Жиззах давлат педагогика институти ректори проф



Download 371,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana26.09.2021
Hajmi371,99 Kb.
#186286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston qadimgi turkiy toponimiyasi jizzax viloyati misolida

X U L O S A 

 

Hozirgi  O’zbekiston  hududida  islomgacha  va  islom  dini  tarqalgan  dastlabki 

asrlardagi  tarixiy  yozma  manbalardan  ma’lum  bo’lishicha,  ushbu  hududda  kelib 

chiqishi  turkiy  bo’lgan  nomlar  keng  tarqalgan.va  mintaqa  toponimiyasining 

salmoqli  qismini  tashkil  etgan.  Bundan  tashqari  so’ngi  asrlar  yozma  manbalarda 

va hozirgi davrdagi mintaqa  turkiy toponimiyasi tarkibida kelib chiqishi qadimgi 

turkiy  tillar  bilan  bog’liq  bo’lgan  toponimlar  ham  ko’pligini  tasdiqlaydi.  Ushbu 

nomlar ilk o’rta asrlardagi tarixiy yozma manbalarida qayd qilinmagan bo’lsa ham, 

ammo  ular  qadimgi  turkiy  tillar  negizida  shakllanganligini  inobatga  olib,  turkiy 

toponimlar  mintaqa  toponimiyasida   ancha  qadimgi  davrlarda  paydo  bo’lgan 

degan xulosaga kelish mumkin. 

Shuni ham aytish kerakki, yuqorida bayon qilingan etimologiyalar uzul - kesil 

o’z  yechimini  topgan  deyish  qiyin.  Ammo,  shubhasiz  kelajakda  O’zbekiston, 

jumladan  Jizzax  viloyati  qadimgi  turkiy  toponimiyasini  tadqiq  etish  jarayonida 

muayyan  qo’shimchalar,  o’zgartirishlar  kiritiladi  va  taklif  qilingan  etimologiyalar 

o’z  tasdig’ini  topadi.  Shu  bilan  birga  qayd  qilish  kerakki,  hali  ma’no-mazmuni 

aniqlanmagan  yoki  mavhum  bo’lgan  geografik  nomlar  mintaqa  toponimiyasi 

tarkibida  ko’plab  topiladi.  Ular  kelajakda  tadqiqotchilar  tomonidan  turkiy  tillar 

asosida har tomonlama o’rganilib etimologiyasi aniqlanadi.  

Mintaqa  toponimiyasi  tarkibidagi  ayrim  genezisi  aniqlamnmagan,  shubhali, 

bahstalab  toponimlarni  hisobga  olmagan  taqdirda  ham,  son  jihatdan  turkiy 

toponimlar  katta  ustunlikga  ega  ekanligi  hyech  kimda  shubha  tug’dirmaydi.  Shu 

sababdan,  ishonch  bilan  qayd  qilish  mumkinki,  mintaqadagi  mavjud  geografik 

nomlar  ilk  o’rta  asrlardan  boshlab  mintaqada  yashagan  turkiy  xalqlarining 

etnogenezisini aniqlashda ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi.  

Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  shundan  dalolat  beradiki,  milodiy  asrlar 

boshidan to hozirga qadar mintaqa aholisining asosiy qismini turkiy xalqlar tashkil 

etgan. Ular nafaqat hozirgi Jizzax viloyati hududida balki, Yettisuvdan boshlab to 

Xurosongacha keng tarqalgan. Eng qadimgi turkiy o’zakdagi toponimlar miloddan 



 

49 


oldingi  davrlarda  shakllangan.  Etimologik  jihatdan  ularning  ma’no-mazmunini 

aniqlash uncha qiyin emas.  

Mutaxassislar fikricha, eng qadimgi turkiy toponimlarni Bolg’ali, Qirq, Ming, 

O’roqli,  Kaltatoy, Kerayt,  Qang’li kabi etnonimlar tashkil etadi. Etnonimlarning –

li  qo’shimchali  turi  yuzaga  kelishida  tamg’alar  bosh  omil,  sabab  bo’lgan. 

Tamg’alar dehqonchilik bilan shug’ullangan aholi o’rtasida emas, chorvador aholi 

uchun  muhim  belgi  vazifasini  o’tagan.  Chorvachilik  bilan  shug’ullangan  har  bir 

etnik birlikning o’z tamg’asi bo’lgan.   

Tamg’alar  shakli,  tuzilishi,  tasviri,  anglatgan  ijtimoiy  mazmuni  va  mohiyati 

bilan bir-biridan farqlangan. Tamg’a esa oddiy shakl, chizma emas, ramziy nishon, 

belgi  vazifasini  o’tagan.  Hozir  ularning  mazmuni  va  mohiyati  maxsus  qiyosiy 

tadqiq asosida aniqlansa tamg’alarning ijtimoiy mohiyati aniq bo’ladi. Hozirgacha 

o’zbek  etnologiyasida  bu  masala  –  tamg’alarning  ijtimoiy  mohiyati  kam 

o’rganilgan yoki umuman o’rganilmagan.  

Sodda  tassavurlar asosida aytish mumkinki,  tamg’alar qabila kabi  yirik etnik 

birliklar  o’rtasida  farqlovchi,  aniqlovchi  belgi,  shartli  ramz  vazifasini  bajargan. 

Shu  maqsadda  tamg’alar  mollarning  kuragi,  ko’kragi,  bo’yni,  soni,  sag’irasi,  va 

boshqa  ko’rinarli  joylariga  qo’yilgan.  Qo’shtamg’ali  –  qo’sh  chiziq,  oytamg’ali  – 

dumaloq  halqa,  voxtamg’ali  –  qora  uyning  uvug’iga  o’xshash,  boshi  egik,  uchi 

to’g’ri chiziqli, to’rttamg’ali – to’rt chiziqli, bolg’ali – bolg’aga o’xshash tamg’ali, 

boltali  –  boltaga  o’xshash,  cho’michli  –  cho’michga  o’xshash,  taroqli  –  taroqga 

o’xshash, sirg’ali – sirg’aga o’xshash tamg’asi bo’lgan. 

               

  


Download 371,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish