy-emotsional holat.
Salomatlikning chegaralari:
-sog‘lom;
-amaliy sog‘lom (yaxshi kompensatsiyalangan salomatlik holatidagi o‘zgarishlar yoki kasalliklar);
-sport mashg‘ulotlaridan chetlashtirishni talab qiluvchi kasallikning bo‘lishi.
Jismoniy rivojlanish.
Jismoniy rivojlanganlik bu organizmning nasliy va ortirilgan morfologik va funksional xususiyatlari bo‘lib, organizmning potensial imkoniyatini, shuningdek biologik va pasport yoshining mosligini aniqlashdir.
Jismoniy rivojlanganlikning ko‘rsatkichlari har xil sport turlari bilan shug‘ullanish uchun sportga saralash va mo‘ljallash kriteriylari bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, badiiy gimnastika seksiyasiga qabul qilishda qizlarda orqa shakliga e’tibor qaratiladi; og‘ir atletika seksiyasiga yigitlarni olishda bel lordoziga e’tibor qaratiladi. Oyoq uzunligining tanaga nisbati, tana muvozanat markazining joylashishi balandlikka sakrash, kurash, chog‘ chang‘i sporti, to‘siq osha yugurish va boshqa sport turlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Tana uzunligi va vazni, ko‘krak qafasining pauzadagi aylanasi va uning ekskursiyasi respirator kattaliklar (o‘pkaning tiriklik sig‘imi, o‘pkaning maksimal ventilyatsiyasi, nafas chuqurligi va x.z.) bilan rivojlanib boradi. Qon aylanishining minutlik hajmi tananing yuzasi bilan, yurak hajmining tananing vazni va bo‘yi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
Jismoniy rivojlanganlikni baholovchi kriteriylar bo‘lib hisoblanadi:
Somatoskopiya:
-tana tuzilishi;
-qomad;
-teri va shilliq parda;
-mushak sistemasi;
-suyak sistemasi;
-ko‘krak qafasining shakli;
-orqa shakli;
-oyoq shakli;
-tovon shakli;
-churra darvozasi.
Antropometriya:
-morfologik ko‘rsatkichlar (tana uzunligi, tana qismlarining aylanasi, tana kismlarining diametri);
-funksional ko‘rsatkichlar (vazn, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, ko‘krak qafasining ekskursiyasi, o‘ng va chap qo‘l, bel mushaklarining kuchi).
Tana tuzilishi deganda tana ыismlarining kattaligi, shakli, mutanosibligi va o‘zaro joylashish xususiyati tushuniladi.
Konstitutsiya – bu tashqi muhit omillari ta’sirida genotip asosida shakllangan organizmning yetarlicha turg‘un bo‘lgan morfologik, funksional va ruhiy xususiyatlarining kompleksidir.
Qomad.Insonning oldi tomonidan qaralganda asosiy e’tibor bosh holatiga, ko‘krak qafasi shakliga va qoringa, tananing holatiga, bel uchburchagining simmetriyaligiga (tushurilgan qo‘l va bel chuqurchasi orasidagi masofa), oyoq shakliga qaratiladi.
Orqa tomondan qaralganda bosh holatiga, kuraklar holatiga (ularning joylashishi, umurtqa pog‘anasidan uzoqligi, ko‘krak qafasiga yopishishi), bel uchburchagining simmetriyaligi, umurtqa o‘simtalarining bir chiziqdagi simmetriyasi, toz suyaklarining joylashishiga e’tibor qaratiladi.
Tana egilgan holatda (pastki jag‘ ko‘krakka tegizilgan, qo‘llar erkin holatda tushirilgan) umurtqa o‘simtalarining bir chiziqda joylashishiga, ko‘krak qafasining simmetriyasiga bel sohasidagi mushak valigining borligiga, qovurg‘a bo‘rtig‘iga e’tibor qaratiladi.
Yon tomondan qaralganda bosh holati aniqlanadi, umurtqa pog‘anasining ko‘krak va bel qismidagi yassilanish yoki fiziologik egriliklarning kuchayganligiga asosiy e’tibor qaratiladi.
Qomad to‘g‘ri va noto‘g‘ri deb baholanadi. Qomad to‘g‘ri deb baholanganda va umurtqa pog‘anasining qiyshiqligi yo‘qligida quyidagilar kuzatiladi : boshni to‘g‘ri ushlash, kuraklarning, bo‘yin-yelka chizig‘ining, qo‘ltiq osti brushmalarining, ikki tomondan tos suyagining simmetrik joylashishi. Skolioz va qomadning buzilishida ularning simmetriligi skolioz darajasi va qomad yetishmovchiligiga qarab har xil ko‘rinishda buziladi.
Tibbiyot amaliyotida quyidagi konstitutsiya tiplari farqlanadi:
1.Astenoid tipi – tana, qo‘l (panjalari), oyoq (tovon)ning tor shakli bilan xarakterlanadi. Epigastral burchagi – o‘tkir. Orqa bukilgan, kuraklar chiqib turadi. Suyaklar ingichka. Yog‘ va mushak rivojlanishi past.
2.Ko‘krak tipi – tana shakli tor, yelka kengligi – o‘rtacha, epigastral burchak – to‘g‘ri, ko‘krak qafasi silindrik. Yog‘, mushak va suyak komponentlarining rivojlanishi past yoki me’yorli. Harakatning nisbiy sifat ko‘rsatkichlari va kislorodni maksimal istemol qilish yuqori.
3.Mushak tipi – yog‘ qatlamining me’yoriy rivojlanishida mushak va suyak komponentlarining yaxshi rivojlanishi, tana tuzilishi proporsionalligi, yelkalarning kengligi, tosning torligi, ko‘krak qafasiningn silindrikligi, epigastral burchak – to‘g‘riligi, tana vazniningn o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqoriligi xarakterlidir.Jismoniy ish bajarish qobiliyati darajasining yuqoriligi xos.
4.Qorin tipi - tana tuzilishi baquvvatligi, tana vazniningn o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqoriligi, ko‘p miqdorda yog‘ning yig‘ilishi, mushak va suyak komponentlarining rivojlanishi me’yorligi, yelka va tos kengligi, qorin chiqqan, tananing hamma shakli yumaloq. Harakat sifat ko‘rsatkichining absolyut qiymati yuqori, nisbiy qiymati past bo‘lishi mumkin. Jismoniy ish bajarish qobiliyati darajasi pasayganligi, jismoniy yuklamalarga ekonomsiz reaksiyalar xos.
Jismoniy rivojlanganlikni quyidagi usullar bilan baholash mumkin : indekslar, standart, korrelyatsiya va persentiley.
Indekslar usuli.
Antropometrik ma’lumotlarni shifokor nazoratida baholashda keng qo‘llanilmaydi. Biroq jismoniy rivojlanganlik haqida axborot olish uchun ommaviy tekshirishda, klinik ishlarda qo‘llanilishi o‘zini oqlagan.
Quyidagi indeklar keng qo‘llaniladi:
-Pine
-Erisman
-Vaznbo‘y (Ketle, Megoni, Brok-Brugsh)
-Hayotiy
-Kuch
Standart usuli.
Bu tekshirilgan jamoa uchun ko‘rsatkichlar o‘rtacha qiymatini xarakterlovchi guruhli yoki umumiy o‘rtacha kattaliklardir. Ko‘rsatkichlarning o‘rtacha kattaligi, ma’lum yoshdagi guruhlarga taalluqli yosh standartlari bo‘lib hisoblanadi. Har bir belgi uchun jadvalda taalluqli kataklarda o‘rtacha arifmetik kattalik (M) va Mdan (Q) o‘rtacha og‘ish kvadrati ko‘rsatiladi.
-tipik belgi (norma) – agar o‘rtacha kattalikdan +- 0,5 dan ko‘pga farq qilmasa;
-tipik belgi yuqori yoki past – bunda og‘ish qiymati musbat yoki manfiy, 0,5 Q - 1 Q gacha;
-belgi katta (yoki kichik oo‘ish qiymati manfiy) – agar sigma 1 dan yuqori, lekin 2dan kam;
-belgi juda katta (yoki juda kichik) – sigma 2 dan katta.
O‘rtacha og‘ish kvadrati bo‘yicha baholangan antropometrik ko‘rsatkichlarni grafik ko‘rinishda ko‘rsatish mumkin. Shu maqsadda aniqlangan og‘ishlar sigmalarda jadvalga o‘tkaziladi, vertikal ataklarga bo‘y, tana vazni, o‘pkaning tiriklik sig‘imi va x.z ko‘rsatkichlarga mos belgilarning nuqtalari, gorizontaliga sigma og‘ishlari joylashtiriladi. Nuqtalar to‘g‘ri chiziqlar bilan qo‘shib antropometrik ko‘rinishini hosil qiladi.
Korrelyatsiya usuli.
Jismoniy rivojlanganlikning ko‘pgina antropometrik belgilari, ayniqsa tana vazni va bo‘yi, ko‘krak qafasining aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi o‘zaro bog‘langan bo‘lib hisoblanadi.
+- 1 oralig‘ida bo‘lgan korrelyatsiya koeffitsienti (R) kattaligida belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi ifodalanadi.
+ 1 koeffitsient tekshiriluvchi belgilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqasidan (bir belgining oshishi boshqa belgining oshishi bilan bo‘ladi),
1 koeffitsient teskari aloqadan darak beradi.
Agar birinchi belgi bir birlikka oshsa, masalan tana uzunligi 1 smga oshsa, ikkinchi belgining oshgan (yoki pasaygan) kattaligi regressiya koeffitsienti deyiladi.
Bu koeffitsientlarni hisoblash jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarini baholash uchun jadval yoki nomogramma ko‘rinishgida qo‘llaniladigan antropometrik belgilari o‘rtasidagi korrelyatsiyani ko‘rishga mikon beradi.
Persentili usuli.
Persentili – bu ko‘rsatkich oshib borishi bo‘yicha qatorda joylashgani bo‘yicha aniqlanadigan ko‘rsatkichdir. Amaliyotda ba’zi persentiliylar qo‘llaniladi : R3, R10, R25, R50, R75, R90, R97.
Agar individual kuzatilayotgan belgi R25 dan R75 gacha bo‘lsa, bu kattalik norma deb hisoblanadi.
Agar antropometrik belgi R10 dan R25 gacha va R75 dan R90 gacha bo‘lsa, mos ravishda o‘rtacha qiymatdan past va yuqori deb baholanadi.
Agar R3 dan R10 gacha va R90 dan R97 gacha bo‘lsa, mos ravishda pasaygan va oshgan deb baholanadi.
Agar ko‘rilayotgan belgi R3 gacha yoki R97 dan yuqori bo‘lsa, bunda baho juda past yoki juda yuqori deb beriladi.
Muntazam jismoniy mashqlar bajarilishida yurak-qon tomir sistemasi muhim ahamiyatga ega, chunki ular yordamida tashqi muxitdan ish bajarayotgan organ va mushaklar kislorod kislorod bilan ta’minlanadi. Jismoniy yuklamalar ta’sirida yurakning strukturasida va funksional holatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Yurakning struktura tuzilishida birinchi navbatda dilyatatsiya kuzatiladi, yurakning qorincha va bo‘limmachalari kengayadi. Dilyatatsiyaning qanday paydo bo‘lishi oxirigacha o‘rganilmagan, lekin muntazam ravishda trenirovka qilish uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dilyatatsiyaga uchragan yurak sport yuragining asosiy xususiyatini ta’minlab beradi, ya’ni yuqori ishlab chiqarish yoki ko‘p hajmda qonni xaydash. Sistolik hajm – bu sistola vaqtida yurakdan tomirga chiqarayotgan qon miqdori. Dastlab yurak qisqarganda, chap qorinchadan hamma qon chiqadi degan fikrlar aytilardi, lekin keyingi olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, sistolada chiqadigan qon hajmi qorinchadagi hamma qon bo‘lmay, balki ma’lum miqdorda qon qoladi. Bu qon rezerv qon miqdori deb ataladi. Ish bajarish vaqtida sistolik qon hajmining ortishini rezerv qon hajmi ta’minlab beradi. Bu esa ish bajarish vaqtida yurakning yuqori ishlab chiqarish xususiyatini ko‘rsatadi. Tekshirish va izlanishlar shuni ko‘rsatdaki, tinch holatda sport bilan shug‘ullanuvchilarda dilyatatsiyaga uchragan yurakdan chiqayotgan sistolik qon hajmi dilyatatsiyaga uchramagan yurakdan chiqayotgan sistolik qon hajmidan deyarli farqlanmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dilyatatsiyaga uchragan yurakda rezerv qon bo‘ladi va uning miqdori yurakning qanchalik dilyatatsiyaga uchraganiga bog‘liqdir. Chidamli-likni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning yuragi dilyatatsiyaga ko‘proq uchraydi. Shug‘ullanmaydigan 20 – 30 yoshlilarda yurak-ning hajmi o‘rta hisobda erkaklarda 760 sm3 va ayollarda 580sm3 ni tashkil etadi. yurak hajmining qanchalik o‘zgarishi sport faoliyatiga bog‘liq. Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlaribilan shug‘ullanuvchilarda yurak hajmi ko‘proq oshadi (chang‘ichilar, velosipedchilar, o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilar va h.z.). Ularga nisbatan chidamlilikka ma’lum miqdorda e’tibor beriladigan sport turlarida, ya’ni ularda chidamlilik dominant rolini o‘ynamaydigan sport turlarida kamroq dilyatatsiyaga uchraydi (kurashchilar, sport o‘yinlari va h.z.). Asosan tezlikni va kuchni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning (og‘ir atletika, qisqa masofaga yuguruvchilar, gimnastlar va h.z.) yuragi shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan kam miqdorda hajmi kengayadi. Shunday qilib, yurak dilyatatsiyasi hamma sportchilar uchun bir bo‘lmasdan, balki chidamlilik bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarga xarakterlidir. Agar tezlik va kuchni talab etuvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar yuragida dilyatatsiya aniqlansa, uning sababini albatta aniqlash zarur. Yurak hajmi-ning xaddan tashqari ortishi (1200 sm3 dan yuqori), hattoki chidamlilik bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ham fiziologik dilyatatsiya patologik shakliga o‘tishi mumkin. Mumkin bo‘lgan yurak hajmi kattaligini aniqlash uchun yurak hajmi va kislorodni maksimal ist’emol qilinish ko‘rsatkich-larini bir-biriga taqqoslash kerak. Agar shug‘ullanish vaqtida yurak hajmining kattalashishi kislorodni maksimal ist’emol qilishning ortishi bilan borsa, dilyatatsiya moslashish-fiziologik xarakterga ega bo‘ladi, agarda kislorodni maksimal ist’emol qilish ko‘tarilmasa, hattoki pasaysa yurak dilyatatsiyasi xaddan tashqari deb hisoblanadi.
Shuningdek jismoniy mashqlar ta’sirida yurakning miokardida fiziologik gipertrofiya kuzatiladi. Miokard gipertrofiyasi organning ish bajarish qobiliyatini oshiruvchi asosiy mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Gipertrofiya jarayoni sportchilarda yaqqol namayon bo‘ladi. Masalan: tinch holatda yurakning chap qorinchasidan 60-80 ml qon haydaladi, unga o‘rta hisobda 0,26 -0,27 sekund vaqt ketadi. Jismoniy ish bajarish vaqtida sistolik hajm 150-200 mlgacha ortishi mumkin, tinch holatdagi hajmiga nisbatan. Shu bilan bir qatorda qon haydashga ketadigan vaqt esa 0,1- 0,12 sekundgacha kamayadi. Shunday qilib, misoldan ko‘rinib turibdiki, yurak qisqa vaqt ichida deyarli 3 marta ko‘p miqdorda qon haydashi kerak. Buning uchun yurak qon oqimi yaxshilash uchun kuch bilan ishlashi zarur, bu esa miokardning gipertrofiyasi orqali amalga oshiriladi. Yurak mushagining qisqaruvchi elementlarining hajmi ortishi bilan gipertrofiya jarayoni amalga oshiriladi. Miokardning ishchi gipertrofiyasi kapillyar qon tomirlarining ortishi bilan xarakterlanadi, ya’ni miokardning qon bilan ta’minlanishi buzilmaydi. Miokard gipertrofiyasining xaddan tashqari bo‘lishi organizmda patologik holat rivojlanayotganidan darak beradi.
Sportchi yuragiga xos bo‘lgan funksional xususiyatlaridan biri bu yurakning ekonom ishlashidir, ya’ni ularda tinch holatda bradikardiya kuzatiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, sportchilarning yuragi tinch holatda kun davomida 85000 marta qisqargan, xuddi shu yoshdagi va jinsdagi sog‘lom odamlarda kuniga 110000 marta qisqargan. Misoldan ko‘rinib turibdiki, sportchining yuragi 20-25% ekonom ishlagan. Xattoki sportchi kun davomida mashg‘ulot o‘tganda ham yuragi ekonom ishlab, sog‘lom odamning kunlik yurak qisqarishi soniga yetmaydi. Zaruriy ko‘rsatkichlardan biri bu qonning minutlik hajmidir. Bu ko‘rsatkich sportchilarda ish bajarish vaqtida katta bo‘ladi. Sog‘lom shug‘ullanmaydiganlarda qonning minutlik hajmi 15-20 l/min ga oshsa, sportchilarda 25-30 l/min gacha oshadi (sistolik hajm hisobiga). Sistolik qon hajmini mushakning ishlash kuchiga bog‘liq. Yurak ishi kuchi kam bo‘lsa, sistolik hajm o‘zining individual bo‘lgan maksimal miqdoriga erishmaydi. Agar yurak ishi kuchli bo‘lsa, yurakdagi qoldiq qon to‘lib chiqarilib, sistolik hajm maksimal bo‘ladi. Bu esa chidamlilikni talab qiluvchi sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shifokor nazoratida sistemalarning funksional holatini baholovchi sinamalardan keng foydalaniladi. Sportchining bo‘lajak musobaqalarga organizmining tayyorgarligini ob’ektiv baholashga shifokor nazoratining kompleks analiz ma’lumotlari, apparatlar yordamida o‘tkazilgan tekshirish usullarining va o‘tkazilgan funksional sinamalarning natijalari imkon beradi. Sportchi organizmining umumiy va maxsus moslashuv imkoniyatlarini funksional sinamalar yordamida aniqlash mumkin. Ularni laboratoriya sharoitida, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri sport zallarida va stadionda mashg‘ulot vaqtida o‘tkazish mumkin. Olingan natijalarga asoslanib, organizmning umumiy holatini, uning shu vaqtga moslashuv imkoniyatlarini aniqlash mumkin. Sinamalar yordamida organizmning funksional rezerv imkoniyatlarini va umumiy jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholashda bir bosqichli, ya’ni yuklamalar bir marta qo‘llaniladi (20 marta o‘tirib-turish yoki 2 minutlik yugurish), ikki bosqichli,bunda ikki bir xil yoki har xil yuklamalar tanaffus bilan bajariladi va kombinatsiyalashgan sinamalar, bunda ikkitadan ortiq har xil yuklamalardan foydalaniladi (Letunov sinamasi).
Letunov sinamasi sportchi organizmining tezkor ish bajarishga va chidamlilikka moslashuvini baholash uchun qo‘llaniladi. Sinamani bajarishda quyidagi 3 ta bosqich ketma-ketlikda qo‘llaniladi : 1. 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish. 2. 3 minutdan so‘ng turgan joyida 15 sekund davomida maksimal tempda yugurish. 3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida 180 qadam/min tezligida yugurish. Har bir yuklamadan keyin qon bosimi va yurak qisqarish soni yuklamalar oralig‘idagi dam olish vaqtida (3minut, 4 minut va 5 minut) belgilab boriladi.
Martine sinamasi – 30 sekund davomida 20 marta to‘liq o‘tirib-turish. Sinamagacha tekshiriluvchining pulsi har 10 sekunda stabillashguncha o‘lchanadi (bir xil son 3 marta ketma-ket qaytarilguncha), so‘ngra qon bosimi o‘lchanadi. Keyin manjetani yechmasdan, tekshiriluvchi 30 sekund davomida 20 marta to‘liq-o‘tirib turadi. O‘tirish vaqtida qo‘llarini oldinga ko‘taradi. Bajarilib bo‘linganidan so‘ng, tekshiriluvchi joyiga tezlik bilan o‘tiradi tiklanish davrining 1 minutining 1-10 sekundida puls, keyingi 40 sekund davomida qon bosim o‘lchanadi. 1-minutning 50-sekundidan boshlab har 10 sekund davomida puls o‘lchab boriladi, toki tiklanib stabillashguncha. Shundan so‘ng qon bosim o‘lchanadi. Ko‘rsatkichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib, xulosa qilinadi. Bu sinama yordamida yurak-qon tomir sistemasi tomonidan berilayotgan jismoniy yuklamaga quyidagi 5 xil javob reaksiya tiplari aniqlanadi : 1. Normatonik
2. Gipotonik 3. Giperntonik 4. Distonik 5. Maksimal qon bosimining pog‘anasimon ko‘tarilishi
1.Normatonik javob reaksiyasi:
-puls ortadi (15 - 25%)
-maksimal arterial bosim oshadi (25 – 30%)
-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki pasayadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 2,5 – 3 minut
2.Gipotonik javob reaksiyasi:
-puls keskin ortadi
-maksimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki qisman oshadi, ba’zida pasayadi
-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki oshadi
-puls bosimi deyarli o‘zgarmaydi
-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p
3.Gipertonik javob reaksiyasi:
-puls keskin ortadi
-maksimal arterial bosim ortadi
-minimal arterial bosim ortadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p
4.Distonik javob reaksiyasi:
-puls ortadi
-maksimal arterial bosim ortadi
-minimal arterial bosim “O” gacha pasayadi (“cheksiz tovush” fenomeni)
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 5 minut va undak ko‘p
Agar tiklanish vaqti 2 minutgacha davom etsa, distonik reaksiyaning bu tipi fiziologik deb baholanadi.
5.Maksimal arterial bosimining pog‘anasimon ko‘tarilish javob reaksiyasi:
-puls keskin ortadi
-maksimal arterial bosim pog‘anasimon ortadi, ya’ni tiklanish vaqtining 2- va 3-minutlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1-minutdagi ko‘rsatkich past bo‘ladi
-minimal arterial bosim ortadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p
Nafas sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar : 1. Shtange 2. Gench 3. Serkin 4. Rozental
1.Shtange –nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi.
Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda nafasni ushlab turish vaqti 40 – 50 sekund, shug‘ullanuvchi sportchilarda 60 sekunddan to 2 – 2,5 minutgacha va undan ortiq davom etadi.
2.Gench – nafas chiqariladi va nafas olmay turish vaqti belgilanadi.
Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda nafasni ushlab turish vaqti 20 – 30 sekund, shug‘ullanuvchi sportchilarda 30 sekunddan to 90 sekundgacha va undan ortiq davom etadi.
3.Serkin (ko‘p bosqichli)
-nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;
-30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turiladi, nafas olib ushlanadi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;
-1 minutdan so‘ng 1-bosqich qaytariladi.
Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda nafasni ushlab turish vaqti 2-bosqichida 1-bosqichdagi vaqtning 30-50%ni, 3-bosqichda esa 70-100%ni tashkil etadi. Shug‘ullanuvchilarda nafasni ushlab turish vaqti 2-bosqichida 1-bosqichdagi vaqtning 50%ni va undan ortiq, 3-bosqichda esa 100%ni va undan ortig‘ini tashkil etadi.
4.Rozental - o‘pkaning tiriklik sig‘imi 5 marta ketma-ket 15 sekundli pauzalar bilan o‘lchanadi.
Sog‘lom shug‘ullanmaganlarda olingan ko‘rsatkichlar o‘zgarmaydi yoki ortadi, shug‘ullanuvchi sportchilarda olingan ko‘rsatkichlar ortib boradi.
Shug‘ullanuvchilarda qon-tomir va nafas tizimlarida o‘zgarishlar yoki kasalliklar bo‘lganida, shug‘ullanuvuchilarning nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarning charchashida, asab sistemasining fnuksional holatining pasayishi vaqtida yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar pasayish tomoniga o‘zgaradi.
Vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar : 1. Ortostatik 2. Klinoortostatik
1.Ortostatik – tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi gorizontal holatda o‘lchanadi, aste-sekin vertikal holatga o‘tkazilib, darhol pulsi va qon bosimi o‘lchanadi, 1 minutdan so‘ng yana pulsi va qon bosimi o‘lchanadi.
Vegetativ nerv sistemasining simpatik bo‘limining normal qo‘zg‘alishida yurakning qisqarishi olingan ko‘rsatkichga nisbatan 18-27% ga ortadi. Ko‘rsatkich bundan ham ortib ketishi shug‘ullanmaydiganlarda giperterioz, yurak-qon tomir yetishmovchiligida, shug‘ullanuvchilarda esa xaddan tashqari shug‘ullanishda, shug‘ullanishdan keyingi birinchi soatlarda kuzatiladi. Arterial qon bosimi ham ortish tomonga o‘zgaradi (sistolik – 10 mm. sim. ust. va diastolik – 5 mm.sim.ust.).
2.Klinoortostatik – tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi vertikal holatda o‘lchanadi, aste-sekin gorizontal holatga o‘tkazilib, pulsi va qon bosimi o‘lchanadi.
Vegetativ nerv sistemasining parasimpatik bo‘limining tonusi ortadi va yurak qisqarish soni kamayadi, normada minutiga 6 urishgacha.
Download 25,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish